Tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart



Download 28,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,74 Kb.
#273631
Bog'liq
aaaa


“Agrobank” ATB iqtisodiyotning agrar tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng tarmoqli filiallar tizimi, barqaror kapitallashuv darajasi va an’anaviy mijozlar bazasiga egaligi, xorijiy banklar hamda xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kredit liniyalari mavjudligi raqobatbardoshlik imkoniyatlarini yanada oshirdi.

Bugungi kunda “Agrobank” ATB o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning deyarli barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, o‘zining tarmoqlari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Bank faoliyati ko‘lami anchayin keng bo‘lib, boshqarmalar, filiallar, minibanklar va maxsus kassalarda aholi va mijozlar uchun zarur bo‘lgan xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Xizmat sifatining yuqoriligi mijozlar sonining yil sayin ortib borishiga omil bo‘lmoqda.

“YUridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (O‘zR AV tomonidan 22.06.2015 y. 2687-son bilan ro‘yxatga olingan) ga asosan tashkilotlar o‘z pul mablag‘larini banklarda saqlashi shart.

Tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

Tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart.

Tashkilotlar ish kuni oxirida o‘z kassalarida qolgan naqd pul mablag‘larini belgilangan limit doirasida saqlashi mumkin. Kassadagi naqd pul qoldig‘i limitini belgilash va tushum hisobidan xarajat qilish har yili yanvar oyida tashkilotlar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga asosan buyurtma-hisob-kitobga muvofiq amalga oshiriladi.

Tashkilotlar o‘z kassasidagi naqd pul mablag‘larining belgilangan limit doirasidan ortiqcha qismini mehnatga haq to‘lash, mukofotlar, sug‘urta to‘lovlari, nafaqalar, stipendiyalar va pensiyalarni to‘lash uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblaganda 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga ega.

Kassa operatsiyalari birlamchi hisob hujjatlari (kassa kirim orderi va kassa chiqim orderi) asosida rasmiylashtiriladi.

Naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir shtampi (shtamp mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tushirilgan chipta (slip) pul topshirgan shaxsga beriladi.

“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir” (O‘zR AV tomonidan 29.06.2018 y. 3028-son bilan ro‘yxatga olingan) Yo‘riqnomaga ko‘ra banklar naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradi.

Bank o‘z mijozlariga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun alohida ajratilgan kassa tarmog‘iga hamda kassa xodimlariga ega bo‘lishi lozim.

Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.

Bankning kassa tarmog‘i, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga (ro‘yxat raqami 2816, 2016 yil 26 iyul) to‘liq rioya etilgan holda qurilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan bo‘lishi shart.

Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi.

Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘ida yuritiladi.

Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan chakana kassa xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni to‘lash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun (milliy va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.

CHakana amaliyotlar kassalarini bank binosida va binodan tashqarida tashkil etilishi mumkin.

Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kassa hujjatlari mijoz tomonidan to‘ldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul qilishini mumkin, qat’iy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno.

Bank kassasiga kirim qilinayotgan naqd pullar va boshqa qimmatliklar kassirlar tomonidan saralangan va donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart.

Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:

a) bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan naqd pullarni topshirish e’loni bo‘yicha;

b) bank xodimlari tomonidan bankka etkazilgan zararni qoplash uchun, xizmat safariga olingan bo‘nakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu kabi holatlarda bank xodimlaridan kirim kassa orderi (bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi kirim operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvarag‘idagi naqd pullarini ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) bo‘yicha;

v) jismoniy shaxslardan kommunal to‘lovlarni qabul qilish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus blanklar bo‘yicha;

g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni aholidan bir martalik to‘lovlarni qabul qilish blanki bo‘yicha;

d) aholidan bank depozit hisobvaraqlariga omonatlarni naqd pulda qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2711, 2015 yil 26 avgust) ko‘rsatilgan blanklar bo‘yicha;

e) jismoniy shaxslardan soliq to‘lovlarini qabul qilish jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki asosida amalga oshiriladi.

Naqd pullarni topshirish e’loni uch qismdan — «e’lon», «kvitansiya» va «order»dan iborat. Ushbu kirim hujjatining «e’lon» qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, «kvitansiya» qismi kirim kassasi kassiri tomonidan imzolangan va kassaning muhri bosilgan holda naqd pulni topshirgan mijozga, «order» qismi esa buxgalteriya xodimiga beriladi.

Kirim kassa orderi uch nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qo‘yilgan holda naqd pulni topshirgan bank xodimiga beriladi.

Kirim kassasi kassiri kirim hujjatlarini qabul qilishda:

hujjat bankning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanganligini;

ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan imzo namunalariga mos kelishini;

hujjat mijoz tomonidan imzolanganligini;

hujjatda ko‘rsatilgan summaning raqam va so‘zlar bilan to‘g‘ri yozilganligini hamda ularning o‘zaro mosligini tekshiradi va kirim kassa jurnaliga imzo qo‘yib, kirim kassa hujjatlarini qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.

Bank kassasidan naqd pullarni chiqim qilish:

a) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga —naqd pul cheki bo‘yicha;

b) jismoniy shaxslarga —chiqim kassa orderi (bevosita bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarini, xususan, naqd pullarni bir hisobvaraqdan ikkinchi bir hisobvaraqqa o‘tkazish uchun chiqim qilishda, naqd pullarni inkassatsiya xizmati xodimlariga topshirish maqsadida chiqim qilishda ham chiqim kassa orderidan foydalaniladi) bo‘yicha;

v) bank depozit hisobvaraqlaridagi fuqarolarning omonatlarini va uning foizlarini to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2711, 2015 yil 26 avgust) talablari asosida;

g) jismoniy shaxsning bank kartasidan bankomat yoki terminallar orqali naqd pullar chiqim qilish — avtomatik tarzda, dasturiy yo‘l bilan shakllantiriladigan sliplar bo‘yicha amalga oshiriladi. Avtomat tarzda shakllantiriladigan slip — chiqim kassa orderiga tenglashtiriladi.

CHiqim kassasi kassiri tomonidan naqd pullarni kassa mudiridan qabul qilish:

banknotlarning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlarini ustki nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshirish yo‘li bilan;

banknotlarning to‘liq bo‘lmagan dastalarini esa kassa mudirining yoki u tayinlagan kassa xodimining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali;

tangalar — qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qog‘ozdagi) yozuvlarga qarab tekshirish orqali amalga oshiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimlari tomonidan qabul qilib olish va ularni bank kassasiga etkazib berish mijoz, inkassatsiya xizmati va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

Bunda, naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bir yoki bir nechta tumanlarda naqd pul tushumiga ega bo‘lgan shoxobchalar tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu shoxobchalarning har biriga tushgan naqd pul tushumlari ular joylashgan tumandagi (inkassatsiya shartnomasida belgilangan) banklardan birining kassasiga inkassatsiya qilinadi.

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan va tushum pullarini inkassatsiya xizmati orqali topshiruvchi har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektga, uning naqd pul tushumining hajmiga qarab kerakli miqdorda (kamida 3 ta) «BANK» so‘zi yozilgan inkassatsiya sumkalari (qoplari) beriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt vakili naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) yig‘uvchi inkassatorga topshirayotgan vaqtida har bir inkassatsiya sumkasi (qopi) uchun quyidagi (komplekt) blanklarni:

ilova qaydnomasi;

yuk xati;

kvitansiyani ketma-ket joylashtirgan holda qora qog‘oz orqali bir yo‘la to‘ldiradi hamda ularni har birini alohida imzolaydi.

Yig‘uvchi inkassator xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olishda:

sumkaning (qopning) yaroqliligi va uning butligini;

sumka (qop) og‘zidagi plombalangan tizimchaning butligini, plombir izining aniqligini va uning plomba namunasiga mosligini;

qabul qilinayotgan va topshirilayotgan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) raqamlarini tashrif varaqasi, yuk xati va kvitansiyada ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelishini;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mas’ul xodimi tomonidan inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati va kvitansiyasi imzolanganligini;



tashrif varaqasida qayd etilgan summani, inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati va kvitansiyasida qayd etilgan summalarga mos kelishini;

inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati hamda kvitansiyasiga raqam va so‘z bilan yozilgan summalarning o‘zaro mos kelishini tekshiradi.
Download 28,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish