Зохидова Гулхумор



Download 243 Kb.
bet7/11
Sana20.06.2022
Hajmi243 Kb.
#684833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Meliqo‘ziev Azizbek

«Men»-munozarada»deb ataluvchi holat ayni
bahs- munozaralar o‘tkazish uchun qulay, chunki
unda shaxs o‘z fikrini dadil aytish uchun
imkoniyatni his qiladi. Odatda bunday bahslar to‘rtburchak stol atrofida uyushtiriladi

«Men»-hamkorlikdaman» degan holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi. Munozara a’zolari to‘rt-besh kishidan bo‘lib alohida stollar atrofida o‘tirib, har bir guruh o‘z qarorini chiqaradi. «Munozara» klublari» faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.



Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput turlari mavjud bo‘lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‘liqdir («disput» so‘zining lug‘aviy ma’nosi-«fikrlayapman», «tortishayapman», degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa-guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har biriing o‘z fikr muloxazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o‘tirib, mavzuning echimini batamom hal bo‘lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday guruxlar turli sharoitda ko‘pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar bahslashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq xajmda (masalan, 30 kishigacha) bo‘lsa, unda munozarani uyushtirishning o‘ziga xos tomoni bor. Bu holda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo‘linadi. Birinchi guruh-«fikrlarni jamlovchilar»-generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi-«tanqidchilar» va uchinchi guruh-«fikrlarni tezlatuvchilar»-katalizatorlar» deb ataladi. Har bir ajralgan guruhninig o‘ziga xos funksiyalari bor: «generatorlar» o‘rtaga tashlagan muammo yoki bahs mavzusi bo‘yicha o‘zlaridagi barcha fikrlarni o‘rtaga xolis tashlaydilar. Guruh a’zolaridan biri-lider-ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo‘lingan taqdirda ham ularni umumlashtirib bayon etadi. So‘ngra o‘yinga «tanqidchilar» kirishadi. Ularning vazifasi-eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi «mag‘zni» va «puchak» fikrlarni saralash. SHundan keyin vaziyatga qarab, yana so‘z «generatorlar»ga yoki «katalizatorlar»ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va taqliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo‘rin fikr bo‘lsa, yoki mohiyatan shu mavzuga aloqador bo‘lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini aynan shunga qaratishi kerak. So‘ngra «tezlatuvchilar» bahsni davom ettirishga ruhsat berib, agar uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning o‘yiniga xolis baho bergan holda munozarani to‘xtatishi mumkin. Ular ko‘pincha ikkala guruh uchun xolis orbitorlar-«xakamlar» rolini o‘ynaydilar.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy ma’naviy mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo‘llash imkoniyati bo‘lsa, suxbatdoshlarning uchburchak shaklidagi berk stol atrofiga o‘tirishlari mumkin. Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o‘rinda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. CHunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog‘i kerak bo‘lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo‘naltirib turmog‘i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o‘laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni o‘zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o‘zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bahsning yo‘nalishini b o‘zib qo‘yishi mumkin. SHuning uchun katta guruhlar uyushtiriladigan munozarannig mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo‘lishi shart.
YUqoridagi kabi usullar talabalarda ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, o‘zligini anglash va barqaror e’tiqodni shakllantiradi. SHularni hisobga olgan holda talaba yoshlarning qiziqishlari, hayotiy muammolarini o‘rganib, ular o‘rtasida ko‘proq suhbat, badiiy kecha, uchrashuv va muloqotlarni uyushtirish, turli xil to‘garak, sport seksiyasi, ilmiy tadqiqot uyushmalarini ko‘paytirish, tanlov, anjuman, munozara, bahs va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkillash lozim. Bunda talaba yoshlarning ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ishtirokini kengaytirish hamda o‘zini-o‘zi boshqarish faolligini ta’minlashga xizmat qiladigan samarali mexanizmlarni ommaviylashtirishning noanhanaviy shakllarini joriy etish kerak bo‘ladi. Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish bilan bog‘liq psixologik bilimlarini oshirishda ijtimoiy-psixologik treninglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Demokratik, teng huquqlilikka asoslangan o‘zaro munosabatlargina talabaga o‘zini-o‘zi anglash, kelajakda jamiyatning rivojlanishiga o‘z kasbiy bilimdonligi bilan hissa qo‘sha olish, o‘z ruhiyatida «ichki tartib-intizom»ni joriy etish va shu asosda o‘zini-o‘zi ruhiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalash tizimini amalga oshirishga imkon beradi. Talaba shaxsida qanchalik darajada mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqara olish kabi psixologik xususiyatlar mujassamlashgan bo‘lsa u shunchalik mustaqil fikrlay oladi va yuksak cho‘qqilarga erishadi. CHunki yuksak, teran va atroflicha fikr yuritadigan hamda ijtimoiy faoliyatidan el-yurtga naf etkazadigan insonlargina kamolotga erishishi mumkin.
SHaxs shakllanishining muhim shartlaridan biri - baholash qobiliyatining rivojlanishidir. Bu qobiliyat shaxsiy harakter xususiyati hisoblanib, shaxsning ma’naviyati va har tomonlama rivojlangan bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Har bir insonning ruhiy quvvati atrofdagilar ruhiy quvvvati bilan bevosita bog‘liq ekan, yoshlarni ma’naviyatli inson bo‘lib kamol topishlarida o‘zi hamda o‘zgalarga to‘g‘ri va odilona ba’o berishga o‘rgatishimiz zarur.
Buning uchun talabalar bilan verbal va noverbal ijtimoiy psixologik treninglar, breynshtorminglar, davra suhbatlari o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Maqsadli treninglar yoshlarni ma’naviy jihatdan boyitishi, ularning nutqi va fikrlashini kengaytirish bilan bir qatorda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Ayniqsa, yoshlar tashkilotlari, ma’naviyat va ma’rifat jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, maxalla, oila instituti o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lanishi kerak.
Talaba yoshlarning qiziqishlari, hayotiy muammolari o‘rganilib, ular o‘rtasida ko‘proq suhbat, badiiy kecha, uchrashuv va muloqotlarni uyushtirish, turli xil to‘garak, sport seksiyasi, ilmiy tadqiqot uyushmalarini ko‘paytirish, tanlov, anjuman, munozara, bahs va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkillash lozim.



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish