Polvonov Polvonning "Turizm nazariya va amaliyot "


-rasm. Turoperatorning vazifalari tasnifi6



Download 192,25 Kb.
bet6/15
Sana20.04.2022
Hajmi192,25 Kb.
#567751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5377844171841209006

1.2.1-rasm. Turoperatorning vazifalari tasnifi6
Rasmga asosan, turlarga shartnoma asosida xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan quyidagicha hamkorlik qilish amalga oshiriladi:
- mehmonxonalardan turistlarga yashash uchun joy berishda;
- ovqatlantirish korxonalari bilan turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatishda;
- transport korxonasi, firmasi va kompaniyalari bilan – turistlargatransport xizma-tini ko‘rsatishda;
- ekskursion firmalar, muzeylar, ko‘rgazmalar zallari, parklar va boshqa joylarda turistlarga ekskursion xizmatlarni ko‘rsatishda;
- turli maishiy xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar bilan turistlarga tegishli xizmatlarni ko‘rsatishlarida;
- sport inshootlari ma’muriyati bilan turistlarning sport inshootlaridan foydalana olishlarida;
- shou, kino, video, teatr korxonalari menejerlari bilan turistlarning u erlarga borishlarida;
- qo‘riqxonalar, bog‘-xiyobonlar, ov va baliqchilik xo‘jaliklari direksiyasi bilan u joylarda turistlar dam olishini va ularga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashda;
Ana shulardan kelib chiqib, turoperatorning asosiy funksiyalari va vazifalari bevosita ular haqida qabul qilingan qonunlarga ko‘rinadi. Ya’ni, respublikamizda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilot turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir)7.
Demak, turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo‘lishi mumkin bo‘lgan sotish chog‘ida o‘zgarmaydigan va oldindan aniq bo‘lgan xizmatlar to‘plami, ya’ni dasturlar paketi va turpaketlarni tuzadi. Bu mos ravishda birinchisi xizmat ko‘r-satish variantlari bilan, ikkinchisi - variantlarsiz, xizmatlar majmuasining to‘plami bilan sotiladi.
1.3. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turoperatorlarning holat
15 yanvar kuni Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan "O'zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati" mavzusidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi va u jonli efirda translyatsiya qilindi. Matbuot anjumanida Qo'mita raisi A.Abduhakimov O'zbekistonning turizm salohiyatini tubdan yangi-lash, tizimda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni keng targ'ib qilish, xavfsiz turizm konsepsiyasi, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar oqimi, 2018-yilgi rejalar, turizmni rivojlantirishdagi huquqiy asoslar, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozoriga kirib borishini ta`minlash to'g'risida axborot berdi.
O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov Vazirning so'zlariga ko'ra, 2017-yilda O'zbekistonga tashrif buyur-gan sayyohlar soni 2 million 520 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan. Bu 2016-yilga nisbatan 24,3 foizga ko'p demakdir. Shu bilan birga, turizm xizmatlari eksporti 2016-yilga nisbatan 24 foizga oshib, 1 milliard 557 million dollarni tashkil etmoqda8.
Bundan tashqari, o'tgan yil davomida 101 ta joylashtirish vositasi va 128 ta turoperatorlik xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub`yekti tashkil etilgan. Hozirga kelib ularning soni 851 ta joylashtirish vositasi va 561 ta turoperatorni
tashkil qilmoqda. Hozirda turoperatorlik va mehmonxona faoliyatini setifikat-lashning tasdiqlangan yangi nizomi bo'yicha o'tgan davr mobaynida jami 442 ta turizm xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub`yektlari, ya`ni 221 ta meh-monxona va 221 ta turoperatorlik xizmatlarini ko'rsatuvchi sub`yektlar serti-fikatlangan bo'lsa, turizm faoliyati sub`yektlarini litsenziyalashning yangi nizomi asosida jami 128 ta tadbirkorlik sub`yektlariga turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziyalar taqdim qilindi. Bugunga qadar Turizm sohasidagi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi tomo-nidan 1060 nafar mutaxassis: 298 nafari qayta tayyorlandi, 292 nafari malakasi oshirildi, 470 nafari seminar va master-klasslarda ishtirok etdi. Buxoro va Samarqand shaharlarida “Qadimiy Buxoro” va “Samarqand Siti” turizm zonalarini tashkil qilish, umumiy hisobda 450 ga yaqin loyihani amalga oshirish, jumladan, 50 madaniy meros obyektini restavratsiya va konservatsiya qilish, 50 dan ortiq mehmonxona qurish va qayta tiklash, 100 ga yaqin umumiy ovqatlanish obyektini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Xorijiy sayyohlar uchun viza va ro‘yxatga olish taomili soddalashtirildi. Yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona kirish turizm vizalari joriy qilindi va vizalarni rasmiylashtirish narxi 60 dollardan 40 dollarga tushirildi. Tarmoqqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izchil joriy etilmoqda. Mamlakatimizda-gi 600 dan ortiq sayyohlik obyektini birlashtirga «E-Mehmonxona» avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilib, xorijiy va mahalliy fuqarolar hisobini olib borish jarayoni va bu boradagi hisobotlar elektron shaklga o‘tkazildi. Barcha aeroportlarda «yashil» va «qizil» yo‘laklar tashkil etildi. 9
O’zbekistonda turoperatorlarga talablar kuchaytirildi. Jumladan, xorijiy fuqarolarni joylashtirish vositalarining turi va toifasiga qarab turistik yig‘imning tabaqalashtirilgan stavkalari joriy etildi. 16 yoshga to‘l-magan bolalar bu yig‘imni to‘lashdan ozod qilindi. Shuningdek mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar uchun turistik yig‘im o‘z vaqtida yoki to‘liq to‘lanmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi. Ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekistondan chiqishda yig‘imning to‘lanmagan qismi uchun 10 baravari, ya’ni eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Shuningdek joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan turistik yig‘im summalari ularning tushumi (foydasi) deb hisoblanmasligi hamda ularga foyda solig‘i, boshqa majburiy yig‘imlar va to‘lovlar solinmasligi aniqlashtirildi.
Turistik yig‘imlar summasi to‘liq hajmda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mi-tasi huzuridagi turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining maxsus hisob-raqamlariga o‘tkaziladi. Har yili 500 nafardan ortiq turistga xizmat ko‘rsatilganda endi turoperatorlar, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari va turfirmalar litsenziya olish uchun mavjud ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda elektron to‘lovlar, bron qilish, ekvayring (xizmatlar haqi to‘lanishi uchun bank kartalarini qabul qilish) kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi ko‘p tilli veb-saytga ega bo‘lishlari shartligi belgilandi. Turoperatorlik faoliyatining quyidagi asosiy ixtisoslashgan yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi:
A) Xorijiy sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashish. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar qabul qilish bo‘yicha turoperatorlar sanalib, ular asosiy vazifalarni bajarish uchun quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:
- mamlakatda mavjud turistik resurslarni va ulardan samarali foydalanish, egallash hamda o‘z mamlakati bo‘ylab turistik sayohatlar xususiyatlari haqida etarli axborotlarni yaxshi bilishi;
- o‘z mamlakatida turizmning moddiy-texnik bazasi haqida axborotga ega bo‘lish;
- xorijiy turistlarni vizali qo‘llab-quvvatlash hamda turfirma taklif etadigan mamlakatga safarlarni sotib olish huquqiga ega bo‘lish;
- xorijiy turistik bozorda o‘z mahsulotini sotish va harakatlanish kanallariga ega bo‘lish.
B) o‘z mamlakati fuqarolarini xorijga turistik safarga borishini tashkil qilishga ixtisoslashish. Bu operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar yo‘nalish bo‘yicha turoperatorlar hisoblanib, asosiy funksiyalarini bajarish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
- qabul qilinadigan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va vizaviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash uchun qabul qilish bo‘yicha xorij turoperatorlari bilan mustahkam sherikchilik munosabatlariga ega bo‘lish;
Turoperator va turagent hamkorligi ikkala tomonga ham sezilarli foyda keltiradi.
Bundan tashqari, turoperatorlar initsiativ va retseptiv turlariga bo‘linadi hamda quyidagi guruhlarga ajratiladi.

Initsiativ turoperatorlar

Retseptiv


turoperatorlar





qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlar



turistni qabul qiluvchi operator yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri turistik korxona bilan shartnoma asosida xorij yoki boshqa hududga jo‘natadigan operatorlar





Download 192,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish