MAVZU:Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish
REJA:
Kirish…………………………………………………………………..
I BOB. Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish maxanizmlarini takomillashtirishning nazariy metodik asosi……………………………….
1.1.Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish maxanizmlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida………………………………….
1.2.Iqtidorli o’quvchilarning pedagogik va psixologik jihatdan rivojlanishi va ularning o’ziga xos xususiyatlari……………………………………………….
II BOB. Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning shart-sharoitlari…………………………………………..
2.1.Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning mazmuni……………………………………………………..
2.2.Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning metodikasi…………………………………………………….
III BOB. Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishda tajriba-sinov ishlar samaradorligi………………………….
3.1.Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi…………
3.2.Iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha tajriba-sinov ishlarining samaradorligi………………….
Umumiy xulosalar…………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..
Ilovalar……………………………………………………………….
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. 2020-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga murojaatnomasi taqdim qilindi. Ushbu murojaatnoma yangi O‘zbekistonni yaqin yillarda kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Avvalo, shuni ta’kidlashimiz kerakki, murojaatnomada jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalari qamrab olingan. Jumladan, unda muhtaram Prezidentimiz fan, ta’lim va maorif tizimiga taalluqli bir qator strategik yo‘nalishlarni belgilab berdilarki, undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilanayotgan jamiyatimizning ta’lim siyosati mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglashni taqozo qiladi. Milliy ta’lim tizimining keyingi chorak asrdagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lamiz. Ayni paytda, ko‘plab muammolarning ham yig‘ilib qolishi olib borilayotgan islohotlarda muayyan kamchiliklar ham bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Tizimdagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida keyingi ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalariga oid bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Qabul qilingan ushbu hujjatlarda maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar, shuningdek, akademik ilm-fan ham qamrab olingan.
Shu yo’nalishda mamlakatimizda bir qancha qonun loyihalari ishlab chiqildi va tatbiq etildi.Xususan, 2019-yil 3-may kuni tasdiqlangan,PQ-4306-sonli qarori “Iqdidorli yoshlari aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida:
•Joriy yilning 3 may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra xalq ta’limi vazirligi tuzilmasida 14 ta shtat birligidan iborat fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etiladi.Quyidagilar departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• iqtidorli o‘quvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan ta’minlab borish, sohada ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ular asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
• umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida mahalliy va xalqaro, shu jumladan, nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish, ularning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash;
• yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda olimpiadalar uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish;
• xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, olimlar, professor-o‘qituvchilar, xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda tayyorlash, ingliz tili va rus tili fanlaridan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida maxsus kurslar tashkil etish;
• olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o‘quvchilarning kelgusidagi faoliyatini monitoring qilib borish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
Qarorga asosan g‘oliblari davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati shakllantiriladi. Shuningdek, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘tkaziladigan qo‘shimcha respublika olimpiadalari hamda davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturlari va rejalarida belgilangan fanlar, ularga ajratilgan o‘quv soatlaridan kelib chiqqan holda asosiy olimpiadalar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |