Microsoft Word maq boburshoh ziyouz com doc



Download 212,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana26.09.2021
Hajmi212,74 Kb.
#186543
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
BOBURIYLAR



Boburshoh: shoir va adib 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

1

Vahob Rahmonov 



 

 

 

BOBURSHOH: 

SHOIR VA ADIB

 

 

“Marifat” gazetasi 

2008 

 

 

 

 

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari, 

yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida 

Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor 

va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. 

Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, 

tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni

 sifatida 

ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga 

qiziqqanligiga yaqqol misoldir. 

 

Shoh Bobur 

 

Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi.

 Balki, boburiylar jahon 

tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola bo‘lib chiqar... 

U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag‘lubiyatlarning achchiq alamlariyu 

zafarlarning ulug‘vor nashidalarini surishni ko‘p marotaba o‘z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug‘ 

himmatli va oliy maqsadli shaxs bo‘lganligidan Farg‘ona viloyatini kichik joy deb hisoblab

Samarqandga intildi. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Kobulga keldi va keyin Hindistondek 

bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. 

Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‘ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi: 

muhtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga 

homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk 




Boburshoh: shoir va adib 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

2

farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat 



arbobi Javohirla’l Nehru o‘zining «Hindistonning ochilishi» va «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida 

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‘liq ushbu fikrlarni izhor etgan: 

«Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor 

odam bo‘lgan. 

Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U 

mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur san’at va, ayniqsa, 

adabiyotni sevardi». 

Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Zahiriddin Muhammad Boburning Sulton 

Ibrohim Lo‘diy bilan bo‘lgan tarixiy muzaffarona jangi manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostidagi 

muzeyda ko‘rarkan, ulug‘ hind xalqining Boburga nisbatan hurmat-ehtiromi kuchliligiga amin bo‘ladi. 

Yoki Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi «La’lbog‘-qal’a» tarixiy muzeyiga kirib Bobur va 

boburiylarga bag‘ishlangan xonalarni kezarkan, Bobur va uning vorislariga tegishli kiyimlar, uy-

ro‘zg‘or buyumlari, harbiy qurol-aslahalar, Ustod Aliquli quygan toshotar to‘plar, miltiqlar — tufaklar, 

sovut, qilich-qalqonlar, dubulg‘a, ot kejimlarini(o‘q va qilich zarbasidan himoya qiluvchi yopinchiqlar), 

o‘sha davr kishilarini o‘z zamonlari liboslarida tomosha qilgan kishi Hindiston va Bangladesh 

xalqlarining Bobur va boburiylarga bo‘lgan hurmatlarini yorqin tasavvur eta oladi. 

Bu moziygohda bo‘lgan adib Qamchibek Kenja «Andijondan Dakkagacha» nomli safarnomasida 

hayajonini yashira olmay yozadi: «Hindiston va Pokiston shaharlarida ko‘p moziygohlarda, jumladan, 

Haydaroboddagi mashhur Solarjang, Lohurdagi milliy muzeylarda bo‘lgan edik. Lekin Sharq olamining 

olis bir chetida faqat va faqat boburiylar hayoti, ularning podsholik faoliyatiga oid yagona, maxsus 

muzeyni ko‘ramiz, deb sira o‘ylamovdik». 

Hindiston va Bangladeshda Bobur va boburiylar saltanati shunchalik qadrlanishidan Bobur va 

vorislarining podsholiklari bu yurtlarda xayrli chuqur iz qoldirganligi ma’lum bo‘ladi. 

«Boburnoma»ning kotibi Boburning ulug‘ podshohlarga xos sakkiz shaxsiy fazilatini qayd etgan: 

«Va maholdurkim, ul podshohi qobilning yaxshilig‘larini aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin 

mujammal bukim, sekkiz sifati asil aning zotig‘a muttassil edi: birisi bukim, najhati baland edi

ikkimchisi, himmati arjumand edi; uchimchisi, viloyat olmog‘; to‘rtumchisi, viloyat saxlamog‘; 

beshumchisi, ma’murlug‘; oltimchisi, rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig‘a; yettimchisi, cherikni 

ko‘ngli(ni) qo‘lg‘a olmoq; sekkizimchisi, adolat qilmoq». 

(Matn tabdili: «U qudratli podshohning yaxshiliklarini aytgan bilan va yozgan bilan tugatish 

maholdir. Lekin qisqasi buki, sakkiz asl sifat uning zotiga xos edi: biri bukim — iqboli baland edi

ikkinchisi — himmati yuksak edi; uchinchisi — viloyat olmoq; to‘rtinchisi — viloyat saqlamoq; 

beshinchisi — ma’murlik; oltinchisi — Olloh bandalariga farovonlik niyati; yettinchisi — lashkar 

ko‘nglini qo‘lga olmoq; sakkizinchisi — adolat qilmoq».) 

Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Yevropa va AQSh sharqshunos-tarixchi olimlari diqqat-

e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden, avvalo, Boburni mashhur Yuliy Sezar bilan 

qiyoslashni lozim topadi: «Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning 

manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan». 

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o‘smirlik yillari haqida roman yozgan 

«Boburnoma»ning ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday 

baholaydi: 

«Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli 

shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh 

topilmaydi». 




Download 212,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish