Tаrjimоn dаsturlаri va ulardan foydalanish
Reja:
1. PROMT, Uzlat dasturlarii haqida
2. PROMT, Uzlat ishchi oynalari
Xorijiy davlatlardan olinadigan ma‘lumotlar asosan ingliz tilida bo’ladi. Shuning uchun ingliz tilini bilmaydiganlar uni rus tiliga tarjima qilib o’qishlari mumkin. Buning uchun maxsus avtomatik tarjima dasturlaridan foydalaniladi. Avtomatik tarjima dastur vositalarini shartli ravishda ikkita asosiy toifaga bo’lish mumkin.
Birinchi toifa kompyuter lug’atlaridan iborat. Kompyuter lug’atlarining vazifasi oddiy lug’atlar vazifasi bilan bir xil: noma‘lum so’z mazmunini anglatadi. Kompyuter lug’atlarining afzalligi kerakli so’z mazmunini avtomatik izlash va topishning qulayligi va tezligida ko’rinadi. Avtomatik lug’at, odatda, berilgan klavishlar kombinatsiyasini bosish orqali so’zlarni tarjima qilish imkonini beradi. Ikkinchi toifaga to’liq matnni avtomatik tarzda tarjima qilishga imkon beruvchi dasturlar kiradi. Ular bir tildagi (xatosiz tuzilgan) matnni qabul qilib, boshqa tildagi matnni beradi. Ish jarayonida dastur qamrovli lug’atlar, grammatik qoidalar majmui va dastur nuqtayi nazaridagi eng sifatli tarjimani ta‘minlovchi boshqa omillardan foydalanadi. Ushbu vositalardan foydalangan holda dastur boshlang’ich matndagi gaplarning grammatik tarkibini tahlil qiladi, so’zlar orasidagi aloqani topadi va jumlaning boshqa tildagi to’g’ri tarjimasini ko’rishga intiladi. Gap qancha qisqa bo’lsa, tarjima shuncha to’g’ri chiqishiga imkoniyat yaratiladi. Uzun gaplar va murakkab grammatik gap qurilishlarida tarjima tizimi yaxshi natijaga olib kelmasligi mumkin.
Hozirda dunyoda ingliz tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan ingliz tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlar keng qo’llanilyapti. Bu ingliz tilining xalqaro muloqot borasida yetakchi rol o’ynayotganligi bilan izohlanadi. Ingliz tili o’rganish uchun ancha qulay va sodda, lekin uning soddaligi avtomatik tarjima tizimlari uchun kutilmaganda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Hamma gap shundaki, ingliz tilidagi bir xil yozilgan stylus, ko’pincha nutqning turli qismlariga tegishli bo’ladi. Bu gapning grammatik tahlilini qiyinlashtiradi va avtomatik tarjimadagi qo’pol xatolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Biz kundalik faoliyatda tarjima dasturlarining ko’p turlarini uchratishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |