Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Download 0,7 Mb.
bet1/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#194061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BHA-60 guruh Muhammadibroximov S


Reja:

Kirish


  1. Hisobotlarning mohiyati va ahamiyati

  2. Hisobotlarni tuzish va to’ldirish

  3. Hisobotlarni taqdim etish tartibi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati





Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. So’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini mustaqil fan sifatida hamda amaliyotda korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalarda boshqaruvning muhim bo’g’ini sifatida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o’ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.

Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga o’tkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PQ-4611 24.02.2020 “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”1gi qarorni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu qarorni qabul qilishining asosiy maqsadi biznes tili hisoblangan korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarda yuritish va shu orqali mamlakatimizga xorijiy investorlarni jalb qilishdan iboratdir.

Shuningdek, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan xalqaro xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish”2 bu mamlakatimizda xo’jalik yurituvchi subyektlar jumladan yirik soliq to’lovchilar sug’urta, lizing kompaniyalari, banklar, aksionerlik jamiyatlaria bo’lgan e’tiborning yanada oshirishiga olib keladi. Buning natijasida bu tashkilotlarda buxgalteriya hisobiga bo’lgan ehtiyojning qay darajada yuqori ekanligini bilishimiz mumkin. Ya’ni bu biz xorijiy investorlarni yuqorida sanab o’tilgan tashkilotlarga jalb qilish uchun ular bizning korxonamizni tushunadigan biznes tili hisoblangan moliyaviy hisobotlarimizni xalqaro standartlarda tuzishimizni talab etadi.

Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, so’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar negizida buxgalteriya hisobiga ham bo’lgan talab va e’tiborning oshib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, xo’jalik yurituvchi subyektlar ham o;z faoliyatini kengaytirish, daromadlarini oshirish uchun ular ham turli xil islohotlarni amalga oshimoqdalar. Shu o’rinda korxonalar, tashkilotlar va kompaniyalar uchun buxgalteriya hisobining ham qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Shu men yoritayotgan mavzu, ya’ni, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobi ham shu korxonalar uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ya’ni xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni tannarxini hisoblashga doir bevosita va bilvosita xarajatlarni aniqlash, xarajatlarning miqdorini kamaytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish usullarini tahlil qilish, shu jumladan, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olishni to’g’ri tashkil etish juda muhimdir. Biz mahsulot(ishlar, xizmatlar)ning tannarxini qanchalik aniq va mukammal hisobga olsak, uning tannarxini kamaytirish yo’llarini topsak, bu xo’jalik yurituvchi subyektlarmizning kelajakda faoliyatining kengayishiga va daromadlarining oshishiga olib keladi. Buning natijasida iqtisodiyotimizning o’sishiga va xalqimiz turmush darajasining o’sishiga zamin yaratiladi. Shuning uchun, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobi mavzusini o’rganish dolzarb mavzulardan biri ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Kurs ishi mavzusining obyekti. Bu kurs ishida mavzuning obyekti hisobotlarni tuzish, ularni to’ldirish va taqdim etish tartibi mavzusi va uni o’rganish, unda hisobotni qanday tuzish, ularni to’ldirish va taqdim etish tartibi shu kurs ishi mavzusining obyekti hisoblanadi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish