Ekvivalent miqdorlar usuli bilan motor quvvatini aniqlash
Amalda motor quvvatini aniqlashda yuqoridagi usulga nisbatan birmuncha sodda sa qulay bo’lgan ekvivalent miqdorlar, ya’ni tok, moment va quvvatning ekvivalent miqdoriga asoslangan usuldan ko’prost foydalaniladi. Nagruzka diagrammasi asosida qurilgan P=f(t) ning har bir pog’onasi uchun quvvat isrofini quyidagicha ifodalash mumkin:
Px = P=+ P- = P=+ I2x
bunda — motor chulg’ami qizishi bilan uning qarshiligi o’zgarishini hisobga oluvchi koeffiqient.
Ekvivalent miqdorlar usulida ochiq va o’zini sovitib turadigan tuzilishdagi motorlar uchun qizish doimiysi Tq = const bo’ladi deb qabul qilinadi.Agar motorni ishga tushirish, tormozlab to’xtatnsh va pauza paytlarida uning sovish protsessi normal tezlikdagiga nisbatan suqlashsa, u holda maxrajlarini yuqoridagi protsesslarga tegishli vaktlaridan kichik bo’lgan a va b koeffiqientlariga ko’paytiriladi. Bunda ekvivalent miqdorning qiymati nisbatan kattalashib, unga binoan tanlanadigan motor quvvati va, demak, uning gabariti kattarost bo’ladi. Bu bilan esa nk tezliklarda sovish protsessining suqlashgani hisobga olingan bo’ladi. Ishga tushirish va tormozlash davrlari va koeffitsientga ko’paytirilib, uning qiymati o’zgarmas tok motorlari uchun a = 0,75, asinxron motorlari uchun a = 0,5 deb olinadi, pauza vaqti esa b ga ko’paytirilib, uning qiymati o’zgarmas tok motorlari uchun b = 0,5, asinxron motorlari uchun b = 0,25 deb olinadi.
QISQA MUDDATLI NAGRUZKADA MOTOR QUVVATINI ANIQLASH
Q isqa muddatli rejimda ishlandigan ko’pgina mexanizmlarning ishga tushirish momentlari nominalga nisbatan bir oz katta bo’ladi. Shu sababli 15, 30 va 60 minutli ish davrlari bilan xarakterlanadigan qiska muddatli ish rejimiga mexanik jihatdan pishiqrost ishlangan maxsus motorlar ishlatiladi. 4-rasmda ishga tushirnsh vaqti t1, va turg’un tezlik bilan qisqa muddatda ishlash vaqti t2 bo’lgan mexanizmning nagruzka diagrammasi ko’rsatilgan.
4-rasm. Qisqa muddatli ishlash rejimining grafigi.
Bu diagramma asssida dastavval ekvivalent quvvat aniqlanib, so’ngra unga va ish davriga binoan katalogdan qiska ish rejimiga mo’ljallangan motor tanlanadi. Qisqa muddatli rejim uchun uzoq muddatli nagruzkaga hisoblangan oddiy motorlardan foydalanish ham mumkin. Agar uzoq muddatli nagruzkaga mo’ljallangan motor qisqa muddatli ish rejimida qo’llanilsa, uni birmuncha ko’prost nagruzka bilan ishlatish mumkin, lekin bunda motorning o’ta yuklanish bo’yicha zapasi 1,6 dan kam bo’lmasligi lozim. Ammo bunda ham, motordan, uni qizishi bo’yicha to’la foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, qisqa muddatli ish rejimlariga maxsus shu rejimga mo’ljallangan motor qo’llash tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |