Mustaqil ish Mavzu: Taraqqiyot to’g’risidagi qarashlar



Download 1,43 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#646784
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish 33-20g Doniyorov Bekmurod

Mustaqil ish

Mavzu:Taraqqiyot to’g’risidagi qarashlar


Bajardi:2-kurs 33-20-guruh Doniyorov Bekmurod
Tekshirdi:Ahmedov E.K.

Reja:

  • Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi
  • Ijtimoiy taraqqiyotga doir nazariyalar
  • Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyala.
  • O’zbek modelning asosiy tamoyillari

Taraqqiyot (arab. – ko‘tarilish, yuksalish, rivojlanish) – rivojlanish, takomillashuv, olamdagi ilgarilanma harakatni, ob’ektlardagi sifatiy o‘zgarishlarni, borliqdagi yangi shakllarning vujudga kelishini ifodalovchi falsafiy kategoriya.Taraqqiyot – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalish shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyotni ko‘pincha rivojlanish bilan adashtirib qo‘yishadi, aslida u rivojlanishning bir yo‘nalishidir. Shuningdek, taraqqiyot ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi rivojlanish ma’nosida qo‘llashadi, bu ham bir yoqlama yondoshuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qo‘llaniladi.
Taraqqiyot tushunchasi.
Taraqqiyot (progressiv, rivojlanish).
Inqiroz (regressiv rivojlanish)
Rivojlanish yo‘nalishilari
Regressiya(lat.regressus dan - teskari harakat), on-qarshi, pasayish tendentsiyasi bilan rivojlanishni, orqaga qarab harakatlanishni, yuqoridan pastga o'tishni nazarda tutadi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu, aytaylik, ishlab chiqarish samaradorligi va odamlar farovonligi darajasining pasayishi, jamiyatda chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlikning tarqalishi, aholi salomatligining yomonlashishi, o'limning ko'payishida namoyon bo'lishi mumkin. , odamlarning ma'naviyati va axloqi darajasining pasayishi va boshqalar.
Progressiv rivojlanish, bunda barcha o'zgarishlar, ayniqsa sifatli o'zgarishlar ko'tarilish chizig'i bo'ylab boradi, pastdan yuqoriga, kamroq mukammaldan mukammalroqqa o'tish sifatida namoyon bo'ladi.
Ijtimoiy taraqqiyotga doir quyidagi nazariyalar mavjud:
Fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning mehnat taqsimoti nazariyasi.
P.Sorokinning sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasi nazariyasi.
  • Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi g‘oya mehnat taqsimotiga bog‘lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uning fikricha, mexanizm birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik – hamkorlik jamiyatiga o‘tishdir.
  • Dyurkgeym nazariyasida sotsial taraqqiyotni ta’minlovchi omil mehnat taqsimoti deb qaraladi. Mehnat taqsimoti segmentlar jamiyatning barham topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o‘tilishiga imkon beradi. Mexanik birdamlik – birdamlikning “zamonaviy” tipi bo‘lib, uni tashkil etuvchi individlar bir-birlariga o‘xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo‘ladi. Dyurkgeym fikricha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo‘lishi mexanik birdamlik bo‘lgan jamiyatning asosiy belgisidir.

Jamiyat asta-sekin o‘zgara boradi. Loqal (mahalliy) segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga keladi. Aloqa yo‘llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko‘payadi, shaharlar o‘sa boshlaydi, aholi moddiy va ma’naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. Dyurkgeym nazariyasida ushbu vujudga keladigan birdamlikning yangi ko‘rinishi organik birdamlik deb talqin etilgan.
Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyalar
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Hyegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan
L. Feyerbax din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan.
Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan.
K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning biryoqlama va xato ekanini ko’rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi.
Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o’ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o’tgan.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi.
Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi.O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlanishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi.
  • jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.

Taraqqiyotning o’zbek modeli
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyusion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan —bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir»

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish