Kurs ishning ilmiy farazi. Bizning taxminimizcha, yoshlarda mustaqil fikrlashni shakllanishida maxsus yaratilgan shart-sharoitlar, faol ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik usullari etakchi rol o‘ynashi mumkin. Bunday ijtimoiy omillar yoshlar ijtimoiy tasavvurlari ko‘lamini kengaytirishi, unda ushbu omillarga nisbatan baholar tizimini shakllantirshi hamda ijtimoiy ustanovkalarda mustahkamlanishi ehtimol.
Kurs ishning metodlari.
1. YOshlarning mustaqil fikrlashlarini o‘rganish maqsadida kuzatish va suhbatlar o‘tkazish.
2. YOshlarning fikrlash jarayonini o‘rganish uchun anketa so‘rovidan foydalanish.
3. Talabalar tafakkurining xususiyatlarini o‘rganish maqsadida test o‘tkazish.
4.Olingan natijalarni matematik, statistik qayta ishlash.
Kurs ishning ob’ekti. Talaba yoshlar tafakkurining xususiyatlarini aniqlash uchun talaba yigit-qizlar tanlandi. Tadqiqotda jami 55 ta respondent ishtirok etdi.
Kurs ishning predmeti bo‘lib, yoshlarning tafakkur xususiyatlari, ularni shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar hamda ijtimoiy treninglarda namoyon bo‘lgan shaxs sifatlarini tarkib toptirish jarayoni hisoblanadi.
Ma’lumki, ijtimoiy xulqning maqsadga muvofiq barqaror malakalarini shakllantirish uchun ko‘p marta takrorlanishga asoslanuvchi qaytariladigan mashqlardan tashqari, shaxs tomonidan ularni anglash va ruhan ichdan qabul qilish ham katta ahamiyatga ega.
YOshlar ruhiyatida emotsionallik va hissiyotning ustunligini e’tiborga olsak, aynan trening mashqlari ularning mustaqil fikrlashini kengaytirish, ularda mustahkam, maqsadga muvofiq malakalarni hamda xulq shakllarini ijtimoiy ustanovkalar sifatida hosil qilish vazifasini bajaradi.
Kurs ishning nazariy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati uning ilmiy yangiligi va tadqiqot metodlarining yangiligi, ishonchliligi darajasidan kelib chiqadi. YOshlarning fikrlash jarayonini tadqiq etish ijtimoiy psixologiya hamda pedagogik va yosh davrlari psixologiyasi sohalarini ilmiy xulosalar bilan boyitadi, sohalararo va predmetlararo ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
SHuningdek, tadqiqotda qo‘llanilgan nazariy va amaliy yondashuvlardan o‘spirinlar psixologiyasiga aloqador boshqa sohalarni o‘qitishda ham ma’lum darajada foydalanish imkoniyatini beradi. Olingan empirik natijalar, ilmiy xulosalar yosh davrlar psixologiyasi bo‘limini qo‘shimcha bilimlar bilan boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |