28-variant. 1-topshiriq.
1.Atamalarga izoh bering.
Yosh davrlari:
Yangi tugʻilgan davr,emizikli davr,goʻdaklik davr, birinchi bolalik davr, ikkinchi bolalik davr,oʻsmirlik davr , navqironlik davr, yetuklik 1davr , yetuklik 2 davr, keksalik yoshi ,qarilik yoshi , uzoq umr koʻruvchilar 90 yosh va undan ortiq.
Progress:
Rivojlanishning quyidan yuqorida boradigan yoʻnalishi. Progress tushunchasi butun bir sistemaga uning ayrim elementlari yoki paramertlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Qon bosimi:
Tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devorida beradigan bosimi,yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi.
Orqa miya:
Nerv toʻqimasidan tuzilgan uzun, nozik , naysimon tuzilma boʻlib miya ustunidagi uzunchoq miyadan umurtqa pogʻonasining bel sohasigacha davom etadi.
2-topshiriq.
Assimilyatsiya:
Assimilyatsiya jarayonida organizm ogʻirlashadi; assimilyatsiyada oʻsimliklar SO2 yutib ,O2 ni chiqaradi; assimilyatsiya jarayonida anorganik moddalardan murakkab organik moddalar tuziladi; assimilyatsiya faqat xlorofill bor xujayralarda boʻladi; assimilyatsiyada faqat quyosh bor vaqtda boʻladi; assimilyatsiyada energiya toʻplanadi.
Dissimilyatsiya:
Dissimilyatsiyada oʻsimliklar O2 ni yutib, SO2 chiqaradi ; dissimilyatsiyada murakkab organik moddalar anorganik moddalarga parchalanadi ; dissimilyatsiyada organizm yengillashadi; dissimilyatsiya protsessi hamma tirik hujayralarda boʻladi; dissimilyatsiyada hamma vaqtda boʻlib turadi; dissimilyatsiyada energiya sarflanadi.
3-topshiriq. 1-keys
Keys savollari;
1-odam terisi qanday tuzilishga ega. 2-retseptorlar terida qanday vazifa bajaradi. 3- nima uchun Gulbonuning qoʻli ogʻridi. 4-Gulbonu issiq choynakni ushlab olgach, nega tezlikda qoʻlini tortib oldi.
Keys javoblari;
1 .Odam terisi uch qavatdan tashkil topgan: epidermis ,derma ,gipoderma.
Epidermis -ushbu qatlamda qon tomirlari mavjud emas.Epidermis oʻz navbatida besh qavatdan tashkil topgan.insondagi oqsil kovlovchi genlarning 70% aynan epidermisda ekspressiya qilinadi.
Derma- epidermis ostida joylashgan ushbu qavat biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan boʻlib,tanaga tushadigan stress va bosimni kamaytiradi.Dermada soch follikulari , ter va yogʻ bezlari,apokrin bezlar ,limfa va qon tomirlari joylashgan .
Gipoderma-ushbu qavat derma ostida joylashgan boʻlib, biriktiruvchi toʻqima va yogʻ bezlaridan tashkil topgan.Uning asosiy vazifasi oziq modda jamgʻarish va terining termoregulyatsiya xususiyatini ta’minlashdan iborat.
2 .Retseptorlar -odam yoki hayvon tanasining tashqi yuzasida joylashgan boʻlib, taʼsirotlarini monomodal retseptorlar faqat bir xil ,polimodal retseptorlar faqat har xil taʼsirotni bir vaqtda qabul qiladi.
3.Gulibonu issiq choynakni ushlab olgani uchun.
4.Gulibonu issiq choynakni ushlab olgach qoʻlini tezda tortib oldi, sababi shuki odam terisida turli taʼsirotlarini qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan.Issiqni sezuvchi retseptorlar nerv tolalari orqali bosh miyaga borgan.Shu tufayli qoʻlini tezda tortib olgan.
4-topshiriq.
Tushunchalarni mosini toping.
Embrional taraqqiyotdan oldingi davr:
Urugʻlanish embrogenez yaʼni tuxum embrion parda ichida rivojlanish .
Embrional taraqqiyot:
Embrion (murtak ,pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanish qonuniyatlari ni oʻrganadigan fan.
Postembrional taraqqiyot ;
Baliqlar ,sudralib yuruvchilar va qushlarda yoki postnatal (sut emizuvchilar)davrlarni oʻrganadi.
Ontogenez:
Organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui.
Gametogenez:
Tirik mavjudotlarda jinsiy hujayralar hosil boʻlishi.
Lichinkli rivojlanish:
Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariq moddasi kam boʻlgan organizmlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |