Til paydo bo’lishi - Insonning o‘zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo‘lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo‘lgan. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida, aniqrog‘i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlarda mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini bayon qilish istagi tug‘ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.
Hozirgi paytda dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi. - Hozirgi paytda dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi.
- Shudan 200 tilning har birida bir milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 milliondan ortiq kishi so’zlaydi. Qolganlarining har birida esa bir milliondan oz kishi gaplashadi.
- Dunyoda tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til turkumlariga bo‘linadi: Hind-yevropa oilasi, Fin-ugor tillar oilasi, Oltoy tillar oilasi va h.k.
Turkiy til Oltoy tillar oilasiga mansub. Dunyo tillarining genealogik tasnifi bo’yicha tirkiy tillarning qaysi tillar oilasiga mansubligi haqida uch ilmiy qarash bor: - Ural-oltoy tillari
- oilasi
Bobo til ► Turkiy til O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi: - Qadimgi turkiy adabiy til
- Eski turkiy adabiy til
- Eski o’zbek adabiy til
- Hozirgi o’zbek adabiy til
- Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha bo‘lgan davr. Bu davrdagi til fandaqadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari (VI–VII asrlar) shu tilda yaratilgan.
Eski turkiy til - XI–XIV asrlarda amalda bo‘lgan til eski turkiy til deb ataladi. Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu-lug‘atit-turk” (“Turk tillari devoni”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”), Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy” asarlari shu tilda yaratilgan.
O’zbek adabiy til - XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tilideb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
Hozirgi o’zbek adabiy til - XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan tilimiz hozirgi o‘zbek adabiy tili deb ataladi. “Turkiston viloyati gazeti” nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) e’tiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o‘zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
O’zbek tili – davlat tili - 1989-yil 21-oktabirda o’zbek tili davlat tili maqomi berildi.
- Kiril yozuvidagi adabiyotlar, darstliklar lotin yozuviga o’girila boshlandi.
- Har yili 21-oktabrda yurtimizda o’zbek tiliga bag’ishlanigan turli tadbirlar va til bayramlari o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |