. Axloqiy tarbiyaning yo‘llari va vositalari
zamonaviy axloq
nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya’ni axloqiy hatti–harakatlar asos –
e’tibori bilan ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri–obro‘parvar (avtoritar) axloq, ikkinchisi –
insonparvar (gumanitar) axloq. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib
chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro‘ egasi
inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun–qoidalari va me’yorlarini
ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun–qoidalar va me’yorlarni o‘zi
yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi»
Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi:
bulardan biri qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmog‘–u, nima qilmaslik lozim.
Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |