Kurs ishning metodologik asosi bo‘lib, avvalo «YOshlar yili» davlat Dasturi, «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi» g‘oyalari, Prezidentimiz I.A.Karimovning ma’naviy va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni chuqurlashtirish, milliy mafkuraning mazmunini tashkil etgan fikr va g‘oyalari tashkil qiladi.
Respublikamizda yoshlar muammolariga e’tiborning kattaligini hisobga olib, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarini ana shu masalalarga bag‘ishlaganlar. O‘zbekiston psixologlarining yoshlar muammosini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqqan nazariy yondashuvlari (M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, G‘.B.SHoumarov, V.M.Karimova, R.Sunnatova va boshqalar) ham xizmat qildi.
Kurs ishning maqsad va vazifalari.
Hozirgi buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosi bo‘lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ko‘plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir bo‘ladilar. Prezidentimiz siyosatining bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, o‘z mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. CHunki, o‘zgalar fikriga qaram bo‘lish, turli biddiyatlar va yot mafkuraga ergashish psixologiyasi jamiyat ma’naviyatini tanazzulga olib kelishi shubhasiz. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning individual xususiyati bo‘lsa-da, bu xususiyat jamiyatda, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar muhiti yaxshi bo‘lganda rivojlanadi. YA’ni, agar kichik yoshidanoq bolaning ko‘plab beradigan «Nega?» «Nima uchun?» qabilidagi savollariga o‘rinli javoblarning berilishi, undagi shaxsiy fikrning rag‘batlantirilishi, o‘qituvchi tomonidan u yoki bu muammo bo‘yicha har bir o‘quvchi fikrining so‘ralishi va o‘z vaqtida javoblarning ma’qullanishi kabi omillar mustaqil fikrlashning shart-sharoitlaridan hisoblanadi. Mustaqil fikrlash-shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida o‘z qarashi va nostandart echimlariga ega bo‘ladi Demak, mustaqil fikrlash ijtimoiy muhitga bog‘liq qobiliyat ekan, guruh sharoitida tashkil etiladigan to‘g‘ri muloqot va samimiy muhit, bahs va tortishuvlarning omilkorona yo‘lga qo‘yilishi bunda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
SHulardan kelib chiqib yoshlarning mustaqil fikrlashi va hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ilmiy-amaliy, psixologik yordam berish masalasi tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
1. Psixolog olimlarning shaxsda mustaqil fikrlashni rivojlantirish bilan bog‘liq qarashlarini o‘rganish.
Talaba yoshlar mustaqil fikrlashining ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganish.
Talaba yoshlar mustaqil fikrlashining psixologik xususiyatlarini amaliy tahlil qilish.
Olingan natijalarni umumlashtirish va xulosalar chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |