FUQAROLIK - HUQUQIY
MUNOSABATLARNING TURLARI
Barcha fuqarolik huquqiy munosabatlarni tegishli tartibda klassifikasiyalash mumkin. Bu ham nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega. Chunki ular u yoki bu huquqiy munosabatlarda tamonlarning o’zaro munosabatlarini xarakterini to’g’ri aniqlashga yordam beradi. Bu esa fuqarolik qonuni hujjatlarini vaziyatlarga(holatlarga) to’g’ri qo’llashga omil bo’ladi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar turli asoslarga ko’ra klassifikasiya qilinadi:
Fuqarolik huquqiy munosabatlar mazmuniga ko’ra ikkiga ajratiladi.
1. Mulkiy munosabatlar – bular moddiy iqtisodiy mazmunga ega bo’lgan ijtimoiy munosabatlardir. Masalan, xo’jalik yuritish huquqi, oldi-sotdi shartnomasi, hadya.
2. Nomulkiy munosabatlar – bular shaxsning o’ziga bevosita tegishli bo’lgan, birovga o’tkazilishi mumkin bo’lmagan shaxsiy nomulkiy ne’matlar bilan bog’liq holda vujudga keladi. Masalan, mualliflik huquqi, ishchanlik obro’si.
Bunday ajratishning amaliy ahamiyati shundaki, mulkiy huquqiy munosabatlarda kelib chiquvchi huquq va majburiyatlar buzilganda faqat mulkiy harakatlardagi sanksiyalar qo’llanilsa nomulkiy huquqiy munosabatlarda mulkiy sanksiyalarda tashqari ( ma’naviy zararni qoplash) boshqa choralar ham qo’llanishi mumkin. Masalan, fuqaro o’zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro’siga putir yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarning tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to’g’ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo’li bilan raddiya talab qilishga haqli. Bundan tashqari shaxsiy nomulkiy huquqlarning himoya qilish haqidagi talablarga da’vo muddati tadbiq etilmaydi (FK. 163-modda).
Fuqarolik huquqida fuqarolik huquqiy munosabatlarning (1) absolyut (mutloq) va (2) nisbiy bo’linishi ham mavjud. Absolyut huquqiy munosabatlarda absolyut huquq egasi cheklanmagan miqdordagi majburiyatli shaxslarga qarshi turishi mumkin. M: mulkdor barchadan va har bir kishidan o’zining faoliyatini amalga oshirishga halaqit beradigan xarakterlardan tiyilishini talab qilishi mumkin.
Nisbiy huquqiy munosabatlarda aniq bir shaxsga shaxslarga aniq majburiyat ostidagi shaxs shaxslarga qarshi turadi.. M: oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchi sotib olingan narsani topshirishini shu huquqiy munosabatda ishtirok etgan aniq sotuvchidan talab qila oladi.
Absolyut fuqarolik huquqiy munosabatlarda majburiyat – biror bir harakatni qilishidan tiylishi bo’lsa, unga qarshi nisbiy fuqarolik munosabatlarda majburiyat – ma’lum harakatlarni qilishni nazarda tutadi. Demak, absolyut huquqiy munosabatlarda subyektiv huquqni buzuvchi sifatida har qanday shaxs, nisbiy huquqiy munosabatlarda aniq shaxs (yoki shaxslar guruhi) o’rtaga chiqadi.
Bundan tashqari fuqarolik huquqiy munosabatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |