Ko’p motorli elektrik yuritmalar. Murakkab ish mashinasining ayrim ish organlariga mexanik energiyani bir markazdan taqsimlash har tomonlama noqulaylik tug’dirib undagi quvvat isrofining katta bo’lishiga olib keladi. Murakkab stanoklar yoki mashinalarning har bir ish organi alohida elektr motori bilan harakatga keltirilsa, ularni avtomatlashtirish va ishga tushirish ancha engillashadi va qulaylashadi, uzatmaning konstrukqiyasi esa soddalashadi.
Elektr motorlari ish organidan alohida o’rnatilgan bo’lsa, bunday mashina yoki mexanizm yuritmalari oddiy ko’p motorli elektrik yuritmalar deb ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning nsh organlariga bevosita o’rnatilsa, bunday yuritmani individual ko’p motorli elektrik yuritma deb ataladi. Bunday elektrik yuritma maxsus qanoklarda, agregat va nusxa olish qanoklarida keng qo’llaniladi.
Elektr motorlari sistemasiga ega bo’lgan bir necha ish mashinalarining kompleks ishlab chiqarishda o’zaro mos ishlashini ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko’p motorli elektrik yuritma deb ataladi. Bunday elektrik yuritmalar to’qimachilik, qog’oz ishlab chiqarish, bosmaxona mashinalari va qanoklarning avtomat liniyalarida keng qo’llaniladi.
Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to’xtatiladigan va berilgan tezlik, tok yoki momentni o’zgartirmay saqlab turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektrik yuritma deb ataladi. Texnologik talablarga binoan tezligi keng miqyosda o’zgartiriladigan yuritma rostlanuvchi elektrik yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanuvchi elektrik yuritmada yuqoridagi uch asosiy qismlardan tashqari o’zgartgich deb ataladigan qism ham bo’lishi mumkin. Avtomatlashtirilgan elektrik yuritma bilan texnologik prostessni takomillashtirish, uning talablarini to’la qondirish, ish unumini ko’tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini pasaytirish imkonlari yaratiladi.
ELEKTRIK YURITMA SISTEMASINI TANLASH
UMUMU TUSHUNCHALAR
Har bir takomillashgan ish mashinasining konstrukqiyasi uning uchun tanlangan elektrik yuritma sistemasini hisobga olib yaratiladi. Elektrik yuritma hamda motor turlari va quvvatlarini, ularning boshqaruvchi apparatlari va sxemalarini berilgan kinematik sxema, texnologik rejim parametri va talablari asosida aniqlash ish mashinasiga elektrik yuritma sistemasini tanlash deb ataladi. Texnologik rejim parametrlari berilgan bo’lishi, yoki ularni hisoblab yoxud o’lchab topish mumkin, ular ish mashinasini ishga tushirish, turg’un ishlash va reverslanish yoki tormozlanib to’xtash paytlarida uning nagruzkasi va tezligining o’zgarish diagrammalari bilan aniklanadi. Ish mashinasi tezligining rostlanish diapazoii va silliqligi, berilgan tezlikning o’zgarmay saqlanishi, tezlikning o’zgarishi bilan quvvat yoki momeitning o’zgarmas saqlanishi hamda ish mashinasi o’rnatilgan muhit ko’rsatkichlari kabi texnologik talablar elektrik yuritma sisgemasini tanlashda hisobga olinadi. Bunda nagruzka diagrammasiga binoan dastavval motorning quvvati taxminan aniqlanib, so’ngra u bo’yicha katalogdan motor tanlanadi. Tanlangan motor va elektrik yuritma sistemasi parametrlarini hisobga olib berilgan texnologik rejim uchun motor quvvati qayta xisoblanadi. Agar motor quvvati talabdagiga nisbatan kichik bo’lsa, u holda ish mashinasi imkonidan to’la foydalanib bo’lmaydi. Bunda ish mashinasi quvvatidan to’la foydalanish uchun motorni nominaldan ortiq bo’lgan quvvat bilan ishlatish kerak. Bu esa motor chulg’am izolyaqiyasining qizib ketishiga va natijada uning tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Agar motor quvvati talabdagiga nisbatan katta bo’lsa, u holda elektrik yuritmaning iqtisodiy va texnikaviy ko’rsatkichlari pasayib, motor narxi va undagi quvvat isrofi ortadi. Bunda o’zgaruvchan tok motorlarining quvvat koeffiqienti ham normadagiga nisbatan pasayib ketadi.
Elektrik yurntma sistemasi to’g’ri tanlanganidagina ish mashinasi va motor quvvatidan to’la hamda optimal foydalaniladi. Sanoat, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa soxalarda elektrik yuritmadan juda keng foydalanganligi sababli uni to’g’ri tanlash xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan masalalar qatoriga kiradi. Ish mashinasi, ko’pincha, o’zgaruvchan nagruzka bilan ishlaydi. Bunda elektr motoridan o’tadigan nagruzka tokining qiymati xam turlicha bo’ladi. Motor chulgamidan elektr toki o’tishi bilan u qiziy boshlaydi. Bunda chulg’amning qizishiga befoyda sarflangan issiqlik energiyasining miqdori quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Q = 0,24 Pt = 0,2412Rt, (1)
bupda 0,24 —elektr energiyani issiqlik energiyasiga o’tkazuvcha ekvivalent koeffisient.
Demak, motordan ajraladigan issiqlik miqdori uning chulgamidagi nagruzka tokining kvadratiga proporqional bo’ladi. Agar texnologik talabga ko’ra, motor tez-tez ishga tushirilib va to’xtatilib turilsa, u holda bu o’tkinchi rejimlarda motor chulg’amidagi tokdan xosil bo’luvchi quvvat isrofi va demak, undan ajraladigan issiqlik energiyasi miqdori motorni boshqaruvchi sistemaga ham bog’liq bo’ladi. Motorning ishlash vaqtida xosil bo’lgan issiqlik energiyasiiing bir qismi tashqi muhitga berilib turiladi. Demak, ma’lum vaqtdan so’ng motorda ajralayotgan issiqlik energiyasi uning tashqi muhitga uzatayotgan issiqlik energiyasn qiymatiga tenglashishi mumkin. Bunda motorning qizish prosessi turg’un holatga o’tib uuning temperaturasi o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi. Bu temperaturaning normal qiymati chulg’amlar qoplangan izolyasiya materialining turi va sifati bilan aniqlanadi. O’ta yuklanish sababli motor normadan ortiqrost qizib ketsa, uning chulg’am izolyaqiyasi tezda ishdan chiqadi va natijada motorning xizmat davri keskin kamayadi. Motorning quvvati izolyatsiyaning normal qizish darajasi bilan aniqlanadi. Demak, katalogdan tanlangan motorning quvvati xisoblab topilgan qiymatga teng yoki undan bnr oz katta bo’lishi kerak. Katalogdan tanlangan motor parametrlari o’ta yuklanish (maksimal), ishga tushirish momentlari bilan solishtiriladi. Zunda berilgan nagruzka diagrammasida ko’rsatilgan eng katta nagruzka momenti va talab qilinadigan ishga tushirish momenti katalogdan tanlangan motorning maksimal va ishga tushirish momentlaridan kamrost bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |