. Axloqning kelib chiqishi va axloqiy fikrlar taraqqiyoti.
Axloqning kelib chiqishi. Inson paydo bo‘libdiki, u bilan birga axloq vujudga kelib, ravnaq topib kelmoqda. Avvalo, shuni aytish kerakki, inson va uning axloqi paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud: diniy va dunyoviy. Diniy qarashga ko‘ra insonni Olloh yaratgan va uning axloqi ham uning ne’matidir. Dunyoviy qarashga ko‘ra esa axloq insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bir davrida yuzaga kelgan.Qadimgi dunyo axloqshunosligi.Har bir fan kelib chiqishi nuqtai nazaridan
tarixiylikka ega ekan, axloq falsafasi tarixi ham axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda
uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, milliy qadriyatlarimizning ulkan qismi bo‘lmish
axloqiy ta’limotlar, hikmatlar, pand–o‘gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tatbiq etish va
targ‘ib qilish yo‘llarini tahlil etadi. Axloq falsafasining tashkiliy qismini qamrab olgan
olimlarnining axloqiy ta’limotlari nafaqat ilmiy ijod mahsuli, balki davriy xususiyatlarni ham
qamrab olgan.