Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


-rasm. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar4



Download 0,7 Mb.
bet6/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#194061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BHA-60 guruh Muhammadibroximov S

3-rasm. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar4.

Moliyaviy hisobot yil boshidan yig’ilib boruvchi jami bilan har chorakdan


tekshiriladi.

Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini yuqori organi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda


topshiradi.

Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun O’zbekiston Respublikasi


Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliyaviy hisobot topshirish bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.

Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.

Ochiq tipdagi aktsionerlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma‘lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan so’ng yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha, albatta, nashr etishlari kerak.

Xo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi.

Korxonani tugatish bo’yicha muammolaning buxgalteriya hisobi, tugatish
balansi va hisobatini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish
komissiyasiga yuklatiladi.

Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shiladi.

Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ma’lum yuridik va moliya-xo’jalik munosabatlarida bo’lgan ikki va undan ortiq korxonalarning hisobotlarini umumlashtirishdan iborat. Konsolidatsiyalash metodologiyasi va texnikasi xalqaro hamda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning milliy standartlarida ishlab chiqilgan va bayon qilingan. Konsolidatsiyalashning maqsadi korporativ guruhga kiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar to’g’risidagi axborotlarni yagona xo’jalik yurituvchi subyekt sifatida umumlashtirilgan holda taqdim etishdan iborat. Bunda korporativ guruhga kiruvchi har bir mustaqil korxona barcha xo’jalik muomalalarini amaldagi standartlarga muvofiq hisobga olishi va ularning natijalarini moliyaviy hisobot ko’rinishida rasmiylashtirishi lozim.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 17-moddasi, buxgalteriya
hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq tuziladi. Bunda bosh korxonadan ajralib chiqib faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar guruhi uchun
umumlashgan moliyaviy moddalarni tuzish va taqdim qilish to’g’risida so’z
yuritiladi. Qonunning mazkur moddasiga muvofiq bir yoki bir necha sho’ba
korxonalar, filiallar va vakolatxonalariga ega bo’lgan korxonalar umumlashgan
moliyaviy hisobot tuzadilar.

Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining


jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tadbiq etilmaydi. Umumlashgan moliyaviy
hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.

Bosh korxonaning sho’ba korxonalarga qo’shgan hissalari uning moliyaviy


hisobotida moliyaviy qo’yilma sifatida aks ettiriladi.

Yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy


bo’linmalarini, ularning balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda
tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan
mustaqil balansga ajratib chiqarishlari mumkin.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, agar bosh kompaniya o’zining


barcha sho’ba korxonalarini yopib, ular faoliyatini boshqarishni bitta yuridik shaxs
doirasida amalga oshirsa, kompaniyaning hisoboti qanday bo’lishini ko’rsatadi.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot rahbariyatga va korporativ guruhga


kiruvchi korxonalar kuzatuv kengashiga, shuningdek, mavjud va potentsial
investorlar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va davlat kabi tashqi
axborotdan foydalanuvchilarga ham taqdim etiladi. Shunisi bilan u axborot
funktsiyasida yopiq bo’ladi.

Axborotlardan tashqi foydalanuvchilar uchun konsolidatsiyalangan hisobot


xususiy balanslarning cheklanganliklarini bartaraf etadigan, qo’shimcha axborot
manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobot bosh kompaniya uchun o’z
hisobotini o’ziga xos “kengaytirish” va “to’ldirish” hisoblanadi.

Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash joizki,


konsolidatsiyalangan hisobot bir necha xususiyatlarga ega:

  • konsolidatsiyalangan hisobot yuridik mustaqil korxonaning hisoboti
    hisoblanmaydi. Uning maqsadi korporativ guruh faoliyatining natijalari to’g’risida umumiy tasavvur shakllantirishdan iborat. U aniq axborot bilan ta’minlash va tahlil uchun yo’naltirilgan;

  • korporativ guruh a’zolari hisoblangan korxonalar o’rtasidagi kelishuvlar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi. Unda faqat aktivlar va majburiyatlar, tashqi kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha daromadlar va xarajatlar ko’rsatiladi. Har qanday guruh ichidagi moliya-xo’jalik operatsiyalari identifikatsiyalanadi va konsolidatsiyalash jarayonida chiqarib tashlanadi (konsolidatsiyalanayotgan hisobotga kiritilmaydi). Konsolidatsiyalash bosh kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar moliyaviy hisobotlarining bir xil nomdagi moddalarini oddiy (arifmetik) jamlash emas;

  • guruhlar hisoboti birlashma tarkibiga kiruvchi har bir kompaniyaning
    moliyaviy ahvoli va faoliyat natijalari to’g’risidagi yig’ma axborotlarni aks
    ettiradi. Bu demak, bitta sho’ba korxonaning foydasi boshqasining zararini yashirishi, bitta sho’ba korxonaning mustahkam moliyaviy ahvoli boshqasining potensial to’lov layoqatini yashirishi mumkin.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish