3-LАBORАTORIYA ISHI
Tarash mashinasi. Shlyapkali tarash mashinaning vazifasi, tuzilishi va ishlatish
Laboratoriya ishining maqsadi: Tarash mashinasining tuzilishi va ishlashini o’rganish. Tarash mashinalarining garnituralari va tizimlari bilan tanishish.
Laboratoriya darsi uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar:DK-903 tarash mashinasi, tarash mashinasi garnituralari namunalari, tizimlar sxemalari, kompyuter.
Topshiriq
DK-903 tarash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. Texnologik va kinematik sxemasini tasvirlang.
Tarash mashinasi ishchi organlariga o’raladigan garnituralar bilan tanishing.
Tarash mashinasi tizimlarining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing: o’rnatilgan quyidagi yangi moslamalar bilan tanishing, ishlash printsipi bilan tanishib, izoh yozing, chizmasini keltiring: a) DIRECTFEED – bunkerli ta`minlagich. b) SENSOFEED – ta`minlash qurilmasi.v) WEBFEED - qabul barabani uzeli
Bosh baraban – shlyapkalar uzelining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. Uzel sxemasini tasvirlang.
Аjratuvchi barabanning vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. Pilta shakllantiruvchi va pilta taxlovchi mexanizmlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. Chizmalarini tasvirlang.
Uyda: Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang
Аsosiy ma`lumotlar
Tarash mashinasini o’rganishda uni yurgizib, ishchi organlar harakatini kuzatish tavsiya etiladi. Аsosiy ishchi organlarning joylashishi va ularning vazifalari aniqlanadi. Tarash mashinasi ishini batafsil o’rganish uchun animatsion modellarni ko’rish orqali tarash jarayoniga ta`sir etuvchi omillar aniqlanadi. Shuningdek mashina vazifalarining bajarilish tartibi aniqlanadi.
1-rasm. DK-903 tarash mashinasining texnologik sxemasi
1- DIRECTFEED - bunkerli ta`minlagich, 2-ta`minlovchi tsilindr, 3- SENSOFEED – ta`minlash qurilmasi, 4- ajratuvchi pichoq (pnevmoqurilmali),WEBFEED - qabul barabani uzeli, 6-dastlabki tarash segmentlari, 7- shlyapkalarni tozalash qurilmasi, 8- ajratuvchi pichoq (pnevmoqurilmali), 9-shlyapkalar polotnosi, 10- bosh baraban, 11-ajratuvchi pichoqlar, qo’zg’almas segmentlar (pnevmoqurilmali), 12-ajratuvchi baraban, 13-tozalochi valik, 14-ajratuvchi valik, 15-ezuvchi vallar, 16- WEBSPEED, 17-pilta shakllantiruvchi tsilindrlar, 18-taz almashtiruvchi qurilmali pilta taxlagich
Mashinaning kinematik sxemasini tuzish uchun ishchi organlarga harakat uzatilishi batafsil tahlil qilinadi, almashinuvchi elementlarning vazifalari aniqlanadi. Talabalar tarash mashinasini yurgizish va to’xtatish tartibi hamda kompyuter boshqaruvi bilan tanishishadi.
2-rasm. DK-903 tarash mashinasining kinematik sxemasi
1-bosh barabanni harakatlantiruvchi elektrodvigatel, 2-ta`minlovchi valikni xarakatlantiruvchi dvigateli, 3-WEBFEED tizimini harakatlantiruvchi dvigatel, 4-ajratuvchi mexanizmga harakatlantiruvchi dvigatel, 5-tarandi ajratuvchi mexanizmni harakatlantiruvchi dvigatel, 6-shlyapkalarni harakatlantiruvchi dvigatel, 7-shlyapkalarni tozalash qurilmasini harakatlantiruvchi dvigatel, 8-tozalovchi valikni harakatlantiruvchi dvigatel
Tarash jarayonida garnituralarning vazifasi va ahamiyati aniqlanadi. Tutamini alohida tolaga ajratish, uni ushlab turish, nuqsonlarni tushirib yuborish va tolalarni boshqa ishchi organ garniturasiga uzatish holatlari aniqlanadi. Garnitura turlari dastlab ko’rgazmali namunada, so’ngra tarash mashinasining ishchi organlarida o’rganiladi. Mashinaning qabul, bosh, ajratuvchi barabanlari va shlyapkalari garnituralari bilan tanishiladi.
3-rasm. Tarash mashinasi garnituralari
Do'stlaringiz bilan baham: |