Kuchlanish qiymatiga binoan motor turini tanlash
O’zgarmas tok motorlarn, ko’pincha, 36 -- 440 v, o’zgaruvchan tok, xususan, asinxron motorlar esa 380/220 v kuchlanishga chiqariladi. O’zgaruvchan tokni 380/220 v kuchlanishda to’rtta sim bilan uzatilib, motor hamda yoritish lampalari uchun mos kuchlanishlar olinadi Bunda nol potenqialli sim bilan faza simi orasidagi kuchlanish nisbatan past, ya’ni 220 v bo’lib, yoritish lampalariga beriladi. Kommunal va qishloq xo’jaligida uchraydigan kichik quvvatli elektrik yuritmalarda 220/127 v kuchlanish ham ishlatiladi. O’zgarmas tok tarmoqlari, odatda, 220 v li bo’ladi. Mutaqil tok manbaiga ega bo’lgan katta quvvatli elektrik yuritmalarda 440 v o’zgarmas kuchlanish ishlatiladi. Yuqori kuchlanish, ya’ni 6 kv ga hisoblangan, ayniqsa, katta quvvatli sinxron motorlar juda tejamli bo’ladi. Ammo yuqori kuchlanishli motorlarga murakkab va qimmatbaho boshqaruvchi apparatlar ishlatilgani sababli ulardan kam foydalaniladi. Hozirgi paytda sanoatimiz faza chulg’ami 380 v kuchlanishga hisoblangan quvvati 3 kvt dan yuqori bo’lgan asinxron motor-larni ishlab chiqarmozda. Bu motorlar 220 v ga hisoblanganlarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega. Xususan, ularni normal holda uchburchak.nagruzkaning qiymati (0,3--0,5) Pн gacha kamayib ketganida esa yulduz sxemalariga o’tqazib, ishlatish imkoni bo’ladi. Natijada, kichik nagruzkalarda ham motorning energetik ko’rsatkichlari normaldagidan deyarli farq qilmaydi.
Aylanish tezligiga binoan motor turini tanlash
Asinxron motorlarning nominal tezligi ularning qatoridagi magnit maydonining aylanish tezligi n = 60f / p- bilan aniqlanadi. Chaqotasi 50 gerqli elektr tarmog’iga ulangan asinxron motorlarning sinxron tezliklari n = 60f / p = 60 50 / 1= - 3000, 1500; 1000; 750; 600 va 500 ayl/min qandart qiymatli bo’lib, sinxron tezligi n = 500 ayl/min dan kichik bo’lgan motorlarning cos f va n lari nisbatan ancha past bo’ladi. Shu sababli past tezlikli asinxron motorlar kam ishlatiladi. Bir xil quvvatdagi past tezlikli motorning aylantiruvchi momenti M = 9550 P / n nisbatan katta qiymatga ega bo’lgani uchun, uning gabariti va og’irligi kattalashib ketadi. Shu sababli past tezlikli ish mashinalariga, ko’pincha, yuqori tezlikli motor reduktor bilan birgalikda qo’llaniladi. Ammo ekskavatorlarning ba’zi mexanizmlarida juda ham past tezlik, ya’ni 16-25 ayl/min talab qilinib, ularda past tezlikli motorni qo’llash har tomonlama qulay bo’ladi.. Vazni engil va yuqori energetik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yuqori tezlikli motorlardan qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan ba’zi qo’l asboblarida (tut novdalarini butagichida), elektr shpindellarida va duradgorchilik mexanizmlarida foydalanilady. Bunda chastota o’zgartgichlardan ta’minlanuvchi yuqori chaqotali asin-xron motorlar ishlatiladi. O’zgarmas tok motorlari, ko’pincha 200- 1200 ayl/min tezlikli qilib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |