Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari va obyektlari



Download 80,5 Kb.
bet1/6
Sana22.07.2022
Hajmi80,5 Kb.
#835920
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FUQAROLIK


FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI



    1. FUQAROLIK -HUQUQIY MUNOSABATLAR

TUSHUNCHASI

Turli xil faoliyatlarni amalga oshirish jarayonida ham alohida individlar(fuqarolar) hamda shu individlarning tashkilotlari o’zaro turli xil munosabatlarga kirishadilar. Bu munosabatlar o’z xususiyatiga ko’ra ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi va ko’pchiligi huquq me'yorlari bilan tartibga solinadi. Natijada huquqiy munosabatlar o’rtaga chiqadi.


Huquqning mavhum me'yorlari o’zining aniq ifodasini huquqiy munosabatlarda topadi. Huquqiy munosabatlarda huquq normalarini amalga oshirish shundan iboratki, bunda huquqiy munosabat ishtirokchilari davlat tomonidan kafolatlangan subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, qonunchilikka muvofiq, zarar ko’rgan shaxs uni to’liq hajmda qoplashni talab qilishga haqli. Ashu sababli, zarar yetkazilgan taqdirda, jabrlangan shaxsda zarar yetkazuvchidan zararni undirishni talab qilish huquqi vujudga keladi. Zarar yetkazgan shaxs uni qoplashdan bo’yin tovlasa, jabrlangan shaxs sudga murojaat qilish huquqiga ega bo’ladi. Shunday qilib, huquqning mavhum normalari asosida aniq(ma'lum) fuqarolik huquqiy munosabatlar vujudga keladi va bu munosabat ishtirokchilari subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi.
Huquqiy munosabatlar ongli irodaviy xususiyatga ega bo’lib, unda qatnashuvchilarning individual irodasi o’z aksini topadi. Ba'zi hollarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining irodasi uning kelib chiqishida tartib to tugaguncha namoyon bo’ladi. M: olish-sotish shartnomasi. Boshqa hollarda huquqiy munosabatlarda tomonlarning irodasi taraflarning irodasiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga keladi o’zaro huquq va majburiyatlarni amalga oshirish jarayonida namoyon bo’ladi. M: zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda, zarar yetkazuvchi hamda javobgar ham huquqiy munosabat o’rnatilishini xohlamaydi. Lekin, yuzaga kelgan jarayon ma'lum huquq va majburiyatlarni ongli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutadi. Demak, bu yerda huquqiy munosabat paydo bo’lganligini ko’ramiz.
Keng ma'noda huquqiy munosabatlarning irodaviy xarakterga ega ekanligi shundan iboratki, bunda davlat irodasi namoyon bo’ladi ya'ni u munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini tartibga solib turuvchi ma'lum qoidalarni o’rnatganligida ko’rsatadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar – huquqiy munosabatlarning bir turi hisoblanadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari umumiy belgilarga ega, ya'ni ular ijtimoiy xarakterga; qonunga asoslangan. Fuqarolik huquqiy munosabatlar - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lmasa – da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko’ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan xarakatlaridan vujudga keladi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar boshqa huquqiy munosabat turlaridan farq qiluvchi quyidagi xususiyatlarga ega.
1. Fuqarolik huquqiy munosabat subyektlari o’zaro tengdirlar. Majburiyat ostidagi shazs huquqli shaxsga faqat aniq majburiyat orqali bog’lanadi. Unga bo’ysunmaydi. Shu xususiyat bilan u ma’muriy-huquqiy munosabatlardan farqlanadi.
2. Fuqarolik huquqiy munosabat subyektlarining keng miqyosda bo’lishi. Bu ko’rinishdagi huquqiy munosabatlarda subyekt sifatida O’zbekiston Respublikasi, fuqarolar, yuridik shaxslar, munisipal tuzilmalar ishtirok etishi mumkin.

Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish