Tuxum mahsulotlari
Tuxum tez buziluvchan va mavsumli mahsulot bo‘lgani sababli va aholining tuxumga bo‘lgan ehtiyojini yil bo‘yi qondirish maqsadida tuxum qayta ishlanib, muzlatilib va quritib konservalanadi.
Muzlatilgan tuxum - yangi, to‘liq sifatli tuxumlar chaqib, po‘stidan ajratib, qorishtirib maxsus tunuka idishlarga solib, og‘zi mahkam, zich qilib berkitiladi va tezda muz xonalarga muzlatish uchun yuborilai. Muzlatish - 180 dan past (40-450 gacha borishi mumkin) haroratda olib boriladi.
Savdoda tuxumning oqi bilan sarig‘ini aralashtirib, muzlatib chiqarilganiga «melanj» deyiladi. Melanjlar non, bulka, qandolat va umumiy ovqatlanish korxonalarida tuxum o‘rnida xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Tuxum melanjiga 0,8% osh tuzi yoki 5% qand qo‘shib ham chiqariladi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlari 5 va 10 kg li bankalarga joylanib chiqariladi. Bankalar 8 va 4 donadan yashiklarga joylanib qo‘yiladi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlarini - 120da 8 oygacha, 180da esa 15 oygacha saqlash mumkin.
Quritilgan tuxum maxsus issiq kameralarda bosim ta’sirida mayda qilib pulivizator orqali purkab quritib olinadi. Tuxum zarrachalari issiq havoda qurib mayin, nafis, sariq tusli kukun ko‘rinishida kamera ostiga tushadi. quritish uchun sifatli yangi tuxumlar olinadi. Quritilgan tuxum kukuni germetik yoki zich berkitiladigan tunuka yoki faner idishlarga, 0,5 kg li karobkalarga, 10 kg li oq tunuka bankalarga va 50 kg li bochkalarga joylab chiqariladi. Tuxum kukuni 100-200 g dan zichlangan briket ko‘rinishida ham chiqariladi.
Quritilgan tuxum yuqori to‘yimli oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, tarkibida 6,4% suv, 43,3 oqsil, 40,9% yog‘, 5,8% (azotsiz ekstraktiv) suvda eruvchi organik moddalar va 3,6% mineral moddalar bor. Quritilgan tuxum mayda, bir tekis, nafis, unsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Mahsulot bevosita iste’mol qilinishidan tashqari keng ravishda oziq-ovqat sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Tuxum bo‘tqasini 1:1 nisbatda sut bilan qorishtirib, quritib quruq quymoq olinadi. shuningdek, alohida tuxum oqi va sarig‘i quritib chiqariladi.
Quritilgan tuxum mahsulotlarining asosiy sifat ko‘rsatkichi namligi bo‘lib, standart bo‘yicha u 9%dan oshmasligi kerak. quritilgan tuxum sifat ko‘rsatkichlari va erish darajasiga qarab, a’lo va 1 navlarga bo‘linadi, a’lo navli bo‘lib, erish darajasi 80-85%, nordonlik darajasi esa - 100 va kuli 3,4%dan oshmasligi kerak.
1 navi qo‘l bilan ezilganda uqalanib ketadi. Erish darajasi 60-70%, nordonligi 16% va kuli 4% gacha bo‘lishi mumkin. 1 va 2 navida ham yog‘ning miqdori 35%dan, oqsili 45% dan kam bo‘lmasligi kerak. Quritilgan tuxumni 100 dan-20 gacha bo‘lgan haroratda va havo namligi 70%dan oshmagan sharoitda saqlash tavsiya etiladi. Normal sharoitda (0-20 da) oddiy qadoqlangan mahsulot 8 oygacha va germetik idishga joylanganlari 12 oygacha saqlash mumkin.
Savdoga quritilgan tuxum 100-200 g dan zichlangan briket ko‘rinishida va ichiga yog‘, suv, suv o‘tkazmaydigan mumlangan qog‘oz to‘shalgan maxsus faner yashik yoki barabanlarda 10-30 kg hajmida chiqariladi. Magazin sharoitida quritilgan tuxumni toza, quruq va qorong‘i xonalarda saqlash tavsiya etiladi.
Tuxum va tuxum mahsulotlarini
joylash va saqlash
Tuxum mayda mahsulot bo‘lgani uchun standart idishlarga joylanadi. Tuxumlar maxsus yog‘och yashiklarga 720 yoki 360 donadan 4 qator qilib oralariga yog‘och qipig‘i qo‘yib joylanadi. Yashik va yog‘och qipig‘i quruq (namligi 15%), toza, mog‘orlamagan bo‘lishi kerak.
So‘nggi yillarda tuxum karton korobkalarda va 10 qator maxsus iyma xonachalari bo‘lgan karton patnislarda 360 donadan joylab chiqarilmoqda. Bu idishlar juda ixcham, engil va ozoda bo‘lib, borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Parhez dietik tuxumlar ham alohida 10 donadan karton karobkalarga joylanib chiqariladi. Har bir idishda tuxumning xili va sifati ta’riflangan marka bo‘ladi. Tuxum markirovkasida nomlari qisqartirilib faqat bosh harflarigina ko‘rsatiladi. Masalan, parhez dietik tuxum - D, yangi tuxum S (svejiy), muzlatkichda saqlanganlari - X, tuxum kategoriyalari «rim» raqami bilan I va II deb belgilanadi.
Mayda 143 g dan engil va usti ifloslangan tuxumlarga qo‘shimcha ravishda «mayda» va «ifloslangan» degan so‘zlar yozib qo‘yiladi. Tuxumlarni maxsus sovuq xonalarda harorati - 0,5 dan 2,50; havo namligi 85-88% bo‘lgan sharoitda saqlash tavsiya etiladi. Saqlash muddati 6 oygacha. Tuxum mavsumlik mahsulot bo‘lgani uchun uni saqlash sharoitiga va muddatiga katta ahamiyat beriladi. Saqlash davrida tuxum yashiklarini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib, ag‘darib turiladi. Har bir qatorda yashiklarning balandligi 10 qatordan oshmasligi kerak.
Magazin sharoitida tuxumlarni yoz mavsumi 3 kun va qish mavsumida 6 kungacha saqlash mumkin. Muzlatkichdan keltirilgan tuxumlar asta-sekin ilitilib, so‘ngra savdoga chiqariladi. Tuxumlarni sotish vaqtida «ovoskop» orqali tekshirish tavsiya etiladi.
1. Tuxum tanaga quvvat beradi. Bir dona tuxum 6 gramm yuqori sifatli oqsil va 70 kaloriyaga ega.
2. Ushbu mahsulot jigar faoliyatiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Uning tarkibida xolin makroelementi mavjud.
3. Tuxum tarkibidagi xolesterin moddasi qondagi mavjud xolesteringa ta'sir etmaydi. Doimiy ravishda tuxum iste'mol qilish jigarni kam miqdorda xolesterin ishlab chiqarilishiga ta'sir ko'rsatadi.
4. Mazkur mahsulotni iste'mol qilish natijasida organizm uchun foydali bo'lgan xolesterin miqdori oshadi. Lipoproeinlar yurak kasalliklari va insult xavfini kamaytiradi.
5. Ko'z o'tkirligi uchun tuxum foydali. Uning tarkibi lyutein va zeaksantin antioksidantlariga boy bo'lib, katarakta xavfini bartaraf etadi.
6. Ishtahani ko'taradi. Bu nonushta uchun eng maqbul taom. U insonni to'q saqlaydi.
7. Tuxum oqsil manbai sanaladi. Organizm uchun kerakli bo'lgan moddalar bilan ta'minlay oladi.
8. U suyaklar uchun ham juda foydali. Uning tarkibidagi vitamin D osteoparoz xavfidan bartaraf etadi.
9. Ushbu mahsulot saraton xavfini bartaraf etadi. Xolin moddasi ayollarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'krak saratonini yuzaga kelishini oldini oladi.
10. Mushaklar faoliyatini mustahkamlaydi. Oqsil mushaklar faoliyatiga yaxshi samara ko'rsatadi.
11. Xomiladorlar uchun ham juda foydali. 2 dona tuxum tarkibidagi 250 mg xolin, kundalik norma uchun etarli sanaladi.
12. Tuxum soch va teri salomatligi uchun ham foydali. Tuxum tarkibida V guruhiga oid vitaminlar jamlangan, ular soch, tirnoq va teri salomatligi uchun juda zarur.
13. Tuxum rangi mahsulotning sifati haqida darak bermaydi. Oq yoki jigarrang turdagi tuxum tarkibi tovuqning qaysi zotdan ekanligi bilan bog'liq.
Tuxum mahsulotlari
Muzlatilgan tuxum mahsulotlariga tuxum melanji (oqi bilan sarig‘ining aralashmasi), muzlatilgan oq qismi va muzlatilgan sariq qismlari kiradi. Bu tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun birinchi va ikkinchi kategoriyadanpast bo‘lmagan oshxonabop tuxumlar ishlatiladi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlari olish uchun oqak eritmasida saqlangan va biror nuqsonga ega bo‘lgan tuxumlar ishlatilmaydi.
Muzlatilgan tuxum melanjini olish uchun tuxum saralanadi,
dezinfektsiya qilinadi, sindiriladi. Oqi va sarig‘i aralashtiriladi, suzgichdan o‘tkaziladi, 62650 S da pasterizatsiya qilinadi va sovutiladi. So‘ngra tayyor massa oq tunuka bankalarga joylanib –18q-200 S da banka ichidagi harorat 60 S bo‘lguncha muzlatiladi. eanj faqat umumiy ovqatlanish
korxonalarida ishlatiladi, sotuvga chiqarilmaydi.
Melanjning harorati –60 S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Tuxumlarning
oq va sariq qismlarining tarkibi deyarlik o‘zgarmaydi. Lekin, oqlik qismi
muzdan tushirilganda oqsil o‘ziga suvni singdirish qobiliyatini
yo‘qotganligi sababli suyuq konsistentsiyani beradi. Juda ham past haroratda muzlatilganda esa, sariq qismi jelatinsimon konsistentsiyaga o‘tib, qaytarilmaydigan qattiq konsistentsiyani egallaydi.
Muzlatilgan melanj zarqaldoq rangli, muzdan tushirilgandan so‘ngra esa rangi oqsariqdan to ochpushti rangacha bo‘ladi. Konsistentsiyasi muzlagan qolda qattiq, muzdan tushirilgandan keyin esa suyuq qolatda bo‘ladi.
Muzlatilgan melanj tuxumlarining sarig‘i va oqlik qismi ajratilmay qo‘llaniladigan hamma taomlar olishda yangi tuxum o‘rnini bosa oladi.
Muzlatilgan tuxumlardan pechenelar va souslar ishlab chiqarishda ham keng foydalaniladi. Shuningdek undan parqez taomlari tayyorlashda ham
foydalaniladi. Xuddi yuqorida keltirilgan texnologik jarayonlar asosida tuxumlarning oq va sariq qismlari ham alohida-alohida muzlatilishi mumkin. Ularning
sifat ko‘rsatkichlari ham muzlatilgan melanjning sifat ko‘rsatkichlari singari aniqlanadi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlariga issiqlik ishlovi berishdan oldin ular albatta muzdan tushirilishi tavsiya etiladi.
Muzlatilgan melanj, muzlatilgan va sariq qismlarini – 120 S dan ortiq
bo‘lmagan harorat va havoning nisbiy namligi 8085 % bo‘lgan sharoitda 8 oygacha, - 180 S da saqlanganda esa 15 oygacha saqlash tavsiya etiladi. Talqonlar quyidagi assortimentda chiqariladi: oqi va sariq aralashmasi;
quruq oqlik qismi; quruq sariq qismi; tuxum massasi va pasterizatsiya
qilingan sutdan 1:1 nisbatda olingan quruq omlet.
Kukun-aralashmaning kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): oqsil - 44;
uglevod – 1,8; yog‘ - 42,2; suv - 8,5; mineral moddalar - 3,5. quritilgan
oqlik qismi esa asosan 74 % oqsildan tashkil topgan bo‘ladi. quritilgan
sariq qismi esa yog‘ va oqsillarga boyligi bilan ajralib turadi. Unda
yog‘ning miqdori 54 % ni, oqsil esa 36 % gachani tashkil etadi.
Quritilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarish usuliga qarab changlatib quritilgan va barabanlarda plyonka usulida quritib olingan mahsulotlarga bo‘linadi. Changlatish usulida quritilayotgan tuxum xom ashyosi mayda zarrachalarga aylantirilib, maxsus quritish jiqozlarida quritib olinadi.
Bunda quritish maydonida harorat 700 S dan ortiq bo‘lmaydi, quritish jarayoni ham juda tez boradi. Shu sababli tuxumlar tarkibidagi oqsillarda bo‘ladigan denaturatsion o‘zgarishlar ham juda kam bo‘ladi. Bu esa xom ashyodagi hamma vitaminlar va boshqa fiziologik faol moddalarning to‘la saqlanib qolishidan dalolat beradi. Plyonka usulida tuxum kukuni olishda
esa quritish jiqozlari 600 S haroratda 12 soat davomida olib boriladi.
Bunday uzoq muddat davomida quritish oqsillarning asosiy qismining denaturatsiyaga borishini keltirib chiqaradi. Demaq oqsillar tarkibida va
vitaminlar miqdoridabirmuncha o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Tuxumning aralashmatalqoni ochsariq rangli. hamma qismlarida bir jinsli, tuxum talqonining rangi ochsariq, butun massasi bir xil, konsistentsiyasi kukunsimon, ta’mi va hidi quritilgan tuxumga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Namiqqan, sirti shilimshiqlangan, moqorlagan, begona ta’m va hidlarga ega bo‘lgan, rangi butunlay o‘zgargan tuxum talqonlarini sotishga ruxsat etilmaydi. Tuxum talqonining sifatini aniqlashda ularning suvda eruvchanligi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Changlatish usuli bilan olingan oliy navli tuxum talqonining eruvchanligi 85 % dan, birinchi naviniki esa 70 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Plyonka usuli bilan quritilgan tuxum kukunining oliy navida bu ko‘rsatkich 80 % dan, birinchi navida esa 60 % dan kam
bo‘lmasligi me’yoriy xujjatlarda qayd etilgan.
Changlatish usuli bilan olingan tuxum talqonining namligi 9 % dan, nordonligi esa oliy navida 100 T dan, birinchi navida esa 160 T dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Oqsil moddalar miqdori esa quruq moddaga hisoblanganda 45 % dan, yog‘ar esa 35 % dan kam bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.
Shuningdeq quruq quymoqlar ham ishlab chiqariladi. Ularning tuxum
talqonidan farqi shundaki, qaymoqlar olishda tuxumga tabiiy sut yoki yog‘i olingan sut qo‘shiladi.
Tuxum talqoni 100 va 200 g briket qolida faner barabanlarga 50 kg gacha, germetik oq tunuka bankalarga 10 kg gacha qilib joylanadi.
Tuxum talqonining kafolatlangan saqlash muddati 100 S dan –20 S gacha havoning nisbiy namligi 65-70 % bo‘lgan sharoitda germetik
bo‘lmagan idishlarda 6 oygacha, germetik idishlarda esa 12 oygacha qilib
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |