Karl popperning ijtimoiy-falsafiy



Download 392,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana29.04.2022
Hajmi392,09 Kb.
#594405
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
karl popperning ijtimoiy-falsafiy qarashlari

Kurs ishining tarkibi. 
Kurs ishi ―Kirish‖, uch band, ―Xulosa‖ hamda 
―Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati‖ dan iborat. 
 
 
 
 
 
 
 
 



Karl Popper – postpozitivizm falsafasining yirik vakili
 
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlaridagi davr shu bilan ajralib 
turadiki, 
falsafiy 
maktablar 
XIX 
asr 
ikkinchi 
yarmida 
ijod 
qilgan 
mutafakkirlarning g‗oyalarini rivojlantirib, to‗plagan ilmiy bilimlarni Gegeldan 
keyingi davrdagi falsafiy asoslarning biri atrofida birlashtirishga harakat 
qildilar. 
Yangi pozitivistcha ta‘limotning parchalanishi umumiy nomda birlashgan 
―postpozitivizm‖ deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga 
kelishiga olib keldi. Bu yo‗nalishning asoschisi ―kritik ratsionalizm‖ ijodkori 
Karl Popper edi. Postpozitivizmga I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, D.Agassi, 
P.Feyerbend kabi yirik g‗arb faylasuflarining qarashlari taalluqlidir. Bu 
faylasuflarning asosiy vazifasi fan falsafasida pozitivistcha uslubdagi tafakkurni 
bartaraf etish edi. 
Karl Raymund Popper jahon falsafasi postpozitivizmining asosiy yirik 
vakillaridan biri hisoblanadi. Avstriyalik va britaniyalik faylasuf va sotsiolog 
Karl Raymond Popper 1902-yilning 28-iyulida Vena shahrida yurist oilasida 
tavallud topdi. Uning otasi Simon Zigmund Karl Popper Vena universitetida 
professor bo‘lgan va u sotsiologiya, politologiya, falsafa fanlari bilan qiziqqan. 
Karl Popper bolaligidan ko‘plab falsafiy ilmlar bilan shug‘ullangan. U 1918-
yilda Vena universitetiga o‘qishga kirgan va matematika, fizika, falsafani 
o‘rgangan. Karl Popperning onasi unga musiqa sirlarini ham o‘rgatgan. 
Keyinchalik u konservatoriyaga ham kirgan. Dastlab u 1937-yilgacha Vena 
shahrida, 1937 – 1945 – yillarda Yangi Zelandiyada ishlagan. 1946-yildan 
boshlab 70 – yillarning o‘rtalariga qadar Londondagi iqtisodiyot va siyosiy 
fanlar maktabida professor sifatida faoliyat yuritgan.U qadimgi davr 
faylasuflarinig davlat, jamiyat haqidagi qarashlarini, Zigmund Freyd, Protagor, 
Platon, Geraklit va boshqa faylasuflarning ta‘limotlarini o‘rgangan. Karl Popper 
ko‘plab asarlar yozgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri bu ―Ochiq jamiyat 
va uning dushmanlari‖ asaridir. Ushbu asarda u qadimgi davr faylasuflarining 
qarashlarini o‘rgangan, tahlil qilgan va asar boblarida ularning qarashlariga o‘z 



fikrini ham bildirib o‘tgan. Karl Popper 1994-yil 17-sentabrida 92 yoshida 
Londonda vafot etgan. 
XX asr 30-yillardayoq Popper yangi pozitivizmning induktivizmi, 
ma‘noning verifikatsiyachilik nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa 
sifatida talqin qilishni qattiq tanqid ostiga olgan edi. U ilmiy bilishda 
metafizikaning o‗rni va metafizik (an‘anaviy falsafiy) muammoni oqlash 
masalasini qo‗ygan edi. U shuni ko‗rsatadiki, metafizikada aytilgan hukmlarni 
hissiy ma‘lumotlarga tadbiq qilib bo‗lmasligi asosida uni rad etish, mantiqiy 
jihatdan fundamental fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi. 
―O‗zlarining metafizikani barbod qilish intilishlarida, - deb yozadi K.Popper, - 
pozitivistlar u bilan birgalikda tabiiy fanlarni ham yakson qiladilar, negaki, ilm-
fan qonunlari aynan, metafizik hukmlarga o‗xshash bo‗lib, ularni hissiy tajriba 
haqidagi oddiy ifodalarga taalluqli deb bo‗lmaydi. Ma‘noni tushunishda agar 
izchil ravishda Vitgenshteyncha mezonlar qo‗llanilsa, u vaqtda o‗sha tabiat 
qonunlarini ahamiyatsiz narsa sifatida uloqtirishga to‗g‗ri keladiki, Eynshteyn 
ta‘biricha, ularni qidirish «fizikaning oliy vazifasi‖ dir
5
‖.
Popper fikricha, ilmiy bilim asosan faraziy xususiyatga ega: ―Biz 
bilmaymiz- biz faqat faraz qilishimiz mumkin‖
6
. Popper ―Ochiq jamiyat va 
uning dushmanlari‖ deb atalgan mashhur kitobning muallifi bo‗lib, unda totalitar 
davlat tuzumlarini tanqid ostiga olib, ularga liberal qadriyatlarni qarama-qarshi 
qo‗ydi. 
Karl Popper mantiqiy pozitivizm ta‘siri ostida bo‘lgan, lekin o‘zining 
falsafiy konsepsiyalari – tanqidiy ratsionalizm, ilmiy bilimning ortishi haqidagi 
nazariya va falsifikatsionizmni neopozitivizmga qarshi qo‘ygan. Popper 
mantiqiy empiristlarning, ilmiy mulohazalar mezoni verifikatsiya tamoyili degan 
fikriga qarshi falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida demarkatsiya 
muammosi (ilmiy bilimni noilmiy bilimdan ajratish) ni ilgari surgan. Popperning 
fikriga ko‘ra, demarkatsiya usuli – falsifikatsiyadir, ya‘ni fanga tegishli bo‘lgan 
5
Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М., «Наука», 1983. –С 57-58. 
6
O‘sha asar. –B 226. 



har qanday fikrni inkor etish. U mantiqiy pozitivistlarning tor empirizmidan 
hamda bilimning mutlaq ishonchli asosini izlashdan voz kechdi. Popperning 
qarashlariga ko‘ra, bilimning empirik va nazariy darajalari bir – biri bilan uzviy 
darajada bog‘liqdir; har qanday ilmiy bilim faqat gipotetik, taxminiy harakterga 
ega va xato (fallibilizm tamoyili) bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilimning ortishi dadil 
gipotezalarni ilgari surish va ularni rad etilishini amalga oshirishdan iboratdir. 
Buning natijasida muhim bo‘lgan muammolar hal etiladi va bu jarayon unda hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Popper o‘zining mantiqiy – metodologik va 
kosmologik konsepsiyalarini asoslash uchun neodarvinizm va emerjent 
rivojlanish g‘oyalaridan foydalangan. U ilmiy bilimning ortishini dunyodagi 
umumiy evolutsion jarayonlarning xususiy ko‘rinishi sifatida tushunadi. Popper 
tomonidan ilgari surilgan ―uch dunyo‖ metafizik nazariyasida bir-biriga 
reduksiya qilib bo‘lmaydigan jismoniy va mental dunyolarning, shuningdek 
obyektiv bilim dunyosining mavjudligi ta‘kidlanadi. Popper, shuningdek 
tushuntirishning deduktiv – nomologik sxemasi asoschisidir. Bu sxemaga 
muvofiq, agar mulohaza muvofiq qonunlar va chegara shartlari majmuidan 
deduktiv ravishda chiqarilgan bo‘lsagina u tushuntirilgan hisoblanadi. Mantiqiy 
semantika g‘oyalariga asoslangan holda Popper ilmiy nazariya (gipoteza) lar 
mazmunining haqiqiyligi yoki yolg‘onchiligini aniqlash usulini taklif qildi. 
Ilmiy bilimni ortishi nazariyasini yaratish dasturini amalga oshirishda Popper 
tomonidan 
falsifikatsiya 
tamoyilining 
mutlaqlashtirilishi, 
ilmiy 
bilimning 
obyektiv jihatdan haqiqiyligini tan olmasligi, bilim asoslarini talqin etilishidagi 
konvensionalizm hamda obyektiv bilimning tarixiy konkret biluvchi subyektdan 
ajratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi
7
.
Ilmiy va g‗ayri ilmiy bilimlarni ajratish mezoni sifatidagi pozitivistcha 
verifikatsiya qoidasini tanqid qilib, Popper haqli ravishda ko‗rsatib o‗tadiki, 
―nazariyani hech qachon tajribaviy jixatdan verifikatsiya qilib bo‗lmaydi‖
8

Ilmiy haqiqatga erishish vositasi sifatida intuktiv mantiqni mutlaqlashtirishni 
ham Popper haqli ravishda tanqid qiladi. Ma‘lumki, o‗z vaqtida D.Yum 
7
Qarang: Jowet W.. The works of Karl Popper. —Nyu York., «Education», 1998. –P 313. 
8
Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М., «Наука», 1983. –С 62. 


10 
induksiyani mantiqiy asoslash muammoli ekanligini ko‗rsatib o‗tgan edi. Shu 
munosabat bilan Popper yozadi: ―Induksiya qoidasini oqlash uchun, biz uchun 
induktiv xulosalarni qo‗llashga to‘g‗ri keladi, ularni oqlash uchun esa, yuqoriroq 
darajada turgan induktiv qoidani kiritish lozim, va hokazo shu ruhda davom 
etish zarur. Demak, tajribadan kelib chiqib, induksiya qoidasini asoslashga 
urinish, zaruriy ravishda yemirilishga duchor bo‗ladi, negaki, u muqarrar 
ravishda cheksiz (regress) tanazzulga olib keladi‖
9

Yangi pozitivistcha ta‘limotga qarshi o‗laroq, Popper o‗zining 
verifikatsiyalar (tasdiqlash) nazariyalariga emas, balki ularning falsifikatsiya 
qilish (soxtalash) jihatlariga asoslangan ilmiy bilim uslubini tavsiya qiladi. Ilmiy 
usulning mantiqiy asosi sifatida Popper induktiv emas, balki deduktiv mantiqni 
ko‗radi, aniqroq aytganda esa, uning qoidasi bo‗lgan modus tollensni nazarda 
tutadi. Popper nazaridagi ilmiy nazariyalarni tanlash va tekshirishning umumiy 
tasviri quyidagicha ko‗rinishga ega: taxminlar o‗rtacha qo‗yilgandan keyin 
mantiqiy 
deduksiya 
yordamida 
ulardan 
qandaydir 
xulosalar 
keltirib 
chiqariladiki, ularni tajribada tekshirishdan o‗tkazish mumkin bo‗ladi. Agar
xulosalardan biri tasdiqlanib qolsa, biz ham taxminning haqiqiyligi haqida hukm 
yurita olmaymiz. Ammo agar ana shunday xulosalardan biri rad etilsa, undan 
shu narsa kelib chiqadiki, taxmin yolg‗on bo‗ladi. Bundan Popper shunday 
xulosaga keladiki, ―nazariyaning ilmiy maqomining mezoni uning soxtalash 
mumkinligi va raddiyaligidir‖
10
.
Popper taklif qilgan ilmiy nazariyalar haqiqiyligini baholash me‘yorining 
ichki qarama – qarshiligi isbotlangan. Popperning oxirgi falsafiy asarlari ong 
nazariyasini ishlab chiqishga, hozirgi zamon falsafasidagi irratsional va 
relyativistik mayl (tendensiya) larga qarshi yo‘nalgan ratsionalizm himoyasiga 
bag‘ishlangan.
Ijtimoiy falsafa sohasida Popper marksizm va tarixiylikni tanqid qiladi. U 
ijtimoiy rivojlanishning obyektiv qonunlari va jamiyat rivojlanishi taqdirlarini 
bashorat qilish mumkinligini rad etadi. Popper g‘oyalari I.Lakatos, U.Bartli, 
9
Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М., «Наука», 1983. –С 48-49. 
10
O‘sha asar. –B 245. 


11 
J.Agassi 
konsepsiyalarida, 
shuningdek 
tanqidiy 
ratsionalizmning 
turli 
yo‘nalishlarida rivojlantirildi.


12 

Download 392,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish