. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
Bilishning turlari.Xissiy bilish.Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr
xissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Xissiy bilim, jonli
mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Xissiy anglash
tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning
hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida
atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina xissiy obrazlar
bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz. Xissiy biliy shakllari.Sezgilar, bu – shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam bilan bog‘langan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstract tafakkur amalga oshishining asosi bo‘lgan ozuqadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |