Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Hisobotning mohiyati va ahamiyati



Download 0,7 Mb.
bet3/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#194061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BHA-60 guruh Muhammadibroximov S

Hisobotning mohiyati va ahamiyati

Hisobot - korxona, birlashma, uyushma, konsern, korporatsiya, aksiyodorlik jamiyati va shu kabilaming o’tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u xo’jalik faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ulaming ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil bo'lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlami o’z ichiga oladi.

“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 18-moddasiga


muvofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri l-yanvardan 31-dekabrga
qadar bo’lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan
yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan sanadan
boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subyektlar uchun esa ular
tegishli davlat organlarida ro’yhatga olingan sanadan boshlab, o’sha
yilning 31-dekabrigacha bo’lgan davr birinchi hisobot yili deb
hisoblanishi belgilangan.

Agar xo’jalik yurituvchi subyekt joriy yilning 1-oktabridan keyin ro’yhatga olingan bo’lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keying yilning 31-dekabrida tugaydi.

Xo’jalik yurituvchi subyektni davlat ro’yhatidan o’tkazgungacha
amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari to’g’risidagi rna’lumotlar uning
birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.

Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo,


korxonaning o’zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo’jalik
faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish
bilan bog’liq.

Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan


foydalanuvchilarning mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli
to’g’risidagi malumotlarni baholashiga ta’sir ko’rsatishi mumkin
bo’lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan
foydalanuvchilar rahbarlar, ta’sischilar, ishtirokchilar va korxona
mulkining egalari hisoblanadi.

Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy


barqarorlik darajasi to’g’risidagi hisobotning mazmuni kapital
qo’yishdan manfaatdor bo’lgan investorlarda ham qiziqish uyg’otadi.

Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo'lishi yoki xo’jalik


yurituvchi korxonalaming uyushgan guruhiga kirishidan qat’i nazar,
bajaradigan va subyektga ta’sir ko’rsatuvchi moliyaviy voqealami va
muomalalarni ko’rsatish usuli hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan,


uning faoliyatidan va uning pul mablag’lari harakati bo’yicha ma’lumot
berishdan iborat bo’lib, u foydalanuvchilaming keng guruhiga iqtisodiy
qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.

Moliyaviy hisobot xo’jalik muomalalari xususiyati va mohiyati


jihatidan ularni guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi.
Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu
turkumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqdim etishdir, chunki
moliyaviy hisobotlar band sifatida va izohlarda berilgan bo’ladi.
Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat
tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko’rsatadi.

Yuqorida aytib o’tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag’lari harakati oqimini taxrnin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim:



  • korxonaning nazorati ostida bo'lgan aktivlar haqida;

  • korxonaning passivlari haqida;

  • korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o’tishdagi iqtisodiy irnkoniyatlari va majburiyatlaridagi o’zgarishlar haqida;

  • pul mablag’larining harakati haqida.

Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to’lash, shuningdek, majburiyatlari bo’yicha muddati kelgan to’lovlarni to’lash irnkoniyatini baholashda foydali bo’ladi.

Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so’ng ro’y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko’nikmalaridan tashqari, qo’shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.

Moliyaviy hisobotlaming izohlari tushuntirish xati ko’rinishida muntazam ravishda tartibga solinadi. Izohlardagi ma’lumotlar taqdim etilgan moliyaviy hisobotning har bir tegishli bandi ko’rsatilgan holda berilishi kerak.

Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o’ziga xos siyosati asoslari to’g’risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan oldin alohida hisob ko'rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirish yozuvida eng karnida lozim bo’lgan zaruriy ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining “Ochib berish” bo’limida keltiriladi.

Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya
hisobi uslubiyatining asosi hisoblangan muhim tamoyillardan biridir.

1-rasm. Hisobotning ahamiyati

Ishonchlilik nafaqat buxgalterlik hisobi axborotlari, balki
hisobning boshqa turlari, eng avvalo statistik hisob ma’lumotlariga
asoslanadi. Ushbu yondashuvning buzilishi biznes-reja tuzish, xo’jalik
faoliyatining turli pog’onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini
ham yo’qqa chiqaradi. Ushbu talab hisobot va reja ko’rsatkichlarining
taqqoslanuvchanligini talab etadi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish