KIRISH
1838 yilda rus olimi B. S. Yakobi o’zi yasagan elektr motori bilan kemani harakatga keltirib birinchi elektrik yuritmani yaratgan. Ammo u paytde tejamli tok manbalari yo’qligidan elektrik yuritmani sanoatda qo’llash mumkin bo’lmadi.
1889—91 yillarda rus injekern M. O. Dolivo —Dobrovolskiy tomonidan uch fazaln transformator, uch fazali asinxroi motori va uch fazali sistemaning yulduz va uchburchak sxemalari kashf etilishi elektrotexnika va xususan elektrik yuritmaning keskin rivojlanishida katta bosqich bo’ldi. Haqiqatan ham bu kashfiyotdan so’ng butun dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarish va undan foydalanish misli kurilmagan darajada o’sib bordi. Hozirgi paytda quvvati bir necha Vt dan bir necha ming kVt gacha bo’lgan elektrik yuritmalari yaratilgan va yaratilmoqda.
Har bir takomillashgan mashina uchta asosiy qismdan, ya’ni motor-mashina, uzatma va qurol-mashikadan iborat bo’ladi. Bunday takomnllashgan mashina ishlab chiqarish agregati deb uning uchinchi qismi qurol-mashina esa ish mashinasi yoki ish mexanizmi deyiladi. Ish mashinasi yoki mexanizmini berilgan tezlik bilan harakatlantiruvchi motor, uzatma va ularni boshqaruvchi sistema birgalikda yuritma deb ataladi. Mexaik harakat manbalarining turiga binoan yuritmalar qo’l, ot va mexanik yuritmalarga bo’linadi. Suv va bug’ turbinalari hamda shamol, ichki yonuv va elektr motorlari bilan harakatlanuvchi yuritmalar mexanik yuritmalar deb ataladi. Mexanik yuritmalardan eng afzali elektr mogorli yuritma bo’lgani uchun qaqionar ish mashinasi va mexanizmlarining asosiy yuritmasi sifatida elektr motorli yuritmadan foydalaniladi. Elektr motorli yuritma qisqacha elektrik yuritma deb ataladi. Elektrik yuritma bilan elektr energilsini mexanik energiyaga aylantirib, bu mexanik harakatni elektr usulida boshqarish imkoni olinadi. Demak, elektrik yuritma asosan elektr motori, uzatma va motorni boshqaruvchi elektr apparatlaridan iborat bo’ladi.
ELEKTRIK YURITMALARNING KLASSIFIKATSIYASI
Elektr motori bilan harakatga keltiriladigan ish mashinalarining yoki ishlab chiqarish agregatlaridagi elektr motorlarning soniga qarab elektrik yuritmalar transmissiyali, yakka motorli va ko’p motorli yuritmalarga bo’linadi. Transmissiyali elektrik yuritma o’z navbatida umumtransmissiyali va guruhli, yakka motorli elektrik yuritma esa oddiy va individualyakka motorli, ko’p motorli elektrik yuritma ham oddiy va individual ko’p motorli yuritmalarga bo’linishi mumkin. Boshqarilish usuliga binoan elektrik yuritmalar avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan, texnologik talab, hamda, motor xususiyatlariga qarab esa rostlanadigan va rostlanmaydigan yuritmalarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |