Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Download 0,7 Mb.
bet4/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#194061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BHA-60 guruh Muhammadibroximov S

To’liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorJarini qabul gilish
imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari
inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan
tasdiqlangan bo’lishi lozim.

O’z vaqtidalik zarur moliyaviy hisobotlami tegishli joylarga


belgilangan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va
mulkchilik shakllaridan qat'i nazar (byudjet tashkilotlaridan tashqari),
barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30
kun ichida moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy
hisobot yil yakunlanganidan so’ng 90 kun davomida, agar boshqacha
muddat O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan
bo’lsa, taqdim etilishi lozim. U mulkdorlaming ta’sis hujjatlariga
muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.

Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan


iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o’tkazilishi ushbu
talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.

Moliyaviy hisobotga qo’yiladigan talablardan biri - uni


rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham
mulklar, majburiyatlar va xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida
aks ettirish kabi, o’zbek tilida va milliy valuta – so’mda amalga
oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh
buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.

Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida


moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi
o’zgarishlarni ko’rsatadi. Bunday axborotlardan ko’plab iste’molchilar quyidagi
maqsadlardla foydalanadi:

  • kreditlar berish bo’yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar
    qabul qilish uchun;

  • subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;

  • subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o’zgarishlar to’g’risida
    tasavvurga ega bo’lish.

Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to’lg’azish
tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
tomonidan belgilanadi.

Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari


amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma‘lumotlarining mulklar va ular
manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan belgilanadi.

Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan balanslarga qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi qo’yiladi.

Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo’jalik mablag’lari va mablag’lar manbalarini to’liq inventarizatsiya qilishdan iborat.

Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan


tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to’ldirilishini nazarda tutadi. Balansni
tuzishdan oldin analitik hisob schyotlari bo’yicha qoldiqlar va oborotlar bosh
daftardagi schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi
lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur.

Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum talablar


qo’yiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash
qoidalariga rioya qilish kerak.

Hisobot rahbar, bosh buxgalter, agar korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi.

Shuni eslatib o’tish kerakki, korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo’lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.

Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirishdan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasining “Bugalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:



  1. “Korxona balansi”

  2. “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”

  3. “Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot”

  4. “Pul oqimi to’g’risida hisobot”

  5. “Xususiy kapital to’g’risida hisobot”

Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keying yilning 1-mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o’tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olingan va xo’jalik yurituvchi subyektning boshqaruv organi (aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi va h.k.) tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.

Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi (l-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo’lib, tashqi axborotdan foydalanuvchilarga mazkur korxonaga kapital qo’yish va boshqa masalalar bo’yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e'lon qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qoidalarida ko’zda tutilgan talablar doirasida bo'lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mumkin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risidagi fikr (baho)dan iborat.




  1. Download 0,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish