Reja: Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi, shart-sharoitlari. Mehnatning sotsial shaqllari va shart-shaoitlari. Mehnat jamoalarining sotsial harakteri va asosiy funksiyalari Ishsizlikning sotsial qiyofasi



Download 71 Kb.
bet6/7
Sana25.07.2021
Hajmi71 Kb.
#128006
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi

Ishsizlikning sotsial qiyofasi.

U yoki bu sabablarga ko’ra ishsiz qolgan kishining jamiyatdagi mavqeyini qanday sotsial, iqtisodiy, psixologik, omillar belgilaydi? Xozirgi bozorga o’tish davrida yuzaga kelgan o’rtacha ishsizning qiyofasi qanday?

Avvalo, u mehnatga layokatli yoshdagi kishi, buning ustiga ko’p xpllarda g’oyatda faol yoshda. Chunonchi, surab chiqilganlarning 70,3%i 20-40 yoshda, 39,6%i 20-29 yoshda va 30,7%i 30-39 yoshda. Agar qolgan kishilar orasida 40-54 yoshdagilarning xissasi kattaligini hisobga olsak, ma’lum bo’ladiki, asosan aholining iqtisodiy faol qismiga mansub kishilar ishsiz qolganlar.

Buning ustiga respublikada “xotin-qizlar ishsizligi” ustun turadi: so’ralganlarning 54%ini ular tashkil etadi.

Mehnat birjalariga jami murojat qilganlarning 26,4%i oliy va tugallanmagan oliy ma’lumotga 35,2% uchun o’rta, 31,2% o’rta maxsus, 7%i to’liqsiz o’rta ma’lumotga ega ekanligi ko’rib chiqadi.

Nihoyat, quyidagi ma’lumotlar milliy tarkibni harakterlaydi: o’zbeklar-42,7%, boshqa tub yerli halqlar vakillari 9,7%, ruslar 31,6%, boshqalar 16% .

Shunday qilib, bugungi kundagi ishsizlar -g’oyatda faol mehnatga layokatli yoshdagi, odatda, yetarlicha yuqori darajada ma’lumotli kishilardir. Bu toifadagi aholi asosan o’zbek va rus millatlariga mansub kishilar hisobiga ko’payib bormoqda. Birok, shuni oldindan aytish lozimki, suralganlarning chorak qismi o’z xoxshi bilan ishdan bushagan va xozir o’zlari uchun tug’ri keladigan ishni kidirmokdalar.

Mehnat birjasiga murojat qilganlarning katta qismi shtat qisqarib yoki ular ilgari mehnat qilganlar korxona tugatilishi oqibatida ishsiz qolgan.

Shunday qilib, ishsizlarning aksariyatini (58%) mehnat birjasiga davlat korxoralari va tashkilotlari yetkazib bermoqda, bunda kooperativlar “xissasi” 7,2%, ijara korxonalarning-2,6%dir. Ilgari xech kayerda ishlamagan kishilar-o’quv yurtlari bitiruvchilari, uy bekalari va xokazolarning xissasi ham kattagina.

Bugungi kunda kishilarni ishni yukotishlari mumkunligi va yangi ishni izlash, qayta ukitish, kasbni o’zgartirish zarurligiga ruxan tayyorligi, qisqasi, bozor sharoitida yashashga to’g’ri kelishini batamom anglash bilan bog’liq muammolar alohida ahamiyatga kasb etmoqda.

Bozor munosabatlari shakillanishining boshlang’ich davrida kishilar yangi iqtisodiy reallikni idrok etishga ruxan tayyor emasligi va kutilmagan zarbani yumshatish uchun zarur bilim kamda kunikmalarga ega emasligini qayd etmok lozim. Shuning uchun aholini, ayniqsa uning kam daromatli guruhlarini sotsial ximoyalash tizimi va mexanizmlarini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning respublikamizda bunday tizim amalda barpo etilgan, bu narsa tegishli huquqiy xujjatlarda va avvalo “O’zbekiston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonunda, shuningdek iqtisodiyotni strukturasi qayta qurish, narxlarni erkinlashtirish, xususiylashtirish, pulning kadrsizlanishini va xokazolarni yumshatuvchi choralarda o’z aksini topadi.

Bunday natijalar, shak-shubxasiz, ish bilan ta’minlash soxasida davlat yanada faolrok siyosat olib borishi zarurligini ko’rsatuvchi muhim xollardan biridir. Bunda u nafaqat ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashgagina emas, balki ularni faol mehnat faoliyatiga jalb etishga yordam beradigan shart-sharoitni har tomonlama rag’batlantirishga ham qaratilishi kerak. Kishilarning yangidan kasb o’rganishga, yangi iqtisodiy strukturalarga kirishga tayyorligini oshirish zarur. Bu esa bozor munosabatlariga o’tish chog’ida shaxs o’zining potensialini ro’yobga chiqarishi uchun xizmat qiladi.




Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish