Mehnat jarayoni o’z ichigi uch laxzani kiritadi;
1) Insonning foydali faoliyati yoki mehnatning o’zi;
2) Mehnat mavzusi, ya’ni bu faoliyatning nimaga yunaltirilganligi;
3) Ishlab chiqarish qurollari, bular bilan inson ushbu mavzuga ta’sir ko’rsatadi.
Insoniyatning turli rivojlanish bosqichlarida mehnat davr ijtimoiy munosabtlarning rivojlanish ko’rsatkichlari hisoblangan turli shaqllarda ko’rinadi.
Xozirgi paytda biz doimo eshitib turadigan ikkita o’hshash tushunchalarni taksimlashimiz zarurdir: yakka tartibdagi mehnat va yakka tartibdagi mehnat faoliyati. Birinchi toifa shaxsiy ish joini, ya’ni o’z sub’ekti, majburiyat va funksiyalar doirasiga ega bo’lgan mehnat zonasini bildiradi - bu mehnatning texnologik taqsimoti tarkibiy qismidir. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati - mehnatning iqtisodiy taqsimoti tarkibiy qismidir. Bu grajdanlarning ijtimoiy - foydali faoliyati bo’lib, u alohida bir shaxs va uning oila a’zolari shaxsiy mehnatga asolangan. Bunday faoliyat asosini shaxsiy mulkda bo’lgan mehnat vositasi, uy-joy binosi va kurilmalari, yer, ishlab chiqarish maxsulotlari, transport vositalari va xokazolar. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati jamiyat ichidagi mehnatning taksimlanishi elementi bo’lib katnashadi.
Mehnat mazmuni uning texnik funksional tomonlarini, mehnatning mazmundorligi esa - sotsial-psixologik tuzilishini ifodalaydi. Agar xususiy reja bo’yicha to’zilgan bo’lsa, mehnat mazmunli va ijodiy sub’ekt sifatida kuriladi. Begona xokimlikni irodaga bo’ysindirish - psixologik va ijtimoiy yiroklashishga yo’l. Mana shuning uchun ishchilar, xodimlar oldiga maqsad va vazifani quyish va bu maqsadga erishish yo’llarini tanlashda, shubxasiz, uning faoliyatini noziqlik bilan na’zorat qilish bilan ular fantaziyasiga keng yo’lochib berishga intilish muhimdir.
Ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish, uni boshqarishda, biznesda, huquqshunoslik idorasida mehnatni rag’batlantirish va asoslash katta ahamiyat kasb etadi. Ragbatlantirish - bu tugri va kisman shaqlda ifodalangan mehnatni kuchaytirishni moddiy va ma’naviy mukofatlash tizimidir. Ragbatlantirish - majburiy mehnatdan ixtiyoriyga qadam. Mehnat asoslari - ixtiyoriy mehnatga boshqacha, yanada kengrok qadam, muhim inson extiyojlarini qondirishga asoslangan faol mehnat faoliyatiga mayllik (kuchli shaxslarga, faol biznesmenlarga va boshqalarga mansublik mavqeini aniqlab olish). Asoslar qadriyatlar va yo’l-yo’riqlar bilan o’zviy bog’liqdir. Asoslar u yoki bu holatni, dalilni sub’ektiv baxolashga mo’ljallangan, ular nisbiydir. Qadriyatlar asosida jamiyat tomonidan nimanidir shak-shubxasiz normalar sifatida ob’ektiv tan olinishi yotadi, qadriyatlar ahloqiy talab bo’lib, ular absolyutdir.
“Mehnat sotsiologiyasi” darsligi mualliflarining xakkoniy ta’kidlashlaricha, mehnat mazmundorligining asoaiy elementlari bo’lib, agar uni mehnat faoliyatining ijtimoiy-psixologik tuzilishi sifatida tushunilsa, kuuidagilar hisoblanadi:
Maqsad - oldindan seziladigan natijalarni tan olingan obrazi ta’sir qilishning ideal rejasi;
Mehnatga munosabat - uning asosida mehnatning ongliligini va maqsadga tegishlilikni o’zinikidek sezish, atrof olamni, shaxsiy reja bo’yicha qayta rivojlantirish;
Mehnatni rag’batlantiruvchi omillar - mehnat faolligiga undovchi tashqi omillar;
Mehnat asoslari - muhim bir narsadek tan olinuvchi extiyoj, ichki rag’batlantiruvchi omillar;
Qadriyatlar va ularga qarab muljallash - mehnat faoliyatining ahloqiy talabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |