1-ma’ruza
MAVZU: KIRISH. YUKSAK O’SIMLIKLARNING UMUMIY TAVSIFI. SISTEMATIKASI. RINIYATOIFALAR BO’LIMI.
Dars maqsadi: Yuksak o’simliklarning umumiy tavsifi. Sistematikasi. Riniyatoifalar bo’limi haqida ma’lumotlar berish ularning klassifikatsiyasi, evоlyutsiyasi, tuzilishi va ko’payishini tushuntirish.
Asosiy savollar:
1.Yuksak o’simliklar tanasini vegetativ va generativ a’zolarga bo’linishi.
2.Yuksak o’simliklarni, tuban o’simliklarga o’xshashlik va farqli belgilari.
3.Yuksak o’simliklarning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar.
4.Yuksak o’simliklarning bo’limlari va ajdodlari.
5.Riniyatoifalar bo’limi, tuzilishi, klassifikasiyasi, turkumlari, ilmiy ahamiyati.
6.Vakillarining qadimgi, sodda tuzilishi, qazilma turlari haqida tushuncha.
7.Sistematikasi.
8.Kuksoniya, riniya, xornefiton, psilofit, ular tanasining tuzilishi to’g’risida tushuncha.
Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni:
Yuksak o’simliklar tuban o’simliklardan kelib chiqqan. Ular tuban o’simliklarga nisbatan bir qancha murakkabroq tuzilgandir. Buning sabablaridan biri yuksak o’simliklar suvli muhitni tark etib quruqlikga ya’ni asosan troposferada yashay boshlaganligidir. Suvsiz muhitning o’ziga xos sharoitlari yuqori o’simliklarda o’ziga xos spesifik moslanishlar hosil bo’lishiga olib kelgan va ular tuban o’simliklardan farqlanib qolgan.
Yuksak o’simliklarda poya va barg bo’ladi. Shuning uchun ularni bargpoyali o’simliklar deb ataydilar (Cormophyta). Yuksak o’simliklarning katta guruhida ildiz bo’ladi. Tuban o’simliklarda tanasining bunday bo’linishi kuzatilmaydi. Ularning tanasi tallom deyiladi.
Ildiz, poya va bargning hosil bo’lishi quruqlik sharoitiga chiqish munosabati deb baholanishi kerak.
Fotosintez ya’ni assimilyasiya qilish uchun ham xromotofora (tuban o’simliklar uchun xos organoid) qayta takomillashdi.
Yuksak o’simliklar quruqlikka chiqqanligi uchun tanasining hamma qismi bilan namlikni ola olmay qoldi. Dastlab ularda suv va mineral tuzlarni olish uchun, yerga mahkam o’rnashish uchun rizoid hosil bo’ladi. Keyinchalik o’simliklarni yiriklashib borishi barg, poyaning rivojlanishi ildizni hosil qiladi. Ildiz-o’simlikni tuproqdan mineral tuzlar va suv bilan, barg esa, - yuksak o’simliklarni havodan oziqlantiradi.
O’simliklarni normal rivojlanishi uchun ildizdan yuqoriga tomon va bargdan pastga tomon harakat paydo bo’lgan. Bu o’tkazuvchi sistemaning hosil bo’lishiga olib kelgan traxeid va traxeyalar yoki naylar, elaksimon naylar bular ba’zi suv o’tlarda bor edi.
Keyinchalik o’tkazuvchi to’qima rivojlangan. Quruqlikka chiqish oqibatida qoplovchi to’qima ham hosil bo’lgan. Bu ko’p suv bug’lantirish, mexanik shikastlanish va yuqori, past temperaturadan himoya qilgan. (Epidermis, periderma, po’stloq). Barg og’izchalari paydo bo’lib, (2 ta loviyasimon hujayra) ular transpiratsiya, gazlar almashinuvini boshqaradigan organlarga aylangan.
Mexanik to’qima ham rivojlangan (lub, yog’ochlik, sklereid, sklerenxima). Yuqorida aytilgan murakkabliklar albatta birdan sodir bo’lmagan, buning uchun ko’p vaqt talab qilingan. Hozir ham ba’zi past taraqqiy etgan yuksak o’simliklar mavjud. Ularda barg, poya, ildiz bo’lmaydi. Qazilma oraliq formalar bularni isbotlashga yordam beradi. Paleontologik dalillar yuksak o’simliklarni tuban o’simliklardan kelib chiqqanligini to’liq isbotlashga yordam beradi. Ayniqsa ko’payish organlarining paydo bo’lish evolyusiyasi.
Yuksak o’simliklarda jinsiy organlari: anteridiy – erkaklik va arxegoniy - urg’ochilik a’zolari bo’lib, ular doimo ko’p hujayralidir. Ko’pchilik tuban o’simliklarda jinsiy organlar bir hujayralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |