1. Etimologiya Ilmiy etimologiya Xalq etimologiyasi va yolg’om etimologiya



Download 39,77 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi39,77 Kb.
#304811
  1   2   3
Bog'liq
Etimologiya. Ilmiy etimologiya. Xalq etimologiyasi va yolg’om etimologiya


Etimologiya. Ilmiy etimologiya. Xalq etimologiyasi va yolg’om etimologiya

REJA:

1.Etimologiya

2.Ilmiy etimologiya

3.Xalq etimologiyasi va yolg’om etimologiya
Etimologiya - 1) soz va morfemalarning kelib chiqishini organuvchi tilshunoslik bolimi; 2) sozning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3) sozning kelib chiqishi. 19-asr tilshunosligida "Etimologiya" termini "grammatika" manosida ham qollangan. 

Tilshunoslik bolimi hisoblangan Etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lugat tarkibining shakllanish jarayonini va uning dastlabki, qadimiy holatini tiklashdan iborat. Har bir til leksikasida muayyan miqsordagi sozlar borki, ularning shakli bilan manosi ortasidagi bogliqlik shu til egalari uchun tushunarsiz bolib qolgan, chunki sozning tarixan ozgara borishi uning dastlabki shakl va manosini xiralashtirib qoyadi, bunday soz strukturasini tildagi mavjud yasalish qoliplari orqali izohlab bolmaydi. Etimologik tahlilning maqsadi muayyan sozning qachon, qaysi tidda, qanday yasalish qolipi boyicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va manoda paydo bolganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiytarixiy usul bolib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik ozgarishlarga tayanib ish koradi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda sozlarning etimologik manolarini aniqlashda, etimologik lugatlar tuzishda ahamiyatlidir. Muayyan til uchun ozlashma hisoblangan sozlar Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Mas, hozirgi ozbek tilida qollanayotgan "daftar", "piyola", "qalam" kabi sozlarning yunon tiliga mansubligi, osha tildagi dastlabki manosini aniqlash uchun leksikografik izlanish - tegishli tillar lugatlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq "juda qadimiy" manosidagi "daqyonus daqqiyunusdan qolgan" iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidan, Quroni karimdagi "Kahf surasi"dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor bolish kerak. 

Soz Etimologiyasining ilmiy Etimologiya, soxta Etimologiya va xalq Etimologiyasi kabi turlari bor. Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yollar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. Mas, pichoq sozining "bi" tig ozagiga chak qoshimchasini yoki "bich" kes, kesib tashla feliga ak qoshimchasini qoshish orqali, "kuy" sozining qadimiy turkiycha "kbg" qop manoli soz; bir manosi - ashulada ovozning pastbalandligi sozining "koy", "kuy" kabi shakl ozgarishi va qisman mano ozgarishi orqali paydo bolganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan. Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida roy bergan ozgarishlarga jiddiy etibor qaratiladi. Mas, hozirgi kunda ozbek tilida qollanayotgan, payt manosini bildiruvchi tunovgi - tunovkun - tunovin sozlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat bolib, "tun oggan qun" shaklida qollangan; bir qancha shakl ozgarishlaridan keyin mazkur qorinishlarga ega bolgan. Demak, "tunovin", "tunovgi" sozlari, mavjud lugatlardagidek otgan kun, burnogi kun, kechadan oldingi kun manolarini emas, balki kecha, yani tun oggan kun tun chappa bolgan kun manosini ifodalagan. 

Soxta Etimologiya eskirgan yoki ozlashma sozning morfologik tuzilishi va boshqalar xususiyatini notogri tushunish natijasida yuzaga keladigan izoh. Mas, "meditsina" sozini "madadi Sino" tarzida ajratib, Ibn Sino nomi bilan yoki "dorchin/dolchin" sozini "haqiqiy dori" birikmasi bilan boglash soxta Etimologiya bolib, aslida lot. tesIsta - "vrachlik mahorati davolash" manosini, forscha dorchin/dolchin esa "doruyi chin" - xitoy dorisi manosini bildiradi. Xalq Etimologiyasi muayyan soz manosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat tovush tomonining tasodifiy oxshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izoxlashdan iborat. 

Tillardagi sozlarning dastlabki kelib chiqish manosi etimologik lugatlarda beriladi. Ensiklopedik nashrlarda, jumladan, Ozbekiston milliy ensiklopediyasida, odatda, boshqa tildan^ otgan sozlargagina Etimologiya korsatiladi. Ozbek tilshunosligiga bagishlangan bir qator tadqiqotlarda va ayrim sohalar boyicha tuzilgan lugatlarda etimologik izlanishlar mavjud bolsada, Etimologiya tola manodagi fan sohasi sifatida shakllanib yetmagan. Prof. Sh.Rahmatullayevning keyingi yillardagi tadqiqot va lugatlari bu sohadagi dastlabki tajribalar hisoblanadi


Download 39,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish