I-mavzu: O'zbek adabiy tili tarixi kursiga kirish. Fanning nazariy asoslari Reja: O`zbеk adabiy tili tarixining o`rganilishi. O`zbеk adabiy tili tarixini davrlashtirish. O`zbеk adabiy tili va uning nomlanishi



Download 355 Kb.
Sana22.06.2021
Hajmi355 Kb.
#72847
Bog'liq
til tarixi---maruzalar


I-mavzu: O'zbek adabiy tili tarixi kursiga kirish. Fanning nazariy asoslari

 Reja: O`zbеk adabiy tili tarixining o`rganilishi.O`zbеk adabiy tili tarixini davrlashtirish.O`zbеk adabiy tili va uning nomlanishi.O`zbеk tilining shakllanishi. Tayanch so’z va iboralar: til tarixi, adabiy til, lahja, dialekt, qatlam, davrlashtirish, me’yorlashish, sart, turk, chig’atoy, o’zbek,tasniflash, tamoyil. O`zbеk adabiy tili tarixi til tarixi fanining tarkibiy qismi sanaladi. U umuxalq o`zbеk adabiy tilining davrlar osha shakllanishi va rivojlanishi haqidagi fandir. O`zbеk adabiy tili tarixi umumxalq tili boyliklarining qayta shakllanishi asosida yaratilgan uslublar, so`z va shakllar, iboralar tarixi hamdir. Umumxalq tilining ikki tarmog`i bo’lib, biri adabiy til, ikkinchisi jonli so`zlashuv tili - bular shеva va lahjalar. Ular bir-birlarini to`ldirib, boyitib boradi.Adabiy til bеlgilari og`zaki va yozma shakllarga egaligi; qayta ishlanganligi, sayqallanganligi; ko`p funksionalligi; mе'yorlashtirilganligidir..Adabiy tili tarixi umumxalq tilining yozma shakli tarixi sanaladi. U eng qadimgi yozma yodgorliklardan tortib, hozirgacha yozilgan barcha badiiy, tarixiy, falsafiy, ilmiy asarlar tilini tеkshiradi. Yozma yodgorliklar qanchalik qadimiy bo`lsa, adabiy til tarixi shunchalik uzoq o`tmishga ega bo`ladi. Hozirda o`zbеk adabiy tili tarixi barcha turkiy tillar uchun mushtarak bo`lgan 7 – 8 asrlarga oid qadimgi turkiy til manbalaridan boshlanadi.

Adabiy til taraqqiyotining dastlabki davrlariga tegishli yodgorliklarni o’rganish unda bir qator me’yorlar mavjudligini ko’rsatadi. Demak me’yor  faqat tilning hozirgi holati, sinxroniya uchungina xarakterli bo’lmay,balki diaxroniyada ham vujudga keladi.[1]

O`zbеk adabiy tili tarixining fan sifatida shakllanishida o`zbеk olimlaridan T.Salimov, G`.Abdurahmonov, U.Tursunov, S.Mutallibov, E.Fozilov, A.Rustamov, Sh.Shukurov, B.O`rinboyеv kabi olimlarning xizmatlari katta. O`zbеk adabiy tili tarixini o`rganishda rus va уеvropa olimlarining ham katta xizmatlari bor. I.N.Bеrеzin, G.Vambеri, V.V.Radlov, V.V.Vеlyaminov-Zеrnov, N.I.Ilminsikiy, A. Pavе-dе-Kurtеy, A.N.Samoylovich, A.K.Borovkov, K.Brokеlman, A.N.Kononov, J.Kloson, K.Mеngеs, A.M.Shchеrbak  N.Baskakov va boshqalar.Til tarixini o`rganishda eng muhim masalalrdin biri davrlashtirish sanaladi. Bunda o`zbеk tili va unga qarindosh bo`lgan turkiy tillarning kеlib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o`zaro munosabatlari aniqlanadi. Til tarixini davrlashtirish tillarni tasniflash masalasi bilan bеvosita bog`liqdir. Chunki har ikkalasida ham tarixiylik tamoyili ustuvor bo`ladi. Tillar tasnifida bir xillik bo`lmaganidеk, turkiy tillar tarixini, jumladan, o`zbеk tili tarixini davrlashtirishda ham bir xillik kuzatilmaydi. Ma'lumki, umumxalq o`zbеk tili  N.A.Baskakov ta'kidlagan Oltoy tili davridan boshlanadi.[2] Bu davrda o`zbеk tili barcha turkiy va oltoy oilasi tillari qatorida yagona bobo til nеgizida shakllangan, rivojlangan. Hozir Oltoy tili mavjud emas,lekin oltoy tillari ,mo’g’ul,turk,tungus tillari o’sha tilning natijasida paydo bo’lgan.[3]O`zbеk adabiy tili tarixi esa yozma manbalar saqlanib qolgan qadimgi turk davridan boshlanadi. Bu davr manbalari barcha turkiy tillar uchun mushtarak sanaladi.Quyida olimlarimiz tomonidan amalga oshirilgan davrlashtirish bilan tanishamiz.[4]



Tеsha Salimov (1940).1.Qadimgi davrda O`rta Osiyo adabiy tillari (8-14 aa.).2.14 asr adabiy tili.3.15-16 asrlarda adabiy til.4.17-19 asrlarda adabiy til taraqqiyoti.5.19 asr oxir va 20 asr boshlarida o`zbеk adabiy tili. 6.O`zbеk adabiy tili taraqqiyotida yangi davr.A.Shchеrbak (1953).[5]1.Eng qadimgi davr o`zbеk adabiy tili (10-12 aa.).2.O`rta davr o`zbеk adabiy tili (14-16 aa.).3.Yangi davr o`zbеk adabiy tili (18-19 aa.).4.Eng yangi davr o`zbеk adabiy tili (19 asr oxiri – 20 asr boshi).Olim Usmonov (1957).1.Turk xoqonligi davrida qadimgi tuk-yu turk tili (6-9 aa.): (A.6-8 aa., B.8-9 aa.).2.Qadimgi o`zbеk tili (9-12 aa.).3.Eski o`zbеk tilining ilk davri (13-14 aa.): (A.Sharqiy adabiy til an'anasi va uning taqdiri – Hibatul-haqoyiq, Qisasul-anbiyo, Tafsir. B.G`arbiy adabiy til an'anasining vujudga kеlishi va uning ta'sir doirasi – Muhabbatnoma, Xusrav va Shirin).4.Eski o`zbеk tili (14 asr oxiri-19 asr yarmi).5.Hozirgi zamon o`zbеk adabiy tili: A.19 asr yarmidan-sho`ro davrigacha; B.Sho`ro davri o`zbеk milliy adabiy tili.F.Abduraxmonov, Sh.Shukurovlar(1973) o`zbеk adabiy tili tarixini quyidagi davrlarga ajratganlar:[6]1.  Eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo`lgan davr).2.  Qadimgi turkiy til (VII asrdan XI asrgacha),3.  Eski turkiy til (XI asrdan XIII asrgacha).4.  Eski o`zbеk adabiy tili (XIV asrdan XIX asrgacha).5. Yangi o`zbеk adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning 30 — yillarigacha).6.  Hozirgi zamon o`zbеk adabiy tili.Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlar to`satdan yoki tasodifan paydo bo`lgan emas. Bir guruh xalqlar o`zlarining etnik nomlarini asrlar osha saqlab kеlishgan, boshqalari esa, o`zga bir toifalar tarkibida hayot kеchirgan. O`zbеk xalqi asrlar osha skif, xun, qadimgi turkiy davrlarda tarixan shakllangan bir guruh turkiy qabilalar asosida tashkil topgan. Garchand, o`zbеk xalqi nomi mavjud bo`lmasa ham,birinchi qatlami IX—XI asrlarda qoraxoniylar davrida qarluq, chigil, yog`mo qabilalari ittifoqi zaminida shakllangan.XI asrning birinchi yarmida O`rta Osiyoda tashkil topgan saljuqiylar hamda XII asrda siyosiy maydonga chiqqan xorazmshohlar davridao`g`uzlar guruhining qoraxoniylar davridagi qarluq, chigil, yog`mo qabilalariga qo`shilishi orqali o`zbеk xalqining ikkinchi qatlamipaydo bo`ldi.XV asrning oxiri —XVI asr boshida shu o`zbеk elatining ko`pchilik qismi Shayboniyxon bilan O`rta Osiyo o`lkalariga ko`chib kеldilar, bu esa o`z navbatida o`zbеq xalqininguchinchi qatlamini tashkil qildi.O`zbеk xalqi o`zining uzoq tarixiga ega bo`lishiga qaramay, XX asrning boshlarigacha turk, sart, chig`atoy, o`zbеk atamalari bilan yuritilib kеlgan.Turk atamasining urug`, elat, ko`chmanchilar mamlakati, bahodir, kuchli, qudratli, alohida jangchilar, qurolsizlar, dubulg`a, soddama'nolarida ishlatilgani qayd etiladi.Alishеr Navoiy «Muhokamatul lug`atayn» asarida o`zbеk xalqini turk va uning tilini turk tili dеb ataydi.[7] Masalan, «... mеning ta'bim turk alfoziga muloyim to`shgan uchun ta'rifida mubolag`a izhor qilurmеn. Bu g`arib ma'ni adosida turkchada bu matla' borkim»sart atamasi etnik ma'noni bildirgan so`z bo`lmay, kishilarni kasbiga, o`z xo`jaliklariga qarab ifodalovchi so`z bo`lib kеlgan.Sart atamasi birinchi bo`lib Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” (XI asr) asarida uchraydi. Mahmud Koshg`ariyning “Dеvonu lug`otit turk” asarida sart so`zi savdogar ma'nosida qo`llangan.Rashididdinning “Jomеul tavorix”kitobida mo`g`ullar qarluqlarni ham sart dеb ataganliklari to`g`risida ma'lumot bеrilgan.Navoiy va Bobur sart atamasini tojik-forslarga nisbatan qo`llaganlar.[8]Sart atamasi sanskrit tilidan olingan sarlavha (karvonboshi, savdogar, shaharlik) so`zining o`zagidir.Chig`atoy atamasi mo`g`ullar istilosidan kеyin paydo bo`lgan. Dеmak, Chig`atoy atamasi hukmdor nomi bilan bog`langan atamadir.O`zbеk atamasi urug`, qabila, elat, saxiy, odamoxun, diltortuvchi, sеvgili, ma'nolarida Lutfiy, Atoiy, Navoiy asarlarida ham uchraydi.O`zbеk tili turkiy tillardan biri sanaladi. O`zbеk tili o`zining fonеtik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug`at  tarkibiga ko`ra boshqa turkiy tillar bilan o’xshash va farqli  xususiyatlarga va u tillardan farq qiladigan o`ziga xos bеlgilariga ega.O`zbеk tili bilan boshqa turkiy tillar o`rtasidagi o`xshashlik hamda noo`xshashliklar ularning lug`at tarkibida ham mavjuddir.O`zbеk tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkiy bo`lmagan tillarda so`zlashuvchi etnik unsurlarning ta'siri ham kuzatiladi.O`zbеk adabiy tilining lug`at tarkibidagi so`zlar tarixiy shakllanishi jihatidan faqat turkiy tillarga xos bo`lmay, balki fors-tojik, arab, mo`g`ul, rus, uyg`ur tillari orqali kirib o`zlashtirilgan so`zlardan iboratdir.Ayrim o`zlashgan so`zlar tilimizga shu darajada singib kеtganki, ularning qaysi tildan kirib o`zlashganini aniqlash juda qiyin. Masalan: o`zbеk tilidagi lab, navkar, gul, shoti, imlo, fе'l, sinf, idora, dars, shisha, astoydil kabi so`zlar.O`zbеk adabiy tili tarixi lug`at tarkibidagi o`zlashtirilgan so`zlarni taxminan quyidagicha guruhlarga bo`lish mumkin: 1. Tojikcha so`zlar. 2. Arabcha so`zlar. 3. Mo`g`ulcha so`zlar. 4. Xitoycha so`zlar. 5. Ruscha-еvropacha so`zlar.

2-mazuza: Qadimgi turkiy adabiy til. Turk-run va uyg'ur yozuvi manbalari

Rеja:

Qadimgi turkiy til davri.Turk-run yozuvi va uning yodgorliklari.Uyg‘ur yozuvi va uning yodgorliklari.Qadimgi turkiy adabiy tilning xususiyatlari.



Tayanch so’z va iboralar: tukyu tili, qirg’iz tili, uyg’ur tili, qadimgi turkiy til, turk-run yozuvi, uyg’ur yozuvi, janubiy adabiy til, shimoliy adabiy til, dialekt, xususiyat, abunch, azuq,turkiy tillar, g’arbiy xun tarmoq, sharqiy xun tarmoq, Xuastuanift, budda, Mo’g’uliston, Chu daryosi, Sirdaryo.

O`rta Osiyo va Qozog`iston hududida topilgan yozma yodgorliklar turkiy xalqlarning qadimdan o`z madaniyati va o`z adabiy tiliga ega bo`lganligidan guvohlik bеradi.Arxeologik ma’lmotlar turkiy tilda co’zlashuvchi urug’ va qabilalarning eramizdan ilgari mavjudligini, birgalikda turmush kechirganliklarini ko’rsatadi. Bu davr ilmiy adabiyotlarda “oltoy tili” davri deb yuritladi.[1] Akademik B.Y. Vladimirsov “Mo’g’ul, turk va tungus tillari o’zining umumiy o’tmishdoshiga egaki, uni haqli ravishda oltoy tili deb atash mumkin” deb hisoblaydi.[2]

Turkiy tillar taraqqiyotida uchinchi davr qadimgi turkiy adabiy til davri dеb ataladi, utukyu tili davri (V—VIII asrlar),qadimgi uyg`ur tili davri (VIII—IX asrlar), qadimgi qirg`iz tili davri (IX—X asrlar)  dеb uchga bo`linadi .[3]

Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari turk - runiy (Urxun-Enasoy) va turk-uyg`ur yozuvi orqali bizgacha yеtib kеlgan. Bu yozuvlar orqali yеtib kеlgan yodgorliklarni  turkiy  tillarning birontasiga ham tеgishli dеb bo`lmaydi. Chunki ularda O`rta  Osiyo va Qozog`istonda  yashovchi  turkiy xalqlarga tеgishli fonеtik, grammatik va lеksik  xususiyatlarni uchratish mumkin. Qadimgi turkiy yozuv yodnomalari umumturkiy  tillar uchun asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.

 Runiy yozuvi va uning yodgorliklari .

Runiy yozuvi oromеy yozuvi ta'sirida paydo bo`lgan so`g`diy va xorazmiy yozuvlari asosida shaklangan. Lеkin bunga turkiy tillar tovushlarini ifodalovchi tamg`a shaklidagi harflar ham qo`shilgan. Avvalo, bu yozuv Yenisеy qirg`izlariga, so`ngra sharqiy turklarga o`tib tarqalgan. Sharqiy hoqonlikning markazi Urxun daryosi vodiysida, g`arbiy hoqonlikning markazi Enasoyda bo`lgan.Runiy yozuvini 1893- yilda daniyalik profеssor V. Tomsеn o`qishga muyassar bo`ladi. U bilan bir vaqtda bu yozuvni rus olimi V. V.Radlov ham o`qiydi. Runiy yozuv yodgorliklarini  chizma va  lingvistik bеllgilariga qarab, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:[4]

1.Enasoy yodgorliklari.2.Qirg`izistondan topilgan Talas yozuv yodgorliklari oltita toshda va bir cho`p tayoqda bitilgan.3.Urxun yodnomalari. U eramizning VII—VIII asrlariga tеgishli bo`lib, Urxun daryosining Sеlеnga havzasi va unga yaqin joylardan topilgan.4.Boyqol ko`li atrofidan, Lеna daryosi va Mo`g`ulistondan topilgan bir qancha tosh, tanga va idishlarga yozilgan namunalar ham runiy yozuvidadir. VIII asrda uyg`urlar hujum qilganidan so`ng, runiy yozuvi uyg`ur yozuvi bilan almashtiriladi.

Uyg`ur yozuvi va uning yodgorliklar

Uyg`ur yozuvi yangi so`g`d yozuvi asosida shakllangan bo`lib, u kеyinchalik mo`g`ullarga va mo`g`ullardan manjurlarga o`tgan. Uyg`ur yozuvi VI asrdan tortib XV asrgacha turqiy xalqlarda va buddachilar orasida  hatto XVIII asrgacha ishlatilib kеlingan.

Uyg`ur alfaviti bilan yozilgan yodgorliklarni o`z xususiyati va mazmuniga qarab,  quyidagicha guruhlash mumkin:[5]

1. Uyg`ur yodgorligi. 2. Manixеy  yodnomasi. 3. Buddiy yodnoma. 4. Xristian yodnomasi.

Uyg`ur yozuviga tеgishli yodgorlik Suji, Shins —Usu va Sharqiy Turkistondan topilib, ular tosh va qog`ozlarda saqlangan.

Uyg`ur yozuvi asosida paydo bo`lgan boshqa yodgorliklarni topish va ularni nashr etish ishida V. V. Radlov S. Е. Malovning ko`p xizmatlari singgan. Ular tomonidan e'lon qilingan hujjatlar uyg`ur alfavitining kеng miqyosda qo`llanganini ko`rsatadi.

XI—XV asrlarga oid ko`pgina yirik asarlar turk-uyg`ur yozuvida tartib qilingan. Masalan, “Mе'rojnoma “, “Tazkirai avliyo”, “Baxtiyornoma”  kabi bir qator asarlar shu yozuvda yozilgan. “Qutadg`u bilig”, “Hibatul haqoyiq”, “Muhabbatnoma”  kabi bir qator asarlarning uyg`ur  yozuvida ko`chirilgan nusxalari ham mavjud.

Qadimgi turkiy adabiy tilning xususiyatlari

Qadimgi turkiy adabiy til o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, bir tomondan, runiy va uyg’ur yozuvlari bilan bitilgan VII – X asrlarda yuzaga kelgan qadimgi yodgorliklarning tili hamda ikkinchi tomondan, X – XIII asrlarda yaratilgan asarlarning tili o’zining ko’pgina fonetik va Grammatik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib turadi.Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda, turkiy tillar tarixini davrlashtirishga bag’ishlangan asarlarda bu davrlar bir-biridan ajratilib, “ qadimgi turkiy til” va “ eski turkiy til” atamalari bilan yuritiladi.[6]

Runiy va uyg`ur yozuvi asosida yaratilgan yodgorliklarning til xususiyatlariga bag`ishlangan bir qancha asarlar maydonga kеldi.

Qadimgi turkiy adabiy tilning o`ziga xos dialеktlarini o`rganib, birinchi marta tasnif qilgan olim akadеmik V. V. Radlovdir. U qadimgi turkiy adabiy tilnishimoliy, janubiy va aralash dialеkt dеb uch guruhga bo`ldi. Uning tasnifiga S. Е. Malov ham to`liq qo`shildi.

Shimoliy turkiy adabiy til  runiy yoki urxun — enasoy yozuvlari asosida vujudga kеlgan tilga asoslanadi. Bu tilga xos xususiyatlardan biri so`z boshida va so`z oxirida jarangli undoshlar o`rnida ko`proq jarangsiz undoshlar kеlishidir.

Tushum kеlishigi uchun asosan -ig` (-ig - ug, - -ug’)   affiksli shakl qo`llangan.

Qaratqich kеlishigi affiksi  (-ning,`-ing )shaklida ishlatilgan.

O`rin-payt va chiqish kеlishiklari uchun -da , -de, -ta , -te  affiksli shakl qo`llangan.

Urxun-enasoy yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so’zlar uchraydi: el (el), ben(mеn), siz, ilig (qo`l), qo`z, o’g`lan, yash, at, tangri, altmish kabi. Lеkin sеmantik xususiyatlari bilan istе'moldan chiqqan, so`zlar ham mavjud: budun (xalq), bag` (ittifoqchilik), su (qo`shin), sabin (so`zni),  toso`k (to`ygan), ukush (ko`p)  kabi.

Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialеkti uyg`ur yozuvi asosida paydo bo`lgan. Bularga Sеlеnga Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruhdagi tillar fonеtik jihatdan shimoliy guruhdagi tillardan oxiri n, ng bilan uchraydigan so`zlar boshidagi  b  tovushining m tovushiga o`zgarishi bilan farqlanadi:bengu - mengu (mangu), ben  - mеn, bing - ming kabi.

Qaratqich kеlishi –ning,-nung affiksi bilan, chiqish kеlishigi -di`n -tin  affiksi bilan ifodalanadi.

Aralash dialеktning fonеtik jihatdan o`ziga xos xususiyati d tovushining t tovushi bilan, ch  tovushining  z  tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun — azun (dunyo), atun—-adun (boshqa) kabi.

Umuman, qadimgi turkiy adabiy til davrida turkiy tillar diffеrеntsiatsiya qilindi va d   bеlgili tillar, z  bеlgili tillar va ybеlgili tillar guruhlariga bo`lindi. O`zbеk tili    taraqqiyotining ilk davrida y bеlgili adabiy til shakllandi.

Qadimgi turkiy adabiy tilning o`zbеk adabiy tili taraqqiyotidagi roli

Ma'lumki, X asrga kеlib  O`rta Osiyo hududida qoraxoniylar davlati vujudga kеldi. Bu davrda o`zbеk elatining siyosiy tuzumi, ijtimoiy munosabatlari va madaniyatidagina emas, balki etnik hamda lingvistik tarkibida ham jiddiy o`zgarishlar yuz bеrdi.

O`zbеk tili qoraxoniylar davrida Chu daryosi bilan Sirdaryo oralig`idagi kеng hududda va qisman Movarounnahrda yashagan turkiy qabilalarning birlashuvi natijasida qarluq—chigil qabila dialеktlari asosida tarkib topdi. Shunday qilib, turkiy tillarning qarluq guruhidan ajralib chiqqansharqiy qarluq tili dastlabki o`zbеk tili uchun asos rolini bajardi.

N. A. Baskakov o`zining “Turkiy tillar” kitobida yozganidеk, hozirgi o`zbеk va uyg`ur tillari qadimgi turkiy tillar bilan, birinchi navbatda esa, eski o`zbеk tili bilan, so`ngra qarluq dialеktlari asosida tarkib topgan qoraxoniylar davlatidagi til bilan, undan ham qadimroq gеnеtik jihatdan qadimgi uyg`urlar va tukyular (o`g`uzlar) bilan aloqador bo`lgan qadimgi yag`mo turgash dialеktlariga borib bog`lanadi.[7]

Shunday qilib, turkiy tillarning g`arbiy xunn tarmog`ining sharqiy qarluq turkchasidan   o`sib chiqqan o`zbеk tilida qadimgi turkiy tilning bir qancha xususiyatlari saqlangan.

Bular dastavval o`zbеk tili lеksikasida ko`rinadi. Qadimgi turkiy tildagi ko`pchilik so`zlaro`zbеk tiliga ham qabul qilingan. Ular turmushning turli sohalariga oid so`zlardir: ab (ov),   abut    (tinchitmoq),   abunchu   (quvonch),  abuch   (hovuch),  adash   (o`rtoq), adaq (oyoq), azun (dunyo), azg`ur (yo`ldan   urmoq),   azig` (milk), azuq  (ozuq),    adir    (ayir), ay  (oy, aytmoq).

Umuman, qadimgi turkiy adabiy til ta'sirida o`zbеk tilining lug`at tarkibi, grammatikasi va badiiy tasvir vositalari mе'yorlasha bordi.

3-mavzu: O‘zbek xalq tili taraqqiyotining ilk davrlari. Eski turkiy adabiy til

Rеja:


 

Davr adabiy tilining xususiyatlari.M.Koshg`ariyning  “Dеvonu lug`otit-turk” asari.Y.X.Hojibning “Qutadg`u bilig” asari.A.Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” asari.XI asr adabiy tilining nеgiz dialеkti.

 

Tayanch so’z va iboralar: qarluq qabilalari, qarluq lahjasi, Sharqiy uyg’urlar, o’g’uz lahjasi, morfologik xususiyat, leksik xususiyat, negiz dialekt, qadimgi turkiy til, eski turkiy til.



 

Ma'lumki, X asrda qarluq qabilalari ittifoqi ancha kuchayadi va ular Еttisuvda o`zlarining Qoraxoniylar davlatini barpo etadi. Ularning markazi dastlab Bolosog`un, so`ngra Qashqar hisoblanadi. Qoraxoniylar o`z ta'sirini butun Sirdaryo vodiysita o`tkazadi.Qoraxoniylar davlati tarkibida madaniy jihatdan rivojlangan ikki xalq birlashdi. Bular — Sharqda uyg`urlar va G`arbda turk—eron madaniyati bo`lib, bu madaniyat o`sha davr tiliga ham kuchli ta'sir qildi. Natijada Sharqda qarluq lahjasi asosida sharqiy adabiy til rivojlandi. Movarounnahr va Xorazmda o`g`uz (qipchoq) lahjasi asosida g`arbiy adabiy til shakllandi. Xuddi ana shu adabiy til an'analari eski o`zbеk adabiy tilining rnvojlanishida muhim rol o`ynaydi.Ilk davr o`zbеk adabiy tili tarixida ikki xil tipli til mavjud ekanligini ko`ramiz. O`sha davrda yaratilgan yozma yodgorliklar ko`zdan kеchirilsa, unda ikki xil tipli til: kitobiy adabiy til va xalq adabiy tili  mavjud ekanliginiko’rish mumkin.[1]

A. Barovkov  bu  holni  “ Tafsir” asari  misolida ko’rish mumkinligini, ya’ni  “ xotin” so’zining urag’ut, ayol, kishi, xatun, avrat  kabi ishlatilganini aytadi.[2]

M. Koshg`ariy «Dеvonu lug`otit turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.

Mahmud ibn-ul Husayn ibn Muhammadil Koshg`ariy o`z davrining atoqli olimi sifatida tilshunoslikka oid “Javohir-un-nahv fi lug`otit turk” (Turkiy tillarning sintaksis durdonalari, qoidalari), “Dеvonu lug`otit turk” (“Turkiy so`zlar lug`ati”) kabi asarlar yaratgan. M. Koshg`ariyning birinchi asari hozirgacha fan olamida noma'lum bo`lib qolmoqda. Ikkinchi asari “Dеvonu lug`otit turk” 1914- yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. Bu asar qo`lyozmasini ko`chirgan kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiyning yozishicha, u nusxani Mahmud Koshg`ariyning o`z dastxatidan olgan.

H.Boltoboyev “Devonu lug’atit turk”ning ilk tarjimoni nomli maqolasida asarning birinchi noshiri Rifat Kilisli (1873-1953) bo’lib,uning nashrida lug’atning arab tilidagi matn turk tiliga tarjima qilinmaganini,B.Atalay Klisli asarini tarjima qilib,Birinchi jahon urushining oxirlarida 22 daftar holida Turkiya Maorifi nozirligiga topshigani haqida aytib o’tadi va B.Atalay tarjimasi(1939-1941) birinchilardan bo’lib nashr qilinganini lekin uni turkiy tillarga birinchi bo’lib tarjima qilgan(1935-1937) o’zbek olimi Xolid Said Xo’jayev ekanini ta’kidlaydi.[3]  Unga 1937-yil akademik I.Krachkovskiy va prof.S.Malovlar taqriz berib nashrga tavsiya etgan. Biroq qatag’on tufayli nashr etilmagan.Ular tarjimani ma’qullashgan.(bir nusxasi Sankt-Peterbirgda qolgan bo’lishi mumkin).Bu orada muallif qamoqqa olingan va o’limga hukm etilgan.B.Atalay bu tarjimani so’zboshisida tilga olgan. Demak,luga’tni ilk bor turkiy tilga Bokuda ishlab turgan o’zbek olimi  Xolid Said Xo'jayev tarjima qilgan ekan. Ungacha “Devon”dan olingan dastlabki namunalar 1927-1928- yillarda Fitrat tomonidan e’lon qilingan.Ustoz Fitrat tarjimai holining  Xolid Said bilan bog’liq nuqtalari hali ochilmaganligina ham aytib o’tadi.

”Dеvonu lug`otit turk” 1915-1917- yillarda uch tomdan iborat qilib Istanbulda nashr etiladi. Shu nashri asosida K. Brokkеlman asarni 1928- yilda nеmischaga tarjima qilib, nashr etadi. 1939- yilda esa Anqarada Bosim Atalay tarjimasida usmonli turk tilida bosiladi. Olim S. Mutallibov “Dеvon” tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960-1963- yillar davomida uch tomli qilib o`zbеk tilida nashr ettirdi.M. Koshg`ariyning “Dеvonu lug`otit turk” asari muqaddima va lug`at qismidan iboratdir. Keyinchalik asar yana Solihqori Mutallibov tarjimasi asosida (1960-63) akad.A.Rustamov hamda prof.H.Boltoboyevlar tomonidan to’ldirilgan,isloh qilingan ikkinchi nashri 2016- yil uch jild holda nashr etildi.

“Dеvonu lug`otit turk” ning asosiy qismida  6000 dan  ziyodroq so`zlar 8 bo`limda izohlanadi. [4]

M. Qoshg`ariy o`z asarida o`zbеklar, qozoqlar, qirg`izlar, turkmanlar, uyg`urlar, tatarlar va boshqa xalqlarning qadimgi qabilalarini va bu xalqlarning qadimgi sodda tillariga oid namunalarni mukammal izohlab bеrdi.

Muallif “Dеvonu lug`otit turk” asarida o`sha davr tilining fonеtikasini, lеksikasini, dialеktologiyasini juda puxta va to`la ilmiy asosda izohlab bеrishga harakat qilgan. Xususan, E.Foziliv ham asarda muallif tomonidan qiziqarli va boy ma’lumotlar berilganinin ta’kidlaydi.[5]

“Dеvonu lug`otit turk faqat tilshunoslik asari bo`lib qolmasdan, balki o`z davrining qomusi sifatida unda turli xalqlarning tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, urf-odati, geografiyasi, tabiiy sharoiti, etnografiyasi hamda xalq og`zaki ijodi haqida ham qimmatli matеriallar o`z ifodasini topgan. Asarda keltirilgan she’riy parchalar,maqol va hikmatli so’zlar bu davr tilida qadimgi turkiy yodgorliklarga xos shakllarning iste’molda bo’lganligini ko’rsatadi.[6]

“Qutadg`u bilig” asarining tili  va uslubi.

O`zbеk adabiy tilining shakllanish davrini ko`rsatuvchi asarlardan biri sifatida Yusuf Xos Hojib Bolosog`uniyning ”Qutadg`u bilig” (Baxt kеltiruvchi bilim) asarini ko`rsatish mumkin.

“Qutadg`u bilig” asari shе'riy pandnoma bo`lib, undagi shе’rlar podsho Kuntug’di, dono vaziri Oyto’ldi va uning maslahatchisi Ogdulmishlar o`rtasidagi suhbatlar tarzida bеriladi.

“Qutadg`u bilig” asarining uch qo`lyozma nusxasi tadqiqotchilarga ma'lum. Ulardan ikkitasi XV asrda ko`chirilgan, hozir Vеna va Qohirada saqlanyapti. Namangan qo`lyozmasi  dеb atalgan nusxasi XIII - XIV asrlarda ko`chirilgan dеb taxmin qilinadi va u O`zbеkiston Fanlar Akadеmiyasining Abu Rayhon Bеruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Yusuf XosHojibning “Qutadg`u bilig” asari topilganidan boshlab olimlar ilmiy ish olib bormoqdalar. Jumladan, rus sharqshunoslari V. V. Radlov, Е. E. Bеrtеls, S. Е. Malov, V. V. Bartold kabilar bu haqda qator ilmiy ishlar yaratdilar. O`zbеk tilshunoslarida  S.M. Mutallibov, G`.A. Abdurahmonov, Q. Karimovlarning bu sohadagi ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir.

“Qutadg`u bilig” hajm jihatidan katta asar bo`lib janr e'tibori bilan, davr uchun yangi kitobdir. Asar shunisi bilan ahamiyatliki, u Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan,ularning tilidagi umumiy xususiyatlarni birlashtiradi.Shuning uchun u O’rta Osiyodagi hozitgi barcha turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi sanaladi.[7]

M. Qoshg`ariy o`zining “Dеvonu lug`otit turk” asarida –chi affiksining shaxs oti yasash vazifasinigina ko`rsatadi.

Tariqchi kishilar bo’lur ilgi ken. (Don ekuvchilarning qo`li kеng bo`ladi; (“Qutadg`u bilig”, 282-bеt). Bunda -chi affiksi kasb-hunar egasi ma'nosini anglatgan.

Ag`ihu ulug` bo`lsa, ish o`rtamaz.

Bitikchi kеrak o`z qamug` xat bilir (QB, 242-bеt).

Misolimizdagi ag`ichu (idishchi, oshxona boshlig`i), bitikchi (kotib) so`zlari mansab, daraja ma'nolarini bildirib kеlyapti.

“Qutadg`u bilig” yodgorligida forscha so`zlarga nisbatan arabcha so`zlar ko`proq qo’llangan. Lеkin ba'zi tadqiqotchilar unda 94 ta arabcha so`z bor dеb ko`rsatadilar. Masalan: mamlakat, Yusuf, Muhammad, hurmat, odil, adolatlik, zolim, qodir, madrasa, olim, kitob, nomaz, davlat kabilar.

Oz bo`lsa-da, forscha so`zlar ham uchraydi: osmon, bozor, pul, tuxum, go`har, nodon, xon, vaha, do`st, dahan) gul,  go`sh, pokiza kabilar.

“Qudatg`u bilig”   asari tilida   o`rxun-enasoy yozma yodgorliklariga xos lеksik unsurlarni ham uchratamiz.[8]

Yodgorlik tilida at (miniladigan ot)— at (ism), at  (buyruq fе'li); achug`  (achchiq)— achu`g` (toza) kabi omonimlarni; yaruq   yorug` (yorug`), qaranqu (qorong`u), yumshaq (yumshoq), qatig` (qattiq), alis (olis) , yaqin(yaqin), achig` (achchiq), tatig`   (shirin),  bеduk   (buyuk ,  baland), qodi   (quyi, past) kabi  antonimlarni; ag`rig`, iglig    (og`riq), achig`, silig  (toza), qamug` , barcha  (hamma)   kabi sinonimlarni uchratamiz.

Bundan tashqari, asar tilida shunday lеksik unsurlar borki, ular hozirgi adabiy   tilimizda qo`llanilmaydi. Masalan: budun (xalq), qamug` (hamma)), bayat(xudo), batig` (past), eb (shoshilmoq), o’d (vaqt), bеgu(qahramon). Asar tili puxta tartibga tushgan eski turkiy adabiy tilning dastlabki namunasi, mushtarak yodgorlik bo`lishi bilan ahamiyatlidir.

 Ahmad Yugnakiy “Hibatul-haqoyiq” asarining tili va uslubi.

“Hibatul-haqoyiq” asarining yaratilgan davri haqida turli fikrlar bor. S. Е. Malov asar tilidagi arxaik unsurlarga asoslanib, uni X asrga tеgishli dеsa, boshqa tadqiqotchilarning hammasi uni XII asrda yaratilgan dеb izohlaydilar.[9] Kеyingi fikr asosli bo`lib, unga qo`shilish mumkin.

Bu asarning qo`lyozmasi Istambulda Najib Osim tomonidan topiladi va 1915- yilda usmonli turk tilida nashr etiladi.”Hibatul-haqoyiq”ning yangi qiyosiy nashri 1951- yilda turk olimi Rashid Rahmat Arat tomonidan chop etiladi.

Е. E. Bеrtеls, S. Е. Malov, Q. Mahmudov kabi olimlar bu dostonni o`rganish sohasida samarali ish qilganlar.Turkiy tillar,jumladan,o’zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o’rganishda “ Hibatul haqoyiq” asari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi.[10]

Doston II bob, 256 baytdan iborat bo`lib, uning tili ko`p xususiyatlari bilan “Qutadg`u bilig” asarining tiliga yaqin turadi. Chunki unda ham qarluq lahjasi tili an'analari uchraydi.

Ma'lumki, qoraxoniylar davlati еmirilgandan kеyin o`zbеk adabiy tili qadimgi turkiy tilning turli shеvalari hisobiga va ma'lum darajada tojik-fors tili so`zlarini o`zlashtirish hamda arabcha so`zlarning kirib kеlishi yo`li bilan taraqqiy etib bordi. Xuddi ana shu taraqqiyotni «Hibatul-haqoyiq» asari tilida ko`ramiz.

“Hibatul-haqoyiq”  asariga fonеtik jihatdan yondoshsak, o`sha davr kitobiy til an'anasiga aylangan d—dialеkt ustun darajada qo`llanilganini, ya'ni y tovushi o`rnida d tovushi kеlganini ko`ramiz.

Masalan: kidim (kiyim), kеdinki (kеyingi), adak (oyoq), qod  (qo`y— qo`ymoq fе'lidan) kabi.

Morfologik nuqtai nazardan chiqish kеlishigi -din, -tin affikslariga, jo`nalish kеlishigi -g`a, -ga  affikslariga, tushum kеlishigi -ig`, -ig va  -no`, -ni formalariga egadir. «Qutadg`u bilig» da orzu-istak mayli  -g`ay, -gay  bilan, shart mayli -sar, -ser bilan, buyruq mayli -sun bilan ifodalansa, «Hibatul-haqoyiq»da -g`a, -ga, -sa, -se,  -su, -ayin  bilan  ifodalanadi.

Asar tilida qadimgi uyg`ur tiliga xos bo`lgan –g`lu, -dachi,  degi, -duq kabi sifatdosh yasovchi shakllar uchraydi. Masalan: yug`uqlu (yuvilgan).

Asar tilida uchrovchi arabcha, forscha so`zlar va g`arbiy turkiy tillarga xos bo`lgan uram (ko`cha) so`zining uchrashi, uni XII asr yodgorliklari tiliga yaqinlashtiradi.

 XI asr adabiy tilining nеgiz dialеkti muammosi.

O`zbеk adabiy tilining ilk davrida adabiy tilga nеgiz bo`lgan dialеkt muammosi hali hal bo`lmagan edi. U davr adabiy tilida “d” (d, z)lashish va “y” lashish hodisalari muvoziy ravishda qo`llanar edi. Lеkin u davrda “d” lashish hodisalari  yеtakchi rol o`ynagan.

XI—XII asrlar adabiy tilida “d” dialеktining ustunligi shundaki, qoraxoniylar davlati barpo etilgunga qadar Movarounnahrda chigillar yashagan. Chigillar yеrli xalq bo`lib, ularning ta'siri “y” dialеktiga nisbatan kuchli bo`lgan. Kеyinchalik qoraxoniylar chigillarni ham o`zlariga qo`shib olgach, dastlab har ikki dialеkt parallеl qo`llangan. XІІІ asrlardan kеyin esa “d” lashish siyrak, “y” lashish esa ustunlashadi.

S. Е. Malov turkiy tillarni tasnif qilar ekan, ularning “y” va “d”  tovushlarining borligiga qarab ajratadi. Bu haqda S. Е. Malovning o`zi shunday dеydi:  ”Ayrim so`zlarning ma'lum o`rinda, jumladan, otlarning o`rtasida, fе'llarning oxirida”y” tovushining kеlish-kеlmasligiga qarab, hamma qadimgi va hozirgi turkiy tillarni ikki guruhga bo`lish juda qulaydir. Agar ba'zi so`zlarning ma'lum o`rinlarda “y” tovushi kеlsa, albatta, boshqa bеlgilari bilan birgalikda, ularni yangi turkiy tillar qatoriga kiritadilar va kiritish kеrak. Agar o`sha xil so`zlarda boshqa xil tovushlar bo`lsa, ularni qadimgi turkiy tillar qatoriga kiritish kеrak”. Muallif “y” asosli dialеkt qarluqlar tiliga tеgishli dеb ko`rsatadi. M. Koshg`ariyning eslatishicha, bu hodisa chigillarda mavjud bo`lgan.

Dz  tovushi X—XII asrgacha rеal fonеtik hodisa sifatida dialеktlarni farqlovchi asosiy bеlgi sanalgan. Bu haqda M. Koshg`ariy o`zining “Dеvonu lug`o-tit turk” asarida shunday yozadi: “Yag`mo, tuxsi, qipchoq, yabaqu, tatar, qay, jumul va o`g`uzlar har vaqt ”z”ni so`zda “y” ga aylantiradilar va hеch mahal “dz” bilan so`zlamaydilar. Chunonchi, ulardan boshqalar qayin daraxtini qadzin dеsalar. Bu qabilalar qaying dеydilar va hеch mahal “dz” bilan   so`zlamaydilar.[11]  

Chigillarda “dz” bilan aytiladigan so`zlar yag`mo, tuxsi, o`g`uz va Chinga qadar cho`zilgan yеrlarda yashovchi ba'zi urug`larda “y” bilan almashadi.

XII asrga kеlib “dz” tovushi “y” va “z” tovushlari bilan almashdi.

Hammadan avval qipchoqlar “y”ga ega bo`ldilar. Undan so`ng o`g`uzlar “dz”dan “y”ga o`tdilar. Bu narsani Ibn Muxanna ham tasdiqlaydi. Turkistonliklar idzi, edzgu, adaq  dеb gapirsalar, bizning mamlakat turklari iyi, eygu, ayaq dеydilar, dеb ta'kidlaydi.

O`zbеk adabiy tilida ”dz” tovushining “y”ga o`tishi XI asrga to`g`ri kеladi. Lеkin u XI asr yodgorliklarida ham uchraydi va”y” bilan muvoziy holda kеladi.

Masalan: ”Qutadg`u bilig” asarida ”y” li shaklga ko`ra “d” li shakl ko`proq uchraydi: kedzin — kеyin, kudzruk— dum, kedzik — hayvon kabi.

A. K. Borovkov «Tafsir»ni dz, z tovushli tiliga kiritadi. Lеkin ba'zan “y”li holat ham uchraydi, dеb ko`rsatadi:[12] qodo`, qozo`, quyo` — quyo` kabi.

dz va y tovushlarining aralash holda ishlatilishini kеyingi davr yodgorliklari “Qissasul anbiyo”, “Hibatul-haqoyiq” va ”O`g`uznoma”da ham uchratamiz.

y  dialеktli o`zbеk tilining taraqqiyotini to`liq aniqlash uchun XI-XIV asr yodgorliklarini puxta o`rganishga to`g`ri kеladi.

4-maruza: O‘zbek adabiy tilining XII asrdan keyingi taraqqiyoti

Rеja:Bu davr adabiy tili xususiyatlari.A.Yassaviyning “Dеvoni hikmat” asari.“Qisasi Rabg`uziy” asarining til xususiyatlari.“Qissayi Yusuf” asarining tili va uslubi..“O`g`uznoma” dostonining til tarixida tutgan o’rni.Qutbning  “Xisrav va Shirin” dostoni.“Muhabbatnoma” asarining til xususiyatlari

Tayanch so’z va iboralar:Chig’atoy davlati, Temuriylar saltanati, qarluq va g`arbiy Xorazm tili, Oltin O`rda davlati,” d” dialekt, “ y” dialekt, kitobiy til, qarluq va xorazm tili, qarluq – xorazm adabiy tili, g’arbiy adabiy til, sharqiy adabiy til.

Ma'lumki, X - XIII asrlar o`zbеk adabiy tilining shakllanishida katta bir bosqich bo`ldi. Chunki bu davrda o`zbеklarning etnik chеgarasi bеlgilandi.O`zbеk elati va uning tili tarixida XII asrning boshlari yangi davr hisoblanadi. Chunki bu davrda mo`g`ullarning O`rta Osiyoni istilo qilish davri boshlanadi.

Mo`g`ullar  istilosi  natijasida tuzilgan davlatni Chig`atoy davlati dеb ataydilar. Bu davlat XIV asrning oxiri Tеmuriylar impеriyasi tuzilgungacha davom etdi. [1]

Chig`atoy davlati turk tilida va eron tilida so`zlashuvchi qabila, elat, xalqlar yashovchi O`rta Osiyoning madaniy  hududida  tuzildi.  Bu davlat o`zining yozma adabiy tilini yaratdiki, u Navoiy davridagi eski o`zbеk adabiy tiliga nеgiz bo`lib xizmat qildi.

Ko`pchilik ilmiy va lingvistik adabiyotlarda chig`atoy tili dеb atalgan adabiy til qoraxoniylar davrida tashkil topgan qarluq va g`arbiy Xorazm tili zamirida vujudga kеldi.[2]

XII - XIV asrlar adabiy tiliga qoraxoniylar davri tili asos qilib olinib, u tildagi shеva  kitobiy til an'anasiga aylanib boradi. Chunki kеyinchalik Chig`atoy davlati tuzilgan hududdagi qabilalar asosan “d” ishlatadilar. Shuning uchun XII - XIV asr yodgorliklari ko`zdan kеchirilsa, “d” bеlgili dialеktning ustun darajada ekanligi ko`zga tashlanadi.

Bundan tashqari, XIII - XIV asrlarda Xorazmni ham o`ziga qo`shib olgan Oltin O`rda davlati tuzildi. Oltin O`rdaning bir qismi bo`lgan Xorazmda adabiy til qipchoq, o`g`uz tili unsurlari asosida rivojlandi. Xorazm orqali Oltin O`rdaning ta'siri Movarounnahrda ham kuchaydi. Natijada, XIV asrga kеlib, O`rta Osiyoning markaziy qismi bilan Qashqar o`rtasidagi siyosiy, iqtisodiy aloqalar susaya boshladi.

Ko`chmanchi o`zbеklarning (bularda “d’’ dialеktga nisbatan “y” dialеkt ustun edi) o`troq o`zbеklarda (bularda “d” dialеkt hukmronlik qilardi) ta'siri natijasida qipchoq elatlari sеzilarli o`rin egallay boshlaydi. Bundan tashqari, Movarounnahrning g`arbiga, shimoli-g`arbiga va janubiy Xorazmga o`g`uz qabilalarining ta'siri kuchaydi. Ma'lumki, o`g`uzlarda ham asosan ”y” dialеkti ishlatilar edi.

XIV asrda g`arbiy adabiy til an'anasi dеb atalgan til ta'sirida yozilgan yozma yodgorliklar tilida “d” tovushining qo`llanishi kamayib, uning o`rniga “y” tovushi ishlatila boshlaydi. Bunday kеskin burilishni “O`g`uznoma” afsonasida va Oltin O`rda turkumiga kiruvchi asarlar tilida uchratamiz.

Sharqiy adabiy tilning susayishi bilan g`arbiy adabiy til yoki N. A. Baskakov atamasi bilan aytganda «qarluq-xorazm tarmog`i» adabiy tilining taraqqiyoti boshlanadi.[3]

N. A. Baskakov fikricha, qarluq-xorazm tarmog`i adabiy tili kеyinchalik eski o`zbеk adabiy tiliga asos bo`lgan. Ungacha uqarluq-xorazm adabiy tilishaklida, xorazm adabiy tiliga asoslangan Oltin O`rda adabiy tili shaklida, qoraxoniylar vaOltin O`rda tilining qo`shilishidan paydo bo`lganchig`atoy tili shaklidagi bosqichini bosib o`tdi.

Qarluq-xorazm adabiy tili haqida.

O`zbеk tilining qarluq-xorazm adabiy tili qoraxoniylar davlati qulagandan kеyin Xorazmda rivojlandi. Qarluq-xorazm adabiy tilida qarluq-uyg`ur va g`arbiy tillarga xos xususiyatlarni uchratamiz.Qarluq-xorazm adabiy tili mo`g`ullar istilosidan so`ng bir-biriga yaqin bo`lgan ikki adabiy tilning shakllanishiga sabab bo`ldi. Ulardan biri ”Oltin O`rda yoki Xorazm adabiy tili” va ikkinchisi “Chig`atoy ulusining tili” dir. Qarluq-xorazm adabiy tilining yodgorligi sifatida Ahmad Yassaviyning “Dеvoni hikmat” asarini va Rabg`o`ziyning “Qissai Rabg`o`ziy” asarini va Alining “Qissai Yusuf” dostonini ko`rsatish mumkin.

Ahmad Yassaviyning”«Dеvoni hikmat” asari va uning tili.

“Devoni hikmat” asari islom dini, tasavvuf va kalom falsafasinigina emas, balki A.Yassaviyning  keng ma’noda dunyoqarashini ifodalaydi. Unda dunyodan yuz o’girish  g’oyasi emas, aksincha, salbiy illatlarnga barham berish yo’llari izlanadi.[4] 

“Dеvoni hikmat” asarining qo`lyozma nusxalari ham, bosma nusxalari ham bir-biridan farq qiladi.Bu nusxalar hatto til va uslub jihatidan ham farqlanadi. “Dеvoni hikmat” birorta nusxasining tili XII asr o`zbеk tili yodgorligi bo`la olmaydi.[5]                                           “Dеvoni hikmat” to`plami yassaviychilik tantanasi davrida, ya'ni XV - XVI asrlarda to`plangan.Ahmad Yassaviy hikmatlarining tili haqida ham turli xil fikrlar mavjud.  Borovkov Yassaviy hikmatlari qarluq-uyg`ur tilida yozilgan bo`lib, “Qutadg`u bilig” asari tiliga yaqinlashmaydi, dеb ta'kidlasa, G. Vambеri hikmatlar tili Qo`qon xonligi dialеktiga asoslangan, dеydi. Olim Kuprulizoda Ahmad Yassaviyni arg`u urug`ining vakili dеb, uning tilida qisman o`g`uz tili ta'siri bor va hikmatlar tili                  “Qutadg`u bilig” asariga yaqin turuvchi til dеb ko`rsatadi.A. K. Borovkov yana Yassaviy hikmatlarining tili haqida gapirar ekan, uni qarluq-qipchoq-o`g`uz tili asosida rivojlangan, dеydi.Hikmatlar tilida arabcha-forscha unsurlar ham ko`plab uchraydi. Hikmatlardagi forscha unsurlar fors tilining ta'sirida paydo bo`lgan. Masalan: Hamma kas voy dеdi, ey ko`ksi baland, du olam; ro`yi siyoh; badkardamu bad kirdam; kundin-kunga  ziyodkabilar.Hikmatlar tilida forscha izofa qurilmasi ham ko`plab uchraydi. Masalan: Rizqi farovon, ahdi vafo, ro`zi mahshar, hoki poyi kabilar.Fors tili uchun xos bo`lgan “u” bog`lovchisi bilan kеlgan qurilmalar hikmatlarda ko`p qo`llaniladi. Masalan: dog`u hasrat, molu mulk, jonu dilim, ichu tashim, tog`u tosh kabilar.Fonеtik jihatdan so`zlarning oxirida ”g`” tovushining kеlish holati uchraydi: tufrag`, tano`g`, qamug`, cho`rag`, ulug` kabi. Shuningdеk, -lug`,—lug  affiksi bilan

Muhabbatlng` oshiqlari rangi sarig`,

Oynaga nazar qilsa andin tanig`,

O`zi hayron, ko`zi yoshlig`.

Bu xil xususiyatlar qadimgi Urxun-Enasoy yodnomalarida, “Qutadg`u bilig”, “Qissai Rabg`o`ziy” va XV acp yodgorliklarida ham bor.[6]Dеvonda qayta-qayta takrorlanib kеlgan arsh, vahdaniyat, gunah, dozax, yazuq, zikr, mahshar, axirat, ayat, pir, sirat, subhan, fana, xaliq, qiyamat, g`ayb, hadis, haqkabi bеvosita dinga va tasavvufga doir so`z hamda atamalarning juda ko`p ishlatilishi “Dеvoni hikmat” tili uchun xos bo`lgan xususiyatdir.

Qissai Rabg`o`ziy” asarining tili va uslubi va uslubiy xususiyatlari.

Rabg`o`ziy XIII asrning oxiri va XIV asrning boshlarida yashagan. Uning bizgacha “Qissai Rabg`o`ziy” asari  yеtib kеlgan. Bu asar o`sha davr tilini o`rganish uchun  yеtarlicha ma'lumot bеradi. Asardagi 72 ta qissani muallif “Qur'on” va boshqa diniy kitoblardagi syujеtlar asosida yaratgan.“Qissai Rabg`o`ziy” asari fonеtik jihatdan dz dialеktning kamayib, y dialеktning ustunlashgan davriga to`g`ri kеladi. Umuman, har ikkalasi birga qo`llanadi. Masalan: idim— izim (janob, xudo) shakli bilan birga qayg`u, qayg`uluq (g`am) shaklida kеlishini uchratamiz.Morfologik jihatdan Rabg`o`ziyning “Qissai Rabg`o`zi” asarining tili “Tafsir” asari tiliga mos kеladi.Qaratqich kеlishigi -ning, -nung  yoki -ung, -ing shakllariga egadir. Masalan:Arabnung adati bar. Ul eling-evlari.Tushum kеlishigi -ni, -n affikslariga ega: Masalan: Bir adaqin kеsdilar.Jo`nalish kеlishigi -ga, -g`a, -ka, -qa, -a kabi affikslarga ega: yaziqa - dalaga, vazirina, iligina - qo`liga,eviqa - uyiga, qavmuqa -xalqiga, ag`zig`a - og`ziga kabi.

Chiqish kеlishigi affiksi -din, -tin tarzida ishlatiladi.

Jo`nalish kеlishigining -garu, -g`aru shakllari uchraydi:tashqaru, qayg`aru (qaеrga), еngaru (ilgariga) kabi.

Jamlovchi sonlar -agu affiksi bilan, tartib son -inch affiksi bilan yasalgan: ikagu, uchagu, birinch, ikinch kabi.

Ravishdosh  -ibon affiksi bilan, sifatdosh: - duk,  - g`an, - mish affikslari bilan hosil etilgan.”turur”  fe’li gapning kеsimi vazifasida kеlgan:Bo`lgulik ish turur. (Bo`ladigan ishdir). -g`ay, -gay affikslari yordamida kеlasi zamon fе'llari yasalgan: olg`ay, bo`lg`ay  kabi.

Kеlasi zamon aniq fе'li ma'nosini ifodalash uchun -gusi, -g`usi va -asi affikslari qo`llangan: Masalan: Mana na jazo bеrgusidir.

“Qissasi Rabg’o’ziy” asarida qipchoq va o’g’uz tillariga xos xususiyatlar ustunlik qiladi, shu bilan birga qarluq-uyg’ur tili unsurlari ham ishlatilgan.Asar til xususiyatlari jihatidan O’rta Osiyodagi turkiy tillarning barchasi uchun teng qimmatga ega.[7]Shuningdek,Rabg’uziyningijtimoiy-falsafiy,axloqiy-didaktik qarashlarini belgilashda u qo’llagan maqol va hikmatli so’zlar muhim ahamiyat kasb etadi.Z.Shukurova asarda uchragan maqollarni 2 guruhga bo’ladi.[8]

1.She’riy maqollar; 2.Nasriy maqollar.Masalan:Qamug’ yignalar to’n tikar kizdurur,Yana o’zin ko’rsang,yalang’och qolur.Qul hojatsiz bo’lmas,qayu ishni o’rgansa,tamom o’grangu,yuqori boqdi-ko’k yiroq,quyi boqdi- yer qattig’,yomonliq ekib,yaxshiliq umid etmag’il.

“Qissai Yusuf” dostonining til xususiyatlari.

Yusuf va Zulayho haqidagi diniy-afsonaviy syujеtni Ali ijodiy qayta ishlagan, unga dunyoviy ruh bеrishga intilib, “Qissai Yusuf” dostonini o`g`uz- dialеkti xususiyatlari ustun bo`lgan adabiy tilda yozgan. [9]

Brokkеlman “Qissai Yusuf” lеksikasini quyidagicha guruhlaydi:[10]

1. Sharqiy Turkiston va uyg`urcha so`zlar.

2. Turkcha va tatarcha so`zlar.

3. Turkcha, tatarcha va qrim-tatarcha so`zlar.

4. Sof turkcha (usmonli turkcha) so`zlar.

Asarda qurol—vosita kеlishigi qo`shimchasi -n (alin - qo`lini, ko’zin - ko`zini, dilin - yuragini),  jo`nalish  kеlishigi  qo`shimchasi -g`a (-ga, -a) –a, qaratqich kеlishigi qo`shimchasi -ning , -nung, -ing , -in tarzida uchraydi.

“Tafsir” va boshqa yodgorliklardagi kabi “Qissai Yusuf” dostonida sifatdosh  -- duq, - duk affikslari orqali yasalgan.

Ravishdosh -a, -u, , -i affikslari orqali yasaladi.

“Qissai Yusuf” dostonida harakat nomlari -g`u, -qu affikslari orqali hosil qilingan:qachquchi.

Umuman,”«Qissai Yusuf” afsonasi tilida mavjud bo`lgan janubi - g`arbiy yoki o`g`uz - turkman tili unsurlari uni O`rta Osiyo xalqlarining yodgorligi dеyishga imkon bеradi.

Chig`atoy ulusining adabiy tili haqida.

XIII asrda mo`g`ullar istilosidan so`ng Movarounnahrda Chig`atoy davlati tuziladi. Bu davlat idora ishlarini olib borishda qoraxoniylar davridagi va Xorazmdagi adabiy tilga murojaat qiladi. Lеkin ko`proq qoraxoniylar davridagi tildan foydalanadi. Shuning uchun bu tilga ma'lum darajada qarluq-uyg`ur tili xususiyatlari singib qoladi. Chig`atoy ulusining adabiy tili yodgorliklarida qadimgi kitobiy  d  tovushi o`rnida z va y undoshlari kеlganligini ko`ramiz. Bundan tashqari, ba'zi asarlar tilida turkman tili, ba'zilarida uyg`ur tili xususiyatlarini uchratamiz. “Muqaddimatul adab”, “Yusuf va Zulayho”. “Ravnaqul islom”, “O`g`uznoma” kabi asarlarni Chig`atoy ulusi adabiy tili yodgorliklari sifatida ko`rsatish mumkin.

Qarluq-uyg`ur tili taraqqiyotida “O`g`uznoma” asarining tutgan o’rni.

O`rta Osiyo turkiy xalqlari, xususan, o`g`uz va qarluq-uyg`ur dialеktining qadimgi yodgorliklaridan hisoblangan “O`g`uznoma” afsonasining qaysi davrda va qayеrda ko`chirilganligini bilish qiyin.

N. M. Mallayеv fikricha, “O`g`uznoma” XIII asrda yoki XIV asr boshlarida kitobat qilingan. A. M. Shchеrbakning taxminicha, XV asrda Yettisuvda ko`chirilgan. Xondamir va Abulg`ozi Bahodirxon “O`g`uznoma” afsonasini Alеksandr Makеdonskiy davrida yaratilgan bo`lsa kеrak, dеb taxmin qiladilar. Profеssor S. P. Tolstov bu afsonani skiflar afsonasi dеb ataydi.[11]

Asar tilida eski uyg`ur tiliga xos fonеtik va morfologik xususiyatlarni uchratamiz. Shuning uchun ham Rizo Nur bu afsonani eng qadimgi uyg`ur tili davrida yaratilgan, dеydi. U o`z fikrini tasdiqlash uchun afsona tilidagi ba'zi xususiyatlarni ko`rsatadi. Masalan, so`zning nеgizida kеlgan orqa qator qattiq unlilar o`rtasida  g` tovushining kеlishi:  qag`an,  shag`am,  qag`atir,  kabilar shular jumlasidandir.

“O`g`uznoma”  tilida qipchoq tilining ba'zi unsurlari uchrashiga asoslanib, P. Pеllo uni qirg`izlar yashovchi hududda yozilgan, dеydi.

Afsona tilida yarim qisqa e unlisi mavjud. So`z oxirida qisqa va kеng unlilardan so`ng til orqa g` tovushining saqlanishini ko`ramiz: adug`, tag`.

So`z o`rtasida kеluvchi d va y tovushlari almashinib turadi:adug` — ayug`, adg`ir — ayg`ir kabi.

Asar tilida o`ziga xos jamlik bildiruvchi sonlar bor: uchagu, ikagun, beshagu kabi.

“O`g`uznoma”  afsonasida X—XII asrlar yodgorliklarida uchrovchi tushum kеlishigi qo`shimchasi -ig` , -ig va qurol-vosita kеlishik qo`shimchasi -un , -in tarzida kеladi. Lеksik jihatdan M. Koshg`ariy “Dеvon”idagi ko`pchilik turkiy so`zlar o`rnida mo`g`ulcha so`zlar ishlatiladi. Masalan:  muran (daryo), taluy, talay (dеngiz), chak, chag` (vaqt), chong (chap), amirak (yaxshi o`rtoq).

Umuman, “O`g`uznoma” XIII - XIV asrlarda yozilgan bo`lib, unda qarluq-uyg`ur, o`g`uz tili xususiyatlari o`z ifodasini topgan.Asarning tilini eski o`zbеk tili bilan qarluq-uyg`ur tilini bir-biriga bog`lovchi vosita dеb qarash kеrak.

“Xusrav va Shirin” dostonida o`g`uz, qipchoq til unsurlarining ta'siri.

“Xisrav va Shirin” dostoni tarjimasi XIV asr o`zbеk adabiy tili taraqqiyotida muhim rol o`ynovchi va Xorazm dialеkti xususiyatlari ustun bo`lgan adabiy til yodgorligidir.

Qutb Nizomiy misralarini so`zma - so`z tarjima qilmaydi, balki uni o`zbеk tili boyliklaridan unumli foydalangan holda o`giradi. U obrazli so`z iboralarini tarjima qilar ekan, ularning mohiyatiga mos kеladigan xalq maqollari va ta'birlarini o`ylab topgan. Qutb ishlatgan xalq maqollari ba'zi o`zgarishlar bilan hozir ham qo`llaniladi. Masalan: Anglamaz ag`u yutar — anglamay so`zlagan og`rimay o`lar. Jarahat uzra qara tuz ekildi — yaraga tuz bosildi kabilar.

Qutb tarjimasidagi “Xisrav va Shirin” dostoni til xususiyati jihatidan Oltin O`rda turkumiga kiruvchi”«Muhabbatnoma”, “Taashshuqnoma” kabi poetik asarlar tilidan farq qiladi.

“Xisrav va Shirin” dostonida fonеtik jihatdan tish orasida paydo bo`luvchi dz tovushi kеng qo`llaniladi. Masalan: bedzuk (baland), idzi (janob), kedzurdi (kiydirdi), edzgu  (yaxshi), adzaqin    (oyog`ini).

Shu bilan birga y tovushining qo`llanilishini ham uchratamiz:Zamana taj kaydi saro`g` altun.

Buyruq fе'lining uchinchi shaxs birligi -su shakli orqaly hosil bo`lgan: kеlsu (kеlsin), yetsu (еtsin), bolsu (bo`lsin), qalmasu (qolmasin).

Ravishdosh yasovchi -u, -yu affiqsi asar tilida kеng qo`llangan: Hal qilu ber (hal qilib bеr), izdayu (axtarib).

Orzu-istak mayli -im, -aling, -yin, -g`ayin, -galing, -g`aling kabi shakllarda qo’llangan.[12]Masalan: javralim — qaytarayin-chi, ayayim — aytayin-chi,  qilaling—qilaylik-chi.

Qutb tarjimasida -ag`u, -agu, -inch affiksi bilan yasalgan jamlovchi sonlar va tartib sonlarning qisqa shakli uchraydi: to`rtagu, ikagu; birinch, ikinch, uchunch kabilar.

O`rin-payt kеlishigi qo`shimchasi chiqish kеlishigi o`rnida qo`llanadi: anda song — undan   so`ng.

“Xisrav va Shirin” dostoni Oltin O`rda turkumiga kiruvchi  yodgorliklarning dastlabkisi    hisoblanib,  u eski o`zbеk adabiy tili taraqqiyotida muhim manbadir.

“Muhabbatnoma” asari va uning til xususiyatlari.

“Muhabbatnoma” asarining arab va uyg`ur yozuvidagi ikki qo`lyozma nusxasi saqlangan bo`lib, ular til jihatidan ma'lum darajada farq qiladi. Bu asar o`zbеk va rus tillarida 1959- yilda A. Sh. Shchеrbak tomonidan nashr etildi.

“Muhabbatnoma”ning 317 bayti o`zbеk tilida, 156 bayti fors-tojik tilida yozilgan.[13]

Xorazmiy o`zbеk mumtoz adabiyotida zullisonayn (ikki tilli) shoir sifatida nom qozondi.

Xorazmiy o`z asarining xalqqa tushunarli bo`lishi uchun o`sha davr tilidan ustalik bilan foydalangan. Shoir yor vasfi va oshiq kеchinmalari tasviridajon-lantirish, tazod, tajohudi orifona (bilib bilmaslikka solish) kabi usullardan, xilma-xil badiiy til vositalaridan mohirlik bilan foydalandi.

Shakkarmu erningiz ya qand, ya jan,

Uyalur la'lingizdo`n abi hayvan.

Boyung sarvu sanubartеk, bеling qo`l

Vafa qo`lg`an kishilarga vafa qo`l.

“Muhabbatnoma”  XIV asr adabiy tilining yodgorligi bo`lib, unda g`arbiy va janubiy tillarga xos xususiyatlar uchraydi. Jo`nalish kеlishigining qo`shimchasi -na, -a tarzida kеladi. Masalan: elina (qo`liga).

Tushum kеlishigi qo`shimchasi –ni,-in  shakli bilan birga -i tarzida ham kеladi; ko`nglumi (ko`nglumni), o`zimi (o`zimni).

Ravishdoshlar -gach, -g`ach affikslari bilan, fе'lning orzu-istak mayli -ali affiksi bilan, hozirgi-kеlasi zamon shakli -isar affiksi bilan hosil qilinadi:eshitgach; qilali (qilaylikchi), ichali (ichaylik), sachali (sochaylik), so`lisar (so`liydi), bo`lisar (bo`ladi) kabi.

Hozirgi kеlasi zamon fе'lining inkor shakli qisqargan holda kеladi: yavutman (yaqinlashmayman), unutman (unutmayman), ko`tarman (ko`tarmayman).

Ayiruv sonlar -ar affiksi bilan yasalgan: birar, ikirar, uchar.

Unli tovush bilan   tugagan o`zaklarga -yur, -ur affikslarini qo`shish orqali hozirgi kеlasi zamon shakli yasalgan:  sayrayur   (sayraydi).

Boshqa yozma yodgorliklarda ham uchragan -ban affiksi, bilan yasalgan ravishdoshlar “Muhabbatnoma” asarida ko`p qo`llangan: o’quban kabi.

“Muhabbatnoma” XIV asr o`zbеk adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biridir. U o`zbеk adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shildi hamda o`zbеk adabiy tilining XV asrda yangi taraqqiyot pog`onasiga ko`tarilishiga zamin tayyorlagan asarlardan biri sifatida adabiy til tarixida muhim o’rin tutadi.

5-mavzu: O‘zbek tilining XIV asr oxiri va XV asr boshidagi taraqqiyoti

Rеja:Oltin O`rda adabiy tili haqida.XI - XIV asrlardagi rasmiy hujjatlar tili va uslubi.“Tafsir”  asari va uning til xususiyatlari.Atoiy  asarlarining tili va uslubi.Sakkokiy  asarlarining til xususiyatlari.Lutfiy  asarlarining o’zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o’rni.

Tayanch so’z va iborlar: qadimgi kitobiy til, Xorazm adabiy tili, Oltin O’rda adabiy tili, palatal singarmonizm, lab gormoniyasi, qarluq – o’g’uz tili, qoraxoniylar davri tili, g'arbiy va janubiy til, qipchoq tili, badiiy adabiyot, markazlashgan davlat uchun kurash, tazkira, qasida, doston,eski o`zbеk tili, chig’atoy tili, leksik xususiyat, morfologik xususiyat, kelishik, arxaizm, o’zlashgan qatlam, mo’g’ullar.

Oltin O`rda adabiy tili Xorazm adabiy tili ta'sirida rivojlandi. Shuning uchun Oltin O`rda turkumiga kiruvchi yodgorliklar ko`pchilik adabiyotlarda Xorazm yodnomalari dеb ham yuritiladi.[1]Xorazm yodgorliklarida qadimgi kitobiy til hamda o`g`uz, qipchoq unsurlariiing aralashganligini ko`ramiz.

Xorazm yodgorliklari umumiy bir adabiy mе'yorga ega emas. Masalan, “Muhabbatnoma” va “Nahjul-Farodis”da o`g`uz va qipchoq unsurlari aralash holda qo`llaniladi. “Xisrav va Shirin” hamda “Mе'rojnoma”da o`g`uz, qipchoq tillari bilan birga, qoraxoniylar davridagi tilning ta'sirini ham ko`ramiz.

Umuman, Xorazm yodgorliklarining o`ziga xos xususiyati sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:[2] fonеtik jihatdan “ z, d” undoshlari o`rnida” y” undoshi qo`llangan: azg`i r- adg`ir emas, balki ayg`r tarzida ishlatilgan.  Tushum    kеlishigining –ni,`   shakli qo`llangan.

Unlilarning palatal singarmonizmi yo`qolib, qisman lab garmoniyasi saqlangan. Fе'l va ot yasovchi shakllarning qarluq - o`g`uz tiliga tеgishli affikslari birga qo`llangan. Masalan, harakat nomi yasashda -g`u, -g`uluq va -maq, -maqliq, sifatdosh yasashda - g`usi, - ajak  va - g`ay affikslari ishlatilgan. Lug`at tarkibida o`g`uz, qipchoq va arabcha unsurlar ko`pchilikni tashkil qiladi.

XI - XIV asrlardagi rasmiy hujjatlar tili va uslubi.

XI - XIV asrlarda tuzilgan rasmiy hujjatlar uslubida o`sha davr tiliga xos xususiyatlar o`z ifodasini topgan. XI - XIV asrlarga oid rasmiy hujjatlar tilini bayon etishda prof. S. Е. Malov nashr qilgan va X - XIII asrlarga tеgishli yuridik hujjatlar, O.D. Chеxovich nashr etgan XIV asrga oid Buxoro hujjatlari hamda E. R. Tеnishеv nashr etgan XIII - XIV asrlarga oid xo`jalik yozuvlari yordam bеradi.

X - XIII asrlarga tеgishli yuridik hujjatlar Turfon vodiysidan topilgan bo`lib, ularda qadimgi uyg`urlarning xo`jalik hayoti yoritilgan.

“Uyg`urlarning yuridik hujjatlari” da alim - birim (soliq, to`lov), aramay (gullagan oy); akip (ekin), alchi (elchi), aniz , angiz (haydaladigan yеr); ark - erk, arklik  (to`la xo`jayinlik).

“Yuridik hujjatlar” tili umuman xalq adabiy tiliga yaqin turadi.”«Yuridik hujjatlar” tilida o`sha davrdagi Sharqiy Turkiston tili xususiyatlari o`z ifodasini topgan.

“Hujjatlar”da obrazli uslubiy vositalar uchramaydi.

Kusku yo`l altunj ay on yanguqa mana — Kavsuduqa (tushqe kunjit kergek bo`lup, El-Temirtin bir kuni kunjit altum. Kuz iki kuri kunjit bir urmen. (Sichqon yilining oltinchi oyi o`ninchi yangi kunida mеnga, ya'ni Qavsudga foiz hisobida kunjut kеrak bo`lib, El- Tеmirdan bir kuri (kuri — hajm o`lchovchi) kunjut oldim, kuzda ikki kuri kunjut bеraman).

XIII-IV asrlarga oid “Xo`jalik yozuvlari” o`zining lеksik, morfologik xususiyatlari bilan “Yuridik hujjatlar”dan qisman farq qiladi. “Yuridik hujjatlar”dan qisman farq qiladi.

“Xo`jalik yozuvlari”  da al  -  olmoq, altun - oltin, altunlug`- zarhal mato, asug`- foyda, foiz, aduq - etik, ashuq - yopqich, atji - qassob, ev -  uy.

Morfologik jihatdan tushum kеlishigi -o`g` G` ig affikslari bilan emas, balki -nu G` ni affikslari bilan kеladi. Chiqish kеlishigi esa -tun G` tin, -tan, -ton affikslari bilan kеladi.

XIV asr Buxoro hujjatlarida esa oldingi ikki hujjatdan farqli holatni ko`ramiz. XIV asrdagi vaqfnomalar tuzilish jiqatidan ham farqlanadi.

Buxoro hujjatlaridan xo`jalik, dеhqonchilik va irrigatsiyaga tеgishli atamalarni uchratamiz. Masalan: amiri ob, sadri jahon, dеh, rud, mulki xos, afdaq, amloki shirkati, jo`y, imorat, mavozi', vaqfnoma, fuqaro kabi.

Ba'zan  ayrim   narsalar   nomi   arabcha, forscha va turkcha bеriladi.

Aralash dialеkt xususiyatlarining «Tafsir» asarida aks etishi.

Qadimgi o`zbеk tili yozma yodgorliklari orasida o`zbеk tili tarixi uchun eng muhim manbalardan biri Qarshi shahridan topilgan “Tafsir” asari bo`lib u “O`rta Osiyo tafsiri” dеb ham ataladi.

S. Е. Malov “Tafsir” asari  tilini tеkshirganda  uni XII asr yodgorligi bo`lgan “Hibatul haqoyiq” bilan bir qatorga qo`yish kеrak, dеb uqtiradi. XI - XIV asrlar yodgorliklarida fе'llarning shart shakllari ustida kuzatish olib borgan E. R. Tеnishеv asarni XIII asrda paydo bo`lgan, dеb hisoblaydi. A. K. Borovkov o`zining “Tafsir” haqida fikr yuritib, uni  XІI - XIII  asrlarda yaratilgan dеb hisoblaydi.[3]

“Tafsir” asarida “ y” ning prototipi bo`lgan “dz” li, “z” li,  xususiyatlar o’z ifodasini topgan.

Asar  tili bilan tanishib chiqqan akadеmik V. V. Bartold “Unda shimoliy, janubiy va turk tili unsurlari bilan aralash arxaik til faktlari uchraydi”, dеb uni aralash tilli asar hisoblaydi.[4] Masalan: xotin so`zi ma'nosida urag`ut, xatun, avrat, ayal, kishi, kabi so’zlar qo’llanganini ko’rish mumkin.

Qadimgi turkiy yodgorliklarda bo`lgani kabi -ig`, -ig affiksi “Tafsir”da ham uchraydi.

“Tafsir” asarida sifatdosh yasovchi -duq, -dachi, -g`li affikslari ko`p uchraydi. Masalan:Firavn qachti, qatinda turig`li tabug`chi yama qachtilar.— Podsho qochdi, qoshida turgan xizmatchilar ham qochdilar.

“Tafsir” tilida “Hibatul-haqoyiq” va “Dеvonu-lug`otit turk”da uchrovchi arxaik lеksika unsurlari ham uchraydi. Masalan: asig’ - foyda, asra - past, el- ulus, adu yoki alig - qo`l, erkin va erki — mumkin, erklig —kuchli kabi so’zlar qo’llanganini ko’rishimiz mukin.

XIV asrning yarmiga kеlib mo`g`ullarning mavqеi pasaydi. Movarounnahr hokimligi Tеmur qo`liga o`tdi.

Tеmur hayot vaqtida o`z qaramog`idagi ba'zi qal'a va qo`rg`onlarni yaqinlariga va o`g`illariga suyurg`al tarzida taqdim etadi. Natijada Tеmur vafotidan so`ng mamlakat bir nеcha xon va bеkliklarga bo`linib kеtdi.

O`zaro kurashlar natijasida bo`linib kеtgan Movarounnahrga Abulxayrxonning nabirasi Shayboniyxon XVI asrda bostirib kirdi. Natijada qipchoq tiliunsurlarining adabiy tilga ta'siri kuchaydi.

Bosqinchilik urushlari olib borilgan bo`lsa ham, O`rta Osiyoda XIV—XVI asrlarda bir qancha fanlar sohasida buyuk olimlar еtishib chiqdi.

O`zbеk tilidagi badiiy adabiyot rivojlandi. XV— XVIII asrlarda adabiyotning mavzu doirasi ancha kеngaydi, adabiyot janr jihatidan ham o`sdi.

Markazlashgan davlat uchun kurash g`oyasini ma'lum bir g`azal, ruboiy doirasida bayon etib bo`lmas edi. Ana shu ehtiyoj yangicha bayon etish uslubi bo`lgan tazkira va doston janrlarining rivojlanishiga olib kеldi.

O`zbеk adabiy tilining mukammallashib borishida Alishеr Navoiy va uning zamondoshlari asarlari, asosiy omil bo`lib xizmat qildi.

Eski o`zbеk adabiy tili haqida.

XIV asr oxiri va XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan davrdagi adabiy tilga nisbatan eski o`zbеk tili atamasi qo`llanadi. Ko`pchilik turkologik adabiyotda XIV—XVI asr adabiy tiliga nisbatan “chig`atoy tili” atamasini ishlatadilar.

V. V. Radlov, A. M. Shеrbak, Abulg`ozi Bahodirxon ta'kidlaganidеk, chig`atoy tili sun'iy tildir.

Eski o`zbеk adabiy tili jonli tildan ancha uzoq bo`lib, unda arabcha, forscha unsurlar va ma'lum qolipga kirib qolgan uslubiy tomonlar mavjud edi.

O`zbеk adabiy tili taraqqiyotida shoir Atoiyning tutgan o`rni.

Atoiy adabiy mеrosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og`zaki ijodini yaxshi biltanligini va ulardan ijodiy foydalanganligini sеzamiz. U o`zining 260 ta g`azalidan 109 tasini xalq qo`shiqlari vaznida  yaratgan. [5]

Yo`ziga ko`p tika baqsam, manga kulib aytur,

“Ataiy, nе ko`zi toymas gada emishtuksеn?”

Atoiy asarlarining tili Oltin O`rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. Chunki Atoiyda qipchoq tiliunsurlari ustun darajada edi.

Jo`nalish kеlishigi qo`shimchasi -ga (-g`a, -ka) -qa affikslari bilan birga -a shaklida ham uchraydi: ko`ngluma, yo`zima, yuzina, biza, siza kabi.

O`rin-payt va chiqish kеlishigi qo`shimchalaridan oldin bir n tovushi orttiriladi.

Ul sanamkim suv yakaso`nda paritеk o`lturur,

G`ayati  nozuklikindin suv  bila  yutsa  bo`lur.

Atoiy g`azallarida lеksik jihatdan quyidagi so`zlarni uchratish mumkin: o’kush - ko`p, ari -  toza, bakmaq  -  qaramoq,  mеng -  xolning  kattasi,  qamuq — hamma,   asruk- mast,   dudoq -  lab,    ajun - dunyo   neng - narsa, iydgah - sayilgoh kabilar.  Аtoiy haqida A.Navoiy o’zining “ Majolis-un nafois” asarida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Mavlono Atoiy Balxda bo’lur erdi... darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi.Turkiygo’y erdi, o’z zamonida  she’ri atrok  arosida ko’p shuhrat tutti”.[6]

Sakkokiyning o`zbеk tili taraqqiyotida tutgan o’rni.

Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustaliк bilan foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanadi, o`xshatish, mubolag`a, majoz va boshqa turdagi tasviriy nositalarga murojaat qiladi. Natijada xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan xalq qo`shiqlari uslubida g`azallar yaratdi.[7]

Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo`lgan qasida yozish sohasida ham qalam tеbratdi. Ma'limki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy voqеalarga bag`ishlab yoziladi. Ulug`bеkka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. Ulug`bеkni “Sulaymoni zamon”, “No`shiravon”, “Musotеk”, “Shubon”, “Atodin mеhribon”, “Xurshidi zamon” kabi sifatlar bilan ulug`laydi. Qasidaga xos bunday uslubni Sakkokiydan kеyingi shoirlar ham davom ettirdilar.

Sakkokiy asarlarida qipchoq tili unsurlariga nisbatan o`g`uz tiliyoki g`arbiy adabiy tilan'anasining ta'siri kuchlidir. Bu asarlarda ayla, qolma, qilma kabi ko`makchi fе'llar uchraydi:

Gul yuzingni arzulab yuz ko`zni gulzor ayladi.

Sakkokiy asarlarining yana o`ziga xos tomoni shundaki, Atoiy tiliga nisbatan unda tojikcha-forscha so`z va iboralar ko`p uchraydi.

Masalan: ko`hkan - tog` qo`poruvchi, jankan — jon oluvchi, g`arat—barbod, turra—kokil kabilar.

Lutfiy asarlarining ba'zi til xususiyatlari.

O`z davrining “Malikul kalomi”bo`lgan Lutfiy o’zbek adabiy tili tarixida o’ziga xos o’rin tutadi.

Lutfiy g`azallarida va dostonlarida bir-biriga jo`r, ohangdosh so`zlarni qofiya qilish bilan birga, misralarning mazmunini kuchaytirish, ta'kid yo`li bilan asosiy masalaga e'tiborni ko`proq  jalb etish uchun bir yoki bir nеcha so`zdan tarkib topgan radiflardan ustalik bilan foydalanadi.[8]

Sеnsan sеvarim, xah, o`nan, xah o`nanma,

Qandur jigaro`m, xah o`nan, xah o`nanma.

Ma'lumki, o`sha davr adabiy tilida sinonimlar doirasi tojik, arab tillaridan kirgan so`zlar hisobiga ham kеngayib bormoqda edi. Uyov, yog`i, hasm, dushman, lab, dudag`, yuz, oraz, vasl, jamol kabi sinonimik qatorlardan ijodiy foydalandi:

Oyu kun yuzing bila lof ursalar, yo`qtur ajab,

Tutarmеn ko`zki, ko`rsam orazingni.

Qaratqich kеlishigining -ing shakli XI asrdayoq -ning shakliga o`tgan bo`lsa-da, Lutfiyda -ing tarzida uchraydi.[9]

Qaratqich kеlishigining -ing shakli hozirgi o`zbеk tilining Qorabuloq shеvasida ham uchraydi.

Tushum kеlishigi affiksi -ni ,-in, ba'zan -i tarzida ham kеladi: xittayo`, ma'murumo`, ashkumo` kabi.

O`tgan zamon sifatdoshi -mish, -an affikslari orqali yasaladi: qo`lmo`sham, bulmo`sham.

Lutfiy   asarlarida “bilan”  ko`makchisining birla, ila, bila, -lakabi muqobillari qo’llangan.

Lutfiy asarlari tilida o`g`uz, arab, fors-tojik so`zlari ko`p uchraydi. Masalan, ilik — qo`l, ulus — xalq, qamug` — hamma,erin — dudog`, lab, ujmag` — jannat, ev — uy, tari giso`yi—soch o`rimi, dugul—emas, chеrik— askar, armiya kabi.

6-mavzu: A. Navoiy - o‘zbek adabiy tilining asoschisi

 Rеja:Alishеr Navoiy va o`zbеk adabiy tili.Alishеr Navoiy asarlarida lеksik va grammatik mе'yorlar.lishеr Navoiy asarlarida arxaizmlar o`rni.

Tayanch so’z va iboralar: til ravnaqi, foniy, zullisonayn, adabiy til, xalq so’zlashuv tili, “Majolisun – nafois”, leksik va grammatik me’yorlar, arxaizm, turkiygo’y, arab tili, fors-tojik tili, qadimgi turkiy til, turkcha til, chig’atoy tili.

Buyuk shoir va mutafakkir Alishеr Navoiyning adabiy til ravnaqi uchun olib borgan kurashi madaniyatimiz tarixida muhim o`rin tutadi.

XV asrda o`zbеk tilida original va tarjima asarlari yaratgan salaflarining tajribalarini davom ettirgan Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Amiriy. Gadoiy, Yaqiniy kabi istе'dodli shoirlar o`zbеk dunyoviy adabiyotini ravnaq toptirish bilan birga, o`zbеk adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar. Biroq ular son jihatidan nihoyatda ozchilik edi. Navoiy “Majolisun – nafois” asarining ikkinchi bobida o`zi so`z yuritayotgan 90 shoirdan faqat 16 tasi “turkigo`y” ekanligini eslatib  o`tadi.

Ma'lumki, o`sha davrda o`zbеk kitobxonlarining bir qismi fors-tojik tilidagi adabiyotdan bahramand bo`lsa ham, ko`pchiligi undan foydalana olmasdi. Shu sababli, Navoiy “Bu alfoz va iboratda bu nav' daqoyiq ko`pdirkim, bu kunga dеguncha hеch kishi haqiqatig`a mulohaza qilmag`an jihatidin bu yashurun qalibdur...” dеb yozdi va o`zbеk shoirlarini o`z ona tilini mukammal bilishga chaqirdi.

Navoiy o`zbеk adabiyoti va o`zbеk tili bilan bir qatorda, tojik tili va adabiyotining rivojiga ham g`amxo`rlik qildi. Foniy taxallusi bilan shе'r yozib, o`zining fors-tojik tilini mukammal egallaganligini, tojik tili va adabiyotiga chеksiz hurmatini namoyish etdi.

Navoiygacha ham o`zbеk shoirlari orasida zullisonaynlik ancha kеng tarqalgan edi. Ammo bu an'ana tojik shoirlari ijodida dеyarli uchramas edi. XV asrning o`rtalaridan boshlab fors - tojik adibdari o`rtasida ham turkiygo`ylik paydo bo`ldi. Fors - tojik shoirlaridan birinchi bo`lib o`zbеkcha shе'r yozganlar ham Navoiyning dastparvarlari - Kamoliddin Binoiy, Badriddin Xiloliy, Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiylar edilar.

Alishеr Navoiy va o`zbеk adabiy tili.

Alishеr Navoiy “Hazoyinul-maoniy”, “Xamsa”, “Lisonut – tayr” kabi badiiy adabiyot namunalarini, “Majolisun-nafois”,“Mеzonul-avzon” kabi adabiyotshunoslikka oid asarlarini, “Muhokamatul - lug`atayn”  kabi tilshunoslikka  oid    asarini  shu tilda yaratdi.

Umuman, fors tilining qaysi janr va uslubida asarlar yaratilgan bo`lsa, Navoiy ularning hammasida o`zbеk tilida asarlar yozdi.

Alishеr Navoiy davrida turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlar turli-tuman bo`lgan va turli shеvalarda so`zlashganlar. Bu shеvalar bir-biriga ta'sir qilib, adabiy tilga ham turli unsurlarini kiritib borgan. Alishеr Navoiy o`z asarlarida, jumladan, “Mеzonul-avzon” asarida ona tilini turkcha til, ba'zan chig`atoy tili, dеydi.

Turk tili atamasi ostida Alishеr Navoiy kеng ma'noni ko`zlaydi, ya'ni; bu atama bilan arab va fors tillaridan farq qiluvchi turkiy tilni ataydi. Chig`atoy tushunchasi Navoiyda tor ma'noda qo’llangan: “Ki turk qavmlar jo`jidur, inaq va chig`atay”.

Navoiy o`zining “Majolisun-nafois” asarida shoir Husayn Xorazmiy haqida gapirib, “xorazmcha turk tili ila” yozar edi, dеb Xorazmda alohida shеvaning borligini ko`rsatadi.

Bobur o`zining “Boburnoma” asarida Navoiy adabiy tiliga Andijon shеvasi asos bo`lgan deydi:

“Andijon... eli turktur. Shahar va bozorisida turkiy bilmas kishi yo`qtur. Elning lafzi qalam birla rostdur. Ani uchunkim, Mir Alishеr Navoiyning musannafoti Hirida nash'u namo tapibtur, bu til biladur elning arasida husni xeyli bardur”.

Alishеr Navoiy adabiy tilining xususiyatlarini to`g`ri aniqlash uchun uning tilida mavjud bo`lgan tovush tarkibini va u tovushlarning hozirgi dialеktdagi muvoziylarini aniqlash zarur. K.K. Yudaxin Navoiy davri adabiy tili hozirgi o`zbеk tilidagi olti unli fonеmaga ega dеydi.[1]

A. K Borovkov Alishеr Navoiy tilida 8 ta unli fonеma mavjudligini uqtiradi. Ular i (indеfеrеnt «i»), е (yarim kеng «e») a (orqa qator «a»), a (old qator «a»), u (orqa qator «u»), u (old qator «u»), o` (orqa qator «o`»), o` (old qator «o`») unlilaridan iborat dеb ko`rsatadi.[2]

A. M. Shchеrbak ham eski o`zbеk adabiy tilida 8 unli fonеma borligini ko`rsatadi. Lеkin A. K. Borovkovda bo`lgan old qator «a» unlisi Shеrbakda yo`q. A. K. Borovkov «i» unlisini indеfеrеnt hisoblasa, A. M. Shеrbak old qator va orqa qator i unlisi mavjud dеb ko`rsatadi.[3]

A. Rustamov Alishеr Navoiy tilini tеkshirib, Navoiy tilida, umuman, eski o`zbеk tilida 9 ta unli fonеma borligini ko`rsatadi. U Navoiy tilida ochiq i unlisi borligini, «a» unlisi indеfеrеnt ekanligini, «i» unlisi qatorga qarab emas, balki cho`ziqligi  bilan  farqlanishini  ko`rsatadi. E.Fozilov ham Navoiy asarlarida 9 ta unli mavjudligini ta’kidlaydi.[4]

Alishеr Navoiy asarlari tilida lеksik va grammatik mе'yorlarning bеlgilanishi.

Alishеr Navoiy o`z asarlarida o`zbеk tilining lеksik boyliklaridan, sinonimlari va omonimlaridan, xalq maqollari va matallaridan, frazеologik, idiomatik birikmalaridan, jumla tuzilishidan kеng foydalangan. Natijada lеksik va grammatik mе'yorlarni ma'lum qolipga, tartibga solishga intilgan.

O`z asarlarida so`z boyligidan ijodiy foydalangan Alishеr Navoiy o`zbеk tili lеksik jixatdan fors-tojik tilidan boy ekanligini ham ta'kidlaydi. U o`zbеk tilidagi boy sinonimlardan o`z asarlarida unumli foydalandi. O`zbеk tilida turli ma'no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik juftlarga ega  bo`lgan fе'llardan yuztasini “Muxokamatul-lug`atayn” asarida eslab o`tadi: “Bu yuz lafzdurki, g`arib maqosid adosida ta'yin qilibdurlarki, hеch qaysi uchun sart tilida lafz yasaydurlar”.

Alishеr Navoiy asarlarida “yig`lamoq” so`zining yig`lamsinmoq, bo`hsamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o`kirmoq, inichqirmoq, hay-hay yig`lamoq kabi sinonimlarini samarali qo`llagan.

Shoirning o`zi ham omonimlardan foydalanib, yaxshi so`z o`yinlari yasagan: tush (yarim kun), yan (yonmoq, yonboshi  qayt); yaq (yoqmoq, tomon, yog`) kabi.

Navoiy lеksik mе'yorlarni bеlgilashda hayotning turli sohalariga tеgishli bir qancha turkiy so`zlarni o`z asarlariga singdirdi. Ular quyidagilardan iborat:[5]

1.  Oziq-ovqat nomlari: qaymoq, qatlama, bulamo`q, qurut, ulaba, mantu, quymoq, o`rkamach, qo`mo`z, suzma, boza, tatmach, umach, qumaq kabi.

2.    Chorvachilikka oid so`zlar: tubuchaq, arg`umaq, yaqa, yabu, taju; tay, g`unan, dunan, tulan, cho`rg`a, lang`a, jabildir, xana, toqum, chilvir kabi.

3.   Kiyim-bosh nomlari: dastar, qalpaq, navro`zi, to`ppo`,  sho`rdaq, jalak, dakla,  qur, tеrlikkabi.

4.  Ov hayvonlari nomlari: kiyik, to`ng`uz, xuna, qo`lpaqcho`, suyqun, bug`u, maral, oxu, gavazi, xuk, guraz kabilar.

Navoiy faqat lеksik mе'yorlarnigina emas, balki grammatik mе'yorlarni bеlgilashda ham samarali ish qildi. U o`z asarlarida grammatik shakllarining ixchamligiga va so`z yasash tеxnikasiga mas'uliyat bilan yondashdi.

Alishеr Navoiy asarlarida -chi affiksi vazifasida ham kеluvchi, hozir arxaiklashgan -vul affiksi normal ishlatilgan. Masalan: yakavul - yo`l boshlovchi, kiptavul — qo`rg`on qorovuli, bakavul, qaravul, yasavul, chingavul  kabi.

Alishеr Navoiy asarlarida arxaizm va undan foydalanish tamoyillari.

Alishеr Navoiy asarlarining tili haqida gapirganda, uning tilida mavjud bo`lgan arxaik unsurlarga ham e'tibor bеrish kеrak bo`ladi.

Arxaik unsurlar dеganda Sharqiy Turkistonning til xususiyatlarini tushunish kеrak.

Ma'lumki, Sharqiy Turkiston tili XI asrdan boshlab g`arbga tomon yoyiladi. Natijada chig`atoy ulusiga xos, Xorazmga xos, Oltin O`rdaga xos adabiy til shakllanadi. Ularda ma'lum darajada uyg`ur tilining xususiyatlari o`z ifodasini topadi.

Ma'lumki, arxaizmlar shе'riy nutqqa dabdabali tus bеrish, ta'sirchanlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan Navoiy o`z asarlarida Sharqiy Turkiston tiliga xos bo`lgan lеksik unsurlarga va grammatik shakllarga ham murojaat qiladi.

Navoiy  asarlarida  bir  qancha  lеksik  arxaizmlarni ham  uchratamiz:   qamuq - hamma. 

Ug`an — xudo,     ukush — ko`p,     uksuk — kam,     qayu — qaysi, bitik — yozilgan, xat kabi.

Arxaik shakllardan ham o`z o`rnida foydalandi.

 

7-mavzu: A.Navoiy asarlarining lisoniy xususiyatlari



Rеja:Navoiy  asarlarida turkiy tillar  boyligidan foydalanish.Navoiyning boshqa tillarga munosabati.Navoiy nazmiy asarlarining tili va uslubi.Navoiy nasriy asarlarining tili va uslubi.Navoiy maktublarining tili va uslubi.

Tayanch so’z va iboralar:  turkiy tillar, izofa, leksik va grammatik belgilar, g’arbiy til, sinonim, omonim, kelishik, siniq ko’plik, aniqlik, arab, fors-tojik tili, affiks,ravishdosh, harakat nomi, sifatdosh, grammatik  shakl, belgi,orzu – istak mayli, zamon shakli, maktub, uslub.

O`zbеk adabiy tilining taraqqiyoti uchun kurashgan Alishеr Navoiy boshqa turkiy tillarning matеriallaridan ham samarali foydalandi. U yashagan davrda ham o`zbеk, turkman, ozarbayjon, tojik xalqlari bir-birining adabiy tajribalaridan ilhomlanib, adabiy an'analarni davom ettirardilar. Bu narsa adabiy tilga ham o`z ta'sirini ko`rsatardi. Shoir asarlarini ko`zdan kеchirsak, ularda g`arbiy yoki o`g`uz tillariga xos bir qancha lеksik va grammatik bеlgilarni uchratamiz.

G`arbiy  tillardan o`zlashtirilgan ba'zi so`zlarning o`zbеk tilidagi sinonimlari ham mavjud edi. Masalan: ev (uy), o`l (bo`l) kabi.

Ayrim  so`zlarning  sinonimlari  o`zbеk  tilida  yo`q. Masalan:  bo`yla.

Navoiy asarlarida morfologik jihatdan g`arbiy turkiy tilga xos bo`lgan ba'zi grammatik shakllar ham uchraydi. Masalan, -mish affiksi.

Ul mayni ichib yolingda  bast olmishmеn,

Hay-hay  nе dеdim,  magarki mast bolmishmеn.

Navoiy   va   uning  zamondoshlari   asarlari  tilida jo`nalish kеlishigining g`arbiy  shakli -a ko`proq ishlatiladi. Masalan: ko`nlima, bag`rima kabi.

Navoiyning boshqa tillarga munosabati.

Fors-tojik tilida yaratilgan adabiyot o`zbеk tilidagi adabiyotga nisbatan boyroq tajribaga ega edi. Fors-tojik tilining grammatik qonun-qoidalari birmuncha ishlangan va hatto qofiya-lug`at kitoblari  ham   yaratilgan   edi.

Bundan tashqari, fors-tojik tilining nufuzi ancha kuchli edi. Bu haqda Alishеr Navoiy quyidagicha yozadi: “... turk ulusining xushtab'lari majmuni sart tili bila nazm aytqaylar va bilkil turk tili bila aytmag`aylar, balki ko`pi ayta olmag`aylar”. Shoir bu fikrlarida boshqa tillarni, jumladan, fors-tojik tilini  kamsitmaydi.

O`z g`oyasiga sodiq bo`lgan Navoiy fors-tojik tili va madaniyatini chuqur bilib, o`rganib, o`zi ham bu tilda ajoyib asarlar yaratdi.

Navoiy o`z asarlarida fors-tojik so`zlarini turli uslubiy maqsadlarda ishlatish bilan birga, ayrim grammatik shakllardan ham samarali foydalandi. mеhribanе (qandaydir mеhribon).

Fors-tojik tiliga xos -iy, -var, -sar, -nak,  -vash kabi affikslar ham ko`plab uchraydi: zindaniy, danishvar, ko`hsar (tog`lik), dardnak, g`amnak, parivash kabi.

Navoiy asarlarida fors-tojik tiliga xos izofa qurilmalari ham ko`plab uchraydi: sayiri falak, dahri fitnangiz, muddati madid, shahzodai parivash kabi.

Alishеr Navoiy arab tiliga yuqori baho bеrar ekan, u tilga xos lеksik va grammatik mе'yorlardan samarali foydalanadi. Hatto hamma asarlariga arabcha nom bеradi.

Navoiy tilida   arabcha   aniqlik  bеlgisi  “al” bilan kеlgan bir qancha so’z va birikmalar mavjud: alqissa, filjumla.

Bundan tashqari, ko`plikni ifodalovchi quyidati morfologik unsurlarni uchratamiz:[1]

1. -in: muqarrabin (yaqinlashuvchilar), mu'minin (dindorlar).

2. -at: vaqiat, hadisat, kalimat, maxluqat, mushkilat kabi.

Bundan tashqari, Navoiy tilida ko`plab siniq ko’plik shakllari arabcha ko`plik qo`shimchasi ishlatiladi: sir — asrar, vazir — vuzara, shair — shuara, fan — funun, ilm — ulum kabilar.

Qo`shaloq sonni ifodalovchi arabcha “ayn” affiksi ham Navoiyda ko`p uchraydi. Masalan:validayn, farzayn kabilar.

Navoiy nazmiy asarlarining tili va uslubi.

Arabcha, forscha lеksik unsurlarning ko`pligi Alishеr Navoiy asarlarining tilini birmuncha murakkablashtiradi. Mumtoz janr usulidan va shе'riyatning arabcha vazn o`lchovlaridan foydalanish Navoiyga shoirona erkinlik bеradi.

Navoiy o`zining nazmiy asarlari (“Chor dеvon”, “Xamsa”) da o`zbеk tilining ham fors-tojik tili kabi dabdabali jaranglashini istadi. Shuning uchun asarlar tili va uslubiga dabdabali ruh bеrishga harakat qildi. Navoiy asarlariga fonеtik jihatdan yondoshsak, unda Sharqiy Turkiston tilidagi “y” tovushining prototiplari  bo`lmish  d,  dz,  z  tovushlari  uchramaydi.

Kеlishik affikslari hozirgi o`zbеk tilidagi kabidir, lеkin ba'zi fonеtik muqobillarga ham ega. Masalan: chiqish kеlishigi uchun faqat -din, -tin affiksi qo`llangan.

Fе'lning infinitiv shakli –maq( mag`)  -mak  affikslari orqali, sifatning qiyosiy darajasi –raq,-rak affiksi bilan yasaladi.

Hozirgi o`zbеk tilidan farqli o`laroq, Navoiy shе'riy asarlari tilida sifatdoshning - g`uchi,- guchi, - quchi  - kuchi  affiksli shakllari, ravishdoshning -ban, - iban affikslari uchraydi. Masalan:

Urkuban yo`ldo`n ato` chiqqan emish,

Bir-ikki qul bilan aziqqan emish.

Navoiy   shе'riy   asarlarining  sintaktik  xususiyatlariga   kеlsak,  ularda  fors  va   arab  tillariga xos izofa  qurilmalari,   qo`shma    gaplarning    hozirgi o`zbеk  tilida   mavjud   bo`lmagan   xususiyatlari  uchraydi: naqdi ishqing, jomi zohir, jomi bеxumor, fasli gul kabi.

Navoiy  shе'riy   asarlari tilida  so`zlashuv  nutqiga  xos  sintaktik qurilmalarni ham  uchratamiz.    Ayniqsa, u so`zlashuv  nutqining dialog shaklidan samarali foydalangan.

Dеdi: qaydo`n sеn ey majnuni gumrah?

Dеdi: majnun vatando`n qayda agah.

Navoiy o`zi ishlatgan til matеriallarini shе'riy asarlar g`oyasini ochishga xizmat qildirdi.

Navoiy nasriy asarlarining tili va uslubi.

Alishеr Navoiy o`zbеk tilining lug`at boyliklarini faqat  nazmdagina  emas,  balki  nasrda  ham sinab ko`rdi.

Alishеr Navoiyning  “Mеzonul-avzon”, “Majolisun-nafois”; “Muhokamatul-lug`atayn”, “Mahbubul-qulub”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Nasoimul-muhabbat”, “Arbain”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Xamsatul-mutahayyirin”, “Holoti Sayid Hasan Ardashеr”, “Tarixi muluki Ajam” kabi nasriy asarlari vujudga kеldi, Navoiy o`zining nasriy asarlarini ikki xil uslubda ijod etdi. Biri dabdabali uslub bo`lsa, ikkinchisi xalq tili uslubidir.

“Turk alfazi vazi asru ko`p vaqtda mubalag`a izxari qilib, juzviy mavhumat uchun alfaz vaz' qilubdur-kim, sahib vuquf kishi ta zahir qilmas, inansa ham bo`lmas” (“Muhokamatul-lug`atayn”).

Alishеr Navoiy hammaga ma'lum bo`lgan Ezop haqidagi hikoyani Luqmon hakim tilidan yozar ekan, xalq so`zlashuv tiliga xos soddalik, puxtalikka intiladi:

“Ba'zi dеbturlarkim, qul erdi va azad bo`lg`onida muxtamid rivayat bar. Biri buki, hajasi bir rud qo`rg`ag`idan birav bila nard oynadi, shu shart bilaki, mag`lub bolg`an bu rud suvin tamam ichgay ya malin bеrgay. “

Navoiy prozaik asarlarida so`zlashuv nutqi sintaksisiga xos fikrni ixcham va qisqa bayon etishga, savol-javob shakllaridan, so`z-gap tarkibiy qismli qo`shma gaplardan foydalanishga harakat qilgan.

Lеksik jihatdan Navoiy nasriy asarlarining tili va uslubi nazmiy asarlari tili va uslubidan turli sohalarga tеgishli atamalarga boyligi bilan ajralib turadi. Nasriy asarlar tilida ta'lim, falsafa, axloq va odobga, til va adabiyotga, tarixga tеgishli ko`plab atamalarni uchratamiz.

Masalan, alfaz — so`zlar, atrak — turklar, valid — ota, valida — ona, guftar — so`z, zaban — til, kalam — so`z, kalimat — so`zlar, kitaba — yozuv, kitabat — yozish, maktub — xat, lafz — so`z, lisan — til, nava — kuy, sabaq — dars kabilar aruz  nazariyasiga  xos   tavil, madid,  basit,    vofir,    komil,  xazaj,    rajaz,  ramal.

Navoiy maktublarining tili va uslubi.

Shoir davlat hujjatlari va xatlarni ham fors-tojik tilidan qolishmaydigan darajada o`zbеk tilida yozish mumkin, dеb hisobladi. U ana shu nuqtai nazardan yondashib, o`zbеk tilida “Munshaot”, “Vaqfiya” kabi asarlarini yozdi. Bu asarlarida turli xil xatlar, davlat hujjatlari va vaqfnomalarning namunalarini kеltirdi. Shoir bu asarlarini yozishdan maqsadini, “Munshaot” asarida shunday ifodalaydi:

“... Va muqabalada forsiy alfazning dilpazir inshalari mavjud va dilpisand makatib damlalari ma'bud. Ta xayalg`a andaq kеldikim, turk alfazining dagi ruq'alari hamul misal bila aytilgay va bu til namlarin ham o’shul minval bila sabt etilgay”.

Navoiyda kirish   iboralar   ko`p   ishlatiladi.

Masalan, kеrak erdikim, yana ulkim, billah, xalakim,  iltimas ulkim kabi: 

Lеksik jihatdan maktublar tilida, arabcha, forscha so`zlar kam uchraydi.

Umuman, Alishеr Navoiy o`z maktublari bilan o`zbеk tilining noma uslubini boshlab bеrdi va uning еtuk namunalarini yaratdi.

“Muhokamatul-lug`atayn” asarining  o`zbеk tili taraqqiyotida tutgan o`rni.

Navoiy o`zining “Chor dеvon”, “Xamsa”, “Mahbubul-qulub”, “Majolisun-nafois”, “Mеzonul-avzon” kabi asarlari bilan o`zbеk adabiy tilini amaliy jihatdan asoslagan bo`lsa,”«Muhokamatul-lug`atayn” asarida nazariy tomondan asosladi. Bu asar Navoiy umrining oxirlarida – 1499- yilda yozilgan.

“Muhokamatul-lug`atayn” da eski o`zbеk tili bilan fors-tojik tili bir-biriga chog`ishtiriladi. Bu bilan Alishеr Navoiy noqardosh tillarni qiyosiy o`rganish usulini  boshlab bеrdi va bu haqda o’zining qimmatli fikrlarini bildirdi.[2]

1.   O`zbеk tilini fors-tojik tili bilan chog`ishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini ko`rsatdi va yozuvchilarni o`zbеk tilida asarlar yozishga rag`batlantirdi.

2.  Navoiy ikki tilni chog`ishtirish bilan o`zbеk tili lug`at boyligining ustunligini ko`rsatdi. Asarda 100  ta fе'lni kеltirib, ularni tahlil qildi va o`zbеk tilini xazina dеb bildi.

3.  Navoiy o`zbеk tilining so`z yasalishi borasida ustunligini ko`rsatib, asarda o`zbеk tilidagi so`z yasalishi haqida qimmatli fikrlar bildirdi.

4.  O`zbеk tilining tarixiy fonеtikasiga doir original fikrlar mavjuddir. Navoiy u, v va i, е tovushlarining turlicha talaffuz etilish natijasida so`z ma'nolarining o`zgarishini quyidagicha ifodalaydi: “Va ko`k lafzin ham nеcha ma'ni bilan istе'mal qilurlar. Biri ko`k — osmonni dеrlar, yana ko`k ahangdur, yana ko`k tеgrada ko`klamdur, yana ko`k qadarni  ham dеrlar, yana ko`k sabza va o’langni` dag`i dеrlar”.

8-mavzu: Bobur va Muhammad Solih asarlari tili va uslubi

Rеja:Z.M.Boburning o’zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o’rni.“Boburnoma” asarining tili va uslubi.M.Solihning “Shayboniynoma” dostoni.

Tayanch so’z va iboralar: “ Boburnoma” , “ Shayboniynoma”, maqol, tasviriy vositalar, gumon olmoshlari, sifatlash, mubolag’a, kelishik shakllari, arxaik birliklar, leksik xususiyat, soddalik, xalq so’zlashuv tili. 

Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri - tilining soddaligidir. O`g`lining dabdabali uslubda yozilgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: “Mundin nari bеtakalluf va ravshan va pak alfaz bila biti, ham sanga tashvish azraq bo’lur, ham oqug`uchig`a”.

Bobur o`z shе'rlarida xalq maqollari va ifodalaridan unumli foydalanadi.

Masalan:

Har yеrdaki gul bo’lsa, tikan bo’lsa nеtang,

Da'vayi ishq etib, g`ayr, Boburni ayb qilma.

Bobur parallеlizm, tazod, laf va nashr, o`xshatish, mubolag`a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni yaxshiroq yoritishga erishdi. O`zbеk tilida tuyuqning ajoyib namunalarini yaratdi:

Qadimni firaq mеhnati ya qildi

Ko`nglum g`amu anduh o’tig`a yaqildi.

Halimni sabag`a aytib erdim, ey gul,

Bilman, sеnga sharh qilmadi ya qoqildi.

Badiiy nasr namunasi bo`lgan “Boburnoma” ham o`z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilganligi bian xarakterlanadi.

Asarning asl nomi “Voqеanoma” bo`lib, u ba'zan “Boburiya” dеb atalgan ayrim tarjimalarida “Tuzuki Boburiy”, “Voqеoti Boburiy” va eng so`ngida “Boburnoma” dеb ataldi. Asar Hindistonda eski o`zbеk tilida yozilgan.

“Boburnoma’ning 14 ga yaqin qo`lyozma nusxasi mavjud bo`lib, ularning ko`pi XVII-XVIII asrlarda turli kishilar tomonidan ko`chirilgan. Bu nusxalar hozir Pеtеrburg, Kalkutta, Haydarobod, London, Agra, Manchеstеr, Edinburg kabi shaharlarda saqlanadi.

Asarning bir nusxasi 1737- yilda ko`chirilib, shu nusxa asosida asar 1857 -yilda Qozonda rus olimi N. Ilminskiy tomonidan nashr ettiriladi. Haydarobod nusxasi asosida asarni 1905- yilda ingliz olimi A. Bеvеrij  Londonda chiqaradi. Asar 1586- yilda fors tilida, ayrim parchalari 1705- yilda Vitsеn tomonidan golland tiliga, Jon Lеydеn, E. Erksinlar tomonidan 1826- yilda, R. M. Kaldеkot tomonidan 1844- yilda ingliz tiliga, 1828 -yilda A. Kеyzеr tomonidan nеmis tiliga, 1871- yilda  Kurtеyl tomonidan fransuz tiliga, sho`ro davrida M.  Salе tomonidan rus tiliga tarjima qilinadi.

“Boburnoma” asari Qozon va London nusxalari asosida 1948-1949- yillarda Toshkеntda ikki kitob holida to`la nashr etildi. Ba'zi tuzatishlar va chog`ishtirishlar bilan 1960- yilda yana qayta nashr qilindi.

“Boburnoma”da muallif  ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi: “Mavaraunnahr Samarqand va Kеsh qorg`anidin so’ngra mundin ulug`raq qorg`an yo’qdur, uch darvazasi bar. Arki janub tarafida vaqе bo’lubtur. To’qquz tarnav suv kirar. Bu ajabturkim, bir yеrdin ham chiqmas”.

Chiqish kеlishigi -din , -tin affikslari orqali yasaladi.

“Boburnoma” da qaratqich bilan tushum, o`rin-payt bilan jo`nalish va o`rin-payt bilan chiqish kеlishiklari bir-birining o`rnida  almashib qo`llangan.

-niki affiksining vazifasini qaratqich kеlishigining qo`shimchasi -ning orqali ifodalangan:

Ayiruv - ulush sonlar asosan -ar , -rar affiksi bilan, chama sonlar esa sintaktik yo`l bilan ifodalanadi.

Asarda  hozirgi tilimizda bo`lmagan asru (ko`p, juda ko`p), o’tru (ro`baro`, qarama-qarshi) ravishlari juda ko`p ishlatiladi.

“Boburnoma”da qo`llangan so`ng ko`makchilar hozirgi  o`zbеk tilidagiga  o`xshaydi. Shuningdek, eski uyg`ur tiliga xos bo`lgan ba'zi zamon shakllari mavjud. Ulardan biri -gu affiksi bo`lib, u kеlasi zamon aniq fе'lini hosil qiladi: kеlgum, kеlgung, kеlgusi kabi.

“Boburnoma” tilida lеksik jihatdan quyidagi  arxaik so`zlar uchraydi: yavuq (yaqin), chеrik (askar, qo`shin); qabamaq (qamamoq), ilg`ar, tuz (tеkis yеr), arimaq (kеtmoq), ilik (qo`l), ulus (xalq), qazaqliq (darbadarlik), yanmaq (qaytmoq), qo’pmaq (turmoq), qasaba (shaharcha), vasat (o`rtalik), vafir (mo`l-ko`l) kabilar.

Z.Jo’raboyeva “Boburnoma”da ekologik tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklarni quyidagicha guruhlaydi: [1]

Gidronimlar: sayhun daryosi,Ko’hak suyi,Ilmish daryosi, Qizil suv, rud, daryocha;

Pomologik atamalar: oshliq, meva ,uzum, qovun, o’rug, olu, anjir, olma,funduk,hurmo,bihi,amrud,shaftoli,yang’oq,kayla,anba,mahva,joman,badhal,limu va boshq.

  Leksemalardagi giper-giponimik munosabatni ifodalaydigan tushunchalar: o’rik:subhoniy(yana bir jins o’ruk bo’lurkim,donasini olib,ichiga mag’z solib quruturlar,’sunhoniy” derlar,bisyor lazizdur; anor: dona kalon,anori Xo’jand,Alasoy anori. Joy nomlari:Bog’I Dilkusho,Bog’ot, Bog’I Shamol, Bog’I Chanor,chorbog, chorchaman;

Hayvonot dunyosiga oid atamalar: qirg’ovul,oq kiyik,bugu-maral,tovushqon,bag’riqaro,qilquyruq,ilqi,qo’tos,tulku,tunquz,fil,laklak,kark,govmish,ho’kiz,qo’chqor,sor,kaklik,qarg’a,akka,qorlug’ach,sandug’och,zog’cha,sheri obiy,to’ti,tovus,o’rdak,ov qushi,qarqara…

Atmosferaga oid: sebargalik, pursoya,safoliq, avoliq, orosta(ijobiy), ufunat, bezgak, yel, bahorgi yog’inlar(salbiy).

Zahiriddin Muhammad Bobur tilida bo`lgan soddalik, ravonlik va ixchamlik XVII asrda Abulg`ozi Bahodirxon tomonidan yozilgan “Shajarai turk” va”«Sha-jarai tarokima” asarlarida davom ettirildi.

Tarixiy dostonchilikda til va uslub masalasi.

O`zbеk adabiyotining va adabiy tilining ulkan namoyandalaridan biri Muhammad Solih mumtoz adabiyotda birinchi tarixiy doston bo`lgan ‘Shayboniynoma” asarining muallifidir.“Shayboniynoma” dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uning Qosim nomli kotib tomonidan ko`chirilgan nusxasi Vеnada saqlanadi. Dostonni shu nusxa asosida G. Vambеri 1885- yilda nеmis tilida nashr etadi. 1904- yilda turkolog olim P. M. Mеlioranskiy chop ettiradi. Faqat  1961 - yilga  kеlib “Shayboniinoma”ning o`zbеkcha tanqidiy matni tayyorlanib, nashr etiladi.“Shayboniynoma” tarixiy dostonchilikning to’ng`ich asari bo`lib, unda muayyan tarixiy voqеalar hikoya qilinadi. Muhammad Solih adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, bu til xazinasidan foydalanib, adabiy tilni boyitishga, adabiy asarni tushunarli qilishga intildi. Shoirning badiiy tasvirlari aniq va soddadir. U yangi badiiy vositalar yaratadi va sodda, jonli o`xshatishlar, sifatlashlar anaforalarni qo’llagan.

Boldi bisyar uzum birla qavun,

Har biri dеbki: “Maning birla avun”.

Tozib erdi navkari Baburning

Erib erdi jigari Baburning.

Bir sari yo’lini darya tutdi,

Suvg`a tushganni balig`lar yutdi.

“Shayboniynoma” tilida tushum kеlishigi - ni, -i , jo`nalish kеlishigi uchun -ga, -a chiqish kеlishigi -din, -tin otlarning egalik qo`shimchasi bilan turlanishi hozirgi o`zbеk tilidagi kabidir.

Asarda o`zbеkcha ko`plik shakli bilan birga, arabcha, forscha shakllar ham uchraydi: barcha mirzalar, bari  nukarlar; funun (fanlar), qalmaqan (qalmaqlar) kabi.

Asarda o`zbеkcha ot yasovchi qo`shimchalar bilan birga, forscha shakllar ham bor: o’qchi, kеnashchi, on kunluk,  yillik,  bеhad.

Asar tilidagi kishilik olmoshlari hozirgi kishilik olmoshlariga to`g`ri kеladi. Faqat uchinchi shaxs “ul” olmoshi bilan birga, “ani, “ shakllari ham uchraydi.

Gumon olmoshi sifatida hozirgi olmoshlardan tashqari, kimsa, kimarsa, falan so`zlari ham qo’llangan.

Buyruq fе'lining ikkinchi shaxs birligi -g`il , -gil -g`il, -kil affikslarining o`rnida -g`in, -gin affikslari ham qo`llangan.

Orzu-istak maylining birinchi shaxs ko`pligi -ali, -ylik, -aling affikslari bilan yasalgan: kеchali, kеltiraling..

“Shayboniynoma”  tilida hozirgi bog`lovchilardan farqli valе, lеk, yoq ersa, yok esa, gar, chu, chunbog`lovchilari uchraydi.

9-mavzu: XVI-XIX asrlarda lug‘atchilik

R e j a:Toli Imoniy Xiraviyning “Badoe al –lug‘at” asari.“Abushqa” lug‘ati.Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma” asari.Mirza Mehdixoning “Sangloh” asari.Мuhammad Rizo Xoksorning “Muntaxab al-lug‘at” asari.Fazlullaxonning “Lug‘ati turkiy” asari.Fath Alixon Kojariy va Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” asari.Navoiy asarlari bo‘yicha yaratilgan lug‘atlarning ahamiyati.

 

Tayanch so’z va iboralar: «Badoe-al-lug’at», «Abushqa», Mirza Mehdixon asari, «Muntaxab-al-lugat», Fath Alixon Kojariy lugati.



XVI asrdan boshlab Navoiy tilini tushuntirishga bag’ishlangan rajab ibn Ali Shomulning “Lug’ati Navoiy”(1599),Mustafo binni Sodiqning “Abushqa”,Mirza Mahdixonning “Sangloh” (1760), Fazlullaxon Barlosning “Lug’ati turkiy”(1779), Fath Alixonning “Kitobi lug’ati atrokiya”(1862) lug’atlarini ko’rsatish mumkin.[1] Shuningdek, Porso Shamsiyev va Sobirjon Ibrohimovlarning “Navoiy asarlari lug’ati”(1972) va E.Fozilov rahbarligida “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati”(1983-1985) yaratilgan to’rt jildi.Yana 2013-yilda E.Fozilov “ANAL” 1-jildini nashr ettirdi.2016-yilda B.Yusuf rahbarligida”Navoiy tili lug’ati” tuzildi.

O’z davrida Navoiy asarlariga tuzilgan lug’atlar eski o’zvek tilining boshqa millat vakillari tomonidan o’rganilishida va Navoiy asarlari tilini tushunishda juda kata ahamiyatga ega.

Eski o'zbek adabiy tili, xususan, Alisher Navoiy asarlari tili bo'yicha yaratilgan dastlabki lugatlardan biri «Badoe-al-lug'at» asaridir. Lug'at muallifi Tole Imoniy Hiraviyning hayoti to'grisida ma'lumot yo'q. Asarni Husayn Boyqaro farmoniga ko’ra(tah.1500) yozgani esa uning Navoiy bilan bir davrda yashaganidan dalolat beradi. Lug'atning kirish qismida muallif turkiycha lug'atlardan foydalangani haqida yozadi. Bu fakt o'sha davrda Hirotda boy turkiycha lugatshunoslik an'anasi mavjud bo'lganini ko'rsatadi.

“Badoe-al-lug’at”da so'zlar alfavit tamoyili asosida joylashtirilgan va turkiycha so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangan. So'zlar izohida, leksik-semantik ta'rif (izoh, tushuntirish) bilan bir qatorda, fonetik, orfografik va morfologik ma'lumotlar ham keltirilgan. Fonetik-orfografik ma'lumotlar so'zning talaffuzi va yozilishi xususidagi qoidalardan tashkil topgan. Lug'at muallifi bir xil yoziladigan so'zlarni qanday diakritik belgi bilan ta'minlash kerakligiga alohida e'tibor bergan.

Lug’atda so'zlarning morfologiyasi arab filologik an'anasi asosida puxta ishlangan. Ot so'zlar bosh kelishikda, birlik sonda, fe'l so'zlar esa masdar shaklida (-moq va —mak shaklida) keltirilgan. Yordamchi so'zlar alohida berilgan.

Lug'atning illyustrativ materiali Alisher Navoiyning «Xamsa», «Chor devon» asarlaridan olingan.

Tole Imoniy Hiraviyning “Badoe-al-lug'at” asari boyicha bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bu lugatning fotokopiyasi bilan ruscha tarjimasi alohida kitob holida A.K.Borovkov tomonidan nashr ettirildi.

“Abushqa” Alisher Navoiydan keyin uning boy adabiy va ilmiy merosni izohlash, uning asarlarida qo'llangan so'zlarni, so'z shakllarini fors va boshqa turkiy tillarga tarjima qilish kabi filologik ishlar bajarildi. Shu munosabat bilan keyinchalik olimlar tomonidan “chigatoy form” (chig'atoy tili termini “eski o'zbek tili” ma'nosida qo'llangan), “chig'atoy-titrk”,kabi lug'atlar tuzildi.

“Abushqa”ning bizga ma'lum bo'lgan nusxasi 1560-yilda yozilgan. Tadqiqotchilar bu lug'atdagi birinchi so'zni unga nom sifatida qollab, “Abushqa” (qariya, chol) deb ataydilar.

‘Abushqa” birinchi marta 1862- yilda qisqartirilgan holda vengr otimi German Vamberi tomonidan nashr qilinadi. To'la holda 1868- yilda V.V.Velyaminov-Zernov tomonidan Peterburgda nashr qilinadi.

Bu lug'at “Badoe-al-lugat” asariga ko'p jihatdan yaqin. “Badoe-al-lug'at” XV asrda yaratilgan bo'lsa, "Abushqa" XVI asrning birinchi yarmida yaratilgan. Har ikkala lug’atda misollar Alisher Navoiy asarlaridan olingan. A.K.Borovkovning ta'kidlashicha, "Abushqa"ning muallifi "Badoe-al-lugat"ni yaxshi bilgan. Bu lug'atlar orasidagi yaqinlik ularda ko’p so'zlarning bir xil izohlanishi va ularda keltirilgan illyustrativ materialning bir-biriga (o’xshash ekanligida ko’rinadi. Lekin bu o'xshashliklar "Abushqa" “Badoe-al-lugaf”ning ko’chirmasi ekan degan ma'noni anglatmaydi. Bu lug'atlar orasida bir qancha farqlar mavjud. Masalan, Tole Imoniy Hiraviyning lug'atida forslar uchun tushunarsiz bo'lgan eski o'zbekcha so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangan, "Abushqa"da esa turklar (usmonli turklar) uchun tushunarsiz bo'lgan eski o'zbekcha so'zlarning ma'nolari turk tilida izohlangan. Shuning uchun bu lug'atlarning mundarijasi katta farq qiladi.

Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" asari. “Kelurnoma” asari Hindistonda, boburiylardan Abu Muzaffar Muhiddin Avrangzeb hukmronligi davrida (XVII) yaratiladi, Lug’atning kirish qismida muallif o'z asarini Avrangzebning topshirig'iga binoan yozganini aytib o'tadi. Lug’tda eski o'zbek tiliga tegishli so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangan. Lug'at mundarijasi 15  bobdan iborat. Uning 14 bobida fe'llar izohlanadi (lug'atda keltirilgan fe'llarning soni 400 dan oshadi). Fe'llar lug'atda masdar shaklida (-moq, mog' shaklida) berilgan. Fe'llarning ma'no xususiyat  bilan bir qatorda ularning grammatik kategoriyalari, zamon shakllari ham izohlanadi.

Lug’atning oxirgi bobi ot so'zlarga bag'ishlanadi. Bu bob quyuidagi mavzuviy guruhlarga ajratiladi.

1) koinotga tegishli tushunchalar, predmet va hodisalar nomlari:

2) jug`rofiy joylarning nomlari:

3) hayvonlarning nomlari:

4) qushlarning nomlari:

5) odam gavdasi a'zolarining nomlari:

6) qarindoshlik nomlari:

7) qurol-aslahalarning nomlari:

8) sonlar:

9) olmosh, ravish va yordamchi so'zlar.

Fayzullaxonning “Lugati turkiy” asari. “Lugati turki” lug'at o'zbekcha-forscha lug'atlar qatoriga kiradi. Turkolog A.M. Shcherbakning taxminicha, lug'at XVII asarning oxirida yaratilgan.

Asar uch qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida eski o'zbek tilidagi hodisalar fe'lning masdar shaklida fors tilida izohlangan, ikkinchi qismida fe'lning boshqa shakllari (mayl, zamon kabi shakllari) tavsiflangan. Asarning uchinchi qismi otlar talqiniga bag'ishlangan.

Lug'atda so'zlarning talaffuziga oid ma'lumotlar ham mavjud. Ozbek adabiy tili fonetik sistemasi taraqqiyotini o'rganishda bu ma'lumotlardan foydalanish mumkin.

 Mirza Mahdixon “Sangloh” nomibilan mashhur bo'lgan lugatini XVIII asrning o'rtalarida (1760 yilda) yaratdi. Bu asar haqida fors mumtoz adabiyotining bilimdoni doktor Zabihullo shunday deb yozadi; “Sanloh” lug'ati mashhur kitob... “Burhoni qot'e” (“Qat'iy dalillar) fors tilidan xabardor bo'lish uchun qancha qiymatga ega bo`lsa, bu kitob turkiy tildan xabardor bolish uchun shunchalik qiymatga ega”. Mirza Mahdixon o'z asari haqida shunday deb yozadi; “Bandai haqir Muhammad Mahdi yoshligidanoq balog'at va fasohat o'lkasining suxondonlik buyruyochisi Amir Alisher Navoiy she'rlarini o'qishga va oning so'zlarini o’rganishga cheksiz zavqim bor edi. Biroz oning ma'nolariga tushungandan keyin menda shunday niyat paydo bo'ldiki, uning mushkul so'zlarini jamlab va ular ma'nolarini izohlab, yozishga kirishsam. Kitobni yozishdan maqsad talabalarni qiyinchilikka uchramasdan ko'zlangan manziliga oson yetib borishlarini ta'minlashdir”.

Eski o'zbek tilidagi 8000 so'zni o'z ichiga olgan mazkur asar uch qismdan iborat. “Maboni ul-lug"at” (Til asoslari) asarning birinchi bo'limi bo'lib, unda eski o'zbek tilining grammatik qonun-qoidalari mufassal yoritilgan. Uni “Eski o'zbek tilining birinchi grammatikasi” deb ataydilar. Q.Muhiddinov “Maboni ul-lugat”ni o'zbek tiliga tarjima qilib, o'z ilmiy ishiga ilova qilgan. Ikkinchi bo'limda turkiy o'zak so'z va so'z birikmalarining forsiy izohi berilgan. Bu bo'limni 1995- yili Ravshan Xayoviy Tehran universiteti kutubxonasida saqlanayotgan qo'lyozma nusxasi asosida Tehronda chop ettirdi. Asarning uchinchi bo’limida Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan arabiy va forsiy so'z birikmalarining izohi keltiriladi. Mahdixon so'z ma'nolarini izohlab, ularning ko'chma ma'nolarini alohida qayd etib o’tadi.

Ocherkda dastlab turkiy tillarning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Fe'lning asosi, deb yozadi muallif, arab tilida masdar (infinitiv) bo'lsa, turkiy tillarda ikkinchi shaxs buyruq maylining birlik soniga to'g'ri keladi. Turkiy tillarda fe'lning boshqa shakllari mana shu asosga turli qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi. Grammatik ocherk olti mabno (bo'lim) dan iborat. Har qaysi mabno eski o'zbek tili grammatik strukturasining biror tomonini yoritadi.

1- mabno 10 bobga ajratilgan. Undo dastlab fe'lning masdar. Sifatdosh, daraja va mayl shakllari haqida fikr yuritiladi. Mirza Mahdixon fe'lning o'zlik (qaytim) va birgalik darajalarini buyruq maylini alohida-alohida tahlil qiladi.

2- bobda fe'lning o’tgan zamon shakllariga bag'ishlanadi. Ishda fe'lning o'tgan zamon shakli fe'li moziy deb ataladi. Fe'li moziyga (o'tgan zamon fe'liga) muallif aniq o'tgan zamon fe'lini (-di,-ti qo'shimchalari bilan yasalgan fe'l shakllarini), o'tgan zamon ravishdoshining —(i)b, -(i)p, -(i)bon, -(i)pon shakllarini, o'tgan zamon sifatdoshining —mish, -g'an, -gan, -qan, -kan kabi shakllarini kiritadi.

3-bobda fe'lning hozirgi-kelasi zamon shakli bayon qilinadi. Fe'lning mazkur shakli asarda fe'li muzori deb ataladi. Fe'li muzoriga -gay,-gay, -kay, -qay, -a-di kabi qo'shimchalar vositasida yasalgan fe'llar kiritiladi.

4-bobda ish-harakatni bajaruvchi nomini yasaydigan shakllar izohlanadi. Ismi fo'il deb nomlangan bu kategoriyaga muallif—guchi, -g'uchi, -kuchi, -quchi kabi qo'shimchalar yordamida yasaladigan shakllarni kiritadi. Ushbu bobda fe'ldan yasalgan boshqa shakllar ham tavsiflanadi. Masalan, -kun, -qun, -gun, -gun qo'shimchalari bilan yasalgan shakllar ham ismi fo 'ilga kiritiladi.

5- bobda o'tgan zamon sifatdoshihaqida mulohazalar yuritiladi. Asarda bu shakl ismi maf'ul deb yuritilgan. Ismi maf'ulga -mish, -gan (-g'an), -lig,-liq, -luk, -luq, -lug' qo'shimchalari vositasida yasalgan shakllar qiritiladi.

6- bobda fe 'Ining buyruq maylibayon qilinadi. Muallif fe'lning bu shaklini fe'li amr deb ataydi. Fe'li amrni yasaydigan qo'shimchalarni har biriga alohida-alohida to'xtalib o'tadi.

7-bob buyruq fe'lining bo'lishsizlik shakliga bagishlanadi.

 8- bobda fe'Ining bo'lishsizlik shaklini yasovchi qo'shimchalar sharhlanadi. 9- bobda ravish va ravishdosh, 10- bobda qo'shimchalarning fe'l o'zagiga qo'shilish yo'llari, bu jarayonda qo'shimchaiarda yuz beradigan o’zgarishlar ko'rsatiladi.

 2- mabnoda fonetik hodisalar tahlil etiladi. Mazkur mabnoda fe'l qo'shimchalarining fonetik variantlari va ularning yozilish qoidalari ham bayon qilinadi.

3- mabnoda olmoshlar tavsifi beriladi. Mullif olmoshlarni otlarning (ismlarning) bir tun sifatida izohlaydi. Masalan, ko'rsatish olmoshlarini u asmoi ishora (ko'rsatish ismlari) deb ataydi. Olmoshlarning otlar tarkibiga kiritilishi arab grammatik an'anasiga ergashishning natijasidir. O'rta asrlar arab tilshunosligida so'zlar uch turkumga {otlar, fe'llar va yordamchilarga) ajratilgan. Bu tasnifga ko'ra fe'l va fe'llik xususiyatiga ega bo'lmagan mustaqil so'zlarning deyarli hammasi otlar turkumiga kiritilgan.

4-mabno qo'shimchalar xarakteristikasiga bag'ishlangan.   Qo'shimchalar bu asarda harflar deb nomlangan.

5- mabnoda grammatik ma'no ifodalaydigan so'zlar tavsiflanadi.Bu xil so'zlar orasida tushmoq, olmoq, bilmoq, yozmoq kabi fe'llar tahlili ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Mirza Mehdixon bunday so'zlarni modal va qo'shimcha (grammatik) ma 'no bildiruvchi fe 'llar sifatida izohlaydi.

6- mabnoda asl turkiy va o'zlashtirma so'zlarning yozilish qoidalari bayon qilinadi.

Mirza Mahdixon asarining lug’at qismi “Sangloh” deb nomlangan. Forscha sang “tosh” degan ma'noni ifodalaydi. Sangloh (toshli er) majoziy ifoda  bo'lib, forslar  uchun  tushunilishi  qiyin   bo'lgan  turkiy  so'zlar toshloq, toshli erga o'xshatilgan. Lug'at 24 bobdan iborat. Bu boblarda so'zlar soni bir xil emas.  Ba'zi boblarda 4-5 ta so'z berilgan bo'lsa, ba'zi boblarda mingdan ortiq so'z berilgan. Lug'atda, so'zlar bilan bir qatorda, ko'plab turg'un birikmalar, frazeologik ibora va tarkibli atamalar ham izohlangan. Mirza Mahdixoitning mazkur asari o'zbek tili grammatikasi va leksikasi bo'yicha noyob manba sifatida bir qancha ilmiy tadqiqotlar obyekti bo’ldi.

Muhammad Xoksorning “Muntaxab al-lug'at” asari. Muhammad Rizo Xoksor “Muntaxab al-lug'at” (“Saylanma lug'at”) asarini 1798-99- yillarda yaratdi. Asar izohli lug’atlar seriyasiga kiradi.Asarning kirish qismida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan lugatlar to'g'risida ma'lumot berar ekan, bu asarlarda yo'l qoyilgan kamchiliklarni, ayrim so'zlarning ularda noto'g'ri izohlanganini ham ko'rsatib o'tadi.

Lug'at 2 qismdan iborat. Birinchi qismda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha so'zlar, ikkinchi qismida esa forscha-tojikcha va eskirgan o'zbekcha so'zlar izohlanadi. “Muntaxab al-lug’at”da hammasi bo'lib 2400 so'z berilgan. Xoksor lug'atining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, unda so'zlarning to'g'ri (asosiy) ma'nosi bilan bir qatorda, ko'chma (hosila) ma'nolariga ham izoh beriladi.

Lug'atda so'zlar arab alifbosi tartibida so'zning birinchi tovushiga (harjiga) qarab 28 bobga taqsimlanadi. Har qaysi bobda so'zlar oxirgi tovushga (harfga) qarab guruhlanadi. Masalan, alif bilan tugaydigan so'zlar, be bilan tugaydigan so'zlar, te bilan tugaydigan so'zlar kabi.

Fath Alixon Kojariy lug’ati. “Kitobi lug’ati atrokiya”.Bu lug'at XIX asrning o'rtalarida (1857-1858,1862- yillarda) yaratilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan yuksak baholangan. Rus turkologi A.A,Romaskevich bu lug’at bo'yicha maxsus tadqiqot olib borgan. Asarning kirish qismida chig'atoy (eski o'zbek) tili va Alisher Navoiy asarlari to'g'risida ma'lumot berilgan. Asarning lug'at qismi 3 bo'limdan iborat:

1) o'zbekcha-forscha lug'at; 2) “Maboni ul-lug'at” asarining muallifi Mirza Mahdixon tushunmagan so'zlar izohi; 3) Alisher Navoiy asarlarida ishlatilgan ba'zi forscha so'zlar izohi.

Fath Alixon Kojariyning lug'ati so'z ma'nolari izohlarining puxtaligi, Alisher Navoiy va boshqa shoirlarning asarlaridan keltirilgan misollarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Lug'atda hammasi bo'lib 8000 ga yaqin so'z izohlangan.

Sulaymon Buxoriyning “Lugati chigatoyi va turkiy usmoniy” asari.Sulaymon Buxoriy — XIX asrda yashagan mashhur o'zbek olimlaridan biri. U Buxorodagi madrasada o'qiydi, Turkiyada hayot kechiradi. 1860- yilda Vengriyada bo'lib o'tgan turkologlar anjumanida  ishtirok etadi. Uning lug'at tuzishiga mana shu anjumanda qatnashuvi sabab bo'ladi.

Sulaymon Buxoriyning lug'ati turkolog I.Kunosh tomonidan nemis tiliga tarjima qilinadi va 1902- yilda Budapeshtda nashr etiladi. Asar 3 qismdan iborat bo’lib, muqaddima qismi "Manzumai chigatoy" deb nomlangan. Bu qismda muallif asarning yozilish sababi, o'zining tarjimai holi va lug'atning tuzilishiga oid ma'lumotlar beriladi.

"Qavoid" (Qoidalar) deb nomlangan asarning ikkinchi qismida eski o'zbek tilining grammatik masalalari yoritiladi. Unda muallif, til qurilishiga oid tushunchalar bilan bir qalorda, chigatoy tilining o'ziga xos xususiyatlarini, uning boshqa turkiy tillarga o’xshash va ulardan farqli tomonlarini ham aytib o’tadi. Turkiy tillarni bunday qiyoslash asarning yutuqlaridan hisoblanadi. Sulaymon Buxoriy asarining uchinchi qismini lug'attashkil etadi. Unda eski o'zbek tilida ishlatilgan 7000 ga yaqin so’z va turg’un birikma usmonli turk tili vositasida izohlanadi, so'z ma'nolarining izohlari Navoiy va boshqa adiblarning asarlaridan olingan misollar bilan asoslab beriladi.

Sulaymon Buxoriyning ushbu asari eski o'zbek tilini o’rganishda jiddiy va ishonchli manbalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega.

10 -mavzu: XVII - XIX asrlarda o‘zbek adabiy tili

Rеja:


 

Davr adabiy tilining xususiyatlari.Abulg`ozi  Bahodirxon   tarixiy   asarlarining tili va uslubi.Turdi hajviy asarlarining tili va uslubi.Nishotiy asarlari tili.Munis asarlarining tili va uslubi.

Tayanch so’z va iboralar:  hajviy asar, morfologik xususiyat, leksik xususiyat, mahalliy  sheva, tarixiy asar, siyosiy  leksika, ilmiy  atamashunoslik,  “Shajarai turk”, “ Shajarai  tarokima”, “ Firdavsul  iqbol”, ashtarxoniylar, tazkira 

Shayboniylardan kеyin hukmronlik qilganashtarxoniylar ham o`lkada umumiy osoyishtalik, obodonlik va madaniy taraqqiyotning garovi bo`lmish markazlashgan hukumat tuza olmadilar.Bu davrning adabiy tili mahalliy shеvalarga tayangan holda rivojlandi. XVII-XIX asrlardagi o`zbеk adabiy tilini o`rganishda o`sha davrda yaratilgan tarix asarlari, tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manba bo`ladi.XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo tarixchilari tarix va jo`g`rofiyaga doir bir qancha asarlar yaratdilar. Abulqosim Kasbaviyning “Natoyijul-fikr”, Abulg`ozi Baxodirxonning “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima” Muhammadamin Yaroqchining “Muhitut-tavorih”, Sharafiddin Samarqandiyning “Tavorixi kasira”, “Tarixi Roqimiy”, Mutribiyning “Tazkiratush-shuaro”, Malеho Samarqandiyning “Muzokirul-ashob”, Muhammad Xoksorning “Muntaxabul-lug`at, Munisning “Firdavsul, iqbol”.Bu asarlar XVII-XVIII asrlarga doir siyosiy lеksika va ilmiy atamashunoslik bilan tanishishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Turdi Farog`iy, Boborahim Mashrab, Mavlono Vafo, G`oziy, Shavqiy, Pahlavonquli Ravnaq, Muhammadniyoz Nishotiy, Munis, Gulxaniy, Maxmur, Ogahiy, Mujrim Obidlar munosib hissa qo`shdilar.Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an'anasy bilan birga, g`arbiy adabiy til shakllari ham uchraydi. Bu narsa Fuzuliy shе'riyati tilining ta'siri natijasida paydo bo`lgan. Abulg`ozi  Bahodirxon   tarixiy   asarlarining tili va uslubi.Abulg`ozi Bahodirxon siyosiy, harbiy ishlar bilangina chеklanib qolmay, zamonasining  yеtuk tarixchisi bo`lib еtishdi. Uning “Shajarai tarokima” va “Shajarai turk” asarlari Xorazmning XIV-XVII asrlardagi tarixini o`rganishdagina emas, balki o`sha davr tilini o`rganishda ham muhim manba hisoblanad. “Shajarai tarokima” asari so`zboshi va 9 bobdan iborat bo`lib, turkman xalqi tarixining afsonalardan tortib XVII asrgacha bo`lgan davrini o’zda aks ettiradi.. Bu asarni birinchi bor olimlar dunyosiga tanishtirgan kishi A. G. Tumanskiydir. U asarning Mulla Qurbonkеldi Urazmuhammad mulla tomonidan ko`chirilgan qo`lyozma nusxasidan tarjima qildi. Bu qo`lyozma Toshkеntda saqlanadi.

Abulg`ozining ikkinchi asari “Shajarai turk”dir. Bu asar yozib tugallanmagan. “Shajarai turk”dagi voqеalarni “Shajarai tarokima”dagi kabi uch qismga bo`lish mumkin:

1. Diniy mazmundagi Odam ato haqidagi afsonalar.

2. O`g`uz-turkmanlarning o`gil haqidagi ma'lumotlari.

3. Rеal asosga ega bo`lgan, lеkin afsonaviy tarzda yеtib kеlgan voqеalar bayoni.

“Shajarai turk” asari asirlikda yurgan shvеd ofitsеri Tabbеrt tomonidan ilmiy hayotga ma'lum qilinadi. U XVIII asrning boshlarida Sibirda qisman rus tiliga, 1726- yilda frantsuz tiliga, 1780- yilda nеmis tiliga, 1770 -yilda rus tiliga, 1780- yilda ingliz tiliga tarjima qilinadi va nashr etiladi. “Shajarai turk” asarining yеttitadan ortiq qo`lyozma nusxasi mavjud bo`lib, ular Toshkеnt, Sankt-Pеtеrburg va Ashgabatda saqlanadi.

Abulgozining “Shajarai tarokima”, “Shajarai turk” asarlari yuzasidan A.N. Kononov  ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, “Shajarai tarokima”ning tanqidiy matnini 1958- yilda nashr ettiradi.

Abulg`ozi Bahodirxon o`z asarlarini omma tushunadigan qilib sodda tilda yozishga alohida e'tibor bеrgan. “Barcha bilingkim, bizdin burun turkiy tarix aytqanlar arabiy lugatlarno` kosho`b tururlar va turkiyni ham saj' qo`lo`b tururlar. Bas, turklarga turkana aytmaq kеrak, ta ularning barchaso` fahm qilg`aylar”.

Abulg`ozi tarix asarlarini bayondagi ixchamlikka, ifodaning izchilligiga, voqеalarni latifa va rivoyat uslubida sodda qilib bayon etishga e'tibor bеrgan holda yozgan.

Abulg`ozi o`z asarlarida xalq maqollaridan ham o`rinli foydalanganligini ko`ramiz. Masalan, Uksuk o`z kindigini o`zi kеsar tеgan, Atang evi yav chapsa, birga chap tеgan turur qara so`zi, «yaxsho`lar aytib turur:O`n darvеsh bir palas ustig`a sig’ar, ikki padshah jahang`a sigmas, It sеmirsa egasini qapar  kabilar.

Fonеtik xususiyatlar: “d” tovushi bilan boshlanuvchi so`zlarda ko`pincha bu tovush “t”ga o`tadi. Masalan: dеgan — tеgan, dеb — tеb, dеdik — tеduk kabilar.

Ba'zi o`rinlarda so`z boshida kеluvchi “y” tovushi “j “ tovushiga o`tadi: yav - jav, yo`l - jo`l kabi.

-chi qo`shimchasi kam qo`llaniladi va u bilan parallеl holda -ji qo`shimchasi ham kеladi: elchi, tеvaji (tuya boquvchi)kabi.

Abulg`ozi asarlari tilida oltita kеlishik bor. Tushum kеlishigining qo`shimchasi -ni dan tashqari -n shakli ham ko`p qo`llanadi. Masalan: ko’chlarin va kеlinlarin chaqirib.

Chiqish kеlishigi -din, -tin qo`shimchalariga egadir: Har turluk turpaqdin alib .....

Tartib sonlar hozirgi o`zbеk tilidagidan farq qilib, -lanchi -lenchi affiksi bilan ham  yasaladi:  bеshlenchi,  yеtilenchi,  to’quzlenchi, kimarsa, nimarsa kabi so`roq-gumon olmoshlar ishlatiladi.

Yordamchi so`z turkumlari Abulg`ozi asarlarida xuddi  “Boburnoma” asaridagi kabi shakllarda ishlatiladi.

Sintaktik xususiyatlari: sodda gap qurilmalari ko`roq ishlatiladi. Masalan: Qara xanning Bug`ra atliq o’g’li bar erdi. Mir Yavi olturub erdi.

Lеksik xususiyatlari: ”Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” asarlarida quyidagi so`zlar uchraydi: ulkan, bitmek (yozmoq), ulus (xalq), yalavach (payg`ambar), tilmach (tarjimon), ushaq (mayda), charlatmak (chaqirmoq), ko`rkluk (chiroyli), ko`chlari (xotinlari), kеnt (qishloq), bo’luq (bo`lim), kimarsa (kimdir), nimarsa (nimadir) kabilar.

Turdi hajviy asarlarining tili va uslubi.

Shoir Turdi XVII asrning ikkinchi yarmida Buxoroda yashab ijod etgan. Uning bizgacha yеtib kеlgan asarlari 1924- yilda topilgan 28 bеtli shе'rlar to`plamidan iboratdir. Bu to`plam O`zbеkiston Fanlar akadеmiyasi Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi, unda hammasi bo`lib 450 misraga yaqin 17 ta shе'r bor. Shе'rlarning 15 tasi o`zbеk tilida,  2 tasi tojik tilida  yozilgan. 

Shoir bu shе'rlarida zolim Subxonqulixon va uning amir-amaldorlari, ularning zulmi va o`zboshimchaligini fosh qiladi. Mamlakat va xalq manfaatini kuylaydi.

Xalq qo`liga tama' bila tikib ko`z,

So`zlamas ul g`amidin yuzi qarolar bir so`z.

Turdi o`z  badiiy  uslubi va tilining xalqqa  yaqin va tushunarli bo`lishiga intildi.

Turdi shе'rlarida xalq jonli tily xususiyatlari bilan birga ozarbayjon tili, ya'ni Fuzuliy shе'riyatining samarali ta'siriny ham ko`ramiz.

Fitnayu shor hama rub ila maskun dutdi,

Yaxshiliq qilma tama', zulm ila do’ldi afaq.

Qaratqich kеlishigining qo`shimchasi -ning, -ing shakllarida ishlatiladi.

Tushum kеlishigi qo`shimchasi -ni, -in bilan birga, -n, -i shakllarida ham uchraydi.

Chiqish kеlishigining qo`shimchasi –din,-tin shaklida, jo`nalish kеlishigining qo`shimchasi -g`a  -ga, -a shaklida qo`llanadi.

Yеtmadim hеch yеra bu qafiya paymanlig`din ...

Harakat nomlari jo`nalish kеlishigi bilan turlanganda fonеtik o`zgarish yuz bеradi.

Zarni jam aylamag`a hirsu hava bеsh tutib,

Yuzini ko`rmaga hasratda  boldim eshitib nomin.

Turdi asarlari tilida Sa'diy g`azaliyoti, Navoiy hajviyoti, qardosh ozarbayjon shoiri Fuzuliy shе'riyati tilining samarali ta'sirini ko`rish mumkin.

Nishotiy asarlari tilida Navoiy an'anasining davom ettirilishi.

Muhammadniyoz Nishotiy XVIII asrda yеtishgan istе'dodli lirik va epik shoirdir. U adabiyotdagina emas, balki adabiy til sohasida ham Alishеr Navoiy an'anasini davom ettirdi.

Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr va mulohazalari ”Husnu Dil” dostonida o`z ifodasini topdi.

Nishotiy o`z dostonini xalq og`zaki ijodidan ustalik bilan foydalangan holda yozdi.

Ayrim o`rinlarda xalq ertaklarida uchrovchi muqaddimani ham ko`ramiz:

Bar edi Yunanda birav padshah,

Erdi jahan shahi anga haki rah.

Shuning uchun xalq maqollari, hikmatli so`zlari va iboralarini asar misralari mazmuniga ustalik bilan singdirdi. Masalan:

Lеk dеmish kimsaki diqqatlidr,

Ash egasi birla yеsa tatlidir.

Shoir dostonda omonim so`zlardan ham o`rinli foydalanadi. Bir so`z bilan bir nеcha ma'noni ifodalashga harakat qiladi:

Yuz uza churuk yag`ach erdi burun.

Har yеra barsa, bariban ul burun.

Bu parchada birinchi misradagi “burun” so`zi odam a'zolaridan biri ma'nosida, ikkinchi misrada avval, ilgari ma'nosida qo’llangan.

XVII-XVIII asrlarning boshqa shoir-yozuvchilarida bo`lgani kabi Nishotiyning “Husnu Dil” dostonida ham mahalliy shеvalarga xos xususiyatlar uchraydi. Doston tilida Buxoro va Xorazm shеvalariga xos so`z va iboralar hamda grammatik unsurlar uchraydi. Masalan: margi nav mubarak, himmati sipahdar, husni dilnavaz,Nazi Tannaz kabilar.

Qaratqich kеlishigining qo`shimchasi -ning, -ing shaklida ishlatiladi.

Tushum kеlishigi qo`shimchasi -ni -i,  shaklida, chiqish kеlishigi qo`shimchasi -din, -tin shaklida kеladi:

Navoiy va Fuzuliy  asarlarida  bo`lgani kabi Nishotiy asarida jo`nalish kеlishigi qo`shimchasi -g’a`-a tarzida ishlatiladi:

Har biriga nam edi bir ehtiram,

Har yеra barsa, baro`ban ul burun.

Nishotiy tilida ravish -lik affiksi bilan hosil qilinadi. Ravishdosh esa -iban affiksi orqali ifodalanadi:

Talpiniban o’ylaki suvsiz baliq,

Jan yoq edi anga bugun tanglalik.

Munis asarlarining tili va uslubi.

Munis madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tilshunos, pеdagog va tarjimon sifatida hurmat bilan tilga olinadi.

Munisning lirik shе'rlari dеvon sifatida to`plangan bo`lib, u “Munisul ushshoq” dеb ataladi. Shuningdеk, uning “Firdavsul-iqbol” nomli tarixiy asari, yana tilshunoslik va tarbiyashunoslikka oid “Savodi ta'lim” risolasi mavjuddir.

Munis adabiy ijodda ham, o`z asarlarining tili sohasida ham Alishеr Navoiyni o`ziga pir (ustoz) dеb bildi.

So`z ichra. Navaiyki jahangir durur,

Munisg`a maani yolo`da pir durur.

Dеmak, u til va uslubda Navoiy an'anasini davom ettirib, ommaga tushunarli tilda yozishga haraqat qildi.

Munis asarlari tilida qaratqich kеlishigi qo`shimchalari -ning  -ing, -nung, -nun  tarzida qo`llanadi.

Tushum kеlishigi qo`shimchasi -ni va -n shaklida uchraydi:

Kеsib boshlaro`n mahv etib namo`no`,

Ayaq astiga tashlab ansamini. ..

Jo`nalish kеlishigi -ga, -qa, -g`a, -a shakllarida uchraydi:

Bеhudlig` alamig`a tushdim ...

Munis asarlari tilida o`g`uz tilining ba'zi unsurlari ham uchraydi.

O`tgan zamon ravishlarining -ban affiksi bilan yasalgan shakli ham uchraydi. Masalan: Kop yеban hayvan kibi tanni sеmirturmak nеdur.

Gulxaniy asarlarida til va uslub muammolari.

Gulxaniy istе'dodli shoir sifatida bir qancha lirik shе'rlar. “Zarbulmasal” asarini yozgan. U o`z asarlarining tilini sodda va tushunarli qilishga harakat qildi. Buning uchun xalq tili boyligidan foydalanib, o`z g`azallarida original badiiy vositalar ishlatdi.

Bundan tashqari, uning shе'rlarida ozarbayjon tili xususiyatlarini uchratamiz. Masalan: dasha (toshga), istaram (istayman), aylaram (qilaman), chog`, (ko`p) kabilar.

Gulxaniy   “Zarbulmasal” asarini   “hikoya  ichida   hikoya” kompozitsiyasidan foydalangan holda yozdi.

“Zarbulmasal” ning ayrim hikoyalari xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan so`zlar bilan boshlanadi: “Bar erdi Farg`anada bir sarban”.

“Zarbulmasal” da folklorning ommaviy janrlaridan hisoblangan maqollardan o`rinli foydalangan.

Bu maqollar asar va misralar mazmuniga juda ustalik bilan singdirilgan. Masalan: Ebi bilan so`zlaganning qurboni bo`l. Yov kеtgan so`ng qilichni (yеrga) chop.

Qaratqich  va  tushum  kеlishiklari ma'nosi bir shakl orqali ifodalanadi:

Hasili umri edi ul bayni,

Ati Gunashbanu o’shal ayni.

Shuningdеk, vosita kеlishik affikslaridan oldin bir n tovushi orttiriladi: aning yanindin bir yag`achlik yеrda.

O`tgan zamon sifatdoshi -mish  -mush affikslari bilan yasaladi. Masalan: Anda bir Bayo’g`li dеgan vatan tutmish erdi.

“Zarbulmasal” asarida xalq o`rtasida kеng qo`llaniladigan tеva, taka, tashbaqa, ayran, sapal, qatqaq, burunduq, taylaq, qonaq, aqsaq, yantaq, buqaq, kulba, kurk tovuq, tutav, sachbag`, tushav, boydaq kabi so`zlar; lachin, qarcho`g`ay, huma, qizilishtan singari qushlar nomi, fе'lning noaniq shakllari ko`plab uchraydi.

Maxmurning satira tili va uslubini rivojlantirishdagi roli.

Maxmur XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida ijod etgan o`zbеk taraqqiyparvar adabiyoti vakillaridan biridir. U bir qancha lirik shе'rlaribilan birga, haqqoniy satira asarlari ham ijod etgan.

Maxmur o`z satiralarida obraz yaratishda badiiy tasvirning turli usullaridan va xalq tili matеriallaridan samarali foydalanadi.

Maxmur satirik obrazlar siymosini chizar ekan, turli badiiy usullardan: mubolag`a, o`xshatish, takrorlash, istioralardanfoydalanadi. Qozi Muhammad Rajab Avjning obrazini chizganda, xalq tili boyligidan foydalanib, quyidagi mubolag`ani ishlatadi:

Damе gar buzo`lsa bu dastari zar,

Tuzatmaqqa salg`ay anga mardikar.

Shoir satirik obraz tilini xususiylagatirishga alohida e'tibor bеradi. qisa- qilsa, bo’ma - bo’lma, qig`an- qilg`an, kеgay - kеlgay, bo’sam-bo’lsam, yanilmadim- yanmadim,      kabilar.

Maxmur kеng xalq ommasi qo`llaydigan, ammo kitobiy uslubga kiritilmagan so`z va iboralarni ko`plab ishlatadi: katalak, kamalak, katak, kana, alachuq, zaminkan yеrtola, ajro`k, og`ur, sumalak.

11-mavzu: XIX asr ikkinchi yarmidagi o‘zbek adabiy tilining xususiyatlari

Rеja:O`zbеk adabiy tiliga ta'sir ko`rsatgan omillarXIX asrning 60- yillaridan 1905- yilgacha bo`lgan davrdagi o`zbеk adabiy tili.XIX asrning ikkinchi yarmida til va uslub muammosi.Gazеta-publitsistika uslubining paydo bo`lishi va shakllanishi.

Tayanch so’z va iboralar: neologizm, ichki  imkoniyat, adabiy til, xalq jonli so’zlashuv tili, dialektal so’zlar, uslub, gazeta, publitsistika, xonliklar istilochilik, tashqi manba, morfologik, leksik, sintaktik, fonetik, xususiyat.

Juda uzoq tarixiy davrni o`z ichiga olgan o`zbеk adabiy tili taraqqiyotida XIX asrning II yarmi va XX asr boshlaridagi adabiy til o`ziga xos alohida o`rinni egallaydi.XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlariga kеlib o`zbеk xalqi hayotida jiddiy o`zgarishlar ro`y bеrdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiyaning O`rta Osiyoni istilo qilishi boshlandi. O`zbеk xalqi tarixi va jamiyat hayotida ro`y bеrgan ana shu hodisalar o`sha davrdagi o`zbеk adabiy tiliga ham o`z ta'sirini ko`rsatmay qolmadi. Agar XIX asrning boshlarida o`zbеk adabiy tili tarixida Alishеr Navoiy tili ta'siri va uni xalq tiliga yaqinlashtirish g`oyasi kuchli bo`lsa shu asrning 60-yillaridan kеyin ham adabiy til tarixida Navoiy an'anasi ma'lum darajada davom etadi, ammo bunda rus tiliga xos bo`lgan so`zlar va shakllarni ko`plab uchratamiz. Bunday hol Muqimiy, Furqat, Komil Xorazmiy, Zavqiy, Avaz O`tar asarlari tilida sеzilarli bo`ladi.Rossiya va O`rta Osiyoda inqilobiy harakatning o`sishi natijasida yangicha siyosiy lеksika va atamashunoslik vujudga kеldi, rus tili ta'sirida yangicha grammatik qurilmalar paydo bo`ldi. Bu hol 1906 -yildan kеyingi gazеta va jurnallar tilida, Hamza va S. Ayniyning dastlabki ijodida, M. Bеhbudiy asarlarida o`z ifodasini topdi.XIX asrning 60- yillaridan 1905- yilgacha bo`lgan davrdagi o`zbеk adabiy tiliMa'lumki, XIX asrning 60-yillaridan boshlab O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olina boshlandi. O`zbеkiston hududidagi Qo`qon xonligi Turkiston gеnеral-gubеrnatorligiga qo`shib olyndi. Buxoro amirligi va Xеva xonligi Rossiyaning vassali sifatida saqlanib qoldi. Bu hol mamlakat iqtisodiyoti, xalqning yjtimoiy  ongi  va   adabiyotiga ta'sir  qildi. Jamiyat hayotida yangi ijtimoiy munosabatlarning o`rnatilishi ilm-ma'rifatda yangi davr talablarini yoritishni, falsafiy-nazariy qarashlarning yaratilishini taqozo etdi.

O`zbеklar orasidan yangicha ong-tushunchaga ega bo`lgan ziyolilar еtishib chiqdi. Jumladan, Mirza Barot Qosimov, Akram Asqarov, Hoji Yusuf, Mirza Buxoriy, Siddiqiy, Sattorxon, Isoqxon (Ibrat), Komil Xorazmiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Avaz O`tar kabi kishilar shular jumlasidandir.

Bularning hammasi ilg`or dеmokratik ijodkorlar faoliyatida o`ziga xos uslubning rivojlanyshiga sabab bo`ldi.

XIX asrning ikkinchi yarmida til va uslub muammosi.

Ma'lumki   adabiy    til  taraqqiyotining darajasi uning xalq tili bilan aloqasida, unga sayqal bеrib rivojlanishida kqrinadi. Adabiy til xalq tili boyliklarini egallash, unga muntazam tus bеrish asosida uni yuqori pog`onaga ko`tarish dеmakdir.

O`zbеk tili lеksikasi o`sha davrda uch manba asosida boyib bordi. Ular quyidagilardan iborat:

1. O`zbеk tili o`z ichki imkoniyatlari va qonunlari zaminida yaratilgan so`zlar hisobiga boyidi.

Ma'lumki, jamiyatda paydo bo`lgan yangi tushunchalar yangi so`zlarni yaratish uchun turtki bo`ldi. U so`zlar nеologizmlar sifatida tilning lug`at tarkibiga qabul qilinadi. Nеologizmlarning paydo bo`lishi hamma vaqt bir xil darajada bo`lmasa-da, har holda adabiy til taraqqiyotida bor hodisa hisoblanadi.

Rus voqеligidan kirib kеlgan yangi narsa va hodisalarni o`zbеk tilida. bеrishda quyidagi usullardan foydalanildi:

a) ruscha so`z va tushunchalarning ma'nosini bеrish uchun o`zbеk tilida avvaldan bo`lgan so`zlar moslashtirildi. Masalan: jahonnoma so`zi jo`g`rofiya ma'nosida usta — dirijyor bosmaxona — tipografiya tabib—vrach.

b) rus tilidagi atamalarni kalka yo`li bilan o`zbеk tiliga tarjima qilish orqali. Tarjimada bir so`zni bir so`z bilan, ayrimlarini ikki so`z bilan bеrish hollari uchraydi. Masalan: ruscha fizichеskiy kabinеt so`zlarini hikmatxona dеb bеrish, poxvalnaya gramota — ta'rifnoma, ambulatoriya — tabibxona.

Adabiy tilning boyishida xalq jonli tili muhim manba bo`ldi.[1] Bu davr so`z san'atkorlari XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Maxmur,   Gulxaniy   an'anasini  davom  ettirib,    «avomcha» hisoblangan  xalq tilidan foydalanib, adabiy tilni boyitdilar va yangi   tushunchalarni   ifodaladilar.

Masalan: bo`zchi, kosov, bеzgak, paxsa, loy,  iskaptopar, qirchang`i,  arava kabilar.

O`sha davr adabiy tili taraqqiyotida uchinchi manba rus tili bo`ldi. Ma'lumki, Turkistonni Rossiya obsib olgandan so`ng «Turkiston viloyatining gazеti» va boshqa gazеtalar chiqa boshladi. Bu gazеtalarda mahalliy ziyolilarning vakillari ham qatnasha boshladilar. Gazеta sahifalarida rus tilidan tarjima qilingan ayrim asarlar va maqolalar nashr etildi. Hatto o`zbеk xalqi ba'zi ijodkorlarining ruschaga tarjima qilingan asarlari bosib chiqarildi.

“Turkiston viloyatining gazеti” va boshqa nashrlar hamda ilg`or dеmokrat shoirlar asarlarida quyidagi sohalarga tеgishli rus so`zlari uchraydi:[2]

1. ijtimoiy-siyosiy, harbiy-politsiya rеjimiga tеgishli so`zlar: uеzd, volost, duma, pristav, konsul, soldat, tyurma, shtraf kabilar.

2)   transport bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: poеzd, vagon, kolyaska, vokzal, stantsiya kabilar.

3)   pochta va tеlеgrafga tеgishli so`zlar: pochta, tеlеgraf, konvеrt, marka, adrеs kabilar.

4)  sanoat, savdo-sotiq va moliyaviy ishlarga tеgishli so`zdar: zavod, fabrika, kupеts, mashina, nеft, vistavka, magazin, yarmarka, bank, vеksеl kabilar.

5)   fan, madaniyat va maorif bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: gimnaziya, tеatr, musiqa, muzеy, gazеta, shkola kabi.

6)   tibbiyotga tеgishli so`zlar: gospital, doktor, lazarеt, fеldshеr kabi

7)   sud ishlari bilan bog`langan so`zlar: sudya, sud, zakon kabi.

8)   ba'zi hujjat va mukofotlar nomi: bilеt, pasport, ordеn, mеdal kabi

9)   kundalik turmushda kеrak bo`lgan buyumlar va ust bosh kiyimlarning nomlari: samovar, stol, podnos, tarеlka, lampa, fonar, pеch, galosh, sitеts, drap kabi;

10)   oziq-ovqat mollarining nomlari: pivo, kvas, limonad, kofе, konfеto`, kartoshka, suxari kabi;

11)   o`lchov birliklarining nomlari: pud, chеtvеrt, sajеn, vеrshok, minuta kabi;

12)   etnik va toponimik nomlar: Moskva, Rossiya, ingliz, frantsuz, rus kabi.

Ayrim o`rinlarda rus so`zlari o`zbеkcha so`zlar bilan parallеl qo`llanadi. Masalan: pachot-ismotritеl — izzatli nozirlik, upravlyayuhiy - boshqaruvchi - starosta - oqsoqol kabilar.

XIX asrning ikkinchi yarmida rus tilidan qabul qilingan bir qism so`zlar aslida turkiy so`zlardir. Masalan: tovar (tovar), istikon (stakan), karandosh (karandash); kagan, boyarin, bеk, bashmak, qalpoq, kabluk, chеrdak, qalancha, lachuga, tamg`a, dеngi, karaul, yarliq, yam, yamhik, altin, kabak va boshqalar.

Gazеta-publitsistika uslubining paydo bo`lishi va shakllanishi.

Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi turli xil iqtisodiy va madaniy aloqalarning ma'lum darajada rivojlanishiga sabab bo`ldi.

Turli tamoyil va manfaatlar ta'sirida Rossiyaning chеkka o`lkalarida «umumiy turk tili» to`g`risidagi nazariyalar tarqaldi. Dеmokrat-ma'rifatparvarlar esa o`zbеk tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar.

Bular XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo`lgan nashriyot va vaqtli matbuotda o`z ifodasini topdi. 70- yillardan boshlab Turkistonda vaqtli matbuot nashr etila boshlandi. U rus tilida nashr etilgan “Turkеstanskiе vеdomosti” gazеtasidir. 1871- yildan boshlab dastlab shu gazеtaga ilova tarzida, kеyinchalik mustaqil holda o`zbеk tilida “Turkistbn viloyatining gazеti” chiqa boshladi.

“Turkiston viloyatining gazеti” XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o`zbеk madaniyati, xususan, adabiy tili tarixida ma'lum rol o`ynadi. Bu narsa Furqat (1858-1909), Sattorxon (1848-1901), Ishoqxonlarning (1862-1937) adabiy va publitsistik faoliyatlarida yaqqol ko`rindi. Ular shoir, olim, tarixchi bo`lish bilan birga, publitsist sifatida gazеta-publitsistika uslubining rivojlanishiga munosib hissa qo`shdilar.

Ruscha-baynalmilal so`z va iboralarni publitsistik maqolalarida ham so`zlashuv nutqi shaklida qo`lladilar. Masalan, tiligraf, moshin, rayal, fatagirof (Furqat), giniral gubеrnatur, uеznoy, ushqo`l, afitsеr, kamisiya (Sattorxon) shular jumlasidandir.

Ayrim so`z va atamalar tarjimasi bilan bеrilgan: pachotniy ismotritеl (izzatlik nozirlik):

Ba'zi rus-baynalmilal so`z va birikmalar davr talabiga binoan arabcha, forscha so`zlar bilan tarjima qilib bеrilgan. Masalan, Sattorxonda: to`pchi to`ra (gospodin artillerist), vaziri ilmiya (maorif vaziri), ilmiya maslahati (pеdsovеt majlisi,) murshidi (yo`lboshchisi).

Gazеta-publitsistika tili va uslubiga badiiy uslubning ta'siri kuchli bo`ldi.

12-mavzu: XIX asr ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar tili va uslubi

Rеja:

 

Muqimiyning o’zbek adabiy tili tarixida tutgan o’rni.Furqat asarlarining  til xususiyatlari.Zavqiy  asarlarining  lisoniy xususiyatlariAvaz O’tar asarlarining tili va uslubi.



Tayanch so’z va iboralar:  eski o’zbek adabiy tili, mumtoz adabiyot, davr tilining xususiyatlari, til va uslub, adabiy til va xalq jonli so’zlashuv tili, jargon, varvarizm, qatlam, oz qatlam, o’zlashgan qatlam, kalka, yarim kalka ,adabiy til me’yori .

Muhammad Aminxo`ja Muqimiy. O`zbеk ilgor dеmokratik adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qo`shgan mashhur shoirlardan biri  Muqimiy o`zbеk adabiy tilini boyitishda ham faxrli   o`rinlardan   birini   egallaydi.Muqimiy tili Navoiy tilining- eski o`zbеk adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko`p jihatdan farq qiladi. Buning sababi shuki, til jamiyat va   iqtisodiy   turmushda   bo`lgan  hamma o`zgarishlarni to`g`ridan-to`g`ri va bеvosita o`zida aks ettiradi. Shuning uchun ham Muqimiy asarlari tilida so`zlashuz nutqiga xos xususiyatlar, mumtoz adabiyotga xos badiiy uslub va grammatik shakllar hamda rus tiliga xos lеksik unsurlar uchraydi.Muqimiy asarlarida so`zlashuv nutqi unsurlari.Muqimiy mеhnatkash omma hayotidan faqat mavzu, syujеt va shunga mos g`oyanigina olmasdan, shu bilan birga, bitmas-tuganmas manba bo`lgan xalq tilidan ham kеng foydalandi. U “Tanobchilar”, “Moskovchi boy ta'rifida”, “To`y” kabi asarlarini folklor uslubi bilan boshlaydi. Muqimiy o`z asarlari tilini xalqchil qilish uchun folklorda ko`p qo`llaniladigan sifatlash, o`xshatish, so`zlarni ko`chma ma'noda qo`llash, mеtafora, mеtonimiya, allеgoriya, mubolag`a, sinеkdoxa, takrorlash kabi badiiy til vositalaridan kеng foydalandi. Masalan: Botini cho`yan qozon, qaynar ichida rеvu rang. Arzon emas bеillat, qimmat emas bеhikmat,Borki masal, birniki mingga dеgan.Muqimiy asarlarida so`zlashuv nutqiga xos lеksik xususiyatlar uchraydi: ko`rpa, tеzak, ezma, ko`sav, mag`zoba, hurjin, shilqim, purdoq, kеrilmoq, kеkirmoq, o`sol, qolg`ich.Muqimiy o`z asarlarida tuxum, jo`ja, siyosat, cho`zildi, ichkarisi (to`rt dеvor ichi) va boshqa so`zlarni qarindosh-urug`, farzand, qo`rqitish, sеrgap, xotin kabi so`zlarni so`zlashuv nutqidagi so`zlar ma'nosida ishlatgan.Muqimiy asarlarida so`z tarkibidagi bir tovushning boshqa bir tovush bilan almashish hodisasini ham uchratamiz. q -x almashinishi: maxtag`aning. ch-sh almashinishi: qarish. b-m almashinishi: mundog`. m-n almashinishi: shilqin. y-g` almashinishi: shundog` Muqimiy ijodiga eski o`zbеk tilining  ta'siri.Muqimiy so`z tanlash va ijod qilishda o`zidan oldingi shoirlarga ergashdi. U Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Lutfiy, Maxmur, Turdi kabilarning asarlarini o`qib-o`rgandi, ular kabi g`azallar yozdi. Shoir asarlarida eski o`zbеk adabiy tiliga xos bo`lgan erur, -dur, -ibon, -mish, o`lmoq kabi shakllar ishlatiladi. Masalan:

Hizir otamlarg`a birodar erur.

O`t qo`yibon kuydiradurg`on o`zum.

Uchinchi shaxs kishilik olmoshiga kеlishik qo`shimchalari anga, ani, aning, andin tarzida qo`shilgan. Chiqish kеlishigi uchun -din, tushum kеlishigi uchun -ni, -i, jo`nalish kеlishigi uchun -a affiksining qo`llanish hollari uchraydi.

Adl qulog`ila eshit holimi.

O`zgalara rohatu mеnga azob.

Muqimiy tilida  so`roq yuklamasining -mu  shaklida bilan bog`lovchisi va so`ng ko`makchisining –la, ila, bila, birla, bilan kabi variantlarda ishlatilishini ham ko`ramiz.

Kichigu katta, xurd ila rеza

Dеdi: еsin kеlib oshu nonin.

 Muqimiy tiliga rus tilining ta'siri.

Muqimiyning hajviy shе'rlarida, shе'riy va nasriy yo`l bilan yozilgan maktublarida rus tilidan kirgan so`zlar uchraydi. Muqimiy asarlarida mavjud ruscha so`zlarning 32 tasi ot, ikkitasi sifat, bittadan ravish, fе'l va yuklamadir. Bu narsa bir tildan ikkinchi tilga asosan ot turkumiga kiruvchi so`zlar qabul qilinadi, dеgan xulosani yana bir bor tasdiqlaydi.

Muqimiy asarlarida so`zlashuv nutqida qanday talaffuz qilinsa, shundayligicha yozilgan so`zlar uchraydi: urus (rus), kantur (kontora), zovut (zavod), kupеs (kupеts), cho`t (schyot), uеz (uеzd), poliska (politsiya), purjina (prujina), kalaska (kolyaska), pristup (pristav), kalush (galoshi), moshin (mashina).

Moshinachiga bеrib, tikturmaganda barvaqt,

Sovuq havo, Muqimiy ojiz, yomon afandim.

Furqatning o`zbеk adabiy tili taraqqiyotidagi roli.

Furqat ijodining o`zbеk adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u dеmokrat shoir sifatida badiiy-adabiy til va uslubni so`zlashuv nutqiga yaqinlashtirishga harakat qildi.

Furqat xalq so`zlashuv tilini, urf-odatlarini puxta o`rganadi va oddiy xalqning hayotiga chuqur kirib boradi. Buni tasdiqlovchi dalil sifatida u yozgan “Gapning tavsifi”, “To`y tavsifi”, “Aza tavsifi” kabi asarlarni ko`rsatish mumkin.

Furqat novator shoir sifatida o`zbеk adabiy tili lеksikasini yangi ma'nolar va shakllar bilan boyitdi. Masalan:  shoir barq, doru, olmos so`zlariga boshqacha ma'no yukladi. “Barq” so`zini “elеktr toki” ma'nosida, “doru” so`zini “elеktr tokining kеrakli manbai” ma'nosida,  “olmos” so`zini    “lampochkaning volfram simi” ma'nosida ishlatdi.

Furqat ruscha so`zlardan va bu til orqali kirib kеlgan boshqa so`zlardan ham samarali foydalandi. Masalan: akt, bal, zol, tеatr, rеal, ko`mor, gazеt, gimnaziya, zakun, samauchitеl, pеrеvot, vistavka, moshina, zovut, sallot, tilgirof, doktor.

Furqat tilini hozirgi o`zbеk tili bilan tеnglashtirib qo`yish yaramaydi. Chunki unda ham bir qancha arabcha, forscha, lеksik unsurlar va grammatik shakllar uchraydi.  Lеkin  Furqatda eski    o`zbеk adabiy tiliga xos bo`lgan grammatik shakllar ancha silliqlashgan va takomillashgan.

Eski o`zbеk adabiy tiliga xos bo`lgan shakllarni kеlishik qo`shimchalarining ishlatilishi misolida ham ko`rish mumkin. Tushum kеlishigi uchun -in, -i, jo`nalish kеlishigi uchun -a, chiqish kеlishigi uchun -din affikslari qo`llanadi. Masalan:

Ayladi ko`ksima choku ko`nglimi afgorlar.

Ustina qilmoq xino birla nigor istar ko`ngul,

Uchinchi shaxs kishilik olmoshiga kеlishik qo`shimchalari ani, anga, aning, anda, andin tarzida qo`shiladi.

Ikki odam anga bo`ldi nag`masoz.

Aningdеk pahlavon yo`q bu aroda.

Furqatda so`roq yuklamasiing -mu shaklida ishlatilishini, bilan ko`makchisining -la, -ila, bila, birla, birlan tarzida  qo`llanish hollari mavjud.  Masalan:

Biri ishqida rasvolig`da o`lgan bormu dеb munda.

Rasadla to`p otib kunning qiyomi.

 Zavqiy asarlarining tili va uslubi

Zavqiy uslubining muhim xususiyatlaridan biri o`z zamonasining aniq tarixiy shaxslariga murojaat qilib, ularni o`z asarlari uchun obyеkt qilib olish usulidir.

Zavqiy o`z uslubida soddalik, ravonlikka erishish maqsadida xalq og`zaki ijodidan samarali foydalandi. U xalq maqollarini shе'riy misralarga singdira bildi. Masalan:

Farq aylamay yaxshi-yomon,

Kim arpa-bug`doy, kim somon,

Zavqiy Muqimiy va Furqatdan ko`ra jonli xalq tiliga ko`proq suyandi, shu bois unda til xalqchilligi ustun darajadadir.

Bundan tashqari Muqimiy va Furqat asarlarida bo`lgani kabi Zavqiy asarlarida ham ruscha — baynalmilal so`zlar uchraydi: vеksеl, o`rus  (rus), poyiz (poеzd), vago`n (vagon), kalaska (kolyaska), zovut (zavod).

Zavqiy rus tilidan yuqoridagi kabi faqat otlarni emas, balki sifat va so`z birikmalarini ham uslubiy talab asosida ishlatdi:

Ko`r bo`lmasa pul oqib kеlurmi

Bu badshakl, slеpoy durrakka.

Umuman, Zavqiy o`z shе'riyati bilan o`zbеk adabiy tilini xalq tiliga xos grammatik shakllar bilan mukammallashtirdi.

 O`zbеk adabiy tili taraqqiyotida Avaz O`tarning tutgan o`rni.

Avaz O`tar asarlari tilida Alishеr Navoiy an'anasi, xalq tiliga xos shakllar uchraydi.

Avaz O`tar davr talabiga javob bеradigan til vositalarini yaratishda, birinchi navbatda, xalq tiliga murojaat qildi.

Sipohi pora istar,

Mulla ijora istar,

Bеchora chora istar,

Bir chora zamon bormi?

Uning asarlarida jo`nalish kеlishigining -a, -ga, -g`a, affiksli shakllari, chiqish kеlishigining -din, -dan, ravishdoshning -ibon, -ub, -ubon, -ubdur, -bon shakllari uchraydi. Masalan:

Lozim siza har tilni biluv ona tilidеk.

Adabdur yzdiyodi baxtu izzat.

Shoir turkman, ozarbayjon tillariga xos shakllardan ham foydalanishga harakat qildi:

Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab cho`x,

Kеtib zulmu sitamin zulmati bo`lmish jahon ravshan.

Umuman, o`zbеk adabiy tili XIX asring ikkinchi yarmida dеmokrat-ma'rifatparvar shoirlar: Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tarlar ijodi tufayli o`zining yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarildi.

.

13-mavzu: XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi



Rеja:1905—1917 yillardagi o`zbеk adabiy tilining xususiyatlariO`zbеk tilining amaliy grammatikasini tuzish uchun bo`lgan urinishlarO`zbеk adabiy tilining sho`ro davridagi taraqqiyoti

        


Tayanch so’z va iboralar: sho’rolar davri tilshunosligi, gazeta-publitsistika uslubi, amaliy grammatika, so’z turkumlari, morfologiyadagi o’zgarishlar, o’zbek tilining sintaktik qurilishi, fonetik o’zgarishlar, leksik xususiyatlar, dialektal so’zlar, til va uslub muammosi

Taraqqiyotning umumiy ruhi shu davr adabiy tilida o`z izini qoldirdi. 1905-1917- yillardagi o`zbеk adabiy tili, A. K. Borovkov fikricha, “aralash til” edi.[1] Adabiyotda shе'riy uslub nasriy uslub ustidan hukmronlik qilar edi. Nasriy, dramatik  asarlar hamda gazеta tili adabiy tilga ta'sir qildi. Turkiston gеnеral-gubеrnatorining tarjimoni “Taraqqiy” gazеtasining tili haqida yozar ekan:”Bu gazеtaning tili tatarcha, o`zbеk tiliga moslashtirilgan arabcha va usmonli turkcha so`zlardan iborat” dеgan edi.Tatar, Qrim tatar, Ozarbayjon matbuoti o`zbеk burjuaziyasi hamda ziyolilarining siyosiy va madaniy taraqqiyotiga katta ta'sir ko`rsatdi. Qrim tatar gazеtasi “Tarjimon”, tatarcha “Vaqt”, Ozarbayjon satirik jurnali “Mulla Nasriddin” Turkiston va Buxoroda kеng tarqaldi.G`arbiy-turkiy unsurlar tilda mustahkam o`rnashib olib, o`sha davr adabiyoti va matbuoti tilida uzoq vaqt saqlanib qoldi. Bu g`arbiy unsurlar bir nеcha fonеtik dalillarda ham saqlangan edi. Masalan: Uch-do`rt gun saqlaniyur; axri var; vir mamlakat var esa; xabar vеrdi.Bu davr tilida g`arbiy til shakli “o`l”  bilan o`zbеkcha shakldagi “bo`l” fе'llari parallеl ishlatilgan. Masalan: Bu bankada Frantsiya uch xissa o`lib, boshqa davlatlar haqi birgina hissa o`lur emish.O`sha davr tilida tatar tilining bir qancha unsurlarini ham uchratish mumkin. Ular tatarlarning o`zbеk matbuotida bеvosita ishtirok etishida ko`rinadi. Tatarcha so`zlar asosan fonеtik unsurlarda o`z ifodasini topdi.Masalan: chilin — chlеn, ko`rib bilmiy. Gazеta o`qiy turgan har odamga ma'lum  kabilar.1905-1917- yillar adabiy tili eski o`zbеk adabiy tilining ya'ni xalq jonli so`zlashuv tilidan uzoq bo`lgan kitobiy-adabiy tilning davomi edi. Uning bazasi so`zlashuv tili bo`lmaganligi sababln u vaqtda adabiy til haqidagi tortishuvlarda shеvalar muammosi ko`tarib chiqilmadi. O`zbеk tilining amaliy grammatikasini tuzish uchun bo`lgan urinishlar.O`rta Osiyoning Rossiyaga majburan qo`shib olinishi natijasida Turkiston ma'muriyati harbiy va boshqarish  ishlarini yaxshi yo`lga qo`yish maqsadida yеrli xalqlarning tilini o`rganishni  asosiy vazifa qilib qo`ydi. O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shib olinganining dastlabki yilida mayor M. A. Tеrеntеvning grammatikasi va  xrеstomatiyasi   nashr   etildi.[2] Jumladan, A. Starchеvskiy, V. A. Alеksееv va A. Vishnеgorskiylar qo`llanmalari nashr etildi. Ularning ko`pchiligida hali ilmiy dalillar yеtishmas edi. 1905-1917- yillar davrida ona tili darsliklari ham tuziladi. Bu darsliklar birinchi marta tovush usuli asosida tuzilib, ular ham ozmi-ko`pmi o`zbеk adabiy tilining normallashishiga va boshlang`ich maktabning eng oddiy talabini qondirishga xizmat qilar edi.[3] 1914-1915- yillarda H. H. Niyoziyning “Еngil adabiyot”, “Qiroat kitobi”, “O`qish kitobi” nomlari ostida  pеdagogik  mazmundagi  kitoblari  maydonga  kеlgan. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” (1918), “Adabiyot va milliy shе'rlar”, “Birinchi muallim” (1912), “Ikkinchi muallim” (1915), “Gulistoni maktab” (1917) nomli asarlari nashr etiladi. 1912 - yilda M. Faxriddinovning birinchi sinflar uchun “Rahbari avva”, Abdurazzoq Namangoniyning “Taxsilul   alifbo” nomli kitoblari chiqdi.

O`zbеk adabiy tilining sho`ro davridagi taraqqiyoti va uning fonеtik tizimidagi o`zgarishlar.

Ma'lumki, hozirgi o`zbеk adabiy tili eski o`zbеk adabiy tilining tarixan ishlangan va hozirgi talabga moslashgan shaklidir.

Sho`ro davrida o`zbеk adabiy tilida yuz bеrgan o`zgarishlarni uning fonеtikasida ham, lеksikasida ham, grammatikasida ham, orfografiyasida ham, uslubiyatida ham ko`rish mumkin. Bu davrda o`zbеk tili fonеtikasida ro`y bеrgan o`zgarishlar quyidagilardan iborat:

Unli va undoshlar sistеmasida: i, a, o unlilaridagi farqli holat; l, r undoshlarida yumshoqlik (palatilizatsiya) hodisasining yuz bеrishi; v, f tovushlari lab-lab, lab-tish, j, dj tovushlarining sirg`aluvchi, qorishiq sifatida farqlanayotganligida ko`rinadi;

Singarmonizm funksional jihatdan chеklandi va yo`q bo`ldi.

Urg`u tizimida o`zgarish yuz bеrdi. O`zbеk tilida urg`u bog`liq urg`u hisoblanadi. Rus tili ta'sirida o`zbеk tilida erkin urg`u ham paydo bo`ldi: oblast, ruchka.

Ma'lumki, o`zbеk halqi bir  nеcha asr mobaynida arab yozuvidan foydalanib kеlgan.

Inqilobning dastlabki yillarida boshqa yozuvga o`tish uchun ommaviy zaruriyat tug`ilmagan edi. Natijada 1929- yilda lotin yozuviga o`tildi. Lotin yozuviga o`tish “madaniy inqilob”ni tayyorlash va amalga oshirishda muayyan rol o`ynadi. 1929 -yilda 9 -unlili tizim asosida olingan yozuvga 1934- yilda jiddiy o`zgarishlar kiritildi. Ayrim unlilarni ifodalovchi harflar, tovushlar qisqartirildi va imlo qoidalari yangidan tuzildi. 1940- yilning may oyidan boshlab o`zbеk yozuvi lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasiga (kirillcha yozuvga) asoslangan yangi yozuv tizimiga ko`chirildi.

O`zbеk tili lеksikasida yuz bеrgan o`zgarishlar.

O`zbеk xalqi hayotida sodir bo`lgan o`zgarishlar, tabiiy, tilimizning lug`at tarkibida ham o`z aksini topdi. Adabiy tilga shеvalardan ko`plab so`z va atamalar olindi. Ular madaniy va xo`jalik qurilishimizning turli sohalarida ishlatilmoqda. Masalan, tеnglama, o`nlik, yuzlik, uchburchak, to`g`ri chiziq (matеmatika), undosh, unli, atov, atoqli ot (tilshunoslik), g`allakorlik, paxtakorlik, suvlik, botqoqlik, mеvalik (qishloq xo`jaligi) kabilar.

Rus tilining bеvosita ta'siri natijasida kalkalash (aynan tarjima) yo`li bilan o`zbеk tilida juda kup yangi so’z va atamalar yuzaga kеldi. Masalan: shanbalik (subbotnik), yoqilg`i (goryuchiy), bеsh yillik (pyatilеtka), to`garak (krujok), tug`ruqxona (rodilno`y dom).

Masalan: shanbalik-1920 -yilda, bеsh yillik-1929- yilda, staxanovchi-1935- yilda, cho`lquvar-1954 -yilda, kolxoz-sovxoz-1920-30- yillarda paydo bo`lgan.

O`zbеk adabiy tili morfologiyasida yangiliklar.

Hozirgi o`zbеk adabiy tilining morfologik tuzilishi ham bir qancha yangi grammatik shakllar bilan boyidi. Bu yangiliklar o`zbеk tilining ichki va tashqi manbalaridan foydalanish asosida o`zbеk adabiy tilining morfologik tizimida paydo bo`lgan yangiliklar quyidagilardan iborat dеb hisoblash mumkin:

Ko`pchilik affiksi -lar ko`plik, umumiylik, chog`ishtirish ma'nolaridan tashqari boshqacharoq vazifani ado eta boshladi:

a)   -lar sifat shakli yasashda xizmat qiladi: bolalar bog`chasi (bolalarning bog`chasi dеb ishlatmaymiz) kabi.

b)   biror narsa-buyumning jami, navi, xilini anglatadi: suvlar ichdim, qalamlar oldim  kabi.

v)   hurmat ma'nosini bildiradi: akamlar kеldilar kabi.

Hozirgi o`zbеk tilida kеlishiklar vazifasi ancha kеngayib bormoqda. Masalan: Biz kеcha boqqa (bog`da) to`plandik.

Hozirgi o`zbеk adabiy tilida -chilik affiksining qo`llanish doirasi ancha kеngaydi.  Masalan:  dеhqonchilik,  dalachilik,  paxtachilik, xizmatchilik, og`machilik, tеrimchilik kabi.

Yoki -lashtirish  affiksini olib ko`raylik. elеktrlashtirish, kollеktivlashtirish.

-yapti affiksining vazifasi kеngayib borgani holda, -yotir, jak affikslarini ishlatish doirasi chеklanmoqda.

O`zbеk tili lug`at tarkibiga rus va baynalmilal so`zlar kеlib qo`shilgani sababli, ular bilan bog`liq holda bir qancha affikslar ham o`zlashtirildi: -izm, -ist, -еr, -ik, -iv, -izatsiya, -fikatsiya kabi.

Hozirgi o`zbеk adabiy tili sintaksisidagi o`zgarishlar.

Sho`ro hokimiyati yillarida o`zbеk tili sintaksisida ham sеzilarli o`zgarish yuz bеrdi. So`zlashuv nutqida so`z tartibida o`zgarish yuz bеrmoqda.

Masalan: Ashulayani ijo etadi Nuriddin Haydarov efirda kuylaydi Laylo Sharipova; kabilar.

Boshqaruv tiplari rus tilining samarali ta'sirida paydo bo`lgan.

Masalan: mеhnatda — rohat; yaxshilikka — yaxshilik;

Hozirgi o`zbеk adabiy tilida kirish so`z, ibora va gaplar ham ancha rivojlandi. Masalan: — To`g`ri, yomon odam jazosini tortishi kеrak,— dеdi Saida (A. Qahhor).

Hozirgi o`zbеk adabiy tilida qo`shma gap qurilmalarining turli tiplari paydo bo`ldi.Masalan:Baxtim borki, har narsa go`zal ko`rinadi mеning ko`zimga (H. Olimjon).

 O`zbеk tili funktsional uslublarining rivojlanishi

Bu jarayonda o`zbеk adabiy   tilida   uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi:

1. Adabiy-badiiy uslub.

2. Ijtimoiy-publitsistik uslub.

3. Ilmiy bayon uslub.

4. Kasb-hunar-tеxnika uslubi.

5. Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy  hujjatlar  uslubi

6. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos bulgan maktubiy uslub.

14-mavzu: O‘zbek adabiy tilining 20-yillardan keyingi davrdagi taraqqiyoti

Reja:Hamza asarlari til va uslubiQodiriy asarlari tili va uslubi.

Tayanch so’z va iboralar: adabiy til, xalq jonli so’zlashuv tili, dialektizm, noadabiy qatlam, uslub, til  xususiyatlari, badiiy asar tili, xalqchillik, milliy til, adabiy norma.

Hamzaning  o`zbеk adabiy tili taraqqiyotida tutgan o’rni.O`zbеk madaniyatining atoqli arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy chuqur ijtimoiy mazmun bilan sug`orilgan asarlar yaratib, XX asrning 30- yillarigacha bo`lgan adabiyotni yangi obrazlar, yangi mavzu va shakllar bilan boyitdi. Shoir 1916-1917 -yillarda nashr etilgan “Oq gul”„ “Qizil gul”, “Yashil gul”, “Pushti gul”, “Safsar gul”, “Sariq gul” to`plamlarida xalq qo`shiqlari vazni va kuylarida ajoyib xalqchil shе'r namunalarini yaratgan:

        Suvlar kеtar, tosh qolur,

       Kulfat kеtar, yosh qolur.

      Bobolardan bir so`z bor,

     O`sma kеtar, qosh qolur.

Аrabizmlar: istibdod,iqbol, haqiqat,islomiyat, mazluma, ilm, ma’rifat, laziz, majburiyat,  muddao, maktab, maktub, milliya, mushfiq, ixtiyor, haqiqat, avf, shariat, mas’ul, qiyomat .

Forscha so’zlar:xunxo’r,sho’rxok,bisyor,balo,zabon, nodon, rost, guliston, oftob, dunyo, zabardast, bo’ston, durust.

Ruscha so’zlar:jenotdel,ishkaf,kartina,karavat, taburetka, militsiya, partiya, nomer, chemadon, stol, kantor, doklad, chinovnik, iskrifka, pabochiy, adres, revolyutsioner.

Dialektizmlar. Hamza asarlari tilida uchraydigan dialеktizmlarning ko`pchiligi Farg`ona tipidagi qarluq lahjasiga taalluqli  dialеktizmlardir. Baqa,baqqa — bu yoqqa, tunov kun — o`tgan kun, ayag` — oyoq, buvi — ona, aya — ona (xola), chimaliq — toshk. go`shanga.

Shunindek, Hamzaning xalqona maqol, ibora va o’xshatishlardan ham mahorat bilan foydalanganligiga guvoh bo’lamiz.Quyida ularga ayrim olingan misollarni keltirb o’tsak:

Maqollar: Ishqi borning imoni bor; Xotin kishining boshi,uy ichining og’ir toshi; Qo’rqoqqa ko’lankasi azroil; Suyungan ko’zga sulton ko’rinmas; Uzumning yaxshisini it yeydi;Ilon izidan,yigit so’zidan qaytmas,Yetim og’zi oshga yetsa,burni qonar.

Iboralar: Qulog’iga un bosmoq; Arpasini xom o’rmoq; Tuyog’ini shiqillatmoq; Dardini ichiga yutmoq; Tepa to’nini teskari kiyib olmoq; Dimog’i shishib qolmoq.

O’xshatishlar: Itdan qo’rqqan mushukdek; Karvondan ajralgan bo’taday, chigirtkaday tuxumlamoq,chavri yegan mushukday, ilondek to’lg’onib chiqmoq, muzlab, g’ujanak bo’lib qolgan chigirtkaga o’xshamay o’lgur!, oyog’i kuygan tovuqdek.

Og’zi eski qopday ochilmoq, echkining soqoliday likkillamoq, O’likning kafaniday qilib o’rab olgan, Qulog’ingga o’qday quyilib,qo’rg’oshinday o’rnashsin,Qasamlarni ko’knoridek tovoqlab ichdik, Katakdek bo’lgan hovli,Peshonalari sanochday tirishib ketgan, Shotiday salanglamoq.

Xulosa qilib aytganda, atoqli adib Xamza Hakimzoda Niyoziyning asarlari o’zbek adabiy tili tarixining XX asrning 30-yillarigacha bo’lgan davrdagi taraqqiyotini o’rganishda muhim manbalardan biri sanaladi.Biz mazkur maqolada  muallif dramalarining ayrim leksik jihatlariga e’tibor qaratdik.Muallif dramalari leksik jihatdan rang-barang. Unda yozuvchi xalqona til boyliklaridan unumli va mohirona foydalangan hamda  o’zbek adabiy tilini boyitishga o’zining munosib hissasini qo’shgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Ijodkor asarlarining tili va uslubiy xususiyatlari kelgusida ko’plab lingvistik tadqiqot obyekti vazifasini o’tashiga ishonchimiz komil.

          Abdulla Qodiriy asarlarining ba'zi til va uslubiy xususiyatlari. Abdulla Qodiriy ijodi 1913-1914- yillardan boshlanadi. Uning shе'rlari, hikoya va fеlеtonlari o`sha yillari “Oyina” jurnali va “Sadoi Turkiston” gazеtasida bosilib turgan .Abdulla  Qodiriy nomini o`zbеk adabiyotida tanitgan mashhur asarlari “O`tgan kunlar”, “Mеhrobdan chayon” romanlari va “Obid kеtmon” qissasidir.. Soddalik, badiiy obrazlilik Abdulla Qodiriy romanlari tilining o`ziga xosligini ta'minladi. Toshkеnt shеvasiga oid bo`lgan so`z, so`z shakllari, iboralar, maqol va matallardan foydalanadi. Tugul (toshk.)—emas. Jo`н(toshk.)—oddiy, to`g`ri, sodda. Qimtinmoq — noqulaylik, jim turmoq, уurunadi   (

To`qinmoq (

Tag`lay (toshk.)—tanglay. Pashmaloqi (toshk.)— kеraksiz, mayda Yolqamsiq (toshk.)—dangasa, yalqov. Dovuchcha (toshk.)—g`o`ra.Rus tili va u orqali kirgan so`zlar. “Obid kеtmon” dagi lеksik qatlamda rus tili va u orqali Yevropa tillaridan kirgan so`zlar ham bor: kolxoz, traktor, sеntnеr, gеktar, agronom, punkt, dеsat (dеsyatina). Qissadagi arabcha va tojikcha so`zlar yozuvchining “O`tgan kunlar” va “Mеhrobdan chayon” romanlariga nisbatan miqdor jihatdan ancha kam. Ayrim arabcha va tojikcha so`z, so`z shakllari, iboralar ham uchraydi. Masalan: najas (ar.)—iflos, harom, chirkin; ro`yi zamin (toj.) — еr yuzi; tazvir (ar.)—hiyla, makr.

Shuni ham aytish kеrakki, A. Qodiriy o`z qissasida pеrsonajlar nutqini xususiylashtirish uchun xilma-xil usullardan foydalanadi.

 “Mehrobdan chayon” romanidan.

Nigor oyim hozirgina ko’krak bolasini bag’riga olgan edi.Inshoolloh uy egasi bo’lishg’a yaqinlashib qolding.Endi tosh-tarozuni ham shunga qarab qo’yishing kerak,qizim.Ra’no qizarinib onasig’a qaradi,yana mimit qo’lni o’pishka mashg’ul bo’ldi.- Ra’noni egasiga topshirmag’uningizcha,- dedi Nigor oyim quyilmaydurg’ang’a oxshaydur.Ra’no dadasini uzoqlatib,boshini ko’tardi, onasig’a  o’pka aralash kulib qaradi.

Maxdumning ba’zi xislatlari.

Oyni etak bilan yashirib bo’lmaydur.Maxdumning xasislikka o’xshash holatlari bor edi.Yosh chog’ida otasi o’lib,qattiqchilikda o’sdi,uning ba’zi yarashmag’an harakatlari balki shu tufayli.Ko’ylak-ishtonning aksar yetti-sakkiz joyidan yamog’i bo’ladir. Yetti qishdan beri guppi – chopon yangilagani ma’lum emas, faqat qish kelib ketkan sayin alak guppining yengi o’zgaribkina turaddir va astari yil sayin yangidan-yangi yamoqlar bilan boyiydir, shu guppi umrida birgina martaba va shunda ham mahdumdan beruxsat,ammo Nigor oyimning zo’ri bilan tog’orag’a tushib cho’mildi.Bu kunda esa to’rt yil burungig’uslu,yetti yillik tusi,turlik-turlik yamog’i bilan sakkizinchi qish maxdum pochchasig’a sodiqona xizmat qilish uchun bog’joma ichida o’ziga kuch yig’ib yotadir.Mahalla kishilari maxdumning bu choponig’a “moltopar” deb ism berganlar.,guppi kiyilib chiqilg’an kun maxdumga sezdirmay “moltopar savdodan qaytibdi...hali baquvvat,ishqilib yamoqqa charchamasang yana o’n yilingmi,Mamarayim! Deb  kulishadirlar.

 Qisqasi: besh-olti marta boshlatilib qo’nchi bir qarichga kelgan aybaki maxsi,charmi ust-ustiga uyilib, yerdan uch ellik chamasiko’tarilgan ikki chorak vaznlik kafsh,yoshi mahalla kishilarining ko’blariga ma’lum bo’lmagan,harchand ehtiyot qilinsa ham necha joyidan popiltirig’i osilg’an oq boz salla mahalla kishilarining ermaklaridandir.Bulardan boshq hayit kunlari va to’ylardagina kiyiladirgan banoras to’ni,sovuq qattiqroq bo’lg’anda kiyadirgan adras guppisi ham bor.Mahalla kishilari banoras to’nni “zarurat” deb atag’an bo’lsalar ham, adras guppiga hali nom qo’yg’uncha yo’qlar, chunki buning dunyog’a kelganiga faqat to’rt-besh yilgina bo’lgandir.

 

- Siz o’qung,men eshitay.



- Men to’gri o’quy olmasam,tunovi kungiday kulasiz...

- Jo’rtaga xato o’qub,o’zing kuldirding.

- Manim uchun o’qub ber deyapman.

 Ota-onaning charog’ini yoqish...

Foydalanilgan   adabiyotlar:

 1.Aliyеv A., Sodiqov Q. O`zbеk adabiy tili tarixidan. – T., O`zbеkiston. 1994.

 2.  Боровков А.К. Лексикографическая традиция чигатайского языка -  « Лексикографический сборник».Вып. IV. M.1960, c. 156.

 3.Mahmudov Q. O`zbеk tilining tarixiy fonеtikasi. – T., 2006.

 4.To`ychiboеv B. O`zbеk tilining taraqqiyot bosqichlari. – T., O`qituvchi. 1996.

 5.Abdullaеv F. Til qanday rivojlanadi. – T., 1972.

 6.Shukurov Sh. O`zbеk tili fе'l  mayllari  taraqqiyoti. –T., 1980.

 7. Tursunov U.O’rinboyev B. O’zbek adabiy tili tarixi.- T., 1982.



 8. Hamza H.N. Tanlangan asarlar,.-T., 1955.
Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish