Reja: Oliy ta'lim muassasalari uchastkalariga bo'lgan talablar



Download 0,53 Mb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#697181
  1   2   3
Bog'liq
Jamalov A




REJA:

  1. Oliy ta'lim muassasalari uchastkalariga bo'lgan talablar

  2. Asosiy xona va binolami hajmiy rcjalashtirish yechimlariga taiabiar

  3. Oliy o'quv muassasalarining turii o'quv yo'nalishi bo'yicha hisobiy sig'imi

  4. Akadcmik litseylar va kasb-hunar kollejlari


Oliy ta'lim muassasalari uchastkalariga bo'lgan talablar
Oliy ta’lim muassasalarini joylashtirishni S h N K 2.07-01 shahar qurilish talablariga muvofiq amalga oshirish zarur. Shu bilan birga yangi quriladigan bino va inshootlami elektr, suv, gaz bilan ta’minlash va markaziy kanalizatsiya tarmoqlari manbalariga ulanish imkoniyatlarini inobatga olinishini ko'zda tutish zarur.
4 ming va undan ko'p talabaga mo'ljallangan katta oliy o'quv muassasalarini va o'zining tarkibida katta miqdordagi maxsuslashtirilgan obyektlar, laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, klinikalar, poligonlar,tajriba uchastkalarini qamragan maydonlarni, shu bilan birga majmualik talablarini hisobga olgan holda hamma kerakli obyektlami shahami chetki hududlarida joylashtirish zamr.
Qishloq xo'jalik yo'nalishi bo'yicha (tajriba xo'jaliklariga ega) oliy ta’lim muassasasini shahar chetidagi, odatda, shahar chegaralariga taqal- gan zonalarda joylashtirish kerak bo'ladi. Oliy ta’lim muassasasini uchastkalari magistral ko'chalar bilan kesishishmasligi, uchastkada piyoda yuruvchilar va transport oqimi bo'linishi ko'zda tutilishi zarur.
Oliy ta’lim muassasalarining maydon yuzalari aniq shahar qurilish shartlariga muvofiq, ShN K 2.07.01 ni inobatga olgan holda aniqianadi. Uchastkalami o'rab olish mahalliy sharoitlarini inobatga olgan holda ko'zda tutiladi.O'quv poligonlari va tajriba xo'jaliklarini o'quv yurtlaridan, ulami te- gishli ishlab chiqarish korxonalari bilan birlashtirgan holda alohida joylashtirishga ruxsat etiladi. O'quv poligonlarini ishlab chiqarish, tajriba uchastkalarini va boshqa maxsuslashtirilgan obyektlami yuzalarini loyihalashtirish topshirig'iga muvofiq texnologik talablar asosida aniqianadi.

Oliy o'quv muassasalarining yer uchastkalarida quyidagi: o'quv va ilmiy tekshirish bo'limlari, ovqatlanish, savdo-maishiy va xizmat ko'rsatish (sog'lomlashtirish-tibbiy xizmatlar), sport, xo'jalik-texnik zonalar belgi- langan (yotoqxona, o'quvchilar tarkibi uchun uylar ajratgan holda zonalashtirishni ko'zda tutish lozim).Nasos xonalar, ta’mirlash ustaxonalari, garajlar va omborlami xo'jalik zonalarida joylashtirish zamr. Sport zonalari, odatda, o'quv zonalarining yonida joylashishi kerak. Oliy ta’lim muassasasi yer uchastkalarini ko'klamzorlashtirish yuzalari eng kamida umumiy maydonning 35% ini tashkil etishi zamr. O'quv binolari va ilmiy-tekshirish faoliyati uchun binolar magistral ko'chalarining tez harakatlanish qismlaridan eng kamida 50 m uzoqlashtirilgan, boshqa hollarda esa mahalliy ahamiyatga ega ko'chalarining o'tish qismlaridan eng kamida 25 m uzoqda bo'lishi kerak. Oliy o'quv muassasalarining ilmiy-tekshirish bo'limlarini, odatda, o'quv bo'limlari bilan bir majmuada joylashtirish tavsiya etiladi.Maxsuslashtirilgan ilmiy-tekshirish laboratoriyalari, tajriba poligonlari va boshqa obyektlami ishlab chiqarish binolari va inshootlariga tegishli texnologik talablarga taalluqli, sanitariya me'yorlari va atrof-muhitni muhofazalash talablariga muvofiq joylashtirish zarur.


Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari yonida, odatda, poliklinika va statsionarlar korpuslari uchun klinik zonalar ajratiladi.Ochiq sport inshootlari majmualarida tashqi hojatxonalar, obodonlashtirilgan maydonchalar, suv ichish fontanchalari bo'lgan dam olish may- donchalari va boshqa obodonlashtirish qismlari (elektr yoritish, tegishli qoplamalar, ko'klamzorlashtirish, suv bilan bostirish)ni ko'zda tutish lozim.

Ochiq sport inshootlarini o'quv laboratoriyalari, kutubxona, ilmiytekshirish xonalarining oynalari tomonidan joylashtirish tavsiya etilmaydi; aytib o'tilgan xonalaming oynalari bilan sport inshootlarining orasidagi masofa 50 m dan kam bo'lmasligi kerak. Tegishli masofani ta’minlab bo'lmagan holatda shovqindan himoya qilish uchun turli qurulmalarni ishlatishni, talabga javob beruvchi choralami harakatdagi sanitariya va qurilish me’yorlarini inobatga olgan holda qabul qilish zarur. O'qituvchilar uchun yotoqxona, mehmonxona va turar joylar umum «turarjoy* zonasida, yashash zonalarida loyihalashtirish me’yorlariga muvofiq, joylashtirilishi zarur. Yotoqxona alohida joylashtirilganda uning o'quv zonasidan uzoqligi 30 minutlik yo'lni tashkil etib, transport yoki piyoda yurish imkoniyati bo'lishi kerak. O'quv ilmiy-tekshirish, oliy ta'lim muassasa uchastkalarining ma'mu- riy jamoa korpuslarining oxirida avtoturaijoylar ko'zda tutilishi zarur (ming odamga 15 mashina o'rin hisobidan talabalar, o'qituvchilar, kurs tinglovchilari va boshqalar uchun).Oliy ta'lim muassasani o'rab olingan uchastkasida eng kamida ikkita kirish joyi ko'zda tutilishi zarur.


Binolar atrofida o't o'chirish mashinalari uchun aylanib o'tadigan yo'llar ko'zda tutilishi zarur (bino devoridan5 m narida).Oliy ta’lim muassasasini shahar atrofi zonasida joylashtirilishida 3 km uzoqlikdagi o't o'chirish deposidan foydalanishga imkon bo'lishi zarur.Bir nechta oliy ta’lim muassasalami yonma-yon joylashtirishda, odatda, umumiy turar joy va sport zonasi, umumiy klub, ko'rgazma majmualari, umumiy poliklinika, sog'lomlashtirish majmuasini ko'zda tuzish zarur.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish