Зохидова Гулхумор


II bob. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning amaliy tahlili



Download 243 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2022
Hajmi243 Kb.
#684833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Meliqo‘ziev Azizbek

II bob. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning amaliy tahlili
2.1. Talaba yoshlar mustaqil fikrlashining ijtimoiy- psixologik asoslari
Dunyoqarash-shaxsning shaxsligini, uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko‘rsatuvchi kuchli motivlardandir. SHuning uchun ham uning shakllanishi va o‘zgarishi masalasi muhim masalalardan bo‘lib, hamma vaqt va davrlarda ham o‘ta dolzarb bo‘lib kelgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri-ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiklol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Mustaqil fikr-insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalarning mohiyati xususida o‘z qarashlari bo‘lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi.
Biz yuqorida tafakkur va mustaqil fikrlashning individual xususiyatlari va ushbu jarayonga hos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni ko‘rib chiqdik. Lekin aslida maqsad shundayki, har bir shaxs o‘zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o‘ziga hos tomonini bilgan holda uni o‘stirish yo‘llarini bilishi kerak. Ohirgi yillarda psixologlarning o‘tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o‘stirish va bunga qisqa yo‘llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko‘plab nostandart fikrlarning tug‘ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘larkan. Bunga polilog-guruh ichidagi munozara misol bo‘ladi. U tinglovchilar yoki o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, o‘qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o‘quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usul dars mavzusi ko‘proq nazariy harakterli bo‘lib, yangi g‘oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurati bo‘lganda qo‘l keladi. Lekin bu usul mashg‘ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o‘sha soha yuzasidan ma’lum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur. Dialog va polilog texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli bo‘ladi.
Fikrlash jarayonini tezlashtiruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug‘aviy ma’nosi «miyani zabt etish»dir(«mozgovaya ataka» ruscha-«brain sto‘rming» ingl.). Uni o‘tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan:
Ba’zi intellektual masalalarni echishda bitta echim bilan cheklanib bo‘lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «guruhiy samara» bo‘lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo‘ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta’sirlanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir-kreativ, kimdir-tanqidchi va shunga o‘xshash.
Guruhda shunday ijodiylik ruhi bo‘lishi kerakki, har kim hohlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o‘rtacha intellektual darajaga ega bo‘lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo‘lardi.
Bu jarayon oliy o‘quv yurtlarida darslarda ham qo‘llanilishi mumkin, faqat uning yuqoridagi tamoyillari inobatga olinishi va guruhda o‘zaro hamjihatlik muhiti bo‘lishi kerak.
Bahsning samarali bo‘lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga nisbatan fazoviy joylashuvlariga bog‘liq.


Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish