B.S.Usmanov
KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI
ASOSLARI
Farg„ona - 2021
2
3
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
FARG„ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
B.S.USMANOV
KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI
ASOSLARI
O‘QUV QO‘LLANMA
O‗quv qo‗llanma
5321000 - ―Oziq-ovqat texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim
yo‗nalishlari talabalariga mo‗ljallangan.
Farg„ona - 2021
4
UO‟K: 664
KBK: 36.73
B.S.Usmanov
Konservalash texnologiyasi asoslari. O„quv qo„llanma. - Farg„ona. 2021.
– 180 b.
Mazkur
o‗quv
qo‗llanmada
konservalash
texnologiyasi
asoslari
nazariyasining asosiy tushunchalari berilgan. Jumladan, mazmunida konservalash
sanoatida qo‗llaniladigan o‗simlik xomashyosi, xomashyo va tayyor mahsulotlarni
buzilishdan saqlash, meva va sabzavotlarni quritish usulida konservalash, bolalar
uchun konservalar tayyorlash texnologiyasi, konsentrlangan tomat mahsulotlari
tayyorlash texnologiyasi, sabzavotdan tayyorlangan gazak konservalar haqidagi
umumiy ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan.
Tavsiya etilayotgan o‗quv qo‗llanma
5321000 - ―Oziq-ovqat texnologiyasi‖
bakalavr ta‘lim yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallangan
Taqrizchilar:
Farg‗ona politexnika instituti ―Oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
dotsenti, qishloq xo‗jaligi fanlari nomzodi,
Muqimjon Usmonovich
Xakimov
TDTU Qo‗qon filiali direktor o‗rinbosari, texnika fanlari nomzodi,
dotsent
Obidjon Qodirovich Yunusov
Farg‟ona politexnika instituti Kengashining 2021 yil “ 24 ” maydagi
9 - sonli yig‟ilish qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
ISBN 978-9943-6794-6-7
©Farg‟ona-“Classik”-2021
5
SO„Z BOSHI
Mazkur o‗quv qo‗llanmada konservalash texnologiyasi asoslari keng
yoritilgan bo‗lib, bugungi kunda o‗zbek tilida darslik va o‗quv qo‗llanmalarni kam
bo‘lgani sababli muallif tomonidan tayyorlangan.
Tavsiya etilayotgan o‗quv qo‗llanma
5321000 - ―Oziq-ovqat texnologiyasi‖
bakalavr ta‘lim yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallangan bo‗lib, namunaviy va
ishchi o
‗
quv dasturlariga xamda O‘zberiston Respublikasi davlat ta‘lim
standartlariga mos keladi.
Ushbu o‗quv qo‗llanma konservalash sanoatida qo‗llaniladigan o‗simlik
xomashyosi, xomashyo va tayyor mahsulotlarni buzilishdan saqlash, konservalash
korxonalarida qo‗llaniladigan taralar, meva va sabzavotlarni quritish usulida
konservalash, bolalar uchun konservalar tayyorlash texnologiyasi, konsentrlangan
tomat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi, sabzavotdan tayyorlangan gazak
konservalar haqidagi umumiy ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan.
«Oziq-ovqat texnologiyasi» yo‗nalishi bo‗yicha tayyorlangan bakalavriat
talabalari ushbu ma‘lumotlardan to‗la xabardor bo‗lishlari va amaliy faoliyatida
oqilona foydalana olishadi.
Shuningdek, o‗quv qo‗llanmaning mazmuni taaluqli mutahassisliklar
bo‗yicha tahsil olayotgan magistrantlarga, soha bo‗yicha ilmiy tadqiqotni olib
boruvchi mustaqil izlanuvchilar va doktorantlarga foydalidir.
6
KIRISH
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirish beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar
strategiyasining mazmun va mohiyatida qishloq xo‗jaligini modernizatsiyalash va
intensiv
rivojlantirish,
mamlakatimiz
oziq-ovqat
xavfsizligini
yanada
mustahkamlash, agrar sektor eksport salohiyatini oshirish, ekin maydonlarini
yanada maqbullashtirish, unda oziq-ovqat ekinlari turlarining ulushini oshirish,
qishloq
xo‗jaligi
ekinlarining
hosildorligini
oshirish,
qishloq
xo‗jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va
boshqa zamonaviy infratuzilma tizimini rivojlantirish kabi vazifalar belgiladilar.
Mustaqillik davrida O‗zbekiston Respublikasining konserva sanoati, asosan,
xususiy tartibda qayta shakllanmoqda. Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta
ishlash korxonalarining tashkil etilishi va rivojlanishi mahalliy hokimiyatlar hamda
Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligining «O‗rta va kichik biznesni rivojlantirish»
bo‗limi tomonidan nazorat qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida yangi
korxonalarning barpo etilishi, assortimentning o‗zgarishi ehtiyojdan kelib chiqqan
holda amalga oshirilmoqda. Konservalangan mahsulot ichki bozorni to‗ldirish,
qo‗shni mamlakatlarga eksport qilish uchun ishlab chiqilmoqda. Mahsulotning
ayrim turlari Yevropa bozoridan mustahkam o‗rin olgan va respublikamiz uchun
yaxshi daromad keltirmoqda. Bular: tomatdan tayyorlangan pure va pasta,
bo‗laklab quritilgan tomat (pomidor), piyoz, o‗rik, olma, shaftoli, butun quritilgan
o‗rik, olxo‗ri, uzum mevalari, shuningdek, olma, uzum, anor sharbati va
konsentratlaridir.
Mamlakatimiz milliy istiqlolga erishgani bois ―Kadrlar tayyorlash Milliy
Dasturi‖ va ―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi Qonunlarning qabul qilinishi mamlakatda
amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy o‗zgarishlarni hisobga olgan holda
kadrlar tayyorlash tizimini keng ko‗lamda isloh qilishning ibtidosi bo‗ldi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida aholining yuqori sifatli, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‗lgan
talabini
qondirish
eng
muhim
muammolardan
biri
sanaladi.
7
Respublikamizda so‗nggi yillarda qabul qilingan ―Iste‘molchilarning huquqlarini
himoya qilish to‗g‗risida‖ gi, ―Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‗g‗risida‖gi Qonunlari, chorvachilikni, sohibkorlikni va bog‗dorchilikni
rivojlantirish borasidagi qator qarorlar va farmonlar buning yaqqol namunasidir.
Tabiiyki, qishloq xo‗jalik xom ashyolari yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish sohasidagi o‗zgarishlar iste‘molchilarga servis xizmati
ko‗rsatishning ham yangi-yangi turlarini shakllantirishni talab qiladi. Bu esa oziq-
ovqat mahsulotlari xususan, konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarish borasida ham malakali kadrlar tayyorlash zaruriyati borligidan dalolat
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |