O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
___________________________UNIVERSITETI
_____________ FAKULTETI
__________TA’LIM YO’NALISHI __-KURS TALABASI _____________________NING ________________FANIDAN FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:
ILMIY RAXBAR: _________________________________
Mavzu: Arab tilidan o’zbek tiliga tarjimonlikning o’ziga xos xususiyatlari.
Reja Kirish Asosiy qism. 1. Arab tili va o’zbek tilining o’ziga xosligi 2. Arab tilidan o’zbek tiliga tarjimonlikning o’ziga xosligi 3. Arab tilidan o’zbek tiliga tarjimonlikning o’ziga xos xususiyatlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
SHAVKAT MIRZIYOYEV
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:Tarjima lingvistika, madaniyatshunoslik, qiyosiy etimologiya, informatika, qiyosiy sotsiologiya va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog‘liq fandir. Ayniqsa uning tilZshunoslik bilan aloqasi beqiyosdir. Haqiqatda ham tarjimaning tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liqligi ba’zilarni tarjima borasidagi noto‘g‘ri bahs-munozaralarga, masalan, uni tilshunoslikning bir qismi deb talqin etishga olib kelgan. Bunday fikr tarafdorlari tarjimani amaliy yoki qiyosiy tilshunoslikning bir qismi deb hisoblashadi. Strukturalistlar ta’siri ostidagi bu qarash tarafdorlari tilshunoslar tomonidan keltiriladigan kontekstdan tashqari misollarga mos kelmaydigan muloqotning rolini rad etishga urinadilar. Har bir tarjima tarjima jarayonida ma’no kasb etuvchi gaplar va tagma’noga ega so‘zlar sifatida ikki bosqichdan o‘tadi. Shunday bo‘lsada toki nutq faoliyatining madaniyatlararo shakli mavjud emas ekan tarjimon uchun tarjimaning pragmatik muammolari ham mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra tarjimon ma’lumotni tarjimada hech qanday xatoliksiz to‘g‘ri yetkazib berish uchun umummadaniy progmatik bilimlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Nutq hodisasi va emotsional ta’sirni yaqindan o‘rganish tabiiyki, tarjimaning bir nechta nazariyalarini keltirib chiqaradi, ayniqsa ekvivalent ta’sir yoki harakat prinsipiga va boshqa tilda qanday bo‘lsa shunday aytish kerakligini ta’kidlovchi «yolg‘on talqin»ga asoslangan dinamik ekvivalentlik. Har ikkala nazariya ham nutq faoliyati va hodisasi madaniyatlararo farq qilishini tan olgan holda tarjimonlarni madaniyatlararo progmatik muvoffaqiyatga erishishga undaydi. Ammo tarjimada pragmatik ekvivalentlikka erishishda asliyatdagi matn tilining semantik xususiyatlari, so‘zlarning ma’nolari, ularning qo‘llanilishi va boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishibir qancha to‘sqinliklarni keltirib chiqaradi. Tarjimaning asliyatga shaklan va mazmunan monand tarzda yaratilishining birdan-bir sharti tarjimonning o‘z tilida asliy monand lisoniy vositalar tanlab ishlata olishidir. Bu ma’suliyat uning zimmasiga avvalo asliyat ma’no vazifasini 4 bekamu-ko‘st ado etish, so‘ngra xotirasida shakllangan fikrni o‘z tili madaniyati va me’yori asosida to‘la-to‘kis ifoda etish vazifasini yuklaydi.