O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKЕNT DAVLAT
SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI
Falsafa ta‘lim yo‘nalishi
IV kurs arab-ispan guruhi talabasi
QAYUMOV ZOKIRJONning
―Ijtimoiy falsafa‖ fanidan
KARL POPPERNING IJTIMOIY-FALSAFIY
QARASHLARI
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
o‘qit. A. Abduhalimov
TOSHKENT – 2014
2
REJA:
Kirish
1.
Karl Popper – postpozitivizm falsafasining yirik vakili
2.
Popperning falsafa tarixi davrlarin va qadimgi faylasuflarning davlat
to‘g‘risidagi
fikrlari tahlili
3.
K.Popperning ― Ochiq jamiyat va uning dushmanlari ‖
asaridagi ijtimoiy- falsafiy qarashlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
3
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
. O‗zbekiston o‗z davlat mustaqilligi –
suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e‘lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–
iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma‘naviy taraqqiyotida, ta‘lim–
tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash
tizimida ham tom ma‘noda
mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi
zamonaviy umuminsoniy ma‘naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi
xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy
falsafiy usul va prinsiplar asosida o‗rganish, tadqiq etish, ayniqsa,
yangi davr
g‘arb falsafasi ixtisosligi bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham
ochib berdi. ―Avvalgi yillarda, - deb ta‘kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, -
ta‘lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‗or yutuqlaridan va xalqimizning
tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‗zgartirilishi lozim. Aslini
olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon
fani va madaniyatining eng
yaxshi yutuqlarini o‗ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish …
shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish
mumkin
1
‖. Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o‘ziga xos
ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g‘arb va sharq faylasuflarining
o‘rni beqiyosdir.
Prezidentimiz Islom Abdug‗aniyevich Karimov aytganlaridek, ―Dunyo
tan olgan ko‘p ulug‘ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o‘zbek tilida nashr
etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g‘oyaviy
qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon,
Nitsshe va Freyd kabi
olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va
sharhlar bilan o‘zbek tilida chop etishimiz kerak
2
‖.
Shuningdek,
prezidentimiz
ota-bobolarimizning
asrlar
davomida
to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam
1
Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. - T.: ―O‘zbekiston‖, 2006. – B. 104.
2
O‘sha asar. – B. 112.
4
etgan nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri kelgan
3
ligini
mustaqillikning
dastlabki yillarida alohida ta‘kidlab o‘tgan. Bular orasida Sharq va G‘arb
falsafasi ahamiyatlidir.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‗zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa,
insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‗z-o‗zidan yuz
bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an‘analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur
maktabi, madaniy–ma‘naviy muhit mavjud bo‗lmog‗i kerak. ―…Biz ko‘p
masalalarda g‘arb faylasuflarining
fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoizm
qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni
hisobga olishimiz, keraklisini e‘tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur
4
‖.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy
merosi jahon madaniyati va
ma‘rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz
yuqorida ta‘kidlab o‘tganlaridek, g‘arb faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar
ongiga ularni sharq faylasuflarining fikrlari bilan uyg‘unlashtirgan holda
singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr g‘arb
faylasuflarining, xususan, Karl Popperning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‗rganish
shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.