Polvonov Polvonning "Turizm nazariya va amaliyot "



Download 192,25 Kb.
bet1/15
Sana20.04.2022
Hajmi192,25 Kb.
#567751
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5377844171841209006




Urganch Davlat Universiteti “Turizm va Iqtisodiyot” Fakulteti
Mehmonxona xo'jaligini tashkil qilish va boshqarish
Polvonov Polvonning “Turizm nazariya va amaliyot “ fanidan


KURS ISHI Mavzu:Turoperatorlik xizmatini ko‘rsatish texnologiyasi


Topshirdi : Polvonov Polvon
Qa’bul qildi : Yo‘ldoshov Hakimboy


Urganch 2019
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………3
I-Bob. Turizm sohasida turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari……………………………………………………………………5
1.1. Turizmda turoperatorlik faoliyatining tutgan o‘rni va mazmuni ….………..5
1.2. Turoperatorning asosiy funksiyalari va vazifalari…………………………....12
1.3. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turoperatorlar……………………16
II-Bob. Turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning yo‘nalish-lari va imkoniyatlari……………………………………………………………..22
2.1. Turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning hozirgi holati…22
2.2. Turoperator faoliyati biznes sohasi rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari..28
2.3. Turistik biznes sohasini rivojlantirishda marketing tahlillarini takomillashtirish jihatlari va imkoniyatlari… .......................................................................................33
Xulosa ……………………………………………………………………………38
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………….……………….…..…41


KIRISH
Ma’lumki, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, erkin bozor munosabatlariva xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish va xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar to‘liq va izchil amalga oshirish lozim.
Shu bilan birga mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy islohotlar chuqurlashib natijada xizmat ko‘rsatish servis va turizm sohalarining ahamiyati va ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Chunki ushbu sohaning rivojlanishi aholi uchun yangi ish o‘rin-larini ochish evaziga ishsizlikni kamaytirish aholini ish bilan ta’minlash orqali ular farovonligini oshirish mamlakat bozorini xizmatlar bilan to‘ldirish va mazkur sohada erkin raqobat muhitining yaratilishi davlat byudjetining daromad-lari oshirilishi hamda aholining yashash darajasi va sifatining ko‘tarilishiga olib keladi.Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida bir qator farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respub-likasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi1.
Farmonga asosan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning III bandi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlandi hamda unda turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutildi.
Darhaqiqat, respublikamizda turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda va bu orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari yanada davom qildirilmoqda. Chunki qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me’moriy obidalari bilan ko‘pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy turistik markaziga aylandi. Ayniqsa, turizm sohasi iqtisodiyot tarmoq-larining rivoji xorijiy valyutalarni keng jalb qilish qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash kabi dolzarb masalalar yechimida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu holatlarning o‘sishi o‘z navbatida turizm sohasida turoperatorlar-ning olib borayotgan ish faoliyati orqali amalga oshirilmoqda. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan turoperatorlarning ish faoliyatida o‘sish yuz bermoqda hamda ulardagi mavjud muammolarni hal qilish ularning faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishga qaratilgan. Turoperator faoliyatida biznes faoli-yatini rivojlantirish ularning turistlarni olib kelishini ta’minlaydi va natijada yuqori foyda olishiga muhim zamin yaratadi. Shu boisdan ham bugungi kunda turoperator faoliyatini rivojlantirish turizm sohasinining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib qolgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishni ta`minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiya-tidan samarali foydalanishda muhim omil bo'lmoqda.
Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo'nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivoj-lantirish davlat qo'mitasi tashkil etildi. O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida turizm sohasi sub`yektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklar taqdim qilindi. Mam-lakatimiz turizm tarmog'ini standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta`minlash maqsadida turizm terminologiyasi va meh-monxona xo'jaliklari xavfsizligi talablari bo'yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro'yxatdan o'tkazildi.

Download 192,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish