Reja: Kirish Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlili, mazmuni va muhim vazifalari



Download 113,04 Kb.
bet1/7
Sana21.06.2022
Hajmi113,04 Kb.
#688492
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MM-59 Ibragimov Baxodir


Reja:
Kirish
1. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlili, mazmuni va muhim vazifalari
2. Pul oqimlarini bashoratlash hamda pul oqimlarini egri va to’g’ri usulda tahlil qilish
3. Korxonaning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
4. Korxonaning pul oqimini shakllantirish muammolari va ularni takomillashtirish yo‘llari


Kirish
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shaklini erkin o‘qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek‚ xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslardagi barcha o‘zgarishlar aks ettiriladi.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining harakati aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobotda kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘laridagi barcha o‘zgarishlar shunday tartibda aks ettirilishi lozimki, u pul mablag‘lari bilan ularga ekvivalent bo‘lganlar o‘rtasida, ya’ni, qisqa muddatli va yuqori likvid investitsiyalar, erkin ayirboshlanadigan pul mablag‘lari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini ta’minlasin.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotga “Valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotnomaˮ ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar, valyuta mablag‘lari tushumi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etadi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga bog‘liq. Korxonaning hisob-kitob va o‘zga hisob raqamlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul mablag‘lari oqimi deyiladi.
Pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl “Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobotˮ moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi “Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidaˮgi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo‘lib, unda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Pul mablag‘lari oqimiga so‘m va valyutadagi pul mablag‘lari kiritiladi.
Pul mablag‘lari aylanma aktivlarning eng likvid qismi hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyati, moliya munosabatlari pul mablag‘larini turli aktivlarga ishlatish va uning yakunida oldingi jarayonlarning yutug‘i hisoblangan foydaga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Jarayonlar ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat)lar o‘z egalari tomonidan tan olingan va tasarruf etishga qabul qilingan holda ularga tegishli bo‘lgan qiymatliklar sotuvchiga to‘la to‘lab berilsa yakuniga yetadi. Bu esa jarayonning yangi siklini boshlash uchun ham manba hisoblanadi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanilganda, foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning sof aktivlaridagi o‘zgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va to‘lov qobiliyati)ni va o‘zgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida o‘zining pul oqimlari summasi va muddatlariga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini baholash uchun ma’lumot bilan ta’minlaydi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli kelgusi pul oqimlarining keltirilgan (diskontlangan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. U, shuningdek, turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarning operatsion faoliyati ko‘rsatkichlari haqidagi hisobotlarining qiyoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiya va hodisalarning turlicha hisobga olinishi oqibatlarini bartaraf qiladi.
Oldingi davrlardagi pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotdan ko‘pincha kelgusi pul oqimlarining summasi, muddati va aniqligining ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. U, shuningdek, kelgusi pul oqimlari bo‘yicha oldingi baholarning to‘g‘riligini tekshirishda, hamda foydalilik va sof pul oqimlari orasidagi bog‘liqlikni va o‘zgaruvchan narxlarning ta’sirini o‘rganishda foydalidir.
Korxona menejerlarining eng muhim e’tibori pul tushumlarini ko‘paytirishga va xarajatlarni kamaytirishga qaratiladi. Bu borada birinchi navbatda ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida debitorlik majburiyatlarini doimiy nazorat qilish, zaxiralarni tartiblash, kreditorlik majburiyatlari va qarzlarga bog‘lanmaslik siyosatini yuritilishi talab etiladi. Shu sababli, pul oqimini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy o‘rganib turish talab etiladi.



Download 113,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish