Asal haqida shifodan go'zallikkacha!



Download 203,5 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2017
Hajmi203,5 Kb.
#1369
  1   2   3
Asal haqida - shifodan go'zallikkacha!

2016-04-01                 12:50:19



Asal mazasi asalari qaysi o'simliklardan shira olganligiga qarab aniqlanadi. Unga qaysi o'simlik shirasi asoslik vazifasini o'tagan bo'lsa, asal ham o'sha o'simlik nomi bilan sifatlanadi. Masalan akasiya asali , paxta asali , beda asali, kungaboqar asali , yantoq asali va h . k . 



Asal borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, uning tarkibida 75 foiz meva shirinligi mavjud. qolgan qismi esa suv, oqsil moddasi, kislotalar, fermentlar va xushbo'y moddalardan iborat. Sof asal shifobaxshlik xususiyatiga ega, u juda ko'p yillar davomida buzilmay turadi. Bir kilogramm asal 3150 kaloriya quvvatga ega. Bu 30 dona tuxum yoki 2.5 kg semiz go'shtning quvvatiga teng degan so'zdir. 200 gr asalning quvvagi 180 gr pishloq, 8 dona apelsin va 350 gr maydalangan go'sht quvvatiga tengdir. Asalning tarkibida juda ko'p vitaminlar va mikro-elementlar bor. Asal tarkibida mikro va mikroelementlarning borligi asalning sifatini, shifobaxshlik xususiyatini boyitadi. Asalning bu shifobaxshlik xususiyatini saklash uchun shisha, sopol va sirlangan idishlarda qorong'i joylarda saqlash lozim, asal saklangan uyni tez-tez shamollatib turish, haroratni esa 5-10 darajadan oshirmaslik lozim. Uni temir, alyuminiy idishlarda mutlaqo saqlab bo'lmaydi. Chunki uning tarkibidagi moddalar temir va alyuminiy bilan reaksiyaga kirishib, zaharli moddalar hosil qilishi mumkin. Asalni o'pka, buyrak, jigar, yurak va qon-tomirlar, oshqozon va ichak, markaziy asab sistemasini, ko'z, teri kasalliklarini va turli-tuman surunkali yara kasalliklarini davolashda keng qo'llash mumkin. Surunkali bronxit, farangit va rinit, o'pka kasalliklariga 5-10 foizli asal eritmasi tayyorlab, ingalyasiya qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi. Oshqozon, ichak kasalliklarini davolashda ham asal juda foydali. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalliklarini davolashda ovqatdan 1,5-2 soat oldin 25-30 grammdan iliq suv yoki-meva sharbatiga asal eritib ichilsa, oshqozon shirasi ko'payishiga sabab bo'ladi. Asal bilan davolanishda bir kunda o'rtacha 80-100 grammgacha asal tanovvul qilish mumkin. Erta bilan 30 gramm miqdorda. Davolash vaqti bir yarim - ikki oyga mo'ljallangan. qadimgi yunonlarda chakalokni emizishdan oldin uning og'ziga bir necha tomchi asal tomizish yoki ona ko'ksiga asal surtish odat bo'lgan. Darvoqe, ba'zi vaqtlarda bolaga sigir suti berishga to'g'ri keladi. Lekin bunda bolaning rangi bir oz oqaradi, harakatlari esa bir oz susayadi. Ana shunda sutga ozgina asal qo'shilsa bas go'dak sog'ayib ketadi. Ozishga moyillik, gepatit va oshqozon-ichak, nafas yo'llari kasalliklarini davolashda ham asaldan foydalanish ma'qul. Ba'zi yosh bolalar har xil sabablarga ko'ra ishtahasi bo'lmay kam ovqat yeydi. Bunday bolaga vaqti-vaqti bilan asal berib turilsa ishtahasi ochiladi. Asal ozmoqchi bo'lgan kishilarga ham, semirishi kerak bo'lgan kishilarga ham baravar shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi. Darmonsiz, ozg'in kishilar asalni boshqa oziq-ovqatlar bilan birga tanovvul qilishlari kerak. Semirib ketgan kishilarga esa ozish uchun asalni ho'l meva yoki suv bilan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Yurak kasalliklariga chalingan bemorlarga yalpiz asali, oshqozon ichak kasallanganda rul asali, buyrak kasallansa, har xil giyohlar va mevali daraxtlar asalini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Asal eng avvalo, toza, tarkibida shakar qiyomi, sirka qo'shilmalarisiz bo'lmog'i kerak. Asalni isitilsa shifobaxshlik xususiyati ancha yo'qoladi. Shuning uchun uni o'z holicha, ya'ni tabiiyligicha futur yetkazmay foydalanish yaxshi samara beradi. Asal to'g'risidagi hamma ma'lumotlarda xozirgi zamon fani tibbiyoti ham uning ko'p foydali xususiyatlariga tan berganligi e'tirof qilinadi. Asal kishi organizmiga beqiyos foydali bo'lganligidan hamma kasalliklarga davo hisoblanadi. Ibn Sino asalning shifobaxshligini o'rganib, turli xil kasalliklarni davolagan hamda bu borada o'zining qimmatli tavsiyalarini ham ishlab chiqqan. Chunonchi nafas a'zolari yaralanib qolsa, asalni tanglay bilan ezib so'rishni, ko'z hiralashib qolsa unga asal surtib ko'z xiralashishini ketkizishni maslahat beradi. Buyuk tabib bundan ming yil ilgari asalni kishini tinchlantiruvchi xususiyatiga ega ekanligini ham isbot etgan. Shu maqsadda uni uyqusizliqda va har xil asab kasalliklari, shuningdek, bolalar kasalliklarini davolashda qo'llagan. Bunda dastlab asalning quvvatligiga, tez hazm bo'lishiga, xushbo'yligiga shirin ta'mga ega bo'lishiga tayanib ish ko'rganligini maxsus uqtirib o'tadi. Bundan tashqari, oshqozon ichak va boshqa a'zolarning kasalliklarini davolashda, turli xil shamollashlar va o'pka kasalliklarida asalni iliq sutga yoxud limon, sabzi, sholg'om suvlariga aralashtirib ichishni buyurgan. o'tmishda odamlar uzoq muddat safarga chiqqan paytlarda tez buziluvchi oziq-ovqatlarni saqlashda asaldan foydalanganliklari ma'lum. hatto toza asalni o'lganlarni balzamlashda (buzilishdan saqlashda) ham ishlatganlar. Sarkarda Aleksandr Makedonskiyning jasadini o'z vataniga shu tarzda olib kelingani tarixdan ma'lum. Ibn Sino asalni bosh og'riqlari kasalliklarini davolashda qo'llagan. Uning asalni tuz bilan aralashtirib, qulokqa tomizilsa uni tozalaydi va eshitish quvvatini kuchaytiradi degan fikrlaridan tabiblarimiz hozirgacha foydalanadilar. Shayx ur-rais uzoq umr ko'rish uchun doimo oziq-ovqat tarkibida asal bo'lishini alohida ta'kidlagan. 45 yoshdan oshgan kishilarga har kuni asalning yong'oq bilan ezilgan aralashmasini iste'mol qilishni buyurgan. o'pka kasalliklarini davolashda asalni qizil gul bargi bilan aralashtirilgan aralashmasini bemorlarga har kuni ertalab soat 12 gacha qabul qilishni tavsiya qilib o'tgan. U qon tomiri va yurak kasalliklarida asal bilan shirin anor qo'shib istemol qilishni foydaligini o'qtiradi. Uning bolalar tabobati, tarbiyasi, sanitariyasi va gigenasida asaldan foydalanish soxasida bayon etgan fikrlari hozirgacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Bu jihatdan, ayniqsa, uning bolalarda paydo bo'ladigan ayrim kasalliklarni asal bilan davolashga oid o'ndan ortiq tavsiyalari daqqatga sazovordir. Ibn Sino o'zining birinchi kitobida yozadi: "Bolalarning tishlari chiqish oldidan tish milklarida paydo bo'ladigan shishlarni, ikki jag' suyagining chekkasidagi paylarda paydo bo'ladigan shishlar va tirishish kasalliklari paytida bolaning og'zini moy-chechak (romashka) yog'iga aralashtirilgan asal bilan chaplaydilar". Bugina emas, olim bolani asal bilan emizish va uni ko'krakdan ajratishda undan foydalanish tadbirlarini ham aytgan. 

ASAL YOSHARTIRUVCHI OZUQA - Biz bu o'rinda asalning to'yimli ozuqa va shifobaxshligi to'g'risidagi yangi ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz. har birimiz iste'mol qilayotgan taomning tanamizga ta'sirini ko'rib chiqamiz. Asal tarkibi bo'yicha ion qon plazmasiga juda yaqin turuvchi, yuqori kuvvatli mahsulot 100 gr toza tabiiy asal 300 kaloriya quvvatga ega. Uning tarkibida 32 foiz - glyukoza, 2 foiz - saxaroza, 36 foiz-fruktoza, 8 foiz-maltoza, 20 foiz-suv, 2 foiz-mineral tuzlar mavjud.

Asal tarkibidagi moddalarning 78 foizini glyukoza va fruktoza tashkil etishi ko'rinib turibdi. Uzoq vaqt saqlanganda saxarozaning arzimas hissasi 2 dan 10 foizgacha oshishi mumkin. Sog'lom kishining 1 litr qoni tarkibida 1-g glyukoza mavjud bo'ladi. Fruktoza jigarda glikogen shaklida saqlanadi va zo'riqqanda glyukoza ko'rinishida organizmga quvvat bag'ishlaydi. Oddiy shakar, kartoshka (kraxmal) uglevodlar me'da - shira tarkibidagi diastazlar ta'sirida xazm bo'ladi. Tabbiiy asal oqsillar inson tanasida gormonlar va fermentlar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Asal fermentlari hazm jarayonini yaxshilab tananing oziq moddalarni o'zlashtirishga ko'mak beradi. Ferementlarsiz tana yashay olmaydi, oziq moddalar ko'payib ketishidan halok bo'ladi. Asalda boshqa oziq moddalarga nisbatan fermentlar miqdori yuqori. o'tkir asal (padevuymed) fermentlar ta'siridan parchalanib ketadi, aytarlik oziq quvvatga ega bo'lmaydi. Asaldagi turli mineral moddalar odamda uning qon hosil qiluvchi a'zolarida qon tanachalarni hosil bo'lishi, asab tizimini qo'zg'alishi, vitaminlar va garmonlar orasidagi bog'lanishlarni ta'minlaydi. Asaldagi organik kislotalar ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatib oziq moddalarni o'zlashtirilishiga yordam beradi. Oshqozon devorining shilliq ajratish faoliyatini kuchaytiradi, ishtahani oshiradi. Asal odam tanasida deyarli to'la ravishda 97-98 foizga o'zlashtiriladi. Sut 90 foiz, qora non 85 foiz, go'sht 95 foiz, kartoshka 85 foiz o'zlashtirilishini bilib qo'ygan yaxshi. Asal yosh o'smir organizmini o'sish davrida juda muhim oziq hisoblanadi. Asal iste'mol qilib yurgan o'quvchilar jismoniy kuchli, aql jihatidan yuqori, ijodkorligi yaqqolroq namoyon bo'ladi. Uyqu oldidan asal iste'mol qilish bilan osuda uyqu ta'minlanadi. 



ASALLI MUOLAJALAR - Asalni yeb qayt qilinsa, me'dani har xil cho'kindilardan tozalaydi. Asalni suv bilan g'arg'ara qilinsa, xalqum va bodomcha bezlarni yiring va boshqa begona moddalardan tozalaydi. 
- Asalni sirkaga aralashtirib og'iz bo'shlig'i devorla-riga qo'p marta surtilsa yoki asalni ko'p muddat davomida tutib turilsa, tishlar milkini mustahkamlaydi. Agar milk go'shti yeyilgan bo'lsa uni undirishga yordam bera-di, kirdan tozalaydi. Barmoq bilan asalni tishlarga surtilsa, tishlarni oldingi joylarida turishi, ularni oqarib sog'lom bo'lishiga xizmat qiladi. Ba'zilar asalni shirin bo'lgani uchun sustlashtiruvchi (bo'shashtiruvchi) deb bilishgan. Bu unchalik to'g'ri emas. To'g'ri, asalning shirinligi rutubatli bo'lib, bo'shashtiruvchi hisoblanadi. Lekin asal mizojda issiq va quruq ekanini unutmaslik kerak. Shunday ekan, u qatiy bo'shashtiruvchi bo'lmaydi. 
- Asalning o'zini yoki piyoz suvi bilan ko'zga tortilsa, ko'zni ravshan qiladi, qichish, qo'tir, suv oqish, ko'zdagi xol va gavharga begona suv tushishi kabi holatlarni bartaraf qiladi. 
- Agar asalni toshtuz bilan aralashtirib quloqqa tomizilsa, uning pardasidagi bodlar va quloq daranglashishini yo'qotadi, quloq ichidan yiring kelishi va rutubatlarini bartaraf etadi, uning sovuqdan paydo bo'lgan dardlariga malham bo'ladi va quloqning og'irligini daf qiladi. Asalni so'yilgan sigirning yangi olingan o'tiga qo'shib yoki molning, echki yoxud ayol sutiga yoki tovuq tuxumining oqiga aralashtirib quloqqa tomizilsa, yuqorida aytilgan quloq xastaliklariga shifo bo'ladi. Agar asalni qizilgul yog'iga aralashtirib yalab yeyilsa, sovuq moddalar tufayli paydo bo'lgan yo'talni daf etadi.
- Asalni bargizub suvida eritib o'sha suv bilan iliqxolida huqna qilinsa, ichaklardagi zaxmlar va uning shishlariga davo bo'ladi. har gal hamom qilgandan keyin, badan sovimasdan asal bog'lansa, zakarni katta va kuchli qiladi. Ayollar asalni hayz yoshida tagdan ko'tarsalar, ularning bachadonlaridagi illatlarga shifo baxsh etadi.
- Asalni bug'doy uni bilan qorib badanga bog'lansa, shishlarni qaytaradi, chipqon va toshmalarni pishiradi, sirka va tuz bilan aralashtirib bog'lansa, shishlarni yo'qotadi, sepkilli dog'larni daf etadi, tuz bilan qo'shib bog'lansa, badanda lat va kuchli zarba tufayli paydo bo'lgan qontalashlarni yo'q qiladi, arpa uni bi-lan xamir qilib bog'lansa, badanda qaynab chiqadigan terlarni isloh qiladi, zaxmlarni iflosliklardan tozalaydi va ularni harom go'shtlarini kemirib, yo'qotadi, tovuq axlati yoki javdarga qo'shib bog'lansa, teri yuzidagi oq dog'lar va pesga shifo bo'ladi.
- Asalni ukrop bilan qaynatib bog'lansa, badandagi kuchli zarba dog'lari va teridagi oq dog'larni yo'q qiladi. Uni qizilgul yog'iga aralashtirib surtilsa shirin balg'am tufayli paydo bo'lgan yaralarga shifo bag'ishlaydi va badanni baquvvat qiladi. Agar yolg'iz o'zi surtilsa, bit va sirkani yo'qotadi. Uni o'lgan jasadlarga surtilsa, murdani buzilish va hidlanishdan saqlaydi, shunintdek, go'sht va charvilarga surtilsa, ularning sifati, ta'mi buzilmaydi, asl holi saqlanadi. Asalni zira suviga qo'shib ichilsa, zamburug' zahriga, quturgan it tishlaganida davo bo'ladi. Agar qizil gul yog'iga aralashtirib iste'mol qilinsa, badandan zaharli jonzotlar zahrini haydaydi. Agar asalni eb qayd qilib tashlansa, zahar yegan odamni xavf-xatardan qutqaradi. Asalning xislatlaridan yana biri shundaki ayol kishi uni suv bilan sharbat qilib, och qoringa nahorda ichsa, agar homilador bo'lsa, ichaklarida kuchli og'riq paydo bo'lib homilasi tushadi. Xullas, sovuq mizoj va balg'am mizoj odamlar uchun asal yashash joyi sovuq xududlarda foydali bo'lib, issiq mizoj va mizoji quruq odamlar agar asalni issiq fasllarda yeyishsa, zarar qiladi. Issiq mizojli kishilarda bosh og'rig'i paydo qiladi. 
- Yuqoridagi fasllarda asalni bir qancha kasalliklarga shifobaxshligi, uni tayyorlash va iste'mol miqdori ko'rsatib o'tildi. Shunday bo'lsa-da, xalqimiz qadim zamonlardan beri asalni ba'zi ozuqli maxsulot va shifobaxsh giyohlarga omixta qilib quyidagi xastaliklar ni davolaganliklarini eslatib o'tamiz. Sholg'om urug'iki xovonchada yanchib, asal bilan aralashtirib esangiz, ichingizni yumshatadi. Zulukni quritib, asalga solib, yalansa, buyrakdagi toshlarni maydalaydi. har kimning mijozi sovuqdan tashvish tortsa, dolchin bilan asalni qaynatib va anor sharbatini qaynatib, issiq ichsa najot topadi. 
- Inson jigari 4 narsani xush ko'radi, xom karam, tvorog, qattiq non va asal. 
- Petrushka urug'i, no'xat va asaldan iste'mol qilib yurgan kishining qovug'i mustahkam bo'ladi. Yong'oq mag'zi bilan asaldan murabbo tayyorlab yeb yurilsa, buyrakni baquvvat qiladi. qizil bodrezak mevasining sharbatini asal bilan aralashtirib ichilsa, jigar xastaligiga davo bo'ladi. Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo'shib yeb yurilsa jigar xastaliklariga davodir. har kuni 7-gr dasht sabzisini quritib yanchigach, choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuq jigarga issiqlik baxsh etadi. Sabzini suvda qaynatib so'ng u asalga qo'shilib yeyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi. Sirka va asal qo'shib yeb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo'ladi. Loviyani asal bilan aralashtirib ko'zga bog'lansa, ko'z milklarining qizarishini va shishini yo'qotadi. 10 gr sariq bedani suvda qaynatib, suvi asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligi (astma)ga davodir. Archa mevasidan 30 gr yanchib va elakdan o'tkazib, 15 gr mol yog'i qo'shib eziladi va ko'pigi olingan asal bilan xamir qilib bir hafta yalab yurilsa, balg'amdan hosil bo'lgan nafas qisishiga davo bo'ladi. 2 gr gorchisa urug'ini ezib, asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligidan xalos bo'lasiz. Har kuni 8-9 gr rayhon suvini asal bilan qo'shib ichgan odam nafas tangligidan xalos bo'ladi. Bug'doy kepagi qaynatilgan suvga shakar, asal, shirin bodom yog'i qo'shib iste'mol qilinsa, nafas tangligiga davodir. Bir grammdan mo'miyo, asal va aloedan tayyorlangan aralashma har kuni nahorga iste'mol qilinsa, nafas qisishga davo bo'ladi. Nafas qisishdan xalos bo'lishni istasangiz, yuz grammdan isiriq va zig'irni 0.5 kg asalga aralashtirib, undan bir choy qoshiqda kuniga uch mahaldan iste'mol qilib turing. Shotut mayizini asal bilan yeyilsa, ich ketishga davo bo'ladi. Oqbosh karam sharbatiga shakar yoki asal aralashtirib ichish tomoqni yumshatib, yo'talni qoldiradi, Asalari mumidan varaq yasab, qotgan asablarga qo'yib bog'lansa, ularni yumshatadi. Bodom mag'zini yanchib, asalga aralashtirib muntazam iste'mol qilib yurish asabning davosi, miyani quvvatlantiruvchi, aqlni ziyodalashtirib, fikrni tiniklashtiruvchi vositadir.
- Kuniga 7-8 gr yalpiz urug'ini qaynatib, asal bilan ichgan odam ichakdagi noxush moddalardan xalos bo'ladi. 
- Yongoq mag'zini asal bilan qo'shib murabbo qilib yeyilsa, ko'richak mustahkamlanadi. Sarimsoqni pishirib asal bilan qo'shib yesa, bir necha hafta ichida istisqso dardidan batamom xalos bo'ladi.
- Bir diram ipakni qaychida maydalab, uch hissa asalga iylab iste'mol qilinsa, g'amginlikdan xalos qiladi, shod- xurram etadi, yurakni baquvvat qiladi. 

OG'IZ BO'SHLIG'IDA - Asalari mahsulotlarini tibbiyotda qo'llash keng tus olmoqda. Yarali og'iz bo'shliq (stomatit)larini davolashda sizga propolisning spirtli aralashmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Yosh bolalarda og'iz bo'shlig'i yarasi uzoq kechadi, u yuqori harorat, ishtaha yo'qolishi, ba'zida qusish va ich ketish asoratlarini ham berishi mumkin. Propolis og'izning shilliq qobiqchasidagi og'riqni qoldirishda, shuningdek, shamollashga qarshi foydali dori hisoblanadi. Og'iz bo'shlig'i kasalligida propolis spirt aralashmasi qo'llanilganda, uning foydasini birinchi soatlardayoq sezish mumkin bo'ladi. Propolis aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi: 10 gr maydalangan propolisga 100 mg spirt qo'shib, 3 sutkaga qorong'i joyga qo'yib, vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi. Uchinchi kuni butilkadagi aralashmaga 100 g suv quyib, suzib olinadi. Og'izni chayqash uchun yarim stakan iliq suvga 5-10 g propolis aralashmasi qo'shiladi. Agar farzandingizni o'zi og'iz bo'shlig'ini chayqashni eplay olsa yaxshi, mabodo eplolmasa, u holda aralashmani og'iz bo'shlig'iga surtish kerak bo'ladi. 20-40 daqiqadan so'ng, bolada o'zgarish seziladi, ishtahasi ochiladi, shamollashi tez o'tadi. Bolalarda terining yallig'lanishi hosil bo'lmasligi uchun, propolis aralashmasining miqdorini kamaytirish mumkin. 

LABINGIZ YORILSA - Kechqurun uyquga yotishingizdan avval ozgyna toza asalni labingizga surtib yoting. Bir necha muolajadan keyin lab yorilishidan halos bo'lasiz. 

OVOZ CHIQMAY QOLGANDA - Bir bo'lak yerqalampir(xren)ni olib, maydalab to'g'rab unga bir piyola qaynoq suv quyib, 20 daqiqa davomida tindiriladi. Unga ozgina asal qo'shib bir kunda 3 mahal bir choy qoshiqdan ichsangiz shifo bo'ladi. 

TISHINGIZ OG'RIGANDA - Asalari propolisini moshday miqdordagisini olib kovagi bo'lgan tishingizga joylang. Propolis qattiq bo'lsa uni biroz yumshating. Birozdan so'ng og'riq qoladi: 

OG'IZ BO'SHLIG'I KASALLIGIDA 
1. 25 g propolisni olib, shunday maydalangki, har bir bo'laklari 0.4 mm dan oshmasligi kerak. So'ng qoramtir bo'tilka idishga 100 ml spirtni quyib birgalikda yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashmaga 50 g quritib maydalangan qizilpoycha (zveroboy) barglari solinib vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Tayyor bo'lgan nastoykani filtrlab, kuniga 4-5 marotaba (dozasi 20-30 tomchidan) tomoqni chayib turiladi.
2. Propolis angina, surunkali tonzillit, xalqum shamollashi, laringitda, milk kasalliklarida ham yaxshi davo hisoblanadi. Bu kasalliklarda propolisdan bir miqdorda olib chaynalsa, yaxshi natija beradi. 

PARADONTOZDA 
1. Asalni uyasi bilan birga chaynang. Milkingiz mustahkamlanadi, tishlaringizdagi g'uborlar ketadi. 
2. Asalli mumkatak chaynasangiz (uning tarkibida asaldan tashqari mum va gulchang mavjud) milkni tozalaydi va mustahkamlaydi, yallig'lanishdan sa q laydi, tish ko'chishining oldini oladi. 

TOMOQ OG'RIGANDA - Bargizub o'simligini quritib maydalangandan 1 osh-qoshiqda olib uni 200 mm suvda 10 minut atrofida past olovda qaynating, uni yarim soat tindiring. Unga 20 foiz propolisning spirtdagi eritmasidan 40 tomchi tomizing. Ushbu suyuqlik bilan anginada, surunkali tonzilitda, laringit va shu kabi og'iz bo'shlig'i kasalliklari, tomoq og'rig'ida chayqang. Suyuqlikni ichib yuboring. 
- Bir stakan qaynatilgan suvga 1 osh qoshiqsan quruq va tuyulgan qo'ziquloq bargi (podorojnik) solib, 10-15 daqiqa davomida qaynatiladi. qaynagandan so'ng yarim soatga tindirilib, unga 40 tomchi 20 foizli propolis spirt eritmasidan qo'shib, anginada tomoq chayqab turiladi. 

ANGINADA - Sirli idishda qo'yning ichki yog'i, saryog', kakao va asalni 200 grammdan aralashtirib eriting. Keyin shisha idishga solib sovuguncha saqlang. Zarur paytda bir stakan suvga aralashmadan 1 choy qoshiqda solib bir kunda 3-4 marta iching. Agar balg'amli yo'tal bo'lsa, sutga 1 choy qoshiq soda soling. 

BALG'AMNI KETKAZISHDA - 300 gramm asalga 20 gramm murch tolqonini aralashtirib 3 mahaldan 7 kun moboynida bir osh qoshiq miqdordagisini nahorga ichib yuring, balg'am ketadi, inshoolloh. 

OSHQOZON - ICHAK VA JIGAR XASTALIGIDA - 50-100 grammdan qabul qilingan asal (suvda eritib yoki toza holda) yengil bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bu narsa undagi qand miqdorining ko'pligi va ichak qobiqlaridagi xemoreseptorni besaranjomlantiruvchi organik kislota bilan bog'liq. Asalning oshqozon va ichak sekresiyalariga ta'siri qabul qilingan asal miqdori, qabul vaqti va aralashma haroratiga bog'liqdir. Oshqozon yarasi kasalligi va 12 barmokli ichakning gipersekretor faolligida asalni nonushta va tushlikdan 1.5-2 soat ilgari, kechki ovqatdan 3 soat oldin 30-60 g dan qabul qilish tavsiya etiladi. Giperasiya gastrit holida 1 osh qoshiqdan iste'mol qilinadi. Asalni 30-40 gradusli issiq suvda eritib, darhol ichiladi. Davolash kursi 1.5-2 oy. Ana shu usuldagi davolov yo'li bilan oshqozon suvi achitqisi kamayib, oshqozon-ichak faoliyati mustahkamlanadi, og'riqlar to'xtaydi, ko'ngil aynish va zarda yo'qoladi, bemorning kayfiyati ko'tariladi, asab tizimlari halovatsizligi barham yeydi. Asalni ovqatlanishdan oldin sovuq aralashma holida qabul qilish oshqozon - ichak sekresiyalari kuchayishini ta'minlaydi. Giposid gastrit chog'ida aralashma bir osh qoshiqdan ovqatlanishdan oldin qabul qilinadi, Davolov muddati 1.5-2 oy. Jigar xastaligida ham asal qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda asal gipotositlarda likogen shakllanishiga yordamlashuvchi, jigar faoliyatini mustahkamlab, toksinlar va zaharlarni yo'qotuvchi qimmatbaho energetik mahsulot sifatida foydalaniladi. Asal asosan, jigarning uglevod almashinuvlarini mustahkamlashtiradi. Jigar xastaligida asalni ertalab nonushtadan oldin 50 gramm , tushlikda bir osh qoshiq miqdorida (20-25 g ) iste'mol qilinadi. Asalni oshqozon-ichaklarga ta'siri quyidagi kasalliklarga tayinlangan ko'rsatkichlar bilan bedgilanadi:
1. To'g'ri ichak tiqini hollarida.
2. Bavosir ya'ni gemorroyda. 
3. Oshqozon va 12 barmoq ichak kasalliklarida.
4. Jigar kasalligi. 

OSHQOZON VA O'N IKKI BARMOQ ICHAK YARASIDA 
1. Oshqozonni, 12-barmoq ichakni yarasida uning faoliyati kuchayib ketganda asal iste'mol qilishni ertalabki nonushtadan 1.5-2 soat ilgari, kechqurungi ovqatlanishdan 3 soat va tushlikdan keyin kunduzi 40-80 grammdan, kechqurun 30-60 grammdan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Gastritning giperasid holatida asalni bir martadagi iste'moli 1 osh qoshiq miqdorda belgilanadi. Asalni qaynatib iliq holga kelgan sut yoki suvda obdon eritib olasiz. Davolanish muolajasi 1.5-2 oy davom etadi. Bunday muolaja ta'sirida oshqozon shirasining kislotaligi kamayadi, shilliq suyuqlashadi, og'riq pasayadi, achitish, qayt qilish kamayadi, quvvat ortaboradi, odam asta-sekin to'lishadi. 2. 100 grammdan lavlagi, sabzi, asal, piyoz, turup sharbati va 100 grammdan saryog', asal va spirt olib ham-masini obdon aralashtirgach, uni issiq joyda 1.5 kun tinib tursin. Tayyor bo'lgan malhamni bir kunda 3 mahal bir osh qoshiqdan choy bilan ichib yuring. 

YURAK QON TOMIR TIZIMI - Asal yurak faoliyatini yaxshilashini yana bir bor alohida ta'kidlaymiz. Yurakka ta'siri va quvvati jihatdan qon tomiriga beriluvchi glyukoza bilan barobar kuchga ega bo'la oladi. Shu bois ham miokardning sistrofik o'zgarishlarisa asalni parhez va asosiy ozuq sifatida tavsiya etiladi. Biroq yurak kasalligi chog'ida asalni qaynoq choy bilan iste'mol qilmaslik lozim, aks holda miokarsga ortiqcha yuk tushib, ter ajralishini kuchaytiradi. Bir qator olimlarning fikricha, asal qon tomirlarini kengaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi. Asal iste'mol qilib borilganda qon tomiri bosimining pastlashuvi ham kuzatiladi. Shu narsa aniq isbotlandiki, yuragida surunkali ishemik kasali bor bemorlarda (miokars infarktini o'tkazgan qismida) bir oy davomida har kuni 50 grammdan (ovqatdan oldin 3 marta bir osh qoshiqdan) asal iste'mol qilib borishlari natijasida xolesterin miqdoriyi 14 foizgacha kamaytirish imkoni tug'ilgan. Asalning yurak-qon tomiri tizimiga ta'sirini kuchaytirish uchun, ko'plab tadqiqotchilar asalni dorivor o'simliklar bilan, oziq-ovqat o'simliklari sharbatlari, masalan qand lavlagi, sabzi sharbatlari va shuningdek, qaynatilgan na'matak mevasi va hokazo dorivorlar suvi bilan birgalikda qabul qilinsa, samarasi yanada kuchli bo'lishini ta'kidlaydilar. Yurakning ishemik kasalligi, kardiosistrafiya va boshqa xil yurak kasalliklari hamda asal dozasi kuniga 50 gr (kuniga 3 marta, bir osh qoshiqdan ovqatlanishdan oldin). Davolov kursi bir-ikki oy. Asalning yurak-qon tomirlariga ta'sirini qo'yidagi ko'rsatkichlarda belgilaydilar: 
1. Yurakning ishemik kasalligi. 
2. Ateroskleroz. 
3. Gipertonik kasallik. 

Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish