Reja: Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi, shart-sharoitlari. Mehnatning sotsial shaqllari va shart-shaoitlari. Mehnat jamoalarining sotsial harakteri va asosiy funksiyalari Ishsizlikning sotsial qiyofasi



Download 71 Kb.
bet1/7
Sana25.07.2021
Hajmi71 Kb.
#128006
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi


Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi

Reja:

1.Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi, shart-sharoitlari.

2.Mehnatning sotsial shaqllari va shart-shaoitlari.

3.Mehnat jamoalarining sotsial harakteri va asosiy funksiyalari

4.Ishsizlikning sotsial qiyofasi.
Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi, shart-sharoitlari.

Xozirda, ijtimoiy fanlar qatorida “Sotsiologiya” fani oldida shaqllanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar xususiyatlari, bozor munosabatlariga o’tish jarayoni va uning kelgusidagi ijtimoiy oqibatlarini, mehnat munosabatlarining yangi sharoitidagi o’ziga xos jihatlarini o’rganish masalasi kundalang bo’lib turibdi. Sotsiologiya va uning maxsus nazariyasi- mehnat sotsiologiyasi doirasida bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlari o’zaro dealektik bog’liq holda olib qaralishi shart. Mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jamiyat xayotining barcha jihatlari, jarayonlari konkret sotsiologik tadqiqot asosida o’rganiladi.

O’zbekiston davlati iqtisodiy asoslarini, ularning tarkibiy funksional qatlamini mehnat sotsiologiyasi doirasida o’rganish muammosi xozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Chunki, xozirda mehnatning mazmuni harakteri va unga bo’lgan munosabat o’zgarmoqda. Boshlanayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy davr talablaridan biri “Ishlab chiqaruvchilarning ham, iste’molchilarning ham ruhiyatini o’zgartirishi lozim”.

Mehnat sotsiologiyasining predmeti bilan bog’liq bo’lgan kishilarning ijtimoiy xayoti qonuniyatlarining, mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati jarayonlarini o’rganishdan iboratdir. Sotsiologiyaning bu maxsus nazariyasi mehnat soxasidagi tadqiqotlarning xususiy prinsiplari, kategoriyalari va usullaridan foydalanadi. Mehnat sotsiologiyasining tarkib topishi va rivojlanishi g’arb sotsiologiyasi bilan marksistik sotsiologiyada deyarli bir davrda – XX asrning 20 yillaridan boshlandi. AQShda mehnat sotsiologiyasi F.Teylor, E.Meyo, K.Levin, Dj.Moreno, F.Xersberglarning sotsiologik konsepsiyalari asosida shaqllanib, o’zining yuksak ilmiy darajasiga erishdi.

Rossiyada esa shu davrdan boshlab akademik S. G. Strumilin, akdemik V. M. Bexterev, A. K. Gastev, P. M. Korjensev, O. A. Yermanskiy, N. A. Veyke, V. V. Dobrinin, E. K. Drezin kabi yirik olimlarning ilmiy tadqiqot ishchilari bilan marksistik asosdagi mehnat sotsiologiyasi rivojlanadi.

AQShda va G’arbiy Ovrupada mehnat sotsiologiyasiga e’tiborning ortishiga, asosan Rossiya va bir qator Ovrupa mamlakatlarida ro’y bergan sotsial inkiloblarning sodir bo’lishi, mehnatkashlarning mavjud siyosiy-iqtisodiy tizimga qarshi bosh kutarib chiqishi va sinfiy kurashning ortishi sabab bo’ladi. XX asrning 20 yillarida bir qator kapitalistik mamlakatlarda bir necha bor takrorlangan, iqtisodiy inkirozlar esa siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib qo’ygan edi.

Qanday bo’lmasin siyosiy vaziyatni yumshatish va iqtisodiy tanglikdan chiqish muammosi mavjud kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tizimning xayot mamot masalasiga aylanib koldi.

Bularning barchasi eski ishlab chiqarish munosabatlarini islox qilish yo’li bilan, tadrijiy suratda yangilanib borish, ya’ni zamonaviy mehnat munosabatlarini tarkib topishiga olib keldi. Mehnat sotsiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat qildi. AQShda mehnat sotsiologiyasi asosan boshqaruv sotsiologiyasi doirasida o’rganib kelindi. G’arbiy Ovrupa mamlakatlarida esa alohida fan sifatida urganilib kelinmokda.

XX asrning 70-yillaridan boshlab g’arb mehnat sotsiologiyasi doirasida mehnatni gumanizatsiyalash tendensiyasi o’rganila boshlandi. Mehnat sharoitini yaxshilashga ko’proq e’tibor berildi. G’arb sotsiologlarining fikricha, mehnat insonga a’zob-ukubat emas, balki, xo’zur bagishlashi kerak. Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo’lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog’i kerak. Xozirgi o’tish davrining asosiy vazifalaridan biri “ … sermaxsul mehnat qilish uchun yaxshirok rag’bat bilan va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’ltanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir"”

Bu yo’lda, mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zaxiralarni tahlilqilib o’rganishdan iboratdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat xayotida, halq xujaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat soxasi bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi.

Mehnat sotsiologiyasi quyidagi asosiy ijtimoiy munosabatlar jarayonini o’rganadi, ishlab chiqarish vositalariga va mulkka bo’lgan munosabatlar, mehnat kooperatsiyasi va taqsimoti, bajarilayetgan mehnatning sharoiti va mazmuni, mehnat turlarining o’zgarishi, mehnatga qarab taksimlash, jamiyat a’zolarining ijtimoiy foydali mehnatga bo’lgan ektiyejlarining usib borishi, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoiti va turmush tarziga qarab, ularning ta’sirida esa mehnat xulkning o’zgarib borishi, turli ijtimoiy shart-sharoit va omillar ta’sirida mehnat hulqining o’zgarib borishi, mehnat hulqining motivlari va tiplari, shaxsiy daromadlarning miqdori va uni olish yo’llari, mehnat qadriyatlari va boshqalar. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bozorga o’tish dasturini ro’yobga chiqarishdagi ijtimoiy tayanchlardan biri, birinchi navbatda, jamiyatning ijtimoiy faol katlamlaridir. Shu bois isloxotlar ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi har bir kishi mehnatining kadrini oshirish, uning ijodiy faoliyat kkrsatish imkoniyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Har bir kishining iqtisodiy erkinligini uning o’z muvaffakiyati hamda o’z oilasining farovonligi uchun iqtisodiy ma’sulligi bilan kovushtirib borishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarning qaror toptirish kerak. O’z ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlariga tayanishni nazarda tutgan munosabatlar har bir kishi farovonligining muhim va yagona manbaidir”.


Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish