Asal haqida shifodan go'zallikkacha!



Download 203,5 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2017
Hajmi203,5 Kb.
#1369
1   2   3

YURAK MALHAMI - 1 litr toza asal, 10 ta limon va 5 bosh sarimsoq kerak. Limonlarni va sarimsoqni go'sht qiymalagichdan o'tkazib ularni asal bilan obdon aralashtiring. Aralashmani og'zini yopib salqin joyda bir hafta tindiring. Ushbu malhamdan ovqatlanishdan yarim soat oldin bir kunda 1 marta, yaxshisi ertalab nahorga 4 choy qoshiq miqdordagisini iste'mol qiling. 

ATEROSKLEROZDA 
1. Sarimsoqni ezib bo'tqa holiga keltirasiz, unga shuncha miqdorda asal aralashtirasiz. Aterosklerozning oldini olish va shu holat ro'y berganda ushbudan 3 osh qoshiq miqdordagisini bir kunda 3-4 marta ovqatdan 30-40 minut oldin choy bilan iste'mol qilasiz. Muolaja muddati 4-6 hafta. Bir oylik tanaffusdan keyin muolajani takrorlashingiz mumkin. 
2. Do'lana mevasidan damlama tayyorlab, unga 20 foiz li spirtli propolis eritmasidan qo'shasiz.Ushbuni aterosklerozda, yurakning ishemiya kasalligida, bosh aylanishda, gipertoniyada, uyqungiz qochganda foydalaning. Bu aralashma yurak muskullarini mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, arteriya qon tomirlaridagi bosimni oshiradi. 

MIOKARD INFARKTIDA 
1. 1 osh qoshiq miqdordagi asalni bir piyola sabzi sharbati bilan aralashtiring. Bu aralashmani miokard infarktida, anemiyada, ozib-to'zib ketganda, kislota kamligidagi gastiritda foyda beradi. Ingichka ichak kasallangan bo'lsa man etiladi. 
2. Miokard infarktida, shuningdek anemiyada, oshqozon shilliq pardalarining yallig'linishi va ozishda kuniga 2-3 marotabadan 0.5-1 stakandan sabzi sharbati va 1 choy qoshiq asal (ovqatdan oldin yoxud keyin) iste'mol qilib turiladi, shuningdek, enterit (ingichka ichak kasali)da iste'mol qilish man etiladi. 

YURAK MIOKARDIDA - 250 g limonni urug'idan ajratib olib po'stlog'i bilan go'sht qiymalagichdan o'tkazing, unga 250 gramm anjir, 250 gramm asal va 50 g aroq qo'shib aralashtiring. Bir kunda ikki marta tushlik va kechki ovqatdan keyin bir osh qoshiqdan iste'mol qiling. 

STENOKARDIYADA - 1 litr miqdordagi asalga 10 dona limon 5 bog' (donachasi emas) sarimsoqni olasiz. Limonni yuving, tozalang, uning shirasini siqib oling. Sarimsoqni ezib bo'tqa holiga keltiring. Limon shirasi va sarimsoq bo'tqasini asal bilan aralashtirib bir hafta davomida qorong'u joyda saqlaganingizdan keyin bir kunda bir marta 4 choy qoshiq miqdordagisini choy bilan 2 oy davomida iching. Shifo topasiz. 

GIPERTONIYADA 
1. Qizilcha, sabzi shirasi va xren o'simligining shirasidan bir piyoladan miqdorda olib hammasini bitta idishga quyasiz. Unga bir piyola miqdorda asal qo'shib aralashtirasiz. Hosil bo'lgan aralashmadan bir kunda 3 marta ovqatdan bir soat olsin yoki keyin bir oshqoshiqdan ichib yuring. Davolanish muddati 1.5-2 oy. Eritmani salqin joyda saqlang.
2. Bir xil tengliksagi qizilcha, sabzi, sholg'om sharbatlari asal bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashmani 2-3 oy davomida kuniga 3 mahaldan 1-2 osh qoshiqdan ovqat yeyishdan yarim soat oldin qabul qilinadi. Aralashma qorong'u va sovuq joyda saqlab turiladi. 
3. Sabzi, yerqalampir sharbati va asal hamda limonni teng miqdorda, bir piyoladan olib ularni aralashtiring. Ushbu aralashmadan har kuni bir osh qoshiq miqdorida 3 mahal 2 oy mobaynida ichib yuring. Yurak kasalliklarida 1 osh qoshiqdagi asalni, sut, suzma bilan iste'mol qilsangiz nafi katta bo'ladi.
4. 1 ona ari suti 100 g asalga yaxshilab aralashtirib, so'ngra yarim qoshiqda ovqatdan 20-30 daqiqa oldin iste'mol qilish lozim. Og'iz bo'shlig'ida aralashma butunlay erib ketgunga qadar ushlab turiladi. Bu aralashmani giptoniya, holsizlanish, bosh og'rig'ida 2-3 marotabadan iste'mol qilib turish lozim. 

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGIDA 
1. Asalari gul changini yarim yoki to'la choy qoshiqda kuniga ovqatlanishdan oldin 2-3 mahaldan qabul qilib turiladi; Davolash muddati 1 oy. Ikki haftalik tanaffusdan so'ng, shu davolov kursini yana davom ettirish kerak. Tabiiy asal va gul changidan 2:1 hajmda tayyorlangan aralashma ham juda foydalidir. Uni 1 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. 
2. Yarim kilo sarimsoqni tozalab qirg'ichdan o'tkazib, unga 700 famm suyuq asal quyib, 7 kun mobaynida salqin joyda tindiriladi. So'ngra undan kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin bir osh qoshiq miqdorida ichib yuring. 

QON TOMIRLARINI TOZALASHDA 
1. Sarimsoq sharbatini siqib teng miqdordagi asal bilan aralashtiring. Ushbu aralashmadan ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 1 osh qoshiq miqdorida 3-4 mahal 4-6 hafta davomida iste'mol qiling. 
2. Aloy barglarini 2 hafta muzlatgichda saqlang, keyin yarim stakan kogor va yarim stakan asal qo'shing. Bu aralashmani ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan iste'mol qiling. 3. Asal va pishirilgan qizil sabzini teng miqdordagisini o'zaro obdon aralashtirasiz. Uni har kuni 3 mahal 10 kun davomida 2 osh qoshiq miqdordagisini iste'mol qiling. Shifosi Allohdan biz sababchi. 

YUQORI NAFAS OLISH YO'LLARI VA LOR-ORGANLARIGA TA'SIRI - Ko'plab olimlar insonning yuqori nafas olish organlari xastaliklarini davolashda asalning benazir shifobaxsh xususiyatlari borligini ming bor ta'kidlashdi. Bu xususiyatlar uning antibakterialligi va nafas olish yo'llaridagi har qanday xastalik asoratlarini yo'qotishga bog'liq samaralari bilan belgilanadi. Bunday xastaliklarni asal bilan davolash muddati 20 kundir va quyidagi asosiy tavsiyalar olib boriladi:
1. Barcha bemorlarga asalni quyidagi tartibda qabul qilish belgilanadi: har 3 soatda (kuniga 6 marta) 1 choy qoshiqdagi (10 g) asalni osmonga qarab yotib olgan holda, og'izda eritib so'rib tugatish. 
2. Tibbiy apparatlar, yordamida aerozol ingalyasiyalari: Asaldan mineral suvda har kuni 20 foizli eritma tayyorlanadi. Ingalyasiya dozasi 15-20 ml eritma. Burunda nafas tortib, og'izdan chiqariladi. Kuniga 10-20 daqiqadan 1-2 marta ana shunday muolaja o'tkaziladi. 
3. Uy sharoitida aerozal ingalyasiyalari quyidagicha o'tkaziladi: Choynakka yarim stakan suv quyib, qaynatiladi va unga 1 osh qoshiq asal qo'shiladi. Ana shu eritma bug'i choynak og'izchasiga kiydirilgan rezina trubka orqali nafas olish yo'llariga qabul qilinadi. Eritma harorati pasayib, bug'i chiqmay qolsa, uni yana bir bor qaynatib olinadi. Ana shu tariqa ingalyasiya muddati 15-20 daqiqa, davolov muddati 10-20 kun.
4. Burun ichiga qotib qolgan asal parchalari surtish orqali davolash. Asalning qitiqlovchi ta'sirini kamaytirish uchun unga ansentizonning 10 foiz yog'li eritmasi qo'shiladi. Yonboshlab yotgan bemorning burniga ana shu asaldan kichik bir bo'lakchasi joylashtiriladi. Issiqlik ta'sirida asal eriy boshlaydi va asta-sekin burun bo'shliqlaridan tarqalib, o'zining shifobaxshlik ta'sirini o'tkaza boshlaydi. Bunday prosedura kuniga bir marta qilinadi. Muddati 20 kun. 
5. Galvanik tok uchun mo'ljallangan apparat yordamida asal bilan elektroforez o'tkazish. Antibiotiklar elektroforezidagi usulning o'zginasi. Faqat bunda distillangan suvdagi asalning 30 foiz eritmasi ishlatiladi. qo'llash 20 daqika davom etadi. Tok kuchi 6 dan 12 gacha. 
6. Tonzillit, laringit hollarida 30 foiz asal eritmasi (distillangan suvdagi) bilan kuniga bir necha marta tomoqni g'arg'ara qilish. 
7. Stomotologiyada asal bilan davolash stomatit, ginvit, glossit va og'izdan noxush hid chiqishi hollarida qo'llaniladi. qanddan farqli o'laroq, asal tishlarda dekalsinasiya keltirib chiqarmaydi. Aksincha, milk va tishlarni tozalab, musgahkamlaydi, shifobaxshlik ta'sirini ko'rsatadi. Yuqorida tilga olingan tish kasalliklari holida 1 stakan iliq suvga 1 osh qoshiqdagi asal obdon eritilib, og'izni kuniga bir necha bor chayqash lozim. Kuzatishlardan shu narsa ma'lum bo'ladiki, yuqoridagi kabi davolashlar hamisha ijobiy samaralar keltiradi. 10 kun davomidayoq yuqori nafas olish yo'llaridagi va shuningdek, tish bilan bog'liq xastaliklar barham topib, bemor o'zida xushhollik va tetiklik seza boshlaydi. 

NAFAS YO'LINING YUQORI A'ZOLARIGA TA'SIRI - Asalni nafas a'zolarini yuqorisiga tavsiya etilishi uning bakteriyalarga, zamburug'larga ta'siri, jarohatlangan joylarni tezda tiklanishida ijobiy ta'siri yaxshiligidan tavsiya etiladi. Bu a'zolarning muolajasi 20 kun davom etadi. Bunda:
1. 1 choy qoshiq miqdordagi asalni har 3 soatda ya'ni bir kunda 6 marta yotgan holda asalni darrov yutib yubormay og'izda ko'p vaqt tutib, uni so'rib ichiladi. 
2. Tibbiy apparatlar yordamida asalni 20 foizli eritmasi ingalyasiya qilinadi. Bir martaligida 15- 20 ml eritma ishlatiladi. Burun bilan nafas olinib ogizdan chiqariladi. Bir kunda 1-2 marta 10-20 minut davomida bajariladi. 
3. Ingalyasiyani uy sharoitida choy qaynatiladigan choynakka 0.5 l. suv quyilib unga 1osh qoshiqda asal solib aralashtiriladi. qaynab chiqqan bug'ni tumshug'iga uzunchoq nay joylashtirib uni hidlanadi. Ingalyasiyani yaxshisi kechasi qilinadi, uni davom etishi 15-20 minut. Bir kursi 10-20 kun 
4. Burun katagini ichiga bemor orqasi bilan yotganida ozgina asal qo'yiladi. Asal erib burun ichiga oqadi. Bir kunda 1 marta qilinadi. Bir kursi 20 marta. 
5. Tonzilit va laringitda asalning 30 foizli eritma-si bilan og'iz chayiladi, g'arg'ara qilinadi. 
6. Nafas yo'llarining yuqori a'zolari yallig'langanda asal mumini 15 daqiqa davomida chaynang. 

BRONXITDA - Matoga toza asal surtib bemorni yelkasiga qo'ying. Ustidan yelim plyonka yopib, issiq ro'mol bilan o'rang. Ushbu kompressni kechqurun uyquga yotishdan avval qiling. Yo'tal bir ikki muolajadan keyin to'xtaydi. 

O'PKANI MUSTAHKAMLASHDA - 200 gramm sariyoqka 2 ta tuxumning sarig'ini ko'pirtirib soling. Ustidan bir choy qoshiq un va ikki choy qoshiq asal qo'shing. hammasini obdon aralashtiring va undan har kuni 3 mahal 1 choy qoshiqdan choy bilan ichib turing. 

SHAMOLLAGANDA 
1. Aloy o'simligining pastki qismidagi bargidan shirasini ezib olasiz, 50 ml shiraga 100 g asal qo'shib aralashtirasiz. Bu aralashmadan bir kunda 3 marta 1 choy qoshiqdagisini ovqatdan oldin ichib yurasiz. 
2. Dorivor romashka o'simligining quritib maydalanganidan 3 osh qoshiq miqdorda olib ustiga 0.5 l. qaynoq suv quyasiz. Uni 15 minut davomida qaynab turgan suvda tutasiz, keyin sovutasiz, suzib olib, unga 2 osh qoshiq miqdorda asal solib eritasiz. Ushbu aralashmani anginada, surunkali tanzillitda, milk og'riganda foydalanasiz. Yo'g'on ichak yorilishida, kolitda foyda beradi. Kolitda kechqurun uyquga yotishdan avval 50 ml miqdordagisini huqna qilasiz. Aralashmadan yarim piyoladan ozroq miqdorda bir kunda 3 marta ovqatdan keyin qorin dam bo'lishida, ich ketganda og'riq ro'y berganda, shamollashni oldini oluvchi vosita sifatida ichib tursangiz naf olasiz. 
3. Asal va yerqalampir bargi shirasini 10:0.5 nisbatda aralashtirasiz. Uni paxtali tamponga shimdirib burun ichiga tiqib qo'yasiz.
4. Yarim kilogramm yong'oq mag'zini maydalab 300 gramm asalga aralashtiriladi.Unga yarim piyola aloy sharbati va 4 dona limon sharbati qo'shiladi. Ushbudan yosh bolalar bir choy qoshiqdan, kattalar osh qoshiqdan bir kunda 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
5. 3 osh qoshiqdagi maydalangan dorivor moychechak gulini 0,5 l qaynab turgan suvga solib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi, uni sovutib, tindirib, 2 osh qoshiqdagi asal bilan aralashtiriladi. Undan tomoq og'rig'ida, surunkali tonzilitni davolashda, tish milklari shamollaganda, shuningdek, yara va shikastlangan jarohatlarda, to'g'ri ichak yorilishi va kolitni davolashda foydalaniladi. 
6. Qarag'ay bargini qaynoq suvli bankada 15-20 minug damlab, keyin yarim stakan toza asal qo'shib eritasiz. Ovqatlanishdan so'ng kuniga 3-4 marta ikki-uch osh qoshiqdan ichib olsangiz, darddan forig' bo'lasiz. 

TUMOVDA 
1. Asalni iliq suvda (45S dan oshmasligi kerak) 1:2 nisbatda aralashtirib, kuniga 3-4 marta burun teshiklariga qattiq surunkali aksirishda tomizib turiladi.
2. 100 g asalni olib (imkon qadar tog' asali), 1 dona siqib olingan limon sharbati bilan 800 ml qaynatilgan suvda eritiladi. Kun davomida ichiladi. 
3. 1 osh qoshiq asalni 1 stakan iliq sutga aralashtirib shamollashda, gripp va yo'talda ichib turiladi. 4. Yerqalampirning yangi siqib olingan sharbatiga teng miqdorda asal aralashtirib, uyqu oldidan 1 osh qoshiqdan ichiladi. o'tkirlik qilsa, ortidan iliq suv ichasiz.

TERI KASALLANGANDA 
1. 3 osh qoshiq mayda to'g'ralgan yangi bodringga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat tinidiriladi, so'ng dokadan o'tkazilib, osh qoshiqda asal qo'shib erib ketgunga qadar aralashtirib yuboriladi. Keyin paxtali tamponni eritmaga botirib yuz qismi artiladi, 30 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Ko'rsatma: xusnbuzarga qarshi yaxshi vosita.
2. 1 osh qoshiq tuyulgan dorivor mavrak (shalfey) bargiga 1 stakan qaynoq suv quyib, qopqog'ini berkitib 30 daqiqa davomida tindirib, 1 choy qoshiqda asal solib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Tayyor bo'lgan ushbu aralashma kechki vaqtda kasallik kuchaygansa 15 daqiqa davomida kompress qilib turilasi. 
3. 1 stakan maydalangan xom kartoshka, 1 osh qoshiq asal bilan bo'tqa holiga kelgunga qasar ezib yuboriladi. So'ng paxtadan tayyorlangan matoga 3-4 qalinlikda bo'lgan qatlamda surtib, og'riyotgan teri qismiga qo'yib, bint bilan bog'lanadi va 2 soat moboynida turadi. Kasallik kuchayishi bilan kuniga 3-4 marotabadan 2-3 soat oralatib kompress qilinadi. Yotishdan oldin yaralangan joyga propolis mag'zini surtib bint bilan ertalabgacha bog'lab qo'yiladi. Ushbu maz allergiya bermayotganligini albatta, nazorat qilib turishi lozim. Yara bitib ketgunga qadar muolaja davom etadi. Ko'rsatma: kuyish, ekzema yarasida, biriktiruvchi to'qimalarning yiringlab yallig'lanishida, tovon qavar-ganda qo'llaniladi. 
4. Shisha idishga 1 osh qoshiq asal, 1 dona xom tuxum sarig'i va 0.5 choy qoshiqda gliserin qo'shib, yog'och qoshiq bilan bir massaga kelgunga qadar aralashtiriladi. Ushbu aralashma yuvilgan yuz qismiga yupqa qatlamligida surtib, 15 daqiqa mobaynida turadi. Undan keyin iliq suvda yuzni yuvib, so'ng sovuq suvda chayqaladi. Ko'rsatma: ajinga qarshi qo'llanadi. 
5. 100 g asal bilan 1 dona limon sharbati o'zaro aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan ushbu massa toza yuzga, yupqa qatlamda surtiladi. 5-10 daqiqadan so'ng sovuq suvda yuvib tashlanadi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi. 
6. 1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va 1 dona tuxum oqini xamirga o'xshash holatga kelgunga qadar obdon aralashtiriladi. So'nt yuzga surtib, 15 daqiqa ushlab turiladi, keyin iliq suvda yuviladi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi. 
7. 2 osh qoshiq spitrga 2 osh qoshiq suv qo'shib, unga 1 choy qoshiq asalni olovda bir oz isitib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Kechki payt 12 daqiqa yuzga surtiladi. Ushbu niqob yuzni tozalaydi, uni turli mikro-blardan dizenfeksiya qiladi va terini yumshatadi. 
8. 35 g asal, 90 g arpa uni va 1 dona tuxum oqini ko'piksimon holatga keltirib, yaxshilab aralashtiriladi. So'ng teriga surtib, 15 daqiqa turadi. Ajin tushishning oldini oladi, shunyngdek, quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.
9. 1 choy qoshiq asalni 10 ml yangi uzilgan pomidor sharbatiga aralashtirib yuboriladi. Tayyor bo'lgan ushbu vositani yuzga surtib, 30 daqiqa ushlab turiladi, So'ng suvda yuvib tashlanadi. Ajin tushishini oldini oladi, yuzdagi dog'larni ketkazadi. 
10. Bir choy qoshiq miqdordan asal, gliserin va bitta tovuq tuxumini sarig'ini obdon aralashtiring. Teringizni oziqlantirish uchun surkaysiz.
11. 2 osh koshiq iliq suvda bir choy qoshiq miqdorda asalari mumini eritasiz. Bir qoshiq o'simlik moyida qizil qalampirning bir bo'lagini ezib olasiz. Ikkala aralashmani qo'shasiz va quriqshab borayotgan teriga sur-kaysiz, Teri yosharganday bo'lib ketadi.
12. Erkaklar soqollarini olgandan keyin 1 choy qoshiqdagi asalni qaynatib ilitilgan 50 ml suvda aralashtirib yuzga sepsalar teri parvarishi yaxshilanadi. 

TERINING YIRINGLI CHAQALARIDA - Asaldan 1 osh qoshiqda olasiz, unga tovuq tuxumining 2 tasini sarig'ini, choy qoshiqni yarmida tuz, unga un qo'shib xamir qiling. Undan kulcha tayyorlab, yiringli, va chipqon chiqqan joylarga bog'lang. Tuzalib ketadi. 

ANEMIYADA 
1. 1 osh qoshiq miqdordagi asalni bir piyola sutda yaxshilab eritamiz. Undan 50 ml miqdordagisini bir kunda 3 martadan 20-30 kun ichasiz. 
2. 3 dona po'sti archilgan o'rtacha kattalikdagi nordon bo'lmagan olmani o'rtacha kattaliqda to'g'rab ustidan 1 litr qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynating, uni yarim soag tindiring, bir osh qoshiq asal solib ichib yuring.
3. 1 ta limon, yarim stakan asal, yarim kilogramm mayiz, yarim kilogramm yong'oqni go'shtqiymalagichdan chiqarib uni har kuni ertalab nahorga bir osh qoshiqdan iste'mol qilib turing. 

ATEROSKLEROZDA - AterOsklerozni davolash uchun bir stakan tomat shar-bati va 1 osh qoshiq asalni obdon aralashtirib iste'mol qilib turish kerak. Tomat sharbati xolesterin almashuvini normallashtiradi. Shuningdek, anemiya (kamqonlik) da ham foydalidir. 

BUYRAK KASALLANGANDA - Yaxshi pishgan na'matak mevasining quritilganidan 15-17 donasini urug'ini olingandan keyin 0,5 l suvda past olovda 10-12 minut qaynatasiz, uni 1-2 soatga damlab qo'yasiz. Uni mazasini yaxshilash uchun ma'lum miqdorda asal qo'shasiz. Tayyorlangan aralashmadan bir kunda 3 martadan yarim piyoladan ichib yurasiz. 

YOSH BOLALAR YO'TALGANDA - Asal va ilitilgan zaytun yog'i bir xil miqdorda ob-don aralashtiriladi. Kichik yoshdagi bolalarga 1 choy qoshiqdan, kuniga 3-4 marotabadan ichkizib turiladi. Ushbu aralashma ko'k yo'talda ham qo'l keladi. 

SIYDIK TUTMASLIKDA - Bolalar kechasi yotgan joylariga siyib qo'ysalar, ularga yotishlari oldidan asal ichiring. Asal tinchlantiruvchi va quvvat bag'ishlovchi ta'sir qiladi. Bundan tashqari, asal tanada suyuqlikni tutib turadi. 

BRONXIAL ASTMADA 
1. Qo'yidagilardan aralashma tayyorlang. Asal, sarimoy, qo'y yog'idan 500 grammdan, 10 dona tovuq tuxumi, 10 g kakaoni eritib aralashtiring. Sovuganidan keyin bir kunda 3 martadan bir osh qoshiqdan issiq sut bilan bir oy muddatda iching. 2 haftalik tanaffusdan keyin yana takrorlang. 
2. Bronxial astmada yoxud astmoid bronxitida 20-30 mg dan ona ari suti ("Apilak" preparati 2-3 tabletkadan tilni tagiga qo'yib. (erib ketgunga qadar tutib turiladi) qabul qilinadi. Shu bilan birga ona ari suti va asal aralashmasidan 2:100 tenglikda foydalanish mumkin. Dozasi: kuniga 200mgdan ona ari suti (ya'ni kuniga 10 g aralashma, erib ketgunga qadar og'izda tutib turiladi). 

ALKAGOL KO'P ISTE'MOL QILINGANDA - Mabodo alkagolni ko'p iste'mol qilgan bo'lsangiz 100-120 gramm miqdordagi asalni ikki marta ichasiz. Asaldagi fruktoza alkagol ta'sirini yo'qotadi. 

TOMOQ OG'RISA - Angina, surunkali tonzillit, laringit (kekirtak shdmollashi), farangit (tomoq shamollashi), milk og'riqlari va hokazolarda tabiiy asal saqichi g'oyat shifobaxshdir. Bunday hollarda xalq tabobati asal saqichini chaynashni tavsiya qiladi. Asal saqichi bo'lmagan taqsirda toza tabiiy asalni uncha qaynoq bo'lmagan issiq suvda 1:2 miqdorida eritib, og'iz chayqaysiz. 

ATEROSKLEROZ - Piyoz suvini siqib chiqarib, unga yarim miqdorda asal qo'shasizda kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichib borsangiz, darddan xalos bo'lasiz. 

STENOKARDIYA CHOG'IDA - Bir litr asal, 10 dona limon va 5 bosh sarimsoq piyoz olasiz. Limonlarni yaxshilab yuvib, archib, undan so'ng sharbatini siqib chiqarasiz. Sarimsoq piyozni qiymalab, keyin suvini siqib olasiz. Sharbatlarni asal bilan obdon aralashtirib, bir hafta sovutgich (xolodilnik)da asraysiz. Undan so'ng kuniga bir marta 4 choy qoshiqdan shoshilmasdan simirib ichasiz, 1.5-2 haftadayoq o'zingizni sog'lom va bardam his etasiz.

QON TOMIRNING KENGAYISHIDA - Doka tamponi ustiga qalinroq holda asal surtib, qon tomirining varikoz kengaygan joyiga bosiladida, ustidan bint bilan bog'lab qo'yiladi. Dastlabki kun kompressni 2 soatdan so'ng, ikkinchi va uchinichi kunlari 4 soatdan so'ng olasiz. Keyinroq esa butun tun davomida asraysiz. Asal mikrobga va gazaklashga qarshi ta'sir o'tkazib varikoz jarohatlarini tez yengadi. 

ASABIYLASHGANDA 
1. Faqat toza, tabiiy asaldan foydalanish lozim. Kundalik miqdor 60-100 g (vazningizga qarab). Bunday hollarda boshqa shirinliklarni iste'mol qilishdan tiyilasiz. Yarim kilogrammcha asalni 1-1,5 l qaynoq suvda obdon eritib, kuniga 3-4 marta 100-150 g dan uyquga ketish oldidan qabul qilib boring. Bir-ikki haftalik uzluksiz davolov kursidan so'ng kayfiyatlar a'lo bo'ladi! 
2. Asabiylashish, asablarning charchash holatida, gul-changini ovqat iste'mol qilishdan yarim soat oldin, kuniga 3 mahaldan 0.5-1 choy qoshiqda (mizojning vazniga qarab) qabul qilib turiladi. 
3. 2 choy qoshiksagi asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqa yotib tursangiz asabiylikdan charchashdan xalos bo'lasiz, teridagi mayda ajinlar tekislanadi. 

UYQUSIZLIKDA - Bir stakan iliq suvda bir osh qoshiq asalni eriting, yotish oldidan ichib oling uyqungiz chuqur bo'ladi. 

BOSH MIYA QON TOMIRLARI SKLEROZIDA - 200 ml piyoz sharbatiga shuncha miqdordagi asalni obdon aralashtiring. Unga 50 gramm limon po'stlog'ini qo'shing. Aralashmani ma'lum muddat tindirib salqin joyda saqlang. Bu aralashmadan 3 mahal bir osh qoshiq miqdordagisini 2 oy mobaynida ichib yuring. 

SIYDIK TUTOLMASLIKDA - Farzandlaringiz uyquga yotishdan oldin 1 choy qoshiqdan toza asal bering. Asalda tinchlantiruvchi va mustahkamlantiruvchi xususiyat bor. Bundan tashqari, inson organizmidagi suyuqlikni saklab turadi. 

YO'TALGA - 100 ml turp suviga 1 osh qoshiq asal qo'shib, asal erib ketgunga qadar aralashtirilasi. Aralashmani har soatda qabul qilib turish lozim. 

TISH OG'RIGANDA - No'xatdek keladigan asalari mumining (propolis)ni og'riq tish ustiga bossangiz, og'riq o'sha zahotiyoq sizdan daf bo'ladi. 

ARTRIT KASALIDA
1. 1 choy qoshiq ona ari suti va asal 1:100 tenglikda tayyorlangan aralashmasini kuniga 2 mahaldan tilning tagida erib ketgunga qadar ushlab turiladi. Shu bilan birga, bemorlar og'rib turgan joyini 20 ta asalari nishiga chaqtiradi. Revmatizm va artrit kasalida, davolov kursi 1 oyni tashkil etadi. So'ng 2 oyga davolov kursini to'xtatib, yana 10 kun davomida 1 kurs muolaja qabul qilinadi.
2. Xantal (gorchisa) kukuni, kungaboqar moyi va asalni teng miqdorda aralashtiring. Ushbu aralashma bilan og'riq bo'lgan joylarga surkab, ishqalang. 

BOSH MIYA QON TOMIRLARI SKLEROZIDA - Bir stakan piyoz sharbatini bahorgi toza asal bilan aralashtirib unga qirg'ichdan o'tkazilgan limon po'stlog'ini qo'shing. Idish qopqog'ini mahkam berkitib salqin joyda saqlang. Ovqatdan 2-3 soat keyin kuniga uch mahal 2 oy davomida ichib turing. 

YAXSHI UXLAMASANGIZ 
1. Bir osh qoshiq asalni qaynatib iliq holga kelgan suvga yaxshisi sutga solib aralashtirib uyquga yotishingizdan oldin 100 ml miqdorda iching. 
2. Kechasi yaxshi uxlayolmayotgan, ko'z ilinishi bilan uyg'onib ketsangiz kechki ovqatdan yarim soat o'tgach bir osh qoshiq asalni choy bilan iching. Surunkali amal qilsangiz naf bo'ladi. 

QO'LLAR VA OYOQLAR BO'G'IMLARI SHAMOLLAGANDA - Bir osh qoshiqdan asal, qalampir, kungaboqar moyining hammasini aralashtiring. Uni og'riqli joylarga surtiladi. 

BOSH QAZG'OG'IDA - Asalga teng miqdorda no'xat talqonidan teng miqdorda solib aralashtiring. Ushbu aralashmani sochingizni oldirgandan keyin boshingizga yupqa qilib surtib oftobda bir soat chamasida yuring keyin yuvib tashlang. Bu muolajani 3 marta takrorlasangiz yaxshi naf beradi. 

KO'ZNING QUVVATINI OSHIRISH
1. Qaynatib sovutilgan suvni 300 mlga bir choy qoshiq asal solib aralashtiring u bilan dokani namlab kechqurun ko'zga bog'lab yoting. 
2. Shakarlanib qolgan asalning no'xatdayini quruq choyda obdon aralashtirilgach, ikkala ko'zga 5 tomchidan tomizib 10 daqiqa yotilsa, ko'z quvvati oshishdan tashqari yallig'lanishdan ham xoli bo'ladi. 

KO'ZINGIZ OG'RIGANDA 
1. Propolisning 1 foiz li eritmasini kunda 6-10 martadan ko'zga tomizib turasiz. qisqa vaqt ichida ko'z og'rishi qoladi, yorug'dan qochmaysiz, ko'zingiz yoshlanmay qoladi. Shu holatlarda propolisning 10-15 foiz li surtmasidan foydalansa bo'ladi. 
2. Kataraktaning boshlanishida asalni 20-30 foizli eritmasini dokaga shimdirib ko'zga qo'ying. 

Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish