Polvonov Polvonning "Turizm nazariya va amaliyot "


Turoperatorning asosiy funksiyalari hamda vazifalari



Download 192,25 Kb.
bet5/15
Sana20.04.2022
Hajmi192,25 Kb.
#567751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5377844171841209006

1.2. Turoperatorning asosiy funksiyalari hamda vazifalari
Turoperatorning asosiy funksiyalari mavjud bo‘lishi bilan birga asosiy va qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Avvalo, bu ishlarni amalga oshirishda chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o‘tkazish kanalida ulgurjichi turoperatorlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug‘ullanadi. Turizm sohasida ko‘proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o‘rin ajratiladi.
Turoperatorlar tomonidan tashkil qilingan xizmat ko‘rsatish turlari uzoq yillar davomida sezilarli o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Xizmat to‘plamlari tarkibida ular tomoniga kamayayotgan pekij-turlarning taraqqiyoti ro‘y berdi. Turistik firmalar ushbu qisqartirish uchun raqobatni kuchaytirishlari lozim.Ana shularga asosan, mijoz uchun kurashda har bir turoperator jalb qiladigan narxlarni belgilashga intiladi. U paketdan ayrim xizmatlarni chiqarib tashlaydivaarzon safar tasavvurini uyg‘otadi. Jumladan, ko‘pchilik turfirmalar o‘zlari sotayotgan safarlarda faqat marshrut bo‘yicha joydan-joyga olib borish va aeroport yoki vokzaldan mehmon-xona va transferni saqlaydi. Shuningdek, boshqa xizmatlar, ya’ni ovqat-lanish, ekskursiya, yukni olib borib berish kabilarni turistlar safar chog‘iga qo‘shimcha pul to‘lash orqali olishadi. Natijada, sayohatchilarning asosiy va qo‘shimcha xiz-matlarga xarajatlari 40/60 nisbatga to‘g‘ri keladi. Bunday nisbatga turizm infra-tuzilmasi yuksak rivojlangan sharoitda erishiladi.
Asosiy funksiyalari va vazifalardan kelib chiqib, turoperator xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo‘yicha va turistlar ehtiyojlariga mos ravishda turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadigan turistik tashkilot hisob-lanadi. Chunki, turoperator turistik paket ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ular-ning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni hisoblaydi hamda turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentlik vositasida turistlarga sotadilar. Ya’ni, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun ortiqcha turistik xizmatlar sotib olgan paytda bo‘lishi mumkin. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo‘lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o‘zgarishidan kafolatlana olish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Ulgurji turoperatorning narxlari doimo mehmon-xonalar narxlaridan arzon bo‘ladi. Ammo, turoperatorlar turmahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Ana shunda u haqiqatga to‘g‘ri bo‘ladi va turoperatorning asosiy faoliyati tur yoki turpaketlarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat kel-tiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik safarlarni sotish hajmini o‘stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan chiqish turizmining provinsial bozoriga kirib boradi. Biroq, amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo‘lmaydi, chunki har ikkalasi o‘xshash vazifa-larni hal qilishlari mumkin. Masalan, turfirma turoperator sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin.
Turoperatorlar bajaradigan asosiy funksiyalari va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
A) Faoliyat turiga ko‘ra:
- ommaviy bozor turoperatorlari. Ular ommaviy turizm joylariga charter aviareys-lardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar.
- maxsuslashgan turoperatorlar. Bular bozorning ma’lum segmenti yoki mahsulotiga maxsuslashgan turoperatorlari bo‘lib, ularga maxsus qiziqishlar turoperatorlari (sport-sarguzasht turizmi va Afrikada safari uyushtirish), maxsus boriladigan joylar turoperatorlari (Angliya, Fransiya va boshqa joylarga safarlar), ma’lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar va ish odamlari), maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari va turbazalar) va ma’lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod va poezd) kiradi.
B) Faoliyat joyiga ko‘ra:
-mahalliyyoki ichki turoperatorlar. Ular o‘zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo‘nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar.
- chiqish turoperatorlari. Ular turistik paketlarni xorijiy davlatlarga yo‘naltiradilar.
- qabul qiluvchi turoperatorlar. Ular turistlar boradigan mamlakatda joylashgan bo‘ladi va ularga xizmat ko‘rsatishadi.

Potensial turistlarning turlar va turistik dasturlarga bo‘lgan talablarini o‘rganish

Shular bilan birga, turoperator quyida keltirilgan vazifalarni bajaradi



Perspektiv xizmat ko‘rsatish dasturlari, turlarni tuzish va ularning turistlar talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida bozorda aprobatsiyadan o‘tkazish





Tur hisoblash va bozor holatini hisobga olgan holda narxlarni aniqlash hamda turli klass va komplektatsiya bo‘yicha o‘z xizmatlariga narx va tariflarni belgilash





Turagentlik tizimi orqali iste’molchilarga turlarni etkazish va sotish



Yo‘nalishda turistlar bilan aloqada bo‘ladigan vazifalarni bajaradigan kadrlarni tanlash, tayyorlash va belgilash, dastur bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish





Xizmat ko‘rsatish jarayonida turistlar bilan doimiy tezkor aloqa, paydo bo‘ladigan muammolarni hal qilish



Turlarga shartnoma asosida xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilish



Tur yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qilayotgan turistlarni barcha zarur reklama-suvenir xarakteridagi materiallar, maxsus anjom va inventarlar bilan ta’minlash





Download 192,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish