Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari va obyektlari


Obyektlarning ko’p xilligi. (ashyolar, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, nomoddiy ne’matlar). 4



Download 80,5 Kb.
bet2/6
Sana22.07.2022
Hajmi80,5 Kb.
#835920
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FUQAROLIK

3. Obyektlarning ko’p xilligi. (ashyolar, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, nomoddiy ne’matlar).
4. Fuqarolik huquqiy munosabatlar mazmuni taraflar kelishuvi bilan o’rnatilishi imkoniyatining mavjudligi. Boshqa huquqiy munosabatlar tegishli huquq normalari mavjud bo’lganda vujudga keladi. M: soliq munosabatari.
5. Subyektlarga berilgan fuqarolik huquq va majburiyatlarni real amalga oshirishning huquqiy kafolati sifatida asosan mulkiy xarakterdagi chorlarning qo’llanilishi. M: zararni to’lash, neustoyka undirish.
6. Buzilgan fuqarolik huquqlarni himoya qilish tartibi va usullarining o’ziga xosligi shundaki, bunda ishtirokchilar tegishli da’vo ta’dim etish orqali sud organlariga murojaat etadilar.
Xulosa qiladigan bo’lsak, fuqarolik huquqiy munosabatlar – fuqarolik huquq me’yorlari bilan tartibga solingan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy munosabatlar bo’lib, ularning ishtirokchilari mavjud bo’lgan subyektiv huquq va majburiyatlar orqali o’zaro yuridik bog’lanadilar.



    1. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT SUBYeKTLARI

Har qanday fuqarolik huquqiy munosabatlar murakkab huquqiy hodisa bo’lib, uchta zaruriy elementdan tashkil topgan: Subyekt, obyekt va mazmun.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning subyektlari deyilganda, unda qatnashuvchi fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tushuniladi. FK 2-modda 2-bandiga ko’ra, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo’ladilar.
Huquqiy munosabat ishtirokchilaridan biri huquqqa ega bo’lsa, huquqli(vakolatli) shaxs boshqasi majburiyatga ega bo’lsa, bunda u majburiyatli shaxs deb yuritiladi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarda vakolatli va majburiyatli shaxslar bir-biriga qarama-qarshi turadi va biri ikkinchisisiz mavjud bo’lmaydi. Vakolatli taraf sifatida ham majburiyatli taraf sifatida ham bir yoki bir qancha shaxslar qatnashishi mumkin. M: bir qancha jinoyatchilar uch kishiga umumiy mulk asosida taalluqli bo’lgan ashyoni o’g’irlab ketdi. Bu yerda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan fuqarolik huquqiy majburiyat vujudga keladi. Bunda majburiyatli taraf (zarar yetkazuvchilar) va vakolatli taraf jabrlangan uch kishi(bir qancha shaxslar).
Ba’zi fuqarolik huquqiy munosabatlar majburiyatli taraf sifatida soni noaniq shaxslar o’rtaga chiqishi mumkin. M: mualliflik fuqarolik huquqiy munosabatlar muallifga mualliflik huquqini buzmaslik uchun majburiyat ostida noaniq shaxslar doirasi turishi mumkin.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etish uchun subyektlar huquq layoqatiga ega bo’lishi shart. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq layoqati davlat tomonidan beriladi hamda ularni huquqning subyekti sifatida e’tirof etadi. Fuqarolik huquqiy munosabat subyektlariga berilgan muomala layoqati orqali fuqarolar o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo’lish va ularni amalga oshirish, o’zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yuridik shaxslar huquqiy munosabatlarda umumiy va maxsus huquq layoqatiga ega bo’lishi mumkin. Bundan tashqari fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarining tarkibi huquqiy vorislik natijasida almashinishi mumkin. Bunda bir shaxsning huquq va majburiyatlari ikkinchi shaxsga – huquqiy vorisga o’tadi. Huquqiy vorislik universal (umumiy) va singulyar (xususiy) bo’lishi mumkin. Umumiy huquqiy vorislikda, qonunda ta’qiqlanganlardan tashqari, huquq va majburiyatlarning barchasi huquqiy vorisga o’tishi tushuniladi. Masalan, FKning 50-moddasiga muvofiq yuridik shaxslar har qanday shaklda (qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib yuborish, boshqa yuridik shaxsga aylantirish) qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga qtadi.
Xususiy huquqiy vorislik bir yoki bir necha huquqiy munosabatlarda yuz beradi. M: FK 313-modasi 1-bandiga ko’ra, majburiyat asosida kreditorga tegishli bo’lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo’yicha boshqa shaxsga o’tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga o’tishi mumkin.
Biroq ba’zi bir huquqlar mavjudki, ular bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishi mumkin emas. Kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog’langan huquqlarning, xususan alimentlar undirish to’g’risidagi va hayotga yoki sog’liqqa yetkazilgan zararni to’lash to’g’risidagi talablarning boshqa shaxsga o’tishiga yo’l qo’yilmaydi. (FK. 214-modda)




    1. Download 80,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish