O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
15.12 -guruh talabasi Meliqo‘ziev Azizbek SHuxratjon o‘g‘lining
KONSULTATIV PSIXOLOGIYA VA PSIXOKORREKSIYA
fanidan
“Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning olib borilishi”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Dotsent N.SHomurotova
Farg‘ona- 2019
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………................
I bob. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning nazariy tahlili
Psixolog olimlarning shaxsda mustaqil fikrlashni rivojlantirish borasidagi fikrlari……………………………………………………..
Talabalar tafakkurining xususiyatlari………………………………..
II bob. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning amaliy tahlili
2.1. Talaba yoshlar mustaqil fikrlashining ijtimoiy- psixologik asoslari.................................................................................................................
2.2. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning amaliy tahlili…………………………
Xulosa..................................................................................................
Tavsiyalar…………………………………………….............................
Ilovalar………………………………………………...........................
Adabiyotlar ro‘yhati………………………………................................
Kirish
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri-ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini milliy g‘oya ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirish tashkil etadi.
Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taraqqiyot g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy jixatdan barkamol avlodni voyaga etkazish uchun munosib hayot shart-sharoitlarini yaratish - Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida o‘tkazilayotgan Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi deb qaralmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosat tufayli milliy ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashgan darajaga olib chiqish, islohotlar taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi insonni voyaga etkazishning muhim manbasi sifatida «Ta’lim haqidagi» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» singari strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar dunyoga keldi. Mazkur hujjatlarda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, talab va maqsadlari aniq belgilab berilgan, hamda ularni amalga oshirish hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi bosqichma-bosqich o‘tkazilishi asosiy vazifa qilib qo‘yilgan.
Barkamol insonni tarbiyalash vazifalari dolzarbligiga prezidentimiz o‘z diqqatlarini qaratib, shunday deganlar: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularni sobit qadam, g‘ayrat shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorligiga va chinakam mehnatsevarligiga bog‘liq ekanini anglab etsin».
YAngilanayotgan jamiyatning eng muhim muammolaridan biri inson tafakkurini shu jamiyat taraqqiyoti bilan psixologik uyg‘unligini ta’minlashdan iboratdir. Mustaqillik tufayli tafakkur tarbiyasi, ong ustivorligi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Darhaqiqat, inson ongi va tafakkurida o‘zgarishlar yuz bermaguncha, uning dunyoqarashi yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mazmunini o‘zida ifoda etmaguncha, samarali faoliyat ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining asosini ham ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish tashkil qiladi, buningsiz barkamol insonni tasavvur etib bo‘lmaydi.
SHuning uchun mustaqil mamlakat fuqarosining psixologiyasini ya’ni dunyoqarashi, fikrlash darajasini o‘rganish, hozirgi sharoitda ularni voqea hodisalarga munosabatlarini psixologik tahlil qilish zarurligi kurs ish mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
YUrtboshimiz birinchi I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi X1V sessiyasida so‘zlagan nutqida «Eski mafkuradan xalos bo‘lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgata olmaymiz» deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, insonning eski mafkuradan yangi mafkuraga o‘tishi bu murakkab psixologik jarayondir. Buning uchun jamiyatimizning etakchi faollari, fidoyilariga yuksak ma’suliyatlar yuklanmoqda. Mustaqil mamlakatning har bir fuqarosining sog‘lom fikrlashi va komil inson bo‘lib tarbiyalanishi bu - Respublikamiz Prezidenti olib borayotgan siyosati xalqchil ekanligidan dalolat beradi. Bu muammoni buyuk allomalarimiz Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Beruniy, YUsuf Xos Xojib, Zaxiriddin Bobur, Abdulla Avloniy o‘z asarlarida alohida ta’kidlagan edilar. Sog‘lom fikrlay oladigan yosh avlodda sof ruhiy holat, go‘zal psixologik qiyofa bo‘lishi ham tabiiydir. Biroq, ana shunday go‘zal holat, go‘zal psixologik qiyofaning kelib chiqish, yaratilishini ilmiy asoslash, ularni rivojlanish dinamikasini o‘rganish hamda bu jarayonga ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyatini aniq ilmiy uslublar yordamida yoritib, buyuk kelajak uchun bashorat qilish muhim vazifalaridandir.
Boshqacha qilib aytganda, yoshlarni ma’naviy jihatdan etuk qilib tarbiyalash, ularda hayotga, milliy-madaniy merosimizga nisbatan faol munosabatni shakllantirish, ularning ma’naviy sog‘lom, ruhan tetik rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish zarurati tadqiqot muammosini aniqlashga imkon beradi. Mavzuning ilmiy muammosi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish» vazifalarining mazmunidan ham kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |