Mishyak (Mishyakni barcha birikmalari juda zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyotlik choralariga rioya qilish zarur). 1. Mishyakning olinishi Ingichka probirkaga ozgina ko’mir bilan mishyak (III) oksidi aralashmasini solib, shtativga qiya qilib o’rnating va qattiq qizdiring. Probirkani sovuq qismida hosil bo’layotgan qora kukun nimadan iborat? Reaksiya tenglamasini yozing.
2. Arsinning olinishi va parchalanishi (Ishni mo’rili shkafda bajaring) 1-rasmda ko’rsatilgan Marsh uskunasini yig’ing. 100-200 ml hajmdagi kolbaga bir necha ruh bo’lakchalarini soling va uchi kolba tagigacha yetadigan voronka orqali, suyultirilgan (1:3) xiorid kislotasini quying. Kolbadagi havo butunlay chiqib bo’lganidan so’ng (tekshiring), chiqayotgan vodorodni yoqing. Vodorod alangasiga e'tibor bering. So’ngra voronka orqali kolbaga 1 ml mishyak (III) xlorid va 2 ml natriy gidroksid eritmalaridan quying. Alanga rangining o’zgarishini kuzating va uni tushuntiring.
1-rasm. Arsin olish va uni parchalash uchun jihoz.
Arsinni hosil bo’lishi va yonish reaksiyasi tenglamalarini yozing. Shisha naychaning tor qismini qizdiring. Alanga rangining o’zgarishini va shisha naychani sovuq qismlarida qora kukun mishyak («mishyak ko'zgusi») hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Tajriba tugagandan so’ng, kolbaning bo’ynigacha suv bilan to’ldiring. Naychani olib, voronka bilan birlashtiring va kam hajmdagi kons. HNO3 bilan mishyakni yuving. Sodir bo’lgan reaksiya tenglamasini yozing.
3. Mishyak (III) oksidining xossalari (v) tajribani mo’rili shkafda bajaring) a) Mishyak (III) oksidini sovuq va issiq suvdagi eruvchanligini sinab ko’ring. Indikator qog’oz bilan eritmani tekshiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Mishyak (III) oksidini natriy gidroksid eritmasiga munosabatini
eritmani qizdirib ko’rib tekshiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritmani ikkita probirkaga bo’lib 4-tajriba uchun saqlab qo’ying.
c) Mishyak (III) oksidini konsentrlangan HCI eritmasiga munosabatini sinab ko’ring. Tajribani qizdirib bajaring. Reaksiya tenglamalarini yozing. a), b) va c) tajribalar asosida mishyak (III) oksidi va uning gidroksidini xossalari haqida xulosa chiqaring.