Melanj iplarini ishlab chiqarish



Download 151,75 Kb.
Sana04.02.2020
Hajmi151,75 Kb.
#38731
Bog'liq
amonova

Melanj iplarini ishlab chiqarish.

Reja:

  • 1.Melanjlash usullari.
  • 2.Bir jarayonli savash mashinasida melanjlash.
  • 3.Tarash mashinasida melanjlash.
  • 4.Apparat sistemasida olingan ipni melanjlash.
  • 5.Melanj ipini yigirish planlari.
  • 6.Melanj aralashmasidan yarim fabrikat va ip chiqishi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  • Sh.R.Marasulov “Paxta va kimyoviy tolalarni yigirish”

Melanjlash usullari.

Melanjlash usullari.

Melanj gazlamasidan asosan kiyim-kechak tikiladi. Melanj gazlamalarining tashqi ko`rinishi jun gazlamalariga o`xshash bo’ladi. Shu sababli melanj gazlamalari juda tekis, pishiq, rangi aynimaydigan, chiroyli va toza bo`lishi lozim. Melanj gazlamalariga kimyoviy ishlov berilmaydi shu sababli yuqorida aytilgan talablar faqat melanj ipining sifatiga bog’liqdir.

Yetarli darajada toza melanj ipini olish uchun tolali material tarash jarayonida xas-cho’p va nuqsonlardan yaxshilab tozalanishi zarur.

Yetarli darajada toza melanj ipini olish uchun tolali material tarash jarayonida xas-cho’p va nuqsonlardan yaxshilab tozalanishi zarur.

Olinadigan ipning tozalik darajasiga qarab tarashlar soni tanlanadi.

Bir marta tarash eng oddiy bo’lib, bunda aralashmadagi komponentlar bir marta taraladi. Bu usulda taraganda aralashmadan ko`p ip olinadi.

Bu usulda bir-biriga yaqin to`q ranglarga (qora, to’q ko`k, jigar rang, to`q qizil) bo`yalgan paxtadan melanj ipi yigirib olinadi.

Bir yarim marta tarash usuli ikki xil rangga bo`yalgan paxtadan melanj ipi olishda keng qo`llaniladi.Ammo bir rang ikkinchi rangdan farq qiladi (Masalan, qora va qop-qora).

Bir yarim marta tarash usuli ikki xil rangga bo`yalgan paxtadan melanj ipi olishda keng qo`llaniladi.Ammo bir rang ikkinchi rangdan farq qiladi (Masalan, qora va qop-qora).

Ikki marta tarash usulida hamma komponentlar ikki marta taraladi:birinchi galda har bir komponent alohida-alohida taraladi,ikkinchi galda esa hamma komponentlar birga taraladi.

Ikki marta tarash usulida olingan melanj ipi sifati yuqori sifatli bo`ladi,ammo ipning tan narxi qimmatlashadi va ip kam chiqadi.

Melanj

Labazlarda qatlam-qatlam qilib melanjlash. Bu usulda melanjlash uchun maxsus labaz ajratilib, unga har xil rangga bo`yalgan paxta ma`lum tartibda va qalinlikda berib turiladi va har bir komponent ma`lum nisbatda olinadi. Olingan aralashma avval ikkinchi titish agregatidan o`tkaziladi,keyin aralashma savash bo`limiga beriladi.Ba`zan ikkinchi labazlardan ham foydalaniladi, shundan keyin aralashma ikkinchi titish agregatiga o`tkaziladi. Bu usulda melanjlashda tolali material bir marta va bir yarim marta taraladi. Bu usulning asosiy kamchiliklari shundaki, aralashmaning rangi bir xil, bir-biriga yaqin bo`lmaydi va ko`p mehnat talab qiladi.

Labazlarda qatlam-qatlam qilib melanjlash. Bu usulda melanjlash uchun maxsus labaz ajratilib, unga har xil rangga bo`yalgan paxta ma`lum tartibda va qalinlikda berib turiladi va har bir komponent ma`lum nisbatda olinadi. Olingan aralashma avval ikkinchi titish agregatidan o`tkaziladi,keyin aralashma savash bo`limiga beriladi.Ba`zan ikkinchi labazlardan ham foydalaniladi, shundan keyin aralashma ikkinchi titish agregatiga o`tkaziladi. Bu usulda melanjlashda tolali material bir marta va bir yarim marta taraladi. Bu usulning asosiy kamchiliklari shundaki, aralashmaning rangi bir xil, bir-biriga yaqin bo`lmaydi va ko`p mehnat talab qiladi.

Bir jarayonli savash mashinasida melanjlash.

Bir jarayonli savash mashinasida melanjlash.

Qatlam-qatlam qilib melanjlash. Bu usulda birinchi juft turli baraban 1 va o`rta savagichlar 2 orasida maxsus moslama o`rnatiladi. Bo`yalgan xolst 3 xolst valigi 4 yordamida yoyiladi, stolchadan o`tib, taminlovchi silindirlar 5 ga keladi, ular paxta qatlamini pichoqli baraban 6 ga yo`naltiradilar. Titilgan bo`yalgan tola uzluksiz harakatlanib turgan, ustida bo`yalmagan tola qatlami bo`lgan panjara 7 ga beriladi. Komponentlarning nisbati bo`yalgan va bo`yalmagan tola qatlami qalinligini o`zgartirish yo`li bilan rostlab turiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, tola ikki marta savagichning tasiriga duch kelishi tufayli komponentlar yaxshilab titiladi va rezerv kamerada aralashadi.

Tarash mashinasida melanjlash.

Tarash mashinasida melanjlash.

Har xil rangga bo`yalgan xolstlarni birga ishlab melanjlash. Bu usulda melajlashda melanjlovchi tarash mashinasi uchun V.P.Grachiyov yaratgan maxsus konstruksiyadagi ta`minlovchi apparatdan foydalaniladi. Oddiy tarash mashinasiga ikkita ta`minlovchi silindir o`rnatilgan bo`lib, ular sinxron tezlikda aylanib ishlaydi. Komponentlar o`rtasidagi nisbat ta`minlovchi silindirlarning tezligini o`zgartirib rostlanadi( 5% bo`yalmagan xolst va 95% qora rangga bo`yalgan xolst; 10% bo`yalmagan xolst hamda 90% qora va boshqa ranglarga bo`yalgan xolst).

Tarash mashinasida piltalarni qo`shib melanjlash.

Tarash mashinasida piltalarni qo`shib melanjlash.

Bu usulda tarash mashinasiga berilayotgan xolstga tarash mashinasidan olingan piltalar qo`shib ishlaniladi. Buning uchun tarash mashinalaridan yuza tazlarga taxlangan pilta keltiriladi. Piltalar xolstlar bilan birga ta`minlovchi stolchaga qo`yiladi va ular xolst bilan stolcha usti bo`ylab ta`minlovchi silindirlar qisqichiga yo`naladi. Qisqichlar ularni qisib oladi va tez aylanib turgan qabul barabanining tishlari titadi.

Pilta ulash mashinasida piltalarni qo`shib melanjlash usuli.

Pilta ulash mashinasida piltalarni qo`shib melanjlash usuli.

Bu usulda melanjlash uchun tolali material 2 marta taralgan bo`lishi lozim. Aralashmaga qo`shilgan har bir komponent hamma titish-savash va tarash mashinalarida alohida-alohida ishlovdan o`tkaziladi. So`ngra tarash mashinasidan olingan har xil rangli piltalarni pilta ulash mashinasida qayta ishlab xolstchalar olinadi. Mashinaga berilaydigan piltalar soni 20 ta boladi.

Apparat sistemasida olingan ipni melanjlash.

Apparat sistemasida olingan ipni melanjlash.

Apparat sistemasida olingan ip melanj fabrikalarida har xil artikulli movudlar va odiyallar ishlab chiqarishda arqoq ipi sifatida ishlatiladi.

Ma`lumki, apparat sistemasida ip yigirish uchun V va VI sort paxta hamda yigiruv-to`quv fabrikalarining chiqindilari xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ba`zan bu xom ashyo bo`yalgan holda keltiriladi.

Melanj ip yigirish planlari.

Melanj ip yigirish planlari.

melanj fabrikalarida yigirish plani melanj ipining vazifasiga, melanjlash usuliga, pilta sexida pilta mashinalarining o`timiga va mashinalarning ishlash rejimiga qarab tuziladi. Savash sexida paxtani xas-cho`p va nuqsonlardan to`liq tozalanadi. Shuning uchun bo`yalgan paxtadan olingan xolstlar bo`yalmagan paxtadan olinadigan xolstlardan ko`ra yupqaroq bo`ladi.

Melanj aralashmasidan yarim fabrikat va ip chiqishi.

Melanj aralashmasidan yarim fabrikat va ip chiqishi.

Melanj korxonalarida aralashma ko`p mashinadan mashinaga o`tishi natijasida fabrikada chiqindilar ham ko`payadi va oqibatda ip chiqishi kamayadi. Ammo savash va tarash sexlarida imkoni boricha ko`proq chiqindi chiqgani ma`qul,chunki bunda mahsulot toza chiqadi.

E`tiboringiz uchun rahmat.

400-18 YeSB.

Olimova.D

Amonova.S


Download 151,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish