Popperning falsafa tarixi davrlari va
qadimgi faylasuflarning davlat to’g’risidagi fikrlari tahlili
Karl Popper postpozitivizmning yirik namoyondalaridan biri sifatida o‘z
diqqat-e‘tiborini ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni o‘rganishga jalb qildi. Uning
ushbu sohaga tegishli bo‘lgan asosiy asari ―Ochiq jamiyat va uning
dushmanlari‖ deb nomlanadi. Mazkur asarda Popper falsafa tarixi davrlarini
tahlil qilib chiqadi.
Popper tahlilni qadimgi davr falsafasidan boshlaydi, bunda dastlabki
demokratik jamiyatlarning paydo bo‘lishini, xususan, Afina davlat-shaharlari
tarixini tahlil qilib beradi.
Shuningdek, Popper Qadimgi davr faylasuflarining davlat to‘g‘risidagi
fikrlarini ham tahlil qilib chiqadi. Dastlabki demokratik jamiyat Afinada
shakllanadi, u quldorlik demokratiyasi edi. Bu jamiyat qadimgi aristokratik
tuzumga qarshi qurol natijasida vujudga keladi. Aristokratik polis davlatlarni
oliyzotlar sulolasi boshqarar edi. Aristokratik tuzumni qadimgi faylasuflardan
Effeslik Geraklit, Protagor va Aflotun yoqlab chiqqan edi
11
. Popper bu ikki
donishmandning jamiyat, davlat haqidagi qarashlarini tahlil qiladi. U Geraklitni
jamiyat taraqqiyotini orqaga qaytish jarayonida deb talqin qilgani uchun tanqid
qiladi. Geraklit fikricha, go‘zallik va mutanosiblik dunyosi abadiy dunyodir.
Shuning uchun ham u o‘zgarmasdir. Zaminiy dunyoda esa hamma narsa
o‘tkinchidir, o‘zgaruvchandir, nisbiydir. Shunga zaminiy hayot mutanosib va
abadiy bo‘la olmaydi. Go‘zallik dunyosi, Geraklit fikricha, ilohiy logos
dunyosidir. Bu dunyo oquvchanlikni, o‘zgaruvchanlikni aniqlab beradi. Zaminiy
qonunlarda samoviy qonuniyatlar in‘ikos etadi. Bu dunyoda hamma narsa
o‘zgaruvchan, oquvchandir. Popper Geraklitni demokratik jamiyatni birinchi
dushmani deb biladi, uni ―tanlanganlar‖ nazariyasining tarafdori deb, hisoblaydi.
Geraklitning intuitsiya haqidagi ta‘limotini Popper mistika deb ataydi,
dunyoqarashini esa ratsionalizmga qarshilikda ayblaydi.
11
Qarang: Jowet W.. The works of Karl Popper. —Nyu York., «Education», 1998. –P 342.
13
Popper o‘zining ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ asarining 5 –
bobida mazkur faylasuflar qatorida sofistlarning ham tabiat, jamiyat, davlat va
shartnoma haqidagi fikrlarini tahlil qilib o‘tadi.
Popper bu bobda keltirishicha, ―Aflotun jamiyatni ilmiy analiz qilgan
birinchi faylasuf emas. Dastlabki buyuk mutafakkirlar o‘zlarini sofistlar deb
ataganlar. Odamning atrof muhitdagi tarkibiy qismi – uning tabbiy va jamiyat
muhitidagi farqi ehtiyoj deb tushunishgacha belgilanganidan farq qiladi. Bu farq
murakkab barpo etilgan va anglangan dalillardan xulosa chiqarilganidek, hozir
biz fikrimizda mavjud bo‘lgan isbotdan farq qilmaydi. Protagor davridan beri
har doim savol-javoblar mavjud bo‘lgan. Bizga ko‘proq ma‘qullangan
jamiyatimizning hayratomuz kuchli ishtiyoqi tabiiydek tuyuladi. Ibtidoiy
qabilaga oid xatti-harakatlar ajoyib xarakterlidir. Yopiq jamiyatda yashash
quyosh nur sochganda undan bebahra qolgandekdir
12
‖.
Qonun – tabiiy qonun ifodasida aniq tasvirlanadi. Agar biz tabiat qonunini
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilmasak va agar yana biz o‘zimizning ishonchsiz
qarashlarimizni belgilasak, biz uni keyin gipoteza deb ataymiz. Agar biz tabiat
qonunlari
o‘zgarmas
va
bu
qonunlarga
qarshiliklarni
mavjudligini
ta‘kidlaydigan bo‘lsak, bu o‘z gipotezamizni yetarlicha darajada rad etish
bo‘ladi. Tabiat qonunlari o‘zgarmagandan beri, bular na parchalanadi, na
bo‘ysunishga majbur etadi. Bular, ya‘ni tabiat qonunlari inson boshqaruvidan
keyin deyarli imkoni boricha texnologik maqsadlar uchun foydalanilgan.
Hammasidan farqli o‘laroq, tabiatda yana normativ qonunlar ham mavjud. Bu
ehtimol yaxshi yoki yomon, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, ma‘qul yoki noma‘qul
shaklda ifodalangan bo‘lishi mumkin. Agar normativ qonunga rioya qilinganida,
o‘sha paytda bu harakatlar va qarorlar har doim inson boshqaruvi natijasidir.
Men mutafakkirlarga, ayniqsa jamiyatdagi ko‘p sonli olimlarga ishonaman.
Ammo bu fikrlar anglanmaguncha umuman qabul qilinmaydi. Ko‘plab
mutafakkirlar ta‘qiqlar va buyruqlar normasi borligiga ishonadilar va quydagi
12
Popper K.R.. The Open Society and Its Enemies. (―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖). —London., « Soros
Foundation », 1964. –P 238.
14
fikrni aytib o‘tadilar: mutlaq qonuniy normalar inson tabiati yordamida qabul
qilinadi. Men Platonning sotsiyalogiyasini tushunish zaruriy deb bilaman va
tabiat hamda normativ qonun o‘rtasidagi tafovut borligiga aminman‖.
Go‘zallik va mutanosiblik dunyosini Aflotun g‘oyalar dunyosi deb ataydi.
G‘oyalar dunyosini Aflotun narsalar dunyosiga qarshi qo‘yadi. Abadiy g‘oyalar
ilohiy mohiyatlardir
13
. Popper Aflotunning g‘oyalar dunyosini harakatsizlikda,
o‘zgarmaslikda ayblaydi. Lekin bu Aflotun ajodining birinchi davriga xosdir,
ikkinchi davrida esa Aflotun g‘oyalar dunyosining evolutsiyasi va
mukammallashishi haqida fikr yuritadi. O‘zining ―Pir‖, ―Timey‖, va ―Fedon‖
kabi dialoglarida koinotning pifagorcha tuzilishi haqida fikr yuritadi. Aflotun
kosmogoniyasi Geraklitning qarashlariga o‘xshashdir. Har ikki ta‘limotda ham
markazda doimiy harakatchan, faol olov turadi. Aflotun ham, Geraklit ham
olovni jismoniy jarayon sifatida emas, ruhiy samoviy hodisa sifatida
tushunganlar. Shuning uchun ham olov ularda abadiy tiriklik timsolida namoyon
bo‘ladi.
Popper Aflotunning ijtimoiy qarashlarini tanqid qiladi. Aflotunning
fikricha, ideal davlat boshqaruvi davlat qonunchiligiga asoslangan totalitar
rejimdir. Shuningdek, Popper Aflotun dunyoqarashida markaziy o‘rinni
egallagan kollektivlik, adolat tushunchalarini ham tanqid qiladi. Kollektivlik,
deb yozadi Popper, shaxs rivojiga to‘siq bo‘ladi, unda shaxs o‘zining to‘liq
manfaatini kollektiv manfaatga bo‘sundirishga majburdir. Kollektiv individning,
shaxsning ijodiy kuchini ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiladi.
Lekin Aflotunning ideal davlatida oddiy fuqarolar harakati boshliqlar
ko‘rsatmalariga bo‘ysungandir. Boshliqlarning buyruqlariga itoat qilish kerak.
Bunday qullik ruhiyati Aflotun tomonidan oqlanadi, chunki insonlar tabiatan
boshqaruvchilar va boshqaruvchilarga bo‘linadilar. Insonlar o‘z ruhiy rivojlariga
ko‘ra bir xil darajada emaslar. Ana shu ruhiy tengsizlik davlatda tabaqa,
toifalarni vujudga keltiradi. Yuqori tabaqalar ruhiy rivoji yuksakligi uchun
boshqarishlari kerak, quyi tabaqalar esa itoat qilishlari lozim. Ana shunday
13
Qarang: Лосев А.Ф.. Платон. – Философская энциклопедия, т. 4. – М., «Наука», 1967. –С 351.
15
davlat tuzumi Aflotun fikricha, ―davlat farovonligi‖ga olib keladi. Agar davlat
rivojlansa, pirovard natijada omma ham yuksaladi.
Davlat boshqaruvchilari donishmandligiga ko‘ra saylanadi. Ideal davlat
boshqaruvchilari donishmandlar, faylasuflardir
14
. Aflotun o‘zining davlat
haqidagi qarashlarida ikki bir-biriga zid hodisalarni patriarxlar – jamoaviy
tuzumni, hamda davlatni qo‘shishga harakat qiladi. Bunday davlat namunasi
qadimgi Sparta davlatida namoyon bo‘ladi. Popper bu hodisani tahlil etib,
qadimgi jamiyatlar asosida butunlay yangi tipdagi davlatlar vujudga keladi,
deydi. Bunday davlatlarni demokratik davlatlar, deb ataydi va ular hozirgi g‘arb
demokratik davlatlarining asosidir, deb hisoblaydi Popper. Qadimgi Afina
demokratiyaning namunasidir. Ularda Popper, individualizmni, egolitarizmning
tug‘ilishini ko‘radi. Popper fikricha, individualizm altruizmni inkor qilmaydi.
Individualizm egoizmning sinonimi emas. Shunday qilib individualizm
Popperning fikricha, bu gumanizmdir. U aynan Shoh Perikl va Afina
demokratiyasining boshqa rahnamolari orqali demokratiya o‘z tabiatiga ko‘ra
insonparvarlik asosiga egaligini isbotlashga harakat qiladi
15
.
Demokratiya qonun oldida hammaning tengligini anglatadi. Demak,
jamiyatning har bir azosining teng imkoniyatlarini targ‘ib qiladi. Bu tenglik
insonning tabiiy holatidan kelib chiqmaydi, balki qonun oldidagi tenglik nazarda
tutiladi. Har bir kimsa boshqaruvchi hukumatni saylash huquqiga ega va o‘zi
ham saylanishi mumkin. Mana shu tamoyil Popperning demokratik davlatidan
Aflotunning ideal davlatini bir-biridan keskin farqlaydi. Aflotunda saylash
huquqi yo‘q. Bir sinf vakili ikkinchi sinfga o‘ta olmaydi. Shuning uchun ham
Popper Aflotunning ―ideal davlat‖ini yopiq jamiyat deb ataydi. Popperning
demokratik davlatida esa har bir shaxs erkin faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqiga ega.
Davlat xususiy mulkni himoya qiladi. Demokratiya inson huquqlarini ham
himoya qiladi. Shunday qilib, demokratik davlat o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyot
14
Qarang: O‘sha asar. –B 353.
15
Qarang: Popper K.R.. The Open Society and Its Enemies. (―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖). —
London., « Soros Foundation », 1964. –P 241.
16
yo‘lini bosib o‘tadi, o‘rta asr, yangi davr va hozirgi eng yangi davrgacha
evolutsiyani boshdan kechiradi. Demak, Aflotun davlat to‘g‘risidagi fikri orqali
biz eng qadimgi tatalitar davlat tuzumi bilan tanishdik. Kommunistik davlat ham
totalitar ahamiyatga ega. Lekin Popperda totalitarizm tushunchasi kommunizm
tushunchasiga nisbatam kengroq ma‘noda ishlatiladi. Masalan, xristianlik
tarixida ham u totalitarizm xususiyatlarini ko‘radi. O‘rta asr xristianlik cherkovi
inkvizitsiyasida
bu
hodisa
yaqqol
namoyon
bo‘ladi.
Inkvizitsiya
hurfikrlovchilarni ta‘qib ostiga olib, ularni yondirib, azob-uqubatlarga duchor
qilar edi. Yana shuni hisobga olish kerakki, hurfikrlik hozirgi demokratik
davlatlarning asosiy tamoyillaridan birini tashkil qiladi. Hurfikrlik nima?
Hurfikrlik to‘g‘ri aqliy tafakkurdir. Shuning uchun ham Popper Popper mana
shuning uchun davlat deganda , birinchi navbatda , aql ustuvorligini nazarda
tutadi.
Aql ustuvorligi deganda nima tushuniladi? U mantiqiy tafakkurlash
qobiliyatidir. Mantiqiy pozitivizm vakili sifatida Popperga bunday uslub xosdir.
Mantiqiy tafakkurning quroli sifatida Popper tanqidni tanlaydi.
Shu pozitsiyada turib, Popper Arastu mantig‘ini tanqid qiladi. Uning
uchun e‘tiqod ahamiyat kasb etmaydi, uni tafakkurlash jarayoni qiziqtiradi.
Shuning uchun ham u intuitsiyaga tanqidiy yondashadi, uni g‘ayritabiiy hodisa
deb tushunadi, mantiqiy aql aql chegarasiga sig‘maydi. Arastu birlamchi
intuitsiya asoslarining mavjudligini tan oladi. Bu asoslar bilim orqali isbot talab
qilmaydi, ular dastlabki birlamchi, tayyor bilimlardir. Shuning uchun ham bu
bilimlar hech qanday tahlilga muhtoj emas. Ularni shubha ostiga olish mumkin
emas, aksincha, ularga ishonish kerak. Intuitsiya ilohiy bilim sifatida
tushuniladi, unga hech qanday isbot kerak emas, shubha va tanqiddan mustasno
ilohiy bilimdir.
Popper intuitiv, irratsional bilimni tanqid qiladi. Aflotunning davlat
to‘g‘risidagi nazariyasini irratsional, deb ataydi. U individ manfaatlarini inkor
17
qiladi, individuallik jamoatchilikka bo‘ysundirilgandir
16
. Adolat, Aflotun
fikricha, davlatning butun talablariga javob berishni anglatadi. Masalan, bir
tabaqa vakili ikkinchi tabaqaga o‘tib ketsa, unda davlat talablari buziladi va
adolatning barham topishiga olib keladi. ―Davlat‖ ga ma‘qul bo‘lgan narsa
adolatli, noma‘qul bo‘lgan narsa esa adolatsizdir. Adolatni bunday tanqid
qilishni Popper o‘z navbatida haqli ravishda totalitarizm, deb ataydi. Popper
jamoa tushunchasini totalitarizm tushunchasi bilan aynanlashtiradi. Altruizm va
gumanizm tushunchalari kollektivizmdan, totalitarizmdan kelib chiqmaydi, balki
individualizmga xosdir. Popper Aflotunni kollektivni individga qarama-qarshi
qo‘yishda ayblaydi, lekin o‘zi ularni bir-biriga zid qo‘yadi.
Popper o‘zining ―ochiq jamiyat‖ to‘g‘risidagi ta‘limotini ilgari suradi.
―Ochiq jamiyat‖ nima? Ochiq jamiyat, Popper nuqtai-nazaricha, demokratik
jamiyatdir. Bunday jamiyat individuallik tamoyillariga asoslangan bo‘ladi. Unga
yopiq jamiyat qarshi turadi. Aflotun fikricha, matriarxat tuzumining buzilishi,
mazhab munosabatlarini barbod bo‘lishi axloqiy buzilishga, inqirozga olib
keladi, bu esa ijtimoiy bo‘hronlarni keltirib chiqaradi. Ularga barham berish
maqsadida Aflotun ―ideal davlat‖ nazariyasini ilgari surgan edi. Lekin uning bu
ta‘limoti Popper fikricha, yopiq jamiyat ta‘limotiga o‘xshab ketadi.
Bu ta‘limotni Popper tarixiylik tamoyili bilan asoslaydi. Tarixiylik
shunday dunyoqarashki, u o‘z ibtidosini tarixiy jarayondan keltirib chiqaradi
17
.
Popper Karl Marksning qiymat nazariyasini chuqur tahlil qilib chiqadi va uni
axloq bilan bog‘liqligini ochib beradi.
Popper Marksning ijtimoiy qarashlarini tahlil qilar ekan, jamiyat va shaxs
haqida fikr yuritadi. Shaxsning kamol topishi ko‘p jihatdan jamiyatga bog‘liqdir.
Jumladan, oilaga, do‘stlarga, atrof muhitga ham bog‘liqdir. Shaxs ijtimoiy va
tabiiy atrof-muhitning mahsulidir. Shaxs haqida fikr yuritib, Popper Bethovenni
misol qilib keltiradi. U mashhur musiqashunos bo‘lgan, lekin aqli zaif bo‘lgan.
Uni mashhur bo‘lishiga oilasi, tabiiy iqtidori, jamiyatning ahvoli hamda musiqiy
16
Qarang: Jowet W.. The works of Karl Popper. —Nyu York., «Education», 1998. –P 329.
17
Qarang: Виппер Р.Ю. Философия нового времени. –M..: Черо, 1999. –С 421.
18
ma‘lumoti sabab bo‘ldi. Ana shu faktorlarni keltirib, Popper daholikning siri
nimada ekanligini ochmoqchi bo‘ladi. Daholik bu yangilikning tug‘ilishidir.
Yangilikning o‘zini mantiqiy yo‘l bilan isbot qilib bo‘lmaydi, buni mantiqiy
pozitivizm va vakillarining ham o‘zlari tan olishgan. Masalan, Anri Puankare
yangilikni intuitsiya orqali tug‘ilishini tan olgan. Hech bir yangi matematik
g‘oya eski matematik g‘oyalardan keltirib chiqarilmagan
18
, deb hisoblaydi
Puankare. Uning fikricha, yangilikning tug‘ilishi intuitiv jarayonlardir, u hech
qanday mantiqiy chegara chiziqlariga to‘g‘ri kelmaydi. Shundan kelib chiqqan
holda aytishimiz mimkinki, Bethovenning daholigi, ilohiy intuitsiyaning
namoyon bo‘lishidir. U aqli zaif bo‘lishiga qaramay, samoviy musiqa
ohanglarini o‘z qalbida his etib, kosmos garmoniyasini eshitib, o‘z
simfoniyalarini yaratadi. Uning daholigining siri ham mana shundadir. Albatta,
jamiyatdagi o‘rni, musiqiy ma‘lumoti, oilasining yordami ikkilamchi
sabablardir.
Ratsionalizmni insonlarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini, yurish-
turishlari nuqtai-nazaridan ham baholab, Popper shunday yozadi: ―men
adashishim ham mumkin, u ham xato qilishi mumkin, lekin birgalikda biz
haqiqatga yaqinlashamiz‖
19
. Ratsionalizmni bunday holda tushunish, Popper
fikricha, insonlarni bir-birini tushunishiga yordam beradi, o‘zaro kelishuv
yo‘llarini topishiga turtki bo‘ladi. Kelishuv tafakkurdan tashqarida bo‘lmaydi,
masalan, yuksak hissiyot bo‘lgan muhabbat orqali kelishuvga kelib bo‘lmaydi.
Har bir sevuvchi tomonlar o‘z manfaatlarini unutib, sevuvchisi manfaatlarini
ko‘zlab harakat qiladi, natijada kelishuvga kelinmay, o‘z manfaati amalga
oshmaydi. Natijada, deydi Popper, ikkinchisi ham o‘z manfaati yuzasidan
kelishuvga kelmaydi. Keyinchalik bunday muhabbat asta-sekin nafratga olib
kelishi mumkin. Shunday qilib, Popper xulosa qiladiki, muhabbat nafratni
keltirib chiqaradi. Chunki har ikki tomon manfaatidan voz kechib, o‘z
qiziqishini amalga oshira olmaydi.
18
Qarang: Альтерматт У. Философия нового времени в Европе. –M.: Российский гос. гуманит. ун-т, 2000.
– 113 с.
19
Popper K.R.. The Open Society and Its Enemies. —London, « Soros Foundation », 1964. –P 273.
19
Suqrot ta‘limotini tahlil qilganda ham Popper uning mashhur shiorini
(ya‘ni ― Inson, o‘zingni bil ‖) mushohadaviy tafakkur ongi sifatida talqin etadi.
Suqrotning ruh haqidagi eslatmalarini tan olmay, ularni psixik holatlarga
yo‘yadi. Popper irratsionalizmni tafakkurdan mahrum bo‘lgan psixologizmga
bog‘laydi. Agar Popper irratsionalizm tarixiga nazar tashlaganda, uning ildizi
qadimgi panteistik ta‘limotlarga borib taqalishini sezar edi. Masalan, g‘arbdagi
orfik maktablarning ta‘limotida biz irratsionalizm belgilarini ko‘ramiz. Pifagor
qarashlarida irratsionalizmning mohiyati ochib berilgan, unda inson tafakkuri
intuitsiya orqali dunyoviy aql bilan bog‘lanishi ta‘kidlanadi. Pifagorda
ratsionalizm bilan intuitsiyaning bog‘langanligini ko‘ramiz.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |