Mehnat jamoalarining harakatlarini uyushtirish orqali butun jamiyatimiz uchun foydali bo’lgan bir qator maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarish zarur:
Mehnat jamoalarining kuch g’ayrati eng yirik texni-iqtisodiy, sotsial, siyosiy, madaniy muammolarni hal etishga yunaltiriladi. Xo’jalikyuritish shakillarini tanlashda jamoalarning mustaqilligi, mehnatdagi intizom, uyushqoqlik, mas’uliyatlik, jon kuyarlik bilan tadbirkorlikni birlashtirish ta’minlanadi. Shu jumladan o’z-o’zini samarali boshqarish negizida tadbiror-raxbarlar bilan ishyailar mehnat jamoalari o’rtasida yaqindan o’zaro hamkorlik o’rnatilishiga erishiladi.
“Samarasi, konstruktiv ish yo’lida plyuralizm” ishori ostida mehnat jamoalarining integratsiyalash potetsiali ko’paytiriladi.
Mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda mehnat jamoalarining kuch harakatlari birlashtiriladi.
Guruhiy xudbinlik, millatchilik va boshqa salbiy tendensiyalarga qarshi turiladi.
Mehnat soxasida ijtimoiy birlikning asosiy ko’rinishi mehnat jamoasi hisoblanadi. Mehnat jamoalaridagi mehnatkashlarning o’zaro munosabatlari, mehnat jarayonidagi ijtimoiy jarayonlar va mehnat munosabatlari shular jumlasidandir. Mehnat munosabatlari mehnat jarayonidagi ishtirokchilar o’rtasida yuzaga kelib, iste’mol kiymatini yaratish va mehnat kooperatsiyasi, hamda mehnat taqsimoti asosida sodir bo’ladi.
Mehnatning huquqiy munosabatlari mehnat jamoasi kasaba uyushmalarining korxona, tashkilot ma’muriyati, xususiy tadbirkorlar bilan bo’ladigan o’zaro huquqiy aloqalarini ham o’z ichiga oladi.
Mehnat unumdorligi, maxsulot sifati, mehnatni muxofaza qilish mehnat va davlat intizomi, ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatishning takomillashtirish bilan bog’liq taqliflar oldin mehnat jamoasi kengashi bilan bog’liq taqliflar, mehnat jamoasi kengashi bilan kasaba uyushmasi komitetining birlashgan kengashida korxona ma’muriyati ishtirokida muxokama qilinada. Shundan so’ng tushgan kushimchlar va taqliflar bilan qayta ko’rib chiqilgan jamoa shartnamasi korxona mehnat jamoasining umumiy yigilishiga muxokama va qabul qilish uchun tavsiya etiladi.
Jamoa shartnomasi tarkibiy kismlari va mazmunini mehnat jamoasi, korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi komiteti mustaqil ravishda belgilaydi.
Jamoa shartnomasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan halq xujaligi tarmoklarining mustaqil balansga ega bo’lgan va yuridik shaxs hisoblanadigan korxona va tashkilotlarda tuziladi.
Mehnat sotsiologiyasida o’zaro aloqadorlik tushunchasi qo’llanilib, u ikki asosiy munosabatni o’z ichiga oladi. Bular o’zaro hamkorlik va rakobatdir. O’zaro hamkorlikda turlicha ijtimoiy kizikishlar, manfaatlar o’zaro mos tushadi. Rakobatda esa, aksincha, o’zaro manfaatlar zid keladi. Bu tendensiyalarni o’rganish ayniqsa, xozirda respublikamizda xususiy mulkchilik shaqllanayetganligi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tarkib topishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
1996 yil 1 aprelda amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bozor munosabatlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimni tarkib topishida muhim o’rin tutadi. Kodeksda mehnat munosabatlarini yangi sharoitda tartibga solishga qaratilgan qonun qoidalar 294 moddani tashkil qiladi. Bu qonun-qoidalar mehnat bozorining samarali amal qilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |