(61-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonunitahririda — O‘R
QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish; chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish; ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting
tashkilotlari reytinglarini olish; o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning
maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi;
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining
talabiga binoan taqdim etishi; Oldingitahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta
sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisobkitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
(61-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonunitahririda — O‘R
QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda etkazishi;
Oldingitahrirga qarang. sug‘urta zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilanadigantartibdava shartlarda
shakllantirishi hamda joylashtirishi;
(61-moddaning uchinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-373-sonliQonunitahririda —
O‘R QHT, 2014 y., 36-son, 452-modda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tishi; Oldingitahrirga qarang. maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta
aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;
(61-modda uchinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonunitahririda — O‘R
QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda
yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi,
moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-
108-sonliQonunibilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda)
7-modda. Sug‘urta brokeri
Sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |